kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья на тему "Узбекские мыслители о мощности слов" на узбекском языке

Нажмите, чтобы узнать подробности

Оказывается, что слова обретают силу, только будучи одухотворёнными энергией сердца, пробуждённого искренней верой в то, что каждое слово — это драгоценный дар и относиться к нему надо соответственно.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему "Узбекские мыслители о мощности слов" на узбекском языке»

O’ZBEK MUTAFAKKIRLARI SO’Z QUDRATI HAQIDA.

Saloyeva Zulfiya Adizovna

Buxoro Madaniyat kolleji

O’zbek adabiyoti juda boy, qadimiy tarixga ega. Uning o’ziga xos shakllanish va taraqqiyot yo’li, rivojlanish qonuniyatlari bor. Bularni his etish, anglash va umumlashtirish uchun uning tarixini puxta o’rganish zarur. Adabiyot tarixi so’z san’atining rivojlanish jarayonlari, mumtoz namoyondalari haqida ma’lumot beradi. Bu fan tufayli qadimda yashab ijod etgan buyuk adiblar yaratgan nodir, badiiy tafakkurdagi rivojlanish va yangiliklar haqida tasavvur hosil bo’ladi.

O’zbeklar qadimgi turkiy xalqlarning ajdodlaridan biridir. Boshqacharoq aytadigan bo’lsak, qadimgi ajdodlarimiz turkiylar deb nomlangan. Shunga ko’ra, eng qadimgi davrlardan boshlab XI–XII asrlargacha bo’lgan davr oralig’ida yaratilgan adabiyot fanda qadimgi turkiy adabiyot nomi bilan yuritiladi.

Adabiyotning o’q ildizlari xalq og’zaki ijodidan boshlanadi. “To’maris”, “Shiroq” singari rivoyatlar eramizdan oldingi davrlarda yashagan turkiy xalqlar tomonidan yaratilgan og’zaki ijod durdonalaridir, eramizning V–VIII asrlarida paydo bo’lgan og’zaki ijodning boshqa namunalari: ertak, qo’shiq, marsiya, rivoyat, maqollar Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit–turk” (1072-yil) asari orqali yetib kelgan va nodir namunalar sifatida hozir ham ardoqlidir. Ular orqali ko’pgina adabiy janrlarning paydo bo’lishi, takomilini ham kuzatish mumkin.

Yozma adabiyotning ilk namunalari O’rxun –Enasoy bitiklari bilan bog’liq. Bu yodgorliklar eramizning VI –VIII asrlarida yaratilgan. Ular ilk tarixiy –badiiy asarlar sifatida qimmatli. Keyingi asrlarga kelib adabiyotimiz boy tajriba to’pladi. Bu davrda turkiy tilda yozilgan ilk doston Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” (“Saodatga yo’llovchi bilim”) (1069-yil) asari yuzaga keldi. Yusuf Xos Hojib boshlab bergan dostonchilik an’anasi keyinchalik Ahmad Yugnakiy, Sayfi Saroyi, Qutb, Haydar Xorazmiy kabi shoirlar ijodida davom ettirildi.

To’rtlik, ruboiy, tuyuq, murabba’, g’azal, qasida, masnaviy, noma kabi janrlarning o’zbek adabiyotidagi tarixi ham ancha qadimgi davrlarda shakllangan. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Atoiy, Lutfiy kabi shoirlarimiz janrlarning rivojlanishida katta xizmat qilganlar.

O’zbek nasrining tarixi ham qadimgi davrlardan boshlanadi. “Shiroq”, “To’maris” kabi rivoyatlarning asl matni saqlanib qolmagan. Ular yunon tarixchilarining asarlari orqali bizga yetib kelgan. O’rxun–Enasoy obidalarida ham nasr izlari mavjud. Shuningdek, “Oltin Yoruq” singari tarjima asarlar ham nasrda bitilgan. Shubhasiz, bu sohada Nosiriddin Rabg’uziyning (XIII –XIV) alohida o’rni bor. U “Qissas ul-anbiyo” (“Payg’ambarlar tarixi”) asari bilan o’zbek nasrini o’z davrida yuqori cho’qqiga olib chiqqan, deyish mumkin.

Eng qadimgi davrlardagi asarlarda qahramonlik asosiy o’rin tutgan bo’lsa, XI asrdan keyingi o’zbek adabiyotida pand-nasihat, ta’lim–tarbiyaviy xususiyatlar yetakchilik qiladi. Bu davr adabiyotning ta’limiy (didaktik) adabiyot deb nomlanishi ham shu tufaylidir.

Adabiyot jamiyat hayotining o’ziga xos ifodasi hamdir. U jamiyat tarixidagi jiddiy o’zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettiradi. Shunga ko’ra, eramizning VIII asrigacha yaratilgan asarlarda islomdan oldingi urf-odat va e’tiqodlar ifodalangan bo’lsa, keyingi davrlarda islom ta’limoti bilan hamohanglik kuchayganini kuzatish mumkin. Xususan, tasavvufning adabiyotdagi ko’rinishi jamiyat hayotidagi keskin o’zgarishlar bilan aloqador holda rivojlandi.Adabiyot, avvalo so’z va ruhiyatining nozik tovlanish va ohanglarini ilg’ash, ularni aks ettirishga intiladi. Eng yuksak pog’onalarga chiqa oladigan badiiy adabiyot namunalari insoniyatni to’lqinlantiradigan, hayajonga soladigan o’y-fikrlar, kechinmalar, orzu –umidlarni ifodalaydi.

Dunyoda insonlar bir-birlariga o’xshamaganlariday, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir. O’zbek adabiyoti tarixi nozik ruhiy holatlarni mahorat bilan aks ettirgan durdonalarga boydir. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg’ota oladi, ularning manaviy boyishlariga tegishli hissa qo’sha oladi.

Muhimi, ular badiiy didimiz takomiliga, ma’naviy kamolotga xizmat qiladi. Tasviriy san’at, haykaltaroshlik, me’morchilik, teatr, kino, musiqa va badiiy adabiyot - san’at turlaridir. Ularning barchasida yuksak badiiy ta’sirchan obraz yaratish ko’zda tutilgan. Ammo bu maqsadga erishishning yo’li turli –tumandir. Masalan, musiqa tovushlar uyg’unligiga, tovushlarning hissiy ifodasiga bog’liq. Tasviriy san’at uchun ranglarning o’zaro mutanosibligi alohida kasb etadi. Rassomga bo’yoq va mo’yqalam yordam beradi.

Haykaltarosh esa xom materialdagi (tosh, ganch, yog’och, metal) ortiqcha o’rinlarni yo’nish hisobiga go’zallik yaratadi. Adabiyot esa, bu san’atlardan so’z va ruhning beqiyos imkoniyatlari bilan farqlanadi. Ammo har qanday matn va soz’lar badiiy adabiyotga dahldor bo’la olmaydi. Buning uchun so’z muayyan badiiy estetik vazifani bajarishi lozim bo’ladi. Shunga ko’ra, ham badiiy adabiyot voqea hodisalarni yoki insoniy kechinmalar, his-tuyg’ularni bayon qilmaydi, balki ularni tasvirlaydi.Tasvir so’zga tayanadi. So’z sehri, mo’jiza bilan o’ziga mahliyo qiladi, rom qilib oladi. Shuning uchun go’dak allaga, kichik yoshdagi bola ertakka, kattalar badiiy ijodining turli ko’rinishlariga nihoyatda qiziqib qaraydi, ularning olamiga kirib qolgach, o’zini ham shu olamdan deb biladi.

Shu o’rinda adabiyotning ta’sir kuchi nimada? U nimaga bog’liq? degan tabiiy savollar tug’iladi.Buning uchun yirik so’z san’atkorlari yaratgan ajoyib asarlarning xalq orasida alohida hurmat va e’tibor qozonganini eslash joiz.

Yusuf Xos Hojib 1069 –70 yillarda o’z “Qutadg’u bilig” dostonini tugatadi va uni Qorahoniy hukmdorlaridan Tabg’ach Bug’ro Qoraxon Abo Ali Hasan binni Arslonga taqdim etadi. Shu kuniyoq hukmdor adibga mamlakatdagi eng yuqori mansablardan biri Xos Hojiblikni beradi.

Yana bir misol. Alisher Navoiy “Xamsa” dostonini tugatgach, uni Husayn Boyqaroga sovg’a sifatida topshirdi. Husayn Boyqaro butun a’yonlari oldida uning oldiga tushib, jilovdorlik qiladi. Bu mamlakat podshosining buyuk iste’dod egasiga nisbatan hurmati va e’tirofi ramzi edi.

O’zbek xalqining ijodkorlarga nisbatan alohida hurmat va ehtiromi ham ma’lumdir. Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit turk” asarida “Ardam bashi–til” (“Barcha vazifalar boshlanishi tildir”) degan maqol uchraydi. Demak, til va badiiy so’zning qudratiga qadim zamonlardayoq alohida e’tibor berilgan.

XI asr sharoitida Yusuf Xos Hojib shoirlarni “so’z teruvchilar” deb ta’riflaydi. XIV asrda esa Sayfi Saroyi shoirlarni “so’z bulbuli” deydi. Navoiy shoirlarni ruh chamanining xushxon bulbullari, deydi. Zero, so’z adiblarining o’z nazarlarida ham mo’tabar mavqega ega.

Yusuf Xos Hojib so’z va tilga katta baho beradi. U tilni bilim va aql–idrok tarjimoni deb ataydi. Mana adib fikrlarning ayrimlari:

Kishi so’z bilan ko’pti, bo’ldi malik,

O’qush so’z bashig yerka qildi ko’lik

(Kishi so’z tufayli ko’tariladi, podshoh bo’ladi,

ko’p so’z boshni yerga egadi)

Kishidin kishika ko’maru so’z –ul,

Ko’maru so’zi tutsa asgi yuz –ul

(Kishidan kishiga qoladigan meros so’zdir

meros so’zini tutsang, nafi yuz –yuzdir)

Bunday fikrlarni adib Ahmad Yugnakiy ijodida ham ko’ramiz. U “adiblar boshi til kudazmaq (saqlamoq)dir deb Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk”dagi maqolga hamohang qiladi. Adib Ahmad so’zini kasal ruh va dillarga shifo derkan, bunda badiiy so’zni e’tiborga olganiga shubha yo’q.

Sayfi Saroyi badiiy so’z qudratini shoirlar iste’dodiga bog’laydi.

Shuning uchun ham u:

Jahon shoirlari, ey gulshani bog’,

Kimi bulbuldurur so’zda, kimi zog’

deya shoirlarni ikkiga ajratadi. “So’zda bulbul” bo’lganlarning “mavzunu shirin” ash’orlariga ta’rif-u tahsinlar aytadi.

Alisher Navoiy so’zga nihoyatda yuksak baho beradi. U :

So’zkim insonni judo ayladi hayvondin,

Bilkim, guhari sharifroq yo’q andin - deb ta’kidlaydi.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья на тему "Узбекские мыслители о мощности слов" на узбекском языке

Автор: Салоева Зулфия Адизовна

Дата: 07.05.2017

Номер свидетельства: 413599


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства