kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Abdulla Qodiriy asarlarida shaxs va jamiyat

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ushbu maqola Abdulla Qodiriy asarlari tahlili bo‘yicha tayyorlangan.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Abdulla Qodiriy asarlarida shaxs va jamiyat»

Abdulla Qodiriy asarlarida shaxs va jamiyat.

Adabiyot jamiyat hayotining ko’zgusi bo’lish bilan birga insonshunoslik hamdir. Ijtimoiy hayotda ro’y berayotgan har bir voqea-hodisa badiiy adabiyotda u yoki bu darajada o’z aksini topadi. Shu jumladan, ijtimoiy voqelik hamda muhit munosabatlari, unda ro’y berayotgan jarayonlar ham so’z san’atkorlari tomonidan badiiy tadqiq etiladi, falsafiy-eststik xulosalalar chiqariladi. Muayyan ma’naviy-ma’rifiy g’oyalar ilgari ilgari suriladi.

XX asr boshlari adabiyoti ham bundan mustasno emas. Xalqimiz hayotida ro’y bergan tarixiy voqea-hodisalar adiblar tomonidan baholiqudrat qalamga olingan. Bu davr adabiyoti namoyondalaridan bo’lgan Abdulla Qodiriy uslubi, dunyoqarashi, munosabati, pozitsiyasidan qat’iy nazar, u qalamga olayotgan voqelik markazida ilm-ma’rifat, hurriyat, qolaversa, ona yurt, inson taqdiri va uning xarakteri, ma’naviyati, ruhiy olami turadi. Adibning asarlarida erk va hurriyat, shaxs va jamiyat masalalari, inson obrazi turli nuqtai nazardan, turlicha yondoshuvlar asosida chuqur ishlangan. Shaxs shakllanishi jarayonining inson o’zligini anglashi, moddiy turmushining yaxshilanishi, ma’naviy olamining boyishi, voqelikka munosabat singari muammolarning badiiy yechimi, odamlar ruhiyatidagi xilma-xil evrilishlarni tadqiq etish Abdulla Qodiriy asarlarining g’oyaviy-falsafiy maqsadiga aylangan.

Abdulla Qodiriy ham boshqa ilg’or fikrli zamondoshlari singari mashaqqatli hayot yo’lini bosib o’tgan. Bir zamonlar ulug’ allomalarni yetishtirib, olamga dong taratgan xalqimizning ikki tomonlama zulm ostida jaholat botqog’iga botirilishi, ilm-ma’rifatdan bebahra bo’lib qolishi, har qanday ezgu niyatli kishining ta’qib ostiga olinishi ma’rifatparvar adibni ruhiy iskanjaga olishi tabiiy edi. Bunday ruhiy iztirob, xalqning qorong’u kelajagidan ezilish “O’tkan kunlar” romani qahramoni Yusufbek hoji tilidan ta’sirli ifodalangan: “Men ko’p umrimni shu yurtning tinchligi va fuqaroning osoyishi uchun sarf qilib, o’zimga azobdan boshqa hech narsa hosil qila olmadim. Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolg’iz o’z manfaati shaxsiyasi yo’lida bir-birini yeb-ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog’idan yo’qolmay turib, bizning odam bo’lishimizga aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadug’an bo’lsaq yaqindurki o’rus istibdodi o’zining iflos oyog’I bilan Turkistonimizni bulg’atar va biz bo’lsaq o’z qo’limiz bilan kelguvsi naslimizning bo’ynig’a o’rus bo’yutirug’ini kiydirg’an bo’larmiz. O’z naslini o’z qo’li bilan kofir qo’lig’a tutqin qilib topshirg’uvchi – biz ko’r va aqlsiz otalarga Xudoning la’nati albatta tushar…”. Qodiriyning o’zi ham, ilm-ma’rifatni xaloskorlik ramzi sifatida ulug’lar ekan, keyinchalik bu yo’lga chiqish uchun yurt ozod va mustaqil bo’lishi tarixiy zarurat ekanligini his qildi. O’zi yaratgan Otabek obrazi singari arosatda qolgan xalqi taqdiri uchun qayg’urdi, najot yo’llarini axtrardi. Ko’rgan-kechirganlarini umumlashtirib, badiiy asarlarida ifodalashga harakat qildi. Shuning uchun ham Qodiriy qalamiga mansub romanlarni mutolaa qilar ekanmiz, unda muallif obrazi ham yaqqol ko’rinib turganligi, hasbi hol harakterida ekanligiga guvoh bo’lamiz.

Abdulla Qodiriyning avval eski maktabda, keyinroq esa rus-tuzem maktabida o’qishi, uning hayotga kengroq va chuqurroq nigoh tashlashi, bo’layotgan voqea-hodisalarni ongli tahlil eta olishida qo’l kelgan. Aholining turli qatlamlari orasida bo’lishi va faoliyat olib borishi yozuvchining turmush tajribasini orttirdi va hayotiy mushohadalarini boyitdi. Keyinroq Abdulla Qodiriy yirik badiiy asarlar yaratganda turli tabaqa vakillari, shu jumladan, kosib va dehqon, ruhoniy va savdogar singari qator obrazlarning yorqin va hayotiy chiqishida hayot tajribalari qo’l kelganligi tabiiy. Otabek, uning qaynotasi Mirzakarim qutidor, yaqin tanishi Akram hojilar ham aynan ijtimoiy voqelikka xolis va adolatli munosabatlari vositasida oq-qorani tanigan, o’zlari mansub bo’lgan tuzum va davrga haqqoniy baho berish darajasiga ko’tarilgan qahramonlardir.

Yaxshining yomoni, oqning qorasi bo’lgani kabi har bir shaxsning musbat va manfiy tomonlari mavjud bo’ladi. Ana shu salbiy hamda ijobiy xususiyatlarni obrazli ifodalash, voqelikni haqqoniy tasvirlash badiiy adabiyotning dolzarb vazifasi bo’lib qolaveradi. Shu ma’noda Abdulla Qodiriy asarlari shaxs obrazini chuqur tadqiq etish , uning ijtimoiy muhit va jamiyatga munosabat va aloqalarini ilmiy tekshirishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi.

Abdug‘aniyeva Maftuna

Namangan shahar 16-maktab

Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Abdulla Qodiriy asarlarida shaxs va jamiyat

Автор: Abdug‘aniyeva Maftuna Akmaljon qizi

Дата: 13.04.2020

Номер свидетельства: 546378


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства