kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Adabiyot darslarida o`qituvchi va o`quvchi munosabati

Нажмите, чтобы узнать подробности

Turmushimizning barcha jabhasida kuzatilgani kabi ta’lim jarayonida ham muhim rivojlanishlar, o`zgarishlar ro`y bermoqda. O`quvchilarni shakllanib qolgan an’anaviy dars uslubi qoniqtirmayapti.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Adabiyot darslarida o`qituvchi va o`quvchi munosabati»

Turmushimizning barcha jabhasida kuzatilgani kabi ta’lim jarayonida ham muhim rivojlanishlar, o`zgarishlar ro`y bermoqda. O`quvchilarni shakllanib qolgan an’anaviy dars uslubi qoniqtirmayapti. Albatta, o`qituvchilar ham bunday usuldagi dars bolani zeriktirib qo`yishini anglab yetganlar. Shuning uchun ham darslarni davr talabiga kelib chiqqan holda pedagogik texnologiyalar, innovatsion usullardan foydalanib o`tishga harakat qilinmoqda. Bunday interfaol usullar o`quvchida mustaqil, kreativ fikrlash, aqliy, ma’naviy va so`zlashuv madaniyatining rivojlanishiga, bilish darajasining yuksalishiga yordam bermoqda.

Shuni alohia e`tirof etish lozimki, boshqa fan muallimlariga nisbatan adabiyot o`qituvchilarga qo`yiladigan talab yana-da zalvorliroq bo`ladi. Zero, ular o`quvchiga bilim berish , ma`lumot yetkazish, axloq-odobini tarbiyashdan tashqari, o`quvchining dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviyatini yuksaltirish , mustaqil fikrlash va fikrni aniq, lo`nda , ravon nutq bilan ifoda eta olish qobilyatini shakllantirishga ham mas’uldirlar. Buning uchun adabiyot darslarini nisbatan erkin, qiziqarli, jozibali, fantaziyaga boy, ijodkorlik ruhida tashkil etishi talab qilinadi.

Endi avvalo, o`qituvchining o`zi ijodkorlik salohiyatini namoish eta bilishi lozimki, ayni shu holat o`quvchilarning bilim egallashlari baravarida so`z san’ati sehrini nozik his etaolishiga omil bo`ladi.

Shu o`rnda shaxsiy tajribamga murojaat etishga to`g`ri keladi. Yuqori sinflarda mumtoz adabiyotimiz vakillari hayoti va ijodini o`rganayotganimizda o`quvchilarda ishtiyoq sustlashganini sezdim. Ularni aruz olamiga qiziqtirish, bu mo`jizaning umrboqiyligi, imkoniyat va ahamiyatini anglatish uchun shu ruhda yaqinda qog`ozga tushirgan mashqlarimdan birini o`qib berdim:

Ey Yusuf tal’at, axtari sa’d, lola uzorim,

Vey alifqomat, adl qiyomat yakto-yu borim.

Ey la’li ruhparvar, ilohiy ahgar sohib nigorim,

Vey lablari shakkar ul ro`zi mahshar sodiq alyorim.

Ey kokili anbar, yuzlari anvar ko`zi xumorim,

Vey chehrai dilbar manzili rahbar azmi qarorim.

Ey hadangi qotil, dardimdan g`ofil quyosh ruxsorim ,

Vey ravzai Bobil ogoh-u botil gulim, gulzorim.

Ey kiprigi paykon, poyida osmon bog`im bahorim,

Vey nuqra zanahdon, jon sanga qurbon shom-u nahorim.

Ey, maftuning Ra’no oshiq-u shaydo sanga dildorim,

Vey ko`ngil huvaydo akun dayrda shoh-shohsuvorim.

O`quvchilarga mumtoz adabiyotimiz vakillarining asarlari mazmuni, ularda qo`llanilgan so`zlarning muqobilini tushuntirish borasida o`z ijodimdan ham foydalandim. Natija kutganimdan ham a’lo bo`ldi. Ayrim alohida iqtidor egalari ham ayni yo`nalishda mashq qilib, so`zlarni to`g`ri qo`llay olganliklarini namoyish eta bildilar.

O`quvchilar bilimidagi bo`shliqlarni to`ldirish borasida yangi ko`rinishdagi mashg`ulotlardan samarali foydalanish mumkin. Har bir o`qituvchi o`zi dars berayotgan o`quvchilarining bilish jarayoniga alohida e’tibor bermog`i lozim. Bu o`rinda sinfdagi o`quvchilarining darsni qanday qabul qilishi: a’lochi, yaxshi va o`rta bahoga bilim oluvchi o`quvchilar borligini unutmasligi lozim. Ayrim toifadagi o`quvchilar mavzuni to`liq o`zlashtirgan bir paytda, boshqa birining bunga layoqati yetmasligi tabiiy. Bu paytda o`qituvchining muomala madaniyati qo`l keladi. Ya’ni , muallim a’lo baho oluvchi o`quvchiga olqish aytib, mavzuni o`zlashtira olmagan o`quvchini “Sen har doim shunaqasan, yaxshi o`qimaysan” deya izza qilmasdan, aksincha, “Sizning o`qishlaringiz yaxshi bo`lib qoluvdi-ku, nima bo`ldi, mavzuni yaxshi tushuntira olmadimmi (tushunmadingizmi emas!)” kabi usulda muloqot olib borishi ham ijobiy samara beradi. Ayrim hollarda o`quvchilar ismiga oy, bonu, xon, bek, jon kabi o`zbekona usulda murojaat qilish, ismlarining ma’nolarini sharhlab, o`sha ismga munosib bo`lishga intilib borish kerakligini uqtirib ketish mumkin. Bu muloqotlar o`quvchilarda o`ziga ishonch tuyg`ularini shakllantirish bilan bir qatorda farzandlarimizning ruhiyatiga milliy qadiryatlar shukuhini singdirish omili sifatida ahamiyatlidir. Shuningdek, erkinlik va bachkanalik, samiymiyat va hurmatsizlik me’yorini saqlay bilish darkor. Ayrim hollarda o`ta erkinlik boshboshdoqlikka, o`qituvchining hurmatini yo`qotish esa umumiy muvozanatning buzilishiga olib keladi. Bundan saqlanish uchun o`qituvchi mehr va talabchanlik “ko`zoynagi” orqali o`quvchi qalbini nazorat etib borgani ma’qul. O`quvchilar o`zlashtirishga qiynalganlarida ularni noo`rin ayblamay mavzuni odatdagi usuldan boshqacha yo o`yin usulida, yoki soddaroq misollar bilan tushuntirish mumkin. Lekin bir darsda noan’anaviy usullardan 4-5 tasini kiritib bo`lmaydi.Bu darsni buzib, o`quvchilar fikrini chigallashtirib yuboradi. O`qituvchi bunday chalkashliklardan qochib, mavzuni izchilik bilan yoritib bermog`i maqsadga muvofiqdir.

Adabiy ta’lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchi munosabati hozirgi kunda alohida diqqat talab qiladigan jabhalardan biridir. Biz o`qituvchilar sinfdagi har bir o`quvchining ruhiy holati, dunyoqarashi, aqliy qobiliyatiga qarab muloqotda bo`lamiz. Vazifa berish mobaynida ham buni e’tiborga olamiz. Bir qarashda bu bolani ajratishga o`xshab ketsa-da, ilm-fan nuqtai nazaridan tabaqalashtirib o`qitishning samarasi ham o`ziga yarasha unumli ekanligini ko`rsatishini unutmasligimiz kerak. Darvoqe, o`quvchilarning o`zlari ham bu tabaqalashuvdan ranjimaydilar, balki o`z bilim va salohiyatlarini yanada oshirishga, sinfning liderlar – eng a’lochilar palatasi safiga o`tishga harakat qiladilar. Shuningdek, o`quvchilar bilan muloqot jarayonida uning jamiyatning bo`lajak yetuk shaxsi ekanligini nazardan qochirmay, shaxs sifatida alohida e’tiborda bo`lishini o`ziga bildirgan holda munosabatda bo`lish ham yaxshi usullardan biridir.

Odatda o`quvchilar bilan “siz”lab gaplashaman. Bir kuni a’lochi o`quvchim darsni yaxshi o`zlashtirmay kelibdi. Unga: “Sen (ataylab “sen”) nima uchun darsni tayyorlab kelmading? Sendan buni kutmagan edim!” – dedim. Kuzatib turibman. Doimo “siz”lab gapirganim uchunmi, butun sinf oldida va o`zinig oldida ham hijolat bo`ldi. Ertasiga ham o`tgan darsga, ham yangi o`tliadigan darsga tayyorlanib kelibdi. Xursand bo`ldim, tahsin aytdim. Uning yuz-ko`zidan o`z muvaffaqiyatidan shodlangani ko`rinib turardi.

O`quvchi ustozdan ta’lim-tarbiya oladi. Shuning uchun ham bir darsdan, darsdagi har bir fikrdan o`ziga nimadir yangilik, saboq olishga intiladi. Ustoz o`quvchi uchun ibratli qahramonga aylanib, o`quvchi ustozga ergashib, uningdek ulug`vor fikrlashga o`rgansa qanday yaxshi! Dars alohida epigraf yoki shior bilan o`tilsin. Tanlangan shior yoki epigraf darsning mazmunini ochib bersin. Ustoz mavzuni tushuntirish jarayonida epigrafga murojaat etib, uning nima uchun shior qilib tanlanganini izohlasin, shuningdek, topshiriq berilayotganda o`quvchilarga (past o`zlashtiruvchilar bo`lsa yana yaxshi) qo`shimcha tarzda kelasi mavzu uchun shior yoki epigraf topib kelishini aytsin. Pirovardida o`quvchilarining darsga qiziqishi nechog`li o`zgarganligini ko`ramiz. Bu usul o`quvchining mustaqil fikrlashi ortishiga, o`ziga ishonch tuyg`ularining mustahkamlanishiga yordam beradi. Darvoqe, har bir o`tiladigan dars o`quvchilar uchun bilim, hikmat o`chog`i, ibrat sabog`i bo`lsin. Undan keyin biz o`qituvchilar o`quvchilardagi vatanga muhabbat, insoniy hurmat, ishonch, matonat, sadoqat kabi jamiyki ezgu tuyg`ular shakllanishini ko`rshimiz mumkin.

Namangan viloyati Uchqo`rg`on tumani

17-sonli maktabning oliy toifali ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi

Matkarimova Ra’noxon Ikromjonovna


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 11 класс

Скачать
Adabiyot darslarida o`qituvchi va o`quvchi munosabati

Автор: Matkarimova Ra'noxon Ikromjonovna

Дата: 15.04.2020

Номер свидетельства: 546765


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства