Просмотр содержимого документа
«Презентация на тему "Зулфия" на узбекском языке»
ZULFIYA
Zulfiya Isroilova xalqimizning atoqli va ardoqli shoirasi, O’zbekiston xalq shoiri, xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofotlari sohibasidir. U 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang’ich maktabda so’ng xotin-qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938-yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida o’qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1953-yildan 1980-yilgacha, qariyb 30 yilga yaqin Respublikasida keng tarqalgan “Saodat” nomli xotin-qizlar jurnalida bosh muharrir bo’lgan.
Zulfiyaning dastlabki she’rlari “Hayot varaqlari” nomi bilan 1932-yilda bosilib chiqqan. Shundan so’ng shoiraning “She’rlar “va “Qizlar qo’shig’I”(1938,”Uni Farhod der edilar”(1943,)”Hijron kunlarida”(1944),”Dalada bir kun(1948)”Tong qo’shig’i(1953),”Yuragimga yaqin qo’shiqlar”(1958),”Kuylarim sizga”,(1965),”O’ylar “,”Shalola” kabi o’nlab she’riy to’plamlari chop etildi. U atoqli o’zbek shoiri Hamid Olimjon bilan oila qurib ular shirin hayot kechirayotgan palada 1944-yili mashina avariyasi tufayli turmush o’rtog’idan ayriladi. Shundan so’ng, umr bo’yi o’z muhabbatiga sodiq qolib, Hamid Olimjonning ishlarini davom ettiradi.
Uning “Semurg’”,”Zaynab va Omon” dostonlari asosida pyessa va opera librettolarini yaratadi. O’zi ham “Quyoshli qalam”,”Mushoira”,”Xotira siniqlari”kabi poyemalar yozadi. Rus, ukrain, ozarboyjon ,hind shoiralariningshe’rlarini o’zbek tiliga tarjima qiladi.
Zulfiya keng tanilgan jamoat arbobi edi. U Osiyo, Afrika va Yevropaning o’nlab davlatlarida bo’lib, xalqaro-xotin qizlar hamda adabiyot namoyandalarining harakatlarida faol ishtirok etar edi. Uning she’rlari ingliz, nemis, rus, bolgar, xitoy, hind, yapon, arab ,fors, vyetnam kabi juda ko’p xorijiy tillarga tarjima qilingan edi. Shoira 1997-yil 82 yoshida vafot etgan.
.
Zulfiyaxonim farzandlari Hulkar va Omonbek bilan
Zulfiya she’rlari harorat bilan yo’g’rilgan ehtirosli, hayotbaxsh she’rlardir. Ular xoh Vatan haqida, uning go’zal tabiati, mehnatkash odamlari, buyuk bunyodkorlik qudrati xususida bo’lsin yoki insonlarning turfa his tuyg’ulari: mehr-muhabbat, quvonch-u shodlik, baxt, sadoqatni tarannum etishga bag’ishlangan bo’lsin,barchasida hayotsevarlik, o’quvchida yorug’ kayfiyat paydo etish istagi yashiringan.
Yurak to’la shodlik, mehr, baxt,
Uning ko’zlariga boqaman
Nigohimday tiniq va yorqin
Orzu to’lqinida oqaman.
Uning hijronli tunlari doim tongga ulanadi. Bu holat shoiraning “Tun” she’rida juda go’zal ifodasini topgan. U tuni bilan tabiatning sukunati, sokinligiga berilib, qog’ozu-qalam bilan yolg’iz suhbatlashib o’tirar ekan, yulduzlarga tikilib, go’yo ularning ertagini tinglaydi, o’zini chiroqqa urib, halok etayotgan parvonani kuzatadi. U tun manzaralarini chizar ekan, maqsadi oydin tongni qarshilash, qorong’ilikni mavh etib, yorqin kunni olqishlash edi. U kunni juvon deydi, ya’ni yoshlikka, mehnatkashlikka, yaratuvchanlikka o’xshatadi. Shu tariqa bu she’rida ham hayotga, yorug’likka muhabbatni ulug’laydi.