kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Jannatmakon yurtim bilan faxrlanaman!

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ushbu maqola vatanga muhabbat to‘g‘risida.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Jannatmakon yurtim bilan faxrlanaman!»

“Jannatmakon yurtim bilan faxrlanaman”

…Bu ko’ngil Vatan der, ammo ko’zimda

Yeladi Shiroqning oq arg’umog’i.

Yurak-ku Vatan der, ammo bo’g’zimda

Mashrabni mahv etgan dorning sirtmog’i.

(Xurshid Davron)

“Vatan”, “Yurt”- bu bir og’iz so’zning tagida olam-olam ma’no va mazmun bor. Necha-necha sayyoralar, necha-necha makonlar o’rganildi. Lekin, insonlarning yurtga, o’z vataniga bo’lgan muhabbatini hali hech kim o’rgangani yo’q. O’zbekiston dunyoning eng go’zal va betakror diyorlaridan biridir. Undagi “Registon”-u “Shohizinda” lar, “Kalta minor”-u “Ichanqal’a” lar “Buxoro Arki”-yu “Bibixonim madrasa” lari bilan faxrlanmay hech ham ilojimiz yo’q. Bizning vatanimizni bir bor ko’rish istagida yurgan insonlar talaygina. Biz shunday go’zal va betakror vatan zaminida yashaymiz. Uning musaffo havosidan, zilol suvlaridan, oltin kuz va go’zal bahor mevalaridan, beqiyos ne’matlardan bahra olib istiqomat qilib kelmoqdamiz. Bizning birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning shunday so’zlari bor:”Vatanimizdagi har bir viloyat, tuman, har qaysi shahar, qishloq – barchasining o’ziga xos qiyofasi, fayzu-u tarovati bor”. Haqiqatdan ham, yurtimiz olis-olis tumanlarining qishloqlariga borsak, go’yoki jannatga tushib qolgandek bo’lamiz. O’zbekistonni bir ko’rgan, adabiyotidan bahramand bo’lgan inson hech shubxasiz uni sevib qoladi. Yurtimizga tashrif buyurgan ming-minglab sayyohlarning barchasi bu go’zal yurtning tarovatli, serquyosh zamini ularni o’ziga maftun etgani haqida to’lqinlanib, hayajonlanib so’zlaydilar. Avvalo, mamlakatimiz aholisining deyarli barchasi savodli ekan, bu bizning ulkan ma’naviy boyligimizdir. Chunki, savodli odam kitob, gazeta o’qiydi, televizor ko’rib, radio eshitib undan mustaqil xulosa chiqarib farzandalari va yaqinlariga ham uqtiradi. Eng muhimi, doimo barcha sohalarda faol bo’la oladi.

Bobolarim xokini men yuzlarga surtay,

Dilimdagi eng muqaddas so’zlarga surtay,

Onamdayin aziz non-u tuzlarga surtay,

O’z yurtiga qaytib kelgan Qur’onim Vatan.

Insonlarni, ularning nomi, yodini aziz etgan bu tabarruk zamin, ona Vatan barcha narsadan azizroqdir.

Dunyoning yarnidab ko’p aziz-u avliyosini , shoh-u sultonini dunyoga keltirgan zamin bizning vatanimizdir. Zarrasi ko’zlarga to’tiyo, g’ubori oltindan qimmat, har maysasi – ibrat, har boshog’idan hadis unib chiquvchi purhikmat tuproq- bu vatandir. Bu aziz diyorda qatlam-qatlam ma’rifat-u tamaddun, qatlam-qatlam bo’lib aziz-u avliyolar yotibdilar. Ko’hna kitoblarning guvohlik berishicha, birgina Samarqand tuprog’ining o’zida 400 ga yaqin valiylar-u azizlar xoki o’z mujassamini topgan. Shu sababli, bu manzillarga qadam bosganda qalbimiz ilohiy hayajonlar ila mavjlanadi, tan va rux beixtiyor jimirlay boshlaydi.

Xuosa o’rnida shuni aytishim mumkinki, bu aziz va muqaddas vatan siz-u bizlarga kecha yoki bugun bunyod etilmagan. Vatan ajdodlardan avlodlarga, avlodlardan zurriyodlarga katta merosdir. Shuning uchun vatan taraqqiyoti yo’lida ozmi, ko’pmi qo’ldan kelgancha o’z hissamizni qo’shish barchamizning insoniylik burchimizdir. Axir, biz ozod va obod O’zbekistonning kelajak bunyodkorlari bo’lmish yoshlarimiz!


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Jannatmakon yurtim bilan faxrlanaman!

Автор: Abdug‘aniyeva Zarnigor Akmaljon qizi

Дата: 14.04.2020

Номер свидетельства: 546570


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства