kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Xayriddin Saloh hayoti va ijodi. " Yulduzlar afsonasi" she',ri

Нажмите, чтобы узнать подробности

Xayriddin Saloh hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berish uchun qo'llanma

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Xayriddin Saloh hayoti va ijodi. " Yulduzlar afsonasi" she',ri»

FRAZEOLOGIK INTENSIVLOVCHI MA’NONI TA’RIFLASHDAGI KAMCHILIKLAR

Kadirova Muattar Jakbaraliyevna

Namangan viloyati, Uchqo’rg’on tumani 1-maktab ingliz tili fani o’qituvchisi

Ergasheva Matluba Muhammadsoli qizi

Namangan viloyati uchqo’rg’on tumani 1- maktab ingliz tili fani o’qituvchisi

Xakulova Sevara Xamidjonovna

Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani 1-matab ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi


“Frazeologik ma’no” termini 1964 yilda bir-biridan mustaqil ravishda ikki muallif tomonidan taklif qilingan. Belgi ma’nosi haqida V.L. Arxangelskiy yozadi: “falsafa, mantiq, semiotika va lingvistikada belgi joylashgan ma’lum tizimlar orqali belgi ma’nosi muammolarini hal etish perspektiv yo’li nazarda tutilgan ekan, lingvistik va ekstralingvistik munosabatlar terminlarida frazeologik birlik ma’nosini aniqlash mumkin bo’lib tuyuladi, frazeologik birlikning o’zi bu munosabatlar a’zosi sifatida anglanmasligi kerak.

Lingvistik munosabatlarni tasvirlashda olim denotat, yoki boshqa so’zlar bilan aytganda, tashqi dunyo predmetlari va bir sinfdagi barcha predmetlar tushunchasidan foydalanadi.

Denotator – FB denotatga nisbatan material qobig’i, designator – FB ning designatga nisbatan material qobiq. Designat deb Arxangelskiy tushuncha va tafakkur shaklidagi predmet haqidagi fikrni aytadi, ya’ni mazmunga ega ichki dunyodagi barcha narsa, o’zining bo’lingan holda aytilishini taqozo qiladi. Arxangelskiy konsepsiyasiga ko’ra, lingvistik munosabatlardan keyin ekstralingvistik munosabatlar keladi. Denotativ va designativ munosabatlarga bo’linadi.

O’z – o’zidan atrofadgi sodir bo’layotgan hodisalar boshqa xarakterdagi belgi axborotiga o’zgaradi, sub’ektning “ichki olami”dagi voqealar ham.Bularning hammasi alophida turdagi belgili frazeologik birlikka tegishli. Bu tezis ko’p frazeologlar tomonidan qabul qilingan va frazeologik ma’no muammolarini intensiv va chuqur o’rganishga undash vazifasini o’tagan.

V.V. Vinogradov maktabining ko’pchilik frazeologlari idiomalar va erkin so’z birikmalari ma’nosini solishtirishdan kelib chiqadilar. Bunday yondashuvda erkin so’z birikmasi va ma’nosi o’zgargan birikma o’rtasidagi leksik – grammatik tarkibiga ko’ra to’g’ri keladigan ikki mohiyat o’rtasidagi mazmniy farq tiklanadi.Bu tafovut ma’no deb qaraladi. Boshqa so’zlar bilan aytganda, mazmun plani bilan operatsiya idiomalar komponenti bo'lgan so’zlar va so’zlar ma’nolari – erkin birikmali so’z birikmalari komponentlarini qiyoslash orqali bajariladi. Idiomalar mazmuniy rejasi spesifikasini aniqlash esa, butunlay va to’liq bu komponentlarni aniqlash, manipulyatsiya qilishga bog’liq.

