Просмотр содержимого документа
«"Zamon qo‘shimchalari uslubiyati"»
Kattaqo`rg`on shahar2-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Negmatova Mahbubaning“Zamon qo‘shimchalari uslubiyati”mavzusida tayyorlagan taqdimoti
Zamon qo‘shimchalari uslubiyati
(10-sinf)
Darsning maqsadi:
Darsning maqsadi:
Darsning maqsadi:
Darsning maqsadi:
Darsning maqsadi:
Darsning maqsadi:
Darsning maqsadi:
Darsning maqsadi:
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy - o‘quvchilarga zamon qo‘shimchalari yuzasidan haqida bilim berish, olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash
b) tarbiyaviy – o‘quvchilarni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, kamtarlikka, mehnatsevarlikka, xalqparvarlikka, da’vat etish, ular qalbida insoniy fazilatlar urug`ini ekish, milliy va ummummadaniy kompetensiyasini o`stirish;
v) rivojlantiruvchi – o‘quvchilarning bilimi, so`z boyligi, fikrlash qobiliyati, nutq ta`sirchanligini oshirish, erkin fikrini bayon qila olish qobiliyatini shakllantirish.
Dars bosqichlari
Tashkiliy qism 3daqiqa
O‘tilgan mavzu va uyga vazifani so‘rash 5 daqiqa
Yangi mavzu bayoni 20 daqiqa
Mavzu bo‘yicha topshiriqlar bajarish 10 daqiqa
Dars yakuni va o‘quvchilarni baholash 5 daqiqa
Uyga topshiriq berish 2 daqiqa
“ Aqliy hujum” (sinf o`quvchilarini ikki guruhga bo`linadi. )
1- guruh “Iste`dod”
1- guruh savollari
1. Yer yuzida qancha aholi o‘zbek tilida gaplashadi?
2. Narvon so‘zining shevada qanday nomlanishini ayting
1-topshiriq. Berilgan gapdagi zamon shakllarining ma’nolarini aniqlang.
1.Yur, ketdik. Qorning to‘qmi? – dedi Habibulla
2. Men ertaga ketyapman, Farhod.
3. Buvasi gapiradi, Mamadali tinglaydi.
2-topshiriq. Quyidagi gaplarning qaysi nuqtiy uslubga xosligini aniqlang.
1. Shunda sizni azob emas, rohat kutadi.
2. Shunda sizni azob emas, rohat kutajak.
3. Bir kun bu alamlar unutiladi.
4. Bir kun bu alamlar unutilgay
60-mashq.O‘tgan zamon shakllarining qanday uslubiy vazifa bajarayotganini aniqlang.
1. Shu, Boboqul bilan Mamat polvon juda lanj ekan, nima dedingiz, Bo‘ri polvon?
2. Saidxon aka, bu qanday ko‘rgilik-a? Endi men nima qildim-a? Men o‘lsam, endi kim yig‘laydi onam deb?
3. Xo‘p, mayli, hozir boshingizni qotirmay, men ketdim.
4. Uf-f! Nima qildim-a? boshim qotdi-ku!
5. Endi nima bo‘ldi orzu, shirin xob, Ezgu xayollarni aylaymi hamdam?
6. Choyni ichib, maslahatni bitirib, Go‘ro‘g‘li bu so‘zni aytib turibdi.
61-mashq. Hozirgi zamon shakllarining qanday uslubiy vazifa bajarayotganini aniqlang
1.Men bu mehmonni kuzatib borayotirman,- dedi kampir.
2. Samovardagi choyxo‘rlar ermak qilib, polvonning kelini ikkita “Volga”ni qulog‘iga ilib yuribdi deyishyapti.
3. Men astoydil gapirayotirman. Xudo bitta, so‘z bitta!
4. Bir vaqt qarasam, yig‘layapman. Keyin asta uyga kiraman degan edim, haligi itlar yana uvlab yubordi.
5. Menga yordamning keragi yo‘q edi. Dastpanjam hali uzun, yoz deyman, yozmasa, ketiga bir tepaman, uchib ketyapti.
6. Tashvish ustiga tashvish. Biridan qutulmay, boshqasi oyoq ostidan chiqib kelyapti.
7. Bir kuni ko‘chada ketayotsam, Umri bir bosh uzum ko‘tarib ketyapti.
62-mashq. Kelasi zamon shakllarining qanday uslubiy vazifa bajarayotganini aniqlang
1.Xodimlarning aytishib qolganlari, tartibsizlik yo kechikishlarini, iloji bo‘lsa, ko‘rib ko‘rmaslikka oladi, ustidan chiqib qolsa, noiloj astoydil kuyunadi: “Tartib yaxshi-ku, nima qilamiz buzib,a?”
2.Bir to‘yda Gulandomga ko‘zi tushdi-yu, halovotini yo‘qotadi. Yоtsa ham, tursa ham ko‘zidan Gulandom ketmaydi.
3. Ha, yuzga yaqin odam begimning xizmatida bo‘lgay.
4. Zaynab o‘zining muhabbatini eriga faqat kundoshi kelib etar oldida e’lon qiladir.
5. Ko‘cha tomondan traktorning kelib to‘xtagani
eshitiladi. Ko‘p o‘tmay bir qop narsani orqalab Qo‘chqor kirib keldi.
Darsni mustahkamlash (matn ustida ishlash)
«Dunyoning ishlari» qissasida urush davridagi xalqi miz hayotini, iztirobli kechmishini ifodalaydi. Bu asarni o'qigan o'quvchilar ko'zi oldida jang lavhalarini, o'zbeklarning jang maydonlaridagi jasoratlarini ko'z oldilariga keltiradilar. Tabiiyki, yozuvchi urush dahshatlarini, front hayotini o'z ko'zi bilan ko'rnagan. Ammo, uning bolaligi urush yillari davrida kechgan. Yozuvchining bolaligidagi ayrim xotiralari bu narsani tasdiqlay di. Yozuvchining «Urushning so'nggi qurboni» hikoyasi ham urush davri voqealarini yana davom ettiradi.
Hikoya hajman kichik bo'lganligi bilan muhim mavzunu ochib bergan. Voqea urush sharoitini, moddiy tanglikni tasvirlash bilan boshlanadi. Yozuvchi bu manzarani tasvirlashda bayon ber maydi. Aksincha, oilaning maishiy buyumlarini, atrof-muhitning manzarasini chizish bilan ifodalaydi. Oila boshlig'i Shoikrom- inson chidashi qiyin bo'lgan fojia sababchisi - o'z onasining qotiliga aylanib qoladi
“So‘z ma’nosini izohlang”
(tarqatma materiallar)
O`quvchilarga konvert shaklida tarqatmallar beriladi.
O`quvchilarda izohli lug‘at bilan ishlash ko‘nikmasi hosil qilinadi. Fe’llarni zamon qo‘shimchalari bilan tuslaydilar. So‘zlarning asl ma’nosini farqlaydi hamda so‘zlar ishtirokida mustaqil gap tuzadilar.
TEST
1. O‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning soni yer yuzida qancha kishini tashkil etadi?
A. 25 milliondan B. 35 milliondan ortiq. S. 45 milliondan ortiq D.30 milliondan ortiq.
2.Nima to‘g‘ri gapirish va yozishni o‘rgatadi?
A.Grammatika B. Shеvashunoslik S. Uslubshunoslik D. Fonеtika
3.Nutq uslublarining turlari nechta?
A.2ta B. 3ta S. 4 ta D. 5ta
4. Tovush, un, sado, sas, nido, sazo kabi so`zlarning qaysi biri faqat odam ovozini bildiradi va ovoz so‘ziga nisbatan juda kam qo‘llanaveradi?
A. tovush B. un S. nido D. sado
5. Ushbu gap qaysi uslubga xos? Tanlovga quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi.
A. Publitsistik uslub B. Badiiy uslublar S. Ilmiy uslub D. Rasmiy uslublar
6. Investitsiya so`zining ma`nosi qaysi qatorda berilgan?
A. Pul mablag‘lari ishtirokisiz bevosita tovarga tovar ayirboshlash va shu haqdagi shartnoma. B. Qimmatbaho qog‘ozlar va har xil mollar bilan savdo-sotiq qiladigan yirik savdo muassasasi; bozorni uyushtirishning tashkiliy
shakli. S. Mamlakat ichkarisida yoki chet elda, foyda ko‘rish maqsadida, biror korxona yoki iqtisodiyotning muayyan tarmog‘iga kapital qo‘yish, kiritish va shunday kapitalning o‘zi.
D. Korxona va kompaniya egasi bo‘lmagan, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan malakali yollanma boshqaruvchi.
7. Qanday so‘zlar bir-biridan muayyan uslubga xoslanishi va emotsional-ekspressiv bo‘yog‘iga ko‘ra farqlanadi?
A. Shakldosh so`zlar B.Zid ma`noli so`zlar S.Ma`nodosh so`zlar D.Paronim so`zlar
8. Mumtoz adabiyotdagi tuyuq janrining asosini aynan qanday so‘zlar tashkil etadi?
A. Shakldosh so`zlar B.Zid ma`noli so`zlar
S.Ma`nodosh so`zlar D.Paronim so`zlar
9. Nimalar ilmiy va ilmiy-texnik tushunchalarning nomlari sifatida ilmiy uslubga xoslangan so‘zlar yoki so‘z birikmalaridir?
A.Iboralar B. Tasviriy ifodalar S. Terminlar D.Barcha javob to`g`ri
10. Nimalar obrazli tafakkur mahsuli bo‘lib, kuchli ko‘chma ma’no ifodasi bilan, yorqin emotsional-ekspressivligi bilan tilda yashaydi?
A.Iboralar B. Tasviriy ifodalar S. Terminlar D.Barcha javob to`g`ri