Просмотр содержимого документа
«Xayriddin Saloh hayoti va ijodi. " Yulduzlar afsonasi" she'ri»
Mavzu: Xayriddin Saloh hayoti va ijodi. ”Yulduzlar afsonasi” she’ri
Ma’ruzachi:Axmedova Barnojon Raxmonovna
Namangan viloyati Chust tumanidagi 39-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
MIRTEMIR
(1910-1978)
“Onaginam she’ri”
Xayriddin Salox
(1934-1969)
Xayriddin Saloh (Salohiddinov)G’oyat qisqa umri davomida bir qator yorqin she’riy asarlar yozib qoldirgan jo’shqin shoir
Xayriddin Saloh 1934-yil 15-yanvarda Toshkentda tug‘ildi.
Ta’l im
Xayriddin Saloh maktabda o’qib yurgan paytlaridayoq badiiy so’zga qiziqdi.Keksa shoir G’ayratiy rahbarlik qilgan adabiyot to’garagiga qatnashdi.
To’garakdaErkin Vohidov,Yusuf Shomansur,Sayyor singari tengdoshlari bilan ijod sirlarini o’rgandi.
Ilk sh’ri 1950-yilda bosilib chiqdi
Ta’lim va faoliyati
Xayriddin Saloh o’rta maktabni tamomlab Toshkent davlat pedagogika institutining tarix-filologiya o’qishga kirdi va uning kechki bo’limini 1957-yilda tugatdi.
“ O’zbekiston madaniyati” gazetasi,
“ Gulxan”,”G’uncha” jurnallarida adabiy xodim bo’lib xizmat qildi
Asarlari
SHE'RIY TO'PLAMLARI:
“ Chashma” (1959);
“ Ikkinchi imtihon” (1961);
“ Ishqim va rashkim” (1965);
“ Tug’yon” (1969);
“ Na’matak” (1969) ;
“ Izlar va hislar” (1974);
“ Shu’lalar qo’shig’i” (1975);
“ Lirika” (1985).
Dostonlari
“Laylo”
“Yangroq hayot“
“Toshkent bilan suhbat"
Tarjimachilik
Bayron
Heyne
Shevchenko
Hamzatov
Xayriddin Saloh
1969-yilning
5-iyunida vafot etgan.
Yulduzlar afsonasi
Bobolarning gapi shunday: «Har kechaning kunduzi bor,
Har kimning o'z nasibasi, har kimning bir yulduzi bor».
Gar tug'ilsa biror go'dak, derlar: «Ortdi yulduz soni,
Yana bitta mayoq bilan boyib qoldi yurt osmoni».
Biror yulduz uchsa, derlar: «Kimdir o'tdi bu olamdan,
Ko'hna dunyo ajrab qoldi, evoh, yana bir odamdan».
Eshitganman Zuhallar-u Oy, Zuhrolar to'g'risida,
Somon yo'li, Hulkarlar-u Surayyolar to'g'risida,
Eshitganman yuztasini, eshitganman mingtasini,
O'shalardan so'zlab beray faqatgina bittasini:
Yulduzlar afsonasi
Yulduzlarning paydo bo’lishi va so’nishi bilan odamlar taqdiri o’rtasidagi bo’g’liqlik to’g’risadagi afsona esga olinadi
Yulduzlar afsonasi
Qadim Hulkar yulduzining suluv qizi bo'lgan ekan,
Bodom qovoq va oq tomoq, yuzi lo'ppi to'lgan ekan.
Uni sevib onajoni baxmallarga o'rar ekan.
Qizchasida istiqbolni aniq-ravshan ko'rar ekan.
Boqmoq uchun qiz yuziga kunduz quyosh, tun oy xumor,
Koshki unga ko'zgu bo'lsam, deya hatto sho'x soy xumor.
Uning yorqin chehrasiga xiyobonda gullar tashna,
Yuzlarini silab-siypab o'tsam, deya yellar tashna,
Bir kun Hulkar qizchasini solibdi-yu belanchakka,
O'zi esa mudrab sekin ketgan ekan tinch pinakka
Yulduzlar afsonasi
Shunda yetti tund qaroqchi boy bermasdan qulay choqni
Olib qochmish, olib qochmish murg'ak, jajji qizaloqni,
Ko'zin ochib boqsa Hulkar, sho'x qizidan yo'qdir darak,