kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ойбекнинг "Навоий" романидаги Навоий тимсоли талқини

Нажмите, чтобы узнать подробности

Navosiz ulusning navobaxshi bo’l (Oybekning ”Navoiy’’ romanidagi Navoiy timsoli talqini)

Oybek qalamiga mansub ‘’Navoiy’’ romanida umuminsoniy tafakkur targ’iboti, komillik g’oyalari ilgari surilgan. Asarda Navoiy shaxsining betakror qirralari, xususan, bu zotning fidokorligi, ma’rifatga tashna xalqparvar tabiati, ayrim qaltis vaziyatlarda sovuqqonlarcha ko’rsatgan jasoratlariga alohida urg’u berilgan.

        Butun umrini  xalq farovonligi, yurt osoyishtaligi, adolat, ilm va san’at rivoji, turkiy til mavqeyi uchun sarf etgan buyuk daho muallif ta’biri bilan aytganda ‘’Minglarcha yilgi madaniyatni, asrlarning fikr boyligini qamragan shoir edi’’. Uning davlat va xalq xizmati bilan band bo’lishi ‘’Xamsa’’ day ulkan, ayni paytda, boy va misli ko’rilmagan bebaho asar yaratishiga monelik qilmaydi. Buning isboti sifatida asardan keltirilgan ushbu parchaga e’tibor qaratmoq lozim: ‘’Dehqonchilik qilib, hosilni kambag’al oilalarga tarqatish, cho’llarda rabotlar qurdirish, taqir yerlarga suv chiqarib, obod etish, xalqning arz-dodini tinglash, yo’l-yo’riq ko’rsatish, ilm va san’at ahliga rahbarlik qilish kabi ishlarning hammasi vaqt va kuchni qamrardi’’.

        Albatta, tabiatan sokinlikni ma’qul ko’ruvchi shoir siyosatdagi mashmashalar, shon-shuhrat g’avg’olaridan o’zini yiroq tutmoq istagida bo’lgan. Bundan tashqari podshoh Husayn Boyqaroning sodiq amaldorlari deb nom chiqargan soxta do’stlar orasida nifoq chiqarmoqdan xavfsiragan edi. Chunki har vaqt ulus himoyasi va adolat tamoyilini olg’a surgan amir podshohni mayparast, izzattalab, zolim amaldorlarga qarshi qilib qo’yishi tabiiy edi. Husayn Boyqaroning samimiy va qat’iy talabi hamda yurt oldidagi sharafli burch Navoiyni vazirlik unvonini qabul qilishga majbur etdi. Ilm va siyosat vakillari bu kunni ‘’Ko’hna Xurosonning oltin sahifasi, ‘’El baxtining tug’ilgan kuni’’ deb baholaganlarida naqadar haq edilar. Navoiyning vazir sifatida ilk bor muhr bosish chog’idagi harakati uning bir chaqaga arzimas dunyo martabalari, nafs istagi bo’lgan shon-shuhratdan butunlay qo’l yuvganligini ko’rsatar edi. Bu bilan shoir pashshsadek shiraga o’ch, dunyo ortidan it bo’lib quvgan amaldorlarga ko’zgu tutdi va oqibat, ichlarini hasad kemirayotgan amaldorlar muallif ta’kidlaganidek: Sarosimali ko’zlarini qayoqqa yashirishni bilmay qoldilar’’.

        Navoiyning ‘’Ochmag’ay erding jamoling olamoro koshki’’ g’azalining yozilishi Sultonmurodning behad iztirobli vaziyatlariga to’g’ri keladi. Bu ham asar sujeti puxtaligining bir ko’rinishidir. Romanda Hirotdagi boy adabiy muhit tasviriga keng o’rin berilgan. Hirotda mehmon bo’lgan Arslonqul, tang ahvoli tufayli xalq orasida yurishga majbur bo’lgan To’g’onbek obrazlarining hayrtlari bejiz emas edi, albatta. Hirot mulkida ‘’Kecha tong otkuncha, kunduz oqshom bo’lguncha mutolaa bilan band Mir Mirtoz kabi olimlar, Chalabiyni bahsda yenggan Sultonmurod singari talabalar, g’azallarini o’z yonidan pul to’lab eshittiradigan she’r shaydolari bor edi. Qizg’in she’riy davralar, ilmiy majlislar Hirotning kundalik hayotiga aylangan edi.

        Navoiyning ulug’ siymosi fitnachi va zolim amaldorlar: Majdiddin Muhammad, Amir Mo’g’ul, Nizomulmulk, Shihobiddin, To’g’onbek, Xadichabegim, Abulziyo, Xoja Abdullo hamda doim Navoiy atrofida sodiq xizmat qilgan Jomiy, mavlono Fasihiddin, Sultonmurod, amir Xoja Afzal kabi ilm, siyosat va san’at ahllari, Shayx Bahlul, Sohib Doro singari oqil xizmatkorlar, ukasi Darveshali obrazlari orqali yanada teran ochib berilgan.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ойбекнинг "Навоий" романидаги Навоий тимсоли талқини»

Navosiz ulusning navobaxshi bo’l (Oybekning ”Navoiy’’ romanidagi Navoiy timsoli talqini)

Oybek qalamiga mansub ‘’Navoiy’’ romanida umuminsoniy tafakkur targ’iboti, komillik g’oyalari ilgari surilgan. Asarda Navoiy shaxsining betakror qirralari, xususan, bu zotning fidokorligi, ma’rifatga tashna xalqparvar tabiati, ayrim qaltis vaziyatlarda sovuqqonlarcha ko’rsatgan jasoratlariga alohida urg’u berilgan.