Frazeologiyada erkin so’z birikmadan erkin bo’lmagan, turg’un birikmaga o’tish g’oyasini qabul qilgan tadqiqotchilardan biri V.P. Jukovdir. Jukov tomonidan Sh. Balli identifikatsiya metodiga ko’p tomondan o’xshash bo’lgan applikatsiya metodi taklif qilingan, lekin “so’zma-so’z” emas, balki “ma’no” bo’yicha.V.P. Jukovning applikativ modeli idiomaning definitsiyasini (izohini) uning so’zma-so’z ma’nosiga qo’yish prosedurasidir.Bunday solishtirish fonida frazeologizm komponentlari so’zning kategorial xususiyatini yo’qotadimi, yoki yo’qmi, shu narsa aniqlanadi.

Bu metod leksikologiyada ishlab chiqilgan ma’noning komponent tahlili va frazeologiyaga kirib kelgan struktur tahlil metodiga to’g’ri keladi. Komponent tahlil imkoniyatlari cheklangan.V.N.Teliya fikriga ko’ra, applikativ metod frazeologik ma’noni tadqiq qilish apparati haqida osonlashtirilgan tasavvur beradi.Bu frazeologiya postklassik davrining muhim kamchiligidir. Ma’lum bo’ldiki, frazeologik ma’no komponent tahlili idiomalar ma’nosi spesifikasi nimada, degan savolga javob bermaydi.Frazeologik ma’no spesifikasini aniqlash murakkab vazifasi A.V. Kuninning kompleks yondashuvi asosida hal qilindi. U va uning shogirdlari tadqiq qilishib, frazeologik ma’no spesifikasini ochib, ob’ektni uning taksonomiyasida to’liq tasvirlashdi.

Frazeologik ma’no spesifikasi frazeologizmga xos bo’lgan asosiy qarama – qarshilik – man’o butunligi vaFB da so’zlarga xos bo’lmagan turli assimetriyalarning borligi bilan bog’liq ravishda birliklarning ayri, alohida joylashganligi o’rtasidagi farq, strukturalarning murakkabligi bilan izohlanadi. Frazeologik ma’no ta’rifining asosiga “axborot invarianti” tushunchasi qo’yilgan. I.S. Narskiy buni “…axborot hosil bo’lishida turg’un saqlanadigan (birlik)” deb tushunadi. Frazeologik butun ma’no va idiomatik ma’no Kuninning fikricha, axborot invariantini tashkil qiladi.

Ko’pchilik frazeologlar frazeologik ma’no tahlilining muhim aspekti “denotatlarning real yoki tasavvuriy belgilarini ifodalaydigan ma’no mikroelementlari sifatida” tushuniladigan semalarning ajralishidir, deb hisoblaydilar. Ushbu nazariyaga ko’ra FB da semalarning butun bir kompleksi jamlangan.

V.G. Gak hisoblaydiki, bu semalar ma’lum bir munosabatlar bilan bog’langan: arxisemalar (rod ma’noli umumiy semalar), differensial semalar, va ifodalanayotgan ob’ektning yordamchi xarakteristikasini aks ettiruvchi potensial semalar . I.A. Sternin tomonidan batafsilroq semalar tasnifi ishlab chiqilgan, bunda doimiy yoki doimiy shart bo’lmagan belgilar nuqtaiy- nazaridan yadro va periferiy semalar ajratiladi.

Strenin tasnifiga ko’ra kuchaytiruvchi leksik birliklar ma’nosida intensivlik semasi yadro semadir. Intensivlik semasi fikrlari E.I. Sheigal, va I.I. Turanskiy ishlarida ham yoritiladi. Sheigal intensifikatorlar ma’nosini tashkil etuvchi sifatida intensivlikni “ichki intensivlik” deb, Turanskiy “intensema” deb ataydi va bu tushunchani kiritadi. “Intensema” deb u ekspressivlik darajasini kuchaytiradigan, kamaytiradigan har qanday til manifestatsiyasini, ko’rinishini tushunadi.

V.G. Gak tasnifi universaldir.U til bilangina emas, inson fikri bilan ham bog’langan.Bundan tashqari FB mazmun rejasini batafsil namoyon qiladi.Lekin yondashuvning o’zi bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, ma’nodagi u yoki bu semalar ajratiladigan prinsiplar juda sub’ektiv va noaniq. Ikkinchidan, ma’noