Научная статья на тему "Речевая культура преподавателя" на узбекском языке
Научная статья на тему "Речевая культура преподавателя" на узбекском языке
Одним из слагаемых мастерства педагога является культура его речи. Кто владеет культурой речи, тот при прочих равных условиях — уровне знаний и методическом мастерстве — достигает больших успехов в учебно-воспитательной работе
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему "Речевая культура преподавателя" на узбекском языке»
O'QITUVCHI NUTQI VA UNING TA'SIRCHANLIGINI OSHIRISH YO'LLARI
Saloyeva Zulfiya Adizovna
Buxoro Madaniyat kolleji
Har bir insonning ma'naviy va madaniy kamolotga erishuvida tilning o'rni alohidadir. Til insonlararo muloqot hamda fikr va axborot almashinuv vositasidir.
Til millatning tamal toshidir. Prezident I.Karimov «Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir. O'z tilini yo'qotgan har qanday millat o'zligidan judo bo'lishi muqarrar» deb ta'kidlaganida haqli edi.
Shuningdek, ajdodlar merosini o'rganish, tajriba orttirish, almashinish jarayonini ham tilsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Zero, hazrati Navoiy ta'biri bilan aytganda:
So'zdurki, nishon berur o'lukka jondin,
So'zdurki, berur jonga xabar jonondin.
Insonni so'z ayladi judo hayvondin,
Bilki, guhari sharifroq yo'q ondin.
Ma'lumki, til inson aqliy faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Har qanday pedagogik vaziyat uchun mutlaqo to'g'ri bo'lgan nutqni tuzish mumkin emas. Faqat ayni vaziyat talablaridan kelib chiqib tashkil etiladigan nutqgina to'g'ri hisoblanadi.
Binobarin, kishi o'zining har bir qadamini oldindan ko'rishi, rejalashtirishi amalda mumkin bo'lmaydi. Pedagogning mehnati — bu behad izlanish va azob-uqubatli kechinmalar, ilhom va betakror turlanish oni, ko'pdan-ko'p kundalik ishlar, hafsalasi pir bo'lish va bolalar bilan birgalikda boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilishdir.
O'qituvchi nutqining badiiy nutq me'yorlariga mosligi asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Ammo bu nutq ta'sirchanligini oshirishning muhim sharti emas. O'qituvchi nutqining to'g'ri va aniq bo'lishi bilan birga uning obrazli va ifodali bo'lishi ham muhimdir. Nutq ta'sirchanligini oshirishda maqollardan, frazeologizmlardan, iboralardan ham foydalanish mumkin. Shuningdek, bunda anafora, gradatsiya, inversiya, intonatsiya kabi stilistik usullardan foydalanish orqali ham ma'lum bir samaradorlikka erishish mumkin.
Anafora — har bir jumladan so'ng ayrim so'z yoki jumlalarni qayta-qayta ishlatish. Bunday takrorlalar nutqqa o'ziga xos ritm berib, u nutqning ifodaliligini oshirishga yordam beradi. Masalan, «Vatan — bu Ona er, Vatan — bu o'z uyimiz, Vatan — bu o'riklar oppoq bo'lib gullagan bog', Vatan — bu bolaligimda yugurgan tuproqli ko'chalar!». Bu gapdagi «Vatan — bu» so'zining takrorlanishi nutqqa o'ziga xos ritm berib ta'sirchanligini oshirdi.
Gradatsiya — gapdagi so'z yoki jumlalarning sifat o'zgarishiga ko'ra ketma-ket joylashtirishdir. Masalan, «Men Insondek tug'ilmoq, yashamoq, nom qoldirmoq uchun kurashdim!». Bu gapdagi «tug'ilmoq», «yashamoq» va «nom qoldirmoq» so'zlari amalga oshish ketma-ketligiga ko'ra joylashtirilgan.
Mantiqiy intonatsiyaning maqsadi gapda muhim o'rin tutadigan alohida so'z va jumlalarni ajratib ifodalash.
Hissiy-ekspressiv intonatsiya o'qituvchiga nutqi davomida fikr bildirayotgan insonlar, voqea va hodisalarga nisbatan o'z munosabatini bildirish imkonini beradi. Bunday intonatsiya o'qituvchining haqiqiy his-tuyg'ularini ifodalashi lozim. Aks holda u o'quvchilarga salbiy ta'sir etishi mumkin.
O'qituvchining nutqiy faoliyati faqat ob'ektiv axborot berishni emas, balki tinglovchilar sezgilarini qo'zg'otishga, ularning fikrlarini faollashtirishga qaratilsagina kutilgan natijalarga erishish imkoniyatiga ega bo'ladi.
O'qituvchi nutqi samaradorligi uning to'g'ri tashkil etilishiga bog'liqdir. Ayrim holatlar nutq ta'sirchanligiga salbiy ta'sir etadi. Ular quyidagilardir:
1) Sinonimlardan o'rinli foydalana bilmaslik. O'qituvchi hikoyasi davomida bir xil so'zlardan tez-tez foydalanishi nutqning noto'g'ri tuzilganligidan darak beradi. Bunday holat ko'pincha dialoglarni bayon etishda uchraydi. Masalan, «dedi», «aytdi» kabi kesimlardan tez-tez foydalanish holatlari uchraydi. Bu so'zlar o'rniga «fikr bildirdi», «ma'lum qildi», «aytdi», «so'radi», «javob berdi» kabi tarzdagi sinomlardan foydalanish nutqni boyitadi va ta'sirchanligini oshiradi.
2) Shevaga xos bo'lgan so'zlardan foydalanish. Bu holat ham o'qituvchi faoliyatida uchraydigan asosiy kamchiliklardan biri bulib, bu o'quvchilarning nutqini oshirishga salbiy ta'sir etadi. O'qituvchi shevaga xos bo'lgan so'zlardan umuman foydalanmasligi lozim.
Ma'lumki, shevaga xos so'zlar adabiy tilninng leksik me'yorlaridan tashqarida, shuning uchun ham uning nutqda ishlatilishi soflik sifatining buzilishiga olib keladi. Hatto nutqning to'g'ri tushunilishiga ham halaqit beradi.
Xulosa qilib aytganda, har bir o'qituvchida nutq madaniyati bo'lishi zarur, chunki har bir pedagog o'z nutqi, chiroyli va ravon o'qishi, muomala madaniyati bilan o'quvchilarga namuna bo'ladi. U doimo o'zining nutq madaniyati ustida ishlashi va takomillashtirib borishi zarur.