Butun umrini xalq farovonligi, yurt osoyishtaligi, adolat, ilm va san’at rivoji, turkiy til mavqeyi uchun sarf etgan buyuk daho muallif ta’biri bilan aytganda ‘’Minglarcha yilgi madaniyatni, asrlarning fikr boyligini qamragan shoir edi’’. Uning davlat va xalq xizmati bilan band bo’lishi ‘’Xamsa’’ day ulkan, ayni paytda, boy va misli ko’rilmagan bebaho asar yaratishiga monelik qilmaydi. Buning isboti sifatida asardan keltirilgan ushbu parchaga e’tibor qaratmoq lozim: ‘’Dehqonchilik qilib, hosilni kambag’al oilalarga tarqatish, cho’llarda rabotlar qurdirish, taqir yerlarga suv chiqarib, obod etish, xalqning arz-dodini tinglash, yo’l-yo’riq ko’rsatish, ilm va san’at ahliga rahbarlik qilish kabi ishlarning hammasi vaqt va kuchni qamrardi’’.

Albatta, tabiatan sokinlikni ma’qul ko’ruvchi shoir siyosatdagi mashmashalar, shon-shuhrat g’avg’olaridan o’zini yiroq tutmoq istagida bo’lgan. Bundan tashqari podshoh Husayn Boyqaroning sodiq amaldorlari deb nom chiqargan soxta do’stlar orasida nifoq chiqarmoqdan xavfsiragan edi. Chunki har vaqt ulus himoyasi va adolat tamoyilini olg’a surgan amir podshohni mayparast, izzattalab, zolim amaldorlarga qarshi qilib qo’yishi tabiiy edi. Husayn Boyqaroning samimiy va qat’iy talabi hamda yurt oldidagi sharafli burch Navoiyni vazirlik unvonini qabul qilishga majbur etdi. Ilm va siyosat vakillari bu kunni ‘’Ko’hna Xurosonning oltin sahifasi, ‘’El baxtining tug’ilgan kuni’’ deb baholaganlarida naqadar haq edilar. Navoiyning vazir sifatida ilk bor muhr bosish chog’idagi harakati uning bir chaqaga arzimas dunyo martabalari, nafs istagi bo’lgan shon-shuhratdan butunlay qo’l yuvganligini ko’rsatar edi. Bu bilan shoir pashshsadek shiraga o’ch, dunyo ortidan it bo’lib quvgan amaldorlarga ko’zgu tutdi va oqibat, ichlarini hasad kemirayotgan amaldorlar muallif ta’kidlaganidek: Sarosimali ko’zlarini qayoqqa yashirishni bilmay qoldilar’’.

Navoiyning ‘’Ochmag’ay erding jamoling olamoro koshki’’ g’azalining yozilishi Sultonmurodning behad iztirobli vaziyatlariga to’g’ri keladi. Bu ham asar sujeti puxtaligining bir ko’rinishidir. Romanda Hirotdagi boy adabiy muhit tasviriga keng o’rin berilgan. Hirotda mehmon bo’lgan Arslonqul, tang ahvoli tufayli xalq orasida yurishga majbur bo’lgan To’g’onbek obrazlarining hayrtlari bejiz emas edi, albatta. Hirot mulkida ‘’Kecha tong otkuncha, kunduz oqshom bo’lguncha mutolaa bilan band Mir Mirtoz kabi olimlar, Chalabiyni bahsda yenggan Sultonmurod singari talabalar, g’azallarini o’z yonidan pul to’lab eshittiradigan she’r shaydolari bor edi. Qizg’in she’riy davralar, ilmiy majlislar Hirotning kundalik hayotiga aylangan edi.

Navoiyning ulug’ siymosi fitnachi va zolim amaldorlar: Majdiddin Muhammad, Amir Mo’g’ul, Nizomulmulk, Shihobiddin, To’g’onbek, Xadichabegim, Abulziyo, Xoja Abdullo hamda doim Navoiy atrofida sodiq xizmat qilgan Jomiy, mavlono Fasihiddin, Sultonmurod, amir Xoja Afzal kabi ilm, siyosat va san’at ahllari, Shayx Bahlul, Sohib Doro singari oqil xizmatkorlar, ukasi Darveshali obrazlari orqali yanada teran ochib berilgan.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 9 класс

Скачать
Ойбекнинг "Навоий" романидаги Навоий тимсоли талқини

Автор: Нормахаматова Иноятхон Махмудовна

Дата: 01.06.2020

Номер свидетельства: 552133


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства