Просмотр содержимого документа
«Abdulla Qaxxor hayoti»
Mavzu: Abdulla Qaxxor
Reja:
1. Abdulla Qaxxor hayoti
2. Abdulla Qaxxorning ijodi
3. Abdulla Qahhor hikoyalari haqida
4. “Sinchalak” qissasi haqida
5.“Sarob” romani haqida
Ilmiy adabiyotlar
Abdulla Qaxxor (1907—1968) « Kuydirish uchun kuyish, ardoqlash uchun ardoqlanish shart » Abdulla Qahhor.
Mohir hikoyanavis, yozuvchi va o‘zbek adabiyotning atoqli namoyandasi Abdulda Qahhor 1907 yil 17 sentyabrda Qo‘qonning Ko‘mir bozori mahallasida temirchi oilasida tug‘ildi. Yozuvchi bu haqda o‘z tarjimai holida shunday yozgan: «Men 1907 yil kuzda, chorshanba kuni 17 sentyabrda Qo‘qonning Ko‘mir bozori mahallasida tug‘ilganman. Otam temirchi edi».
Uning bolaligi Qo‘qon atrofidagi Yaypan, Kudash, Buvayda, Olqor, Oqqo‘rg‘on singari qishloqlarda o‘tadi. Abdulla dastlab Buvaydadagi eski maktabda o‘qiydi, keyin Oqqo‘rg‘ondagi jadid maktabida, Qo‘qondagi internatda, 1922-24 yillar mobaynida esa Qo‘qonda ochilgan o‘qituvchilar tayyorlaydigan texnikumda tahsil oladi.
SamDU ning tayyorlov fakultetini bitiradi va 1930 yilga qadar O’rta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakultetida o‘qiydi. Umri davomida barakali ijod qildi, «Qizil O’zbekiston», «Mushtum», xotin-qizlar gazetasi «Yangi yo‘l» da «Nish», «Norin Shilpiq», «Mavlono Kufur», «Guluyor», «Erkaboy», «E-boy» imzolari bilan qatnashib turgan. Chexovni o‘ziga ustoz deb bilgan. Abdulla Qahhor 1968 yil 25 mayda Moskvada vafot etdi.
Abdulla Qahhor Pushkinning «Kapitan qizi» qissasini, Gogolning «Uylanish» va «Revizor» komediyalarini, rafiqasi Kibriyo Qahharova bilan birga Tolstoyning «Urush va Tinchlik» asarini o‘zbek tiliga o‘girgan.
Abdulla Qahhor o‘zbek tiliga o‘girgan asarlar
Pushkinning «Kapitan qizi» qissasini
Gogolning «Uylanish» va «Revizor» komediyalarini
Tolstoyning «Urush va Tinchlik» asarini
Yozuvchi o‘z tarjimai holida: «...Ba’zan bularning oyog‘i ostida o‘ralatib, ko‘nglimizni xira qilgan kimsalarga ham ko‘z tashlab «Xalal berma, chetga chiq!» - deganman» - deb yozgan.
Asarlari; «Qishloq hukm ostida» (1932, ilk kitobi), «Sarob» romani, «Hikoyalar» to‘plami, «Kampirlar sim qoqdi», «Xotinlar», «O’g‘ri», «Bemor», «Anor», «Sinchalak», «Qo‘shchinor chiroqlari» (1951, dastlab «Qo‘shchinor» deb nomlangan.
Romanlari
«Qishloq hukm ostida» (1932, ilk kitobi),
«Sarob» romani
Bu asarda O’zbekistonda jamoa xo‘jaligini tashkil qilish (kollektivlashtirish) jarayoni, bu jarayondagi murakkabliklar, kurash va qiyinchiliklar aks etgan. Asar haqida A. Qahhor shunday yozadi:
«Men o‘z to‘pidan ayrilib, keyinda qolgan batrak-so‘nggi batrakning o‘sha yangi yo‘lga chiqib olguncha boshdan kechirganlarini tasvir qilmoqchi bo‘ldim. Biroq o‘zimga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bilan maqsadimga yetolmadim...
romanni tanqid xush qabul qabul qilgan bo‘lsa ham, ta’bimdagi kitob emas»), «Shohi so‘zana» (1950, qahramonlari: Dehqonboy, Hafiza, Xolbuvi, Saltanat va boshq. Bu asarni yozishda adib dramaturgiya janrida o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lib,
Mirzacho‘ldagi bir jamoa xo‘jaligiga ko‘chib borgan), «Og‘riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962, keyingi nomi «So‘nggi nusxalar», poraxo‘rlik illati fosh qilingan), «Ayajonlarim» (1966),
«O’tmishdan ertaklar» (1964), «Muhabbat» (1966), «Mahalla», «Tomoshabog‘», «Millatchilar», «Adabiyot muallimi», «Zilzila» (tugallanmay qolib, uning vafotidai so‘ng nashr etilgan) va boshq.
Hikoyalar to’plami
«Kampirlar sim qoqdi»,
«Xotinlar»,
«O’g‘ri»,
«Bemor»
«Anor»
«Sinchalak»
«Qo‘shchinor chiroqlari»
Abdulla Qahhor hikoyalari haqida
Adib hikoyalarini shartli ravishda uch yo‘nalishga ajratish mumkin: tarixiy hikoyalar, hajviy hikoyalar, zamonaviy hikoyalar. Abdulla Qahhor «Xotinlar», «Asror bobo», «Ming bir jon», «Mahalla» hikoyalarida zamondoshlarining ma’naviy dunyosini, insoniy xislatlarini, axloqiy pokligini, ruhiy go‘zalligini ko‘rsatishga alohida e’tibor bergan. U hikoyalarida xalq maqollari va matallaridan o‘rinli foydalangan.
«O’g‘ri» hikoyasida o‘zgalar baxtsizligini tirikchilik manbaiga aylantirib olgan amaldorlar obrazi berilgan. Unga «Otning o‘limi itning bayrami» maqoli epigraf qilib olingan. «Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi» - kabi misralar shu hikoyadan olingan. «O’g‘ri» hikoyasida «Begim deguncha belim sinadi», «Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi», «Berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz», «Kuruq qoshiq og‘iz yirtadi», «O’ynashmagil arbob bilan - seni urar har bob bilan» kabi maqollar qo‘llangan.
«Bemor» hikoyasida qattiq og‘rib, vafot etgan ayol taqdiri va unga biror yordam berishdan batamom ojiz, qo‘li kalta Sotiboldining ahvoli, uyquga to‘ymagan, hali aniq shakl olmagan jujuq tilda onaizoriga tuni bilan xudodan shifo tilab chiquvchi «begunoh go‘dak» - qizcha holati bayon etilgan. Ona esa har qanday vaziyatda ham o‘z bolasini o‘ylaydi. Bu hikoyaga «Osmon yiroq, yer qattiq» maqoli epigraf qilib olingan.
«Dahshat» hikoyasida Unsinning «O’g‘ri» dagi Qobil bobo, «Anor» dagi Turobjon, «Bemor» dagi Sotiboldidan farqi shuki, u o‘z salaflariga o‘xshab mute’lik asirasi va jaholat qurboni bo‘lib yashashni istamaydi. Olimbek dodxoning sakkiz xotini ichida eng kichigi - bu dargohga tushganiga besh oygina bo‘lgan kelinchak - Unsin agar eri butunlay javobini bersa, Ganjiravonga - o‘z uyiga ketmoqchi bo‘ladi. Dodxoning katta xotini Nodirmohbegim bir voqeani aytib berayotganda «- Bola edim. Raxmatli dadam gap yer edilar. Bir mexmonxona yigit.. . Mana shunaqa shamol kechasi ekan. «Xozir kim go‘ristonga borib, Asqarponsotning go‘riga pichoq sanchib keladi?» - degan gap bo‘libdi» - deydi. Unsin Dodxo bergan topshiriqni bajaraman deb borganda o‘tinni unutadi va hikoya so‘ngida qo‘rqinchdan jon beradi.
«Ming bir jon» hikoyasi 1956 yilda yozilgan. Asar qahramonlari quyidagilar: jikkakkina kishi, o‘ziga juda ham katta ko‘k xalatga burkanib olgan, «bu xotinning joni bitta emas, ming bitta» degan Mirrahimov, sakkiz oydan beri palatadan chiqmay yotgan, o‘n yildan beri xasta ayol Mastura Alieva, Masturaning eri Akromjon, Hoji aka.
«Asror bobo» hikoyasida Usta Mo‘min kitob ko‘rib, Asrorqulning o‘g‘liga qochoq bo‘lib yurgan kunlardan yodgor bo‘lsin deb, «Yodgor» ismini qo‘yadi. Hikoyada «Soxta tabassum» birikmasi salbiy emas, balki qahramonning matonati, irodasi, bardoshi belgisi bo‘lib yuzaga chiqqan. Hikoya qahramoni Asror bobo Nikolay davrida tegirmonchi bo‘lgan.
«Mayiz yemagan xotin» hikoyasida yozuvchi yangi zamondagi o‘zgarishlarni ko‘rolmaydigan, paranjini tashlagan qizaloqdan tortib har bir keksa ayolgacha - barchaga gumonsirab qaraydigan, ular haqida kurakda turmaydigan g‘iybat gaplarni tarqatishdan or qilmaydigan mulla Norqo‘zining hajviy qiyofasini yarattan.
«Sinchalak» qissasi haqida
Bu qissa 1958 yilda yozilgan, 1959 yilda alohida kitob holida nashr etilgan. Asarning asosiy qahramonlari quyidagilar: «Xotin kishi rahbarlik qilsa kalavasi uchini yo‘qotib qo‘yadigan», «toshqin suv: tegirmonni buzishi ham, yurgizishi ham mumkin» bo‘lgan Arslonbek Qalandarov, «Ishlab chiqarishda, jamoat ishida erkaklardan qolishmagan holda yana bola tug‘ib o‘stiradigan ayollarga jamiyat va davlat alohida g‘amxo‘rlik qilishi kerak, degan gapni hali ko‘p odamlar yaxshi tushunib yetgan emas» deb hisoblovchi Saida Alieva, «gapga kelganda burganing yo‘talidan bo‘ron qo‘porishga qodir» bo‘lgan Eshon va boshq.
«Sarob» romani haqidaBu asar 1934 yilda yozilgan bo‘lib, adib unda 20-yillar oxiri, 30-yillarning boshlaridagi «millatchilar» deb atalgan ijtimoiy kuchning mahv etilishi, o‘z g‘oya va orzularini amalga oshirolmay, inqirozga goz tutishi jarayonini badiiy gavdalantargan. Asarda bosh qahramon - Rahimjon Saidiy, Uning hammaslaklari Salimxon, Abbosxon, Murodxo‘ja singari obrazlar orqali sho‘rolarga qarshi olib borilgan maxfiy kurashlarni badiiy gavdalantirgan. Saidiylar yo‘li halokatli yo‘ldir, bu orzular hech qachon amalga oshmaydigan ro‘yo va sarobdir, degan badiiy xulosa chiqarilgan.Asar qahramonlari quyidagilar: Saidiy, Munisxon (o‘zigi-o‘zi otib o‘ldirgan), Murodxo‘ja domla, Soraxon va boshq.
Sharafiddinov O. Abdulla Qahhor. Toshkent. «Yosh gvardiya», 1988.Qo’shjonov M. Abdulla Qahhor mahorati. Toshkent, G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1984.Sanjar Sodiqov. So’z san’ati jozibasi. Toshkent. «O’zbekiston», 1996.Sanjar Sodiq. Abdulla Qahhor ijodi va adabiy tanqid. Toshkent, «Universitet», 1996.Normatov U. Abdulla Qahhorni anglash mashaqqati. Toshkent. «Universitet», 1999.Qo’chqorov R. Men bilan munozara qilsangiz. -T. Ma’naviyat nashr. 1999.Karimov N. va boshqalar. XX asr o’zbek adabiyoti tarixi. — T.: «O’qituvchi», 1999
Foydalanilgan adabiyotlar
ADABIYOTGA E’TIBOR - MA’NAVIYATGA, KELAJAKKA E’TIBOR.