kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ona tili millat ruhi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ushbu maqola ona tili va uning ahamiyati to‘g‘risida

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ona tili millat ruhi»


Ona tili-millat ruhi

Reja:

  1. Ona tiliga muhabbat-yuksak ma’naviyat belgisi.

  2. Ona tili bor-millat bor.

  3. Ona tili- millatning ruhi.

  4. Buyuklarning o’z ona tilisiga muhabbati.

Ona tilini unutmoq o’z onasini

unutgan bilan tengdir.

(O’tkir Hoshimov.)

“Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.”, - deb bejiz aytmagan edilar bizning birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov. Go’dakning tili chiqganida, ilk aytadigan so’zi bu “Ona” so’zi bo’ladi. Bizning ona xalqimiz bunga uyqash tarzda “Vatan” so’zini bog’lab aytadi. Ya’ni, “Ona vatan” singari. Millatimiz tili ham bizda shunday yuksak mehr va e’zoz bilan ifodalanadi. Biz vatanni, onani, qarindosh-urug’larimizni qanchalik ardoqlasak, o’z ona tilimizni ham shuncha ardoqlashimiz kerak. Ona tili bizning o’rtamizda yuksak mehr-muhabbat va sof insoniylik tuyg’ularini shakllanishida eng asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Ona tilining qanchalik buyuk ekanligini faqat ma’naviyatli insongina tushuna oladi. Biz bu holatda yana bir bora birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning quyidagi gaplarini eslamay ilojimiz yo’qdir:”Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi ham bizning qalbimizga, yuragimizga, ong-u-shuurimizga, avvalo, Alisher Navoiy asarlari bilan kirib keladi.

Har bir millatning o’z milliyligini, xosligini, boshqalardan ajralib turadigan jihatini namoyon qiluvchi vosita va manbaalari mavjuddir. Ona tili ham ana shunday juhatlarning eng munosibi hamda eng mukammalidir. Millatning millatligini tayin etuvchi, farqlovchi va ajratib turuvchi muhim omillardan biri ona tili hisoblanadi. Har bir millat vakillarining o’zigagina xos bo’lgan so’zlashuv uslubi hamda so’zlashuv tili mavjud. Chunonchi, o’zbek millati o’zbek tilida, qozoq millati qozoq tilida, tojik millati tojik tilida, rus millati rus tilida, yapon millati yapon tilida, koreys millati koreys tilida, ozarbayjon millati ozarbayjon tilida va boshqa millatlar o’z nomi bilan boshlanuvchi tillarda so’zlashadilar. E’tibor bilan qarasak, millat va uning tili deyarli bir hil nom bilan yuritiladi. Bu esa millat va ona tili bog’liqligini, ya’ni, tilni millatsiz, millatni esa tilsiz tashavvur qilib bo’lmasligidan dalolat beradi. Millat deganda, shu millatga xos so’zlashuv tili, til deganda, shu til bilan so’zlashuvchi millatni ko’z oldimizda gavdalantiramiz. Masalan, qozoq millati deyilsa, qozoq tilida so’zlashuvchi xalqni, turk millati desak, turk tilida so’zlashuvchi xalqni tasavvur eta olamiz. Xullas, bu tushunchalar o’zaro uyg’un va yaxlit ikki olamdan iboratdir. Sundan bo’lsa kerak, millat tili- ona tili deya e’tirof etiladi. Aksariyat, shu millatning ona tilisi davlat tili deb ham ataladi. Ona tili onaga, vatanga, millatga qiyoslanar ekan, shular kabi ulug’ va beqiyosdir.

“Ona tilini himoya qilish vatanni, millatni, o’z onasini va barcha yaqinlarini himoya qilish bilan barobardir.” , - deb aytgan edi buyuk fransuz Dyu Bella.

Ona tili haqiqatan ham, millatning ruhi. Ona tili- bizning onamiz , yaqinlarimizning tilidir. Ona tili yo’q ekan millat ham, davlat ham, jamiyat ham bo’lmaydi. Ona tili yo’q ekan davlat hamda jamiyat vujudga kelish ya’ni sizilizatsiyadan to’xtaydi. Ona tili- millatning bosh belgisi hisoblanadi. Biz mustaqillikka erishganimizdan so’ng unut bo’lish arafasida turgan milliy ona tilimiz qayta tiklandi va yanada o’z so’zlarini boyitdi. Ona millatning qalbi, uning dunyoda mavjudligining asosiy belgisidir. Ona tilida millatning bor-yo’g’i, o’y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, vatani, his-tuyg’ulari va eng asosiysi ona xalqi aks etadi. Tilimizdan chiqayotgan harbir so’z bizni kamchiliklarimizni, odob-axloqimizni, oilada qanday tarbiya olganimizni ko’rsatib beruvchi ko’zgudir.

O’z ona tilimizning qanchalar buyukligi, benazir qudrati va sarhadsiz badiiy imkoniyati bobolarimizdan to bizga qadar yetib kelgan. Buyuk bobomiz, so’z mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning bu bitmas-tuganmas imkoniyatlarini baralla namoyish etgan o’lmas asarlari hamon har kimni hayratga solmoqda. Birgina Alisher Navoiyning o’zi bizning turkiy tilimizda yozgan asarlariga yigirma oltimingdan ziyod so’z qo’llagan. Sobiq Sotsialistik Respublika tuzumi o’z qilichini xalq o’rtasida qayrab turgan bir mahalda 1989-yil 21-oktabrda “O’zbek tiliga Davlat tili” maqomining berilishi juda katta shov-shuvlarga sabab bo’lganligini ota-onalarimizdan eshitganmiz. Bugungi kunda o’zbek tili jozibasini dunyoga taratayotgan “Alpomish”-u “Xamsa” larimiz bilan benihoya faxrlanishimiz mumkin. Barchamizga ma’lumki, bizning ona tilimizda birinchi bo’lib “Xamsa” yozgan Alisher Navoiydir. Biz ulardan g’ururlanmay, faxrlanmay yashashimiz mumkin emas. Men ushbu inshoni yozish mobaynida, ko’p narsalarga qayta-qayta amin bo’ldim. Har bir inson dunyoga kelibdiki, o’z ona tilisida so’zlar aytishni boshlaydi. U hayoti mobaynida turli bilimlarni tinglaydi va o’qiydi. Buning barchasi ona tilida amalgam oshiriladi. Ona tilining imkoniyati cheksizdir. Agar til bo’lmay, har bir kishining tirikligi uning o’z tajribasiga asoslangan bo’lsa edi. Inson shu kungacha hayvon qanday yashagan bo’lsa shunday yashagan va bugungi moddiy, ma’naviy taraqqiyotga erishmagan bo’lardi. Zeroki, biz o’z ona tilimizni asrar ekanmiz, bizga barcha eshiklar ochiqdir.

Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,

She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.

Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,

Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.


Bir qarasam har shevangda ming jilolar,

Har novdangda, har mevangda ming jilolar.

Qodiriylar, Cho’lponlar-u Abdullolar,

Sening qaytgan kuning men tug’ilgan yilim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Buyuk o’zbek shoiri Muhammad Yusufninmg qalamiga mansub bo’lgan ushbu she’rda ona tilining qanchalar buyukligini, uning har bir shevasi qanchalar go’zal ekanligini,Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Abdulla Avloniylarning qatag’on siyosatiga uchrab qolganliklarini hamda bu barcha ishlar uchun o’zining buyuk ona tilisidan kechirim so’rayotgani aks etgan.. Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki, biz o’z ona tilimizni qanchalik ardoqlar ekanmiz, boshqalar ham bizni shunday ardoqlashadi.

























Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Ona tili millat ruhi

Автор: Abdug‘aniyev Akobir Akmaljon o‘g‘li

Дата: 13.04.2020

Номер свидетельства: 546425

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(20) "Ona tili millat ruhi"
    ["seo_title"] => string(20) "ona_tili_millat_ruhi"
    ["file_id"] => string(6) "535065"
    ["category_seo"] => string(7) "prochee"
    ["subcategory_seo"] => string(11) "presentacii"
    ["date"] => string(10) "1578597003"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства