Просмотр содержимого документа
«Qalb harorati (Zufiya ijodiyotiga ehtirom)»
G’ijduvon tumanidagi 22- umumiy
o’rta ta’lim maktabining ona tili va
adabiyot fani o’qituvchisi
Xurshida Safayeva
Qalb harorati
Inson dunyoga kelar ekan,yaxshi amallar,ezgu fazilatlar ila hayot deb atalmish manzilini bezab boradi.Aynan shu hayot sinovlariga mardonavor dosh bera olgan buyuk qudrat sohibalari mard va jasur To’maris, oqila va zukko Bibixonim,matonatli Saida Zunnunova,sadoqat timsoli Zulfiyaxonim poyiga bosh egamiz.
O’zbekistonda yashaydigan har bir fuqaro-millatidan,dinidan qat’i nazar Zulfiyaxonim nomini eshitganda qalbi junbushga keladi.Chunki bu nom ostida bugungi kunda Vatanimizning gulgun chechaklari birlashdi,adabiyot ravnaq topdi,salohiyat o’sdi,millat yuksaldi.
Sharq ayolining eng go’zal ramzi bo’lgan Zulfiya Isroilova adabiyot bo’stonida nafis bir bog’ yaratdiki,uning gulgun chechaklari kun sayin g’uncha ochib,muattar hid taratmoqda.
Zulfiya Isroilova ijodida vafo va sadoqat, mehr va muruvvat,haqiqat va qat’iyat,ishonch va oqibat kabi eng nozik tuygu’larni anglab boramiz.Qalbi ozor cheksa-da,farzandlar kamoli umidida yashayotgan munisa ayol jasoratiga,hijron dardi yuragini kemirayotgan pok qalbiga qoyil qolamiz.Haqiqatan ham, shoira she’rlarida bahorning harir yellarini,yoshlikning g’urur sururini,keksalikning esa shukronalik hidoyatini tuyamiz.Bunday hissiyotlar goyo shoira qalb haroratini sizning yuragingizga ko’chirgandek bo’ladi.Shu bois ham shoira “ o’z o’tgan umriga achinmaydi”.Bir kun kelib”qalami o’g’irlanishi”dan hadiksiraydi,zero ijod shoira uchun hayot,she’riyat esa tuganmas bayot edi:
Baxtingizni olay qalamga,
Ochib beray sizga qalbingiz.
Shuhratini yoyay olamga
Mehnatingiz, sevgi, kashfingiz.
O’g’irlamang qalamim bir kun!
Farzand mehri va qalamimni
Xudo haqqi qo’ying o’zimga.
Usiz qolsam,o’ldi deb mani,
Sekin parda torting yuzimga.
O’g’irlamang qalamim bir kun!
Yurtboshimiz tashabbuslari bilan Zulfiya tavalludining 100 yilligini tantanali nishonlash borasida yurtimizda salmoqli ishlar amalga oshirilayapti.Joylarda bayram tadbirlari, mushoira kechalari,Zulfiyaxonim qizlari bilan muloqotlar o’tkazilib,matbuot sahifalarida adabiy jarayonlar haqida fikrlar bildirilmoqda.Bajarilayotgan ishlarning barchasida o’zbek xalqining shoira Zulfiyaga bo’lgan cheksiz mehr va ehtiromini ko’rgandek bo’lamiz.Qudratli qalam sohibasini e’zozlar ekanmiz,mashhur shoir Abdulla Oripovning quyidagi satrlari yodimga tushadi: Nazokat paytimas , yaqinroq keling,