kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Badiiy asar tahlilida ijodiy yondashuvni tashkil etish omillari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bu maqolada badiiy asarni tahlil qilish usullari haqida fikrlar bildiriladi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Badiiy asar tahlilida ijodiy yondashuvni tashkil etish omillari»

Safayeva Xurshida Ibroximovna

Buxoro viloyati G`ijduvon tumanidagi

22-umumiy o`rta ta’lim maktabining

ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi


Badiiy asar tahlilida ijodiy yondashuvni tashkil etish omillari


Annotatsiya. Maqolada mantiqiy va obrazli tafakkurni shakllantirishda ahamiyatli sanalgan badiiy asar tahlilidagi ijodiy yondashuv omillarining afazalliklari haqida so`z yuritiladi.Badiiy asarni pedagogik texnologiyalar bilan tahlil etish asosida o`quvchilarning tasavvurini o`stirish,ularning mushtarak yoki farqli jihatlari xususida muayyan xulosalar chiqarish layoqatini rivojlantirishga doir ijodiy yondashuvlar bayon qilinadi.

Aннотация.В статье говорится о премуществах сравнительного изучения, которое считается важным в формировании логического и образного мышления. Излагаются подходы и методы,касающиеся развития способности учашихся делать выводы, заключения об общих и различных аспектах,роста вооброжения,фантазии на основе художественного произведения.

Annotation. The article discusses the benefits of creative approach to the analysis of fiction, which is important in shaping logical and figurative thinking. Creative approaches to developing students’ imagiration based on an analysis of the work of art with pedagogical technologies and developing the ability to draw certain conclusions about their similar or different aspects.

Bugungi kunda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, interfaol metodlarni qo`llash ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.Shu bois ham talim jarayonida muvofiq o`quv muhitini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan,o`qituvchi va o`quvchilar hamkorligi,o`zaro muloqoti,bir-biriga ko`rsatadigan ta’siri eng zamonaviy va milliy talablar asosida tashkil topishi kerak.Buning uchun birinchi navbatda,o`qituvchi ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga qo`yilgan talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarish tamoyillari hamda yo`llari, o`quvchini aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish usullari, u bilan hamkorlik qilish, muloqotga kirishish, sinfda ijodiy muhitni vujudga keltirish, o`quvchi faoliyatini aniq va to`g`ri baholay olish metodlari bilan qurollangan bo`lishi lozim.

Adabiyot fanini o`qitishda zamonaviy yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi.Jumladan, badiiy asarni tahlil etishda ko`pgina o`quvchilar, hattoki o`qituvchilarimiz ham oqsaydilar. Badiiy tahlil adabiy asarning hayotiy va badiiy mantig`i hamda estetik jozibasini anglashga yo`naltirilgan ilmiy faoliyatdir. Metodist olimnlar,xususan, A.Zunnunovning adabiy ta’lim metodlarini tasniflashga oid qarashlarida obrazlar, lavhalarni taqqoslash, asar yoki uning biror bo`limi qurilishi,uslub xususiyati, unda ifodalangan lavha va tabiat manzaralari, qahramonlarni qiyosiy o`rganish rejasini tuzish izlanish metodi; ikki yoki bir necha asarni mavzu bo`yicha, g`oyaviy, adabiy-nazariy, tarixiy-adabiy reja, sahnalashtirilgan nusxasi bilan taqqoslanishi tadqiqot metodi doirasida bajariladigan faoliyat turlari ekanligi ta’kidlanadi. Adabiy tahlilga shu tariqa ta’rif berilganda hodisaga xos deyarli barcha asosiy xususiyatlar qamrab olinadi, deyish mumkin.

Adabiyot darslarida asar matnini o`zlashtirish mumtoz adabiyot namunalarini o`rganishning eng muhim jihatlaridan. Tahlil qilinayotgan she’riy yoki nasriy asar mazmunini puxta o`zlashtirmay turib, uning tahliliga kirishish-foydasiz mashg`ulot. Chunki o`quvchi asar mazmunini atroflicha anglab yetgandagina uning badiiy tahlilini o`zlashtira oladi.

Xususan, badiiy asar qahramonlariga xos xususiyatlarni yoki asarning badiiy mohiyatini ochishga xizmat qiladigan metodlar sirasida “Anogramma”dan foydalanish ham ahamiyatlidir.

Ma’lum badiiy asarni o`rganishda va uni tahlil qilishda “Ikki qismli kundalik” texnologiyasini qo`llash ijobiy natija beradi. “Ikki qismli kundalik” texnologiyasi – bu pedagogik texnologiya bo`lib, yozma nutqni rivojlantiradi. Bu uslub o`qib chiqilgan mavzu bo`yicha tushunchalarni shaxsiy tajriba bilan bog`lashga imkon beradi. Maqsad esa o`rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg`otish,mantiqiy fikrlash va yozma nutqni rivojlantirish. Masalan, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini tahlil etishda quyidagicha yo`l tutiladi.

Muallif fikri

O`quvchi izohi

Agar bir qatla ko`rdi har sabaqni, Yana ochmoq yo`q erdi ul varaqni.


Farhod qaysi bir kitobni varaqlamasin,o`qigan har bir misrasi xotirasida saqlanardi. Unda quvvayi hofiza-yodda saqlash xusuaiyati bor. Ya’ni o`qilgan kitobni ikkinchi marta o`qishning zarurati yo`q edi.

O`qib o`tmak, uqib o`tmak shiri,

Qolib yodida safha-safha bori…


Farhod faqatgina o`qibgina qolmay, balki o`qilgan narsani uqishga intilardi. Olingan bilimidan o`zida xulosa chiqara olardi.

Bo`lib el anduhidin ko`ngli g`amnok,

Yaqo chokni ko`rib,ko`ksin qilib chok

? ? ?

Umumlashtirish

Farhod bolaligidan boshlab ijobiy xislatlarga ega bo`ladi. Undagi ijobiy xislatlar insonning baxti uchun kurash bilan bog`langan holda rivojlantiriladi.

Farhod juda aqlli, zehnli bola bo`lib o`sadi. Farhod-nihoyatda kamtar kishi. Bu xususiyat uning boshqa fazilatlarini yanada mujassamlashtiradi. U o`zini oddiy kishilardan biri, deb hisoblaydi va mazlum xalqni chin ko`ngildan sevadi.

Ijodkor yaratgan asl badiiy asarda doimo fikr bilan tuyg`u qorishib keladi. Yozuvchi hamisha yo nimanidir yoqlaydi yoki inkor qiladi. Ijodkor betaraf bo`lishi mumkin emas. Chunki chinakam badiiy asar inson tafakkuri va ruhiyatida betaraflik tugagandan so`ng yaratiladi. Adibning tuyg`ulari nechog`lik kuchli, ko`zi qanchalar o`tkir, tili qanchalik boy bo`lsa, o`quvchi uning asaridan shunchalik qattiq ta’sirlanadi.

Shu jihatdan ham badiiy asarni tahlil etish jarayonida “Kichik guruhlarda

ishlash” ham qo`l keladi. Bunda quyidagicha ish olib boriladi: Namuna:

А.Navoiyning “Farhod va Shirin” аsarini o`tishda mashg`ulotning borishi:

1-qadam: O`quvchilar she’riy misralarni umumlashtirish asosida “Kichik guruh”larga bo`linadilar (1-2-3-4).

2-qadam: Guruhlar mavzu doirasida o`z guruhlariga nom tanlab, izoh beradilar.

3-qadam.:Har bir guruhga savollar beriladi:

1-guruh uchun:

1.Tasavvuf qanday ta’limot? Javob: Musulmon olamida keng tarqalgan islom diniga asoslanuvchi buyuk ta`limot.

2.Nafsni yengish quroli nima? Javob: Ishq.

2-guruh uchun:

1.Qanday inson komil insondir? Javob: qalb pokligiga erishgan, yuksak ma`naviyayli, barkamol shaxs. Poklanish yo‘li – nafsni yengishdir.

2 Ishq nima? Javob: Inson qalbini ruhini poklashga xizmat qiladigan, uni Ollohga yaqinlashtiradigan barcha ezguliklar, pokliklar yig`indisi.

3-guruh uchun:

1.Navoiy insonnig nafsga munosabati haqida nima deb yozadi? Javob: “Nafs itin qilsang zabun olamda yo`q sendek shujo”.

2. “Farhod va Shirin” dostonidagi Boniy kim? Javob: Ko`ngilga ishq binosinisini qurgan va qurishni o`rgatgan piri komil.

4-guruh uchun:

1.Tasavvufning maqsadi nima? Javob: Insonni ruhiy, manaviy jihatdan paklash, ya`ni komil insonni taminlashdir.

2. Qoran kim? Javob: Ko`ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarini parchalash ilmini bildirgan murshid.

Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.

4-qadam: O`qituvchi tomonidan aniq reglament,intizom,hamjihatlik,o`zaro hurmat,qisqa va aniqlik bo`yicha ko`rsatmalar beriladi.

5-qadam: Kichik guruhlar o`z ishlarini “Тaqdimot”qiladilar.

6-qadam: Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.

7-qadam:Kichik guruhlar ishi baholanadi.

Bu metod orqali o`zlashtirish yaxshilanadi, barcha o`quvchilar mashg`ulotga jalb etiladi,muloqot ko`nikmasining rivojlanishiga olib keladi, badiiy asar matnini talqin eta olish, o`z-o`zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo`ladi.

Taqqoslash, qiyoslash metodi Q.Husanboyeva tomonidan esa alohida metod sifatida o`rganilib, unda qahramonlar hayoti va o`zaro munosabatlari misolida o`quvchilarning inson shaxsi va ichki dunyosini tadqiq qilish faoliyatini qamrab olishga urg`u beriladi. Badiiy asarlarni taqqoslash orqali o`quvchilarda muayyan xalq adabiyotidagi mushtarak g`oya va maqsadlarni ajrata bilish, ulardan turli davrlarga xos uslub yoki ijtimoiy tuzum, ideallarni farqlash malakalari shakllantiriladi. Masalan, ”Shum bola”dagi Qoravoy va “Sariq devni minib” dagi Hoshimjon, ”Kichkina shahzoda” yoki “Oq kema”asarlaridagi Bola, Mo`min chol hamda “O`g`ri” hikoyasidagi Qobil bobo obrazlarining tashqi va ichki portreti, hayot tarzi, boshidan kechirgan sarguzashtlaridagi mushtaraklik yoki farqli jihatlar shular jumlasidandir. Shuni ham ta’kidlash joizki, o`quvchiga beriladigan uy ishiga ketadigan vaqt shunday taqsimlanishi kerakki, unda qo`shimcha ravishda, albatta, axloqiy-ta’limiy mazmundagi muayyan bir adabiyotning ma’lum bir qismini o`qib, shu haqda fikrni yozib kelish imkoni qolsin. O`quvchining yozma fikrlari o`qituvchi tomonidan to o`qilayotgan asar tugagunga qadar yig`ib boriladi va ma’lum vaqtga belgilangan badiiy asarlar mutolaasining muhokammasi o`tkaziladigan ijodiy kunda tahlil qilinadi. Har bir asosli fikr uchun o`quvchiga ball qo`yiladi va ballarning umumiy soni hisoblanib, yuqori natija ko`rsatgan ikki-uch o`quvchi badiiy kitob bilan rag`batlantiriladi.

Ushbu jarayonlar badiiy asarlarning hayotiy qimmatini hali yaxshi anglamaydigan o`quvchini kitob mutolaasiga tayyorlashda asqotadigan, ruhiy tarbiyaga asoslangan dastlabki bosqich, xolos. Adabiyot ta’limidagi innovatsion texnologiyalarning, ular qanday bo`lishidan qat’i nazar, pirovard maqsadi bola qalbida so`z sezgisi va shu asosda so`z sevgisini barqaror qilish, kamol toptirish, o`quvchi shuurida o`zi ifodalagan fikrning mantiqiyligi hamda aniqligidan huzurlanishni tarbiyalash malakalarini shakllantirishdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.A.Zunnunov va boshqalar.Adabiyot o`qitish metodikasi. Toshkent. O`qituvchi, 1992, 70-sahifa.

2.Q.Husanboyeva. Adabiyot-ma’naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. Toshkent. A.Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009.

90-sahifa

3.ALisher Navoiy. ”Farhod va Shirin”. Toshkent. G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009, 79-bet.

4.Q.Yo`ldoshev, V.Qodirov, J.Yo`ldoshbekov Adabiyoit. 9-sinf darsligi.

Toshkent. ”O`zbekiston” nashriyoti, 2019.

1

Familiya

Safayeva

2

Ismi

Xurshida

3

Sharifi

Ibroximovna

4

Ish joyi

G`ijduvon tumani 22-umumiy o`rta ta’lim maktabi

5

Egallab turgan lavozimi

Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi

6

Ilmiy daraja

Yo`q

7

Telefon raqami

+99890.613-53-49

8

e-mail


9

Maqolaning mavzusi

Badiiy asar tahlilida ijodiy yondashuvni tashkil etish omillari

10

Taqdim etilayotgan sho`basi

1-sho`ba. Filologiya fanlari o`qitishdagi innovatsiyalar.





Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 10 класс

Скачать
Badiiy asar tahlilida ijodiy yondashuvni tashkil etish omillari

Автор: Safayeva Xurshida Ibroximovna

Дата: 02.04.2020

Номер свидетельства: 545019


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства