Dars uslubi: “ uchtasi to’g’ri,bittasi noto’g’ri” o’yini, “ Bir butun” usuli,” Zanjir” usuli, “ Grafik test” chizmasi, “ Ma’naviyat daqiqasi”, “ Mo’jizakor halqalar” usuli;
Dars turi: noan’anaviy;
Dars jihozi: yozuvchi asarlari, rangli rasmlar, kompyuter, jadvallar, rag’bat kartochkalari;
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish; ( 1 daqiqa);
Davomatni aniqlash; ( 2 daqiqa);
Sinfning va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini ko’zdan kechirish (2 daqiqa);
O’qituvchi darsni hikmatli so’z bilan boshlaydi: “ Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o’tin yorishga sarflamaslik kerak”.
O’quvchilar darsimiz: Adabiyot.
Juda yaxshi, barakalla!
Adabiyot nima?
Adabiyot bu- insonshunoslik;
Adabiyot- odobnoma;
Adabiyot – so’z san’ati;
Hamma darsga tayyormi?
Bizlar darsga tayyormiz .
“Oquvchilar ma’naviyat daqiqasini boshlaymiz
Bizning Vatanimiz qayer?
O’zbekiston!
Bizning poytaxtimiz qayer?
Toshkent;
2020-yil yurtboshimiz tomonidan qanday nomlandi? Yilning nomlanishini turli tillarda aytib ko’raylik , o’quvchilar!
2020-yil “ Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yili deb nomlangan.
K uni kecha Prezidentimizning 2020-yil 24- yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatlarini tingladik-a? Bu murojaat hammamizda katta taassurot qoldirdi. “ Ona tili fanida bilimni baholashning milliy test tizimini tashkil qilishimiz kerak” deb,tilimizga bo’lgan e’tiborni yana bir bor isbotladilar. O’quvchilar! Sizning bu murojaatnomaga munosabatingiz qanday?
O’tilgan mavzuni so’rash ( 10 daqiqa)
O’quvchilar Usmon Nosirning she’rlarini “ Bir butun” o’yini orqali aytib beradilar. 6-7 yillik ijod, go’zal tarjimalar, e’tiroflar aytib o’tildi. Shoir she’rlaridan ifodali o’qildi. Shoir ismi tilga olinganda- she’r, she’r va she’riyat deyilganda, eng avval, Usmon Nosirning o’ktam siymosi ko’z oldimizda gavdalanaveradi:
“ Uchtasi to’g’ri, bittasi noto’g’ri” usulidan foydalanamiz. O’quvchilar shoir she’riyati bo’yicha 3 ta to’g’ri fikr va 1 ta notog’ri fikr yozadilar va o’qib beradilar.
Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa)
Yozuv taxtasiga mavzu va uning rejasi yozib qo’yiladi.
Said Ahmad hayoti va ijodi
Reja:
Said Ahmad hayoti.
Ijodi va mehnat faoliyati.
Said Ahmadga ehtirom.
VI.Mustahkamlash. Grafik test va Mo’jizakor halqalar usulidan foydalaniladi
Shaxslar
Oybek
G’.G’ulom
A.Qahhor
Psixologik tasvir mahorati
Yumor
Ixcham va teran fikrlash
Asarlar
Jimjitlik
Kelinlar qo’zg’oloni
Tortiq
1940
1976
1988
V.Uyga vazifa. “Said Ahmad ijodi mening tasavvurimda” mavzusida esse yozish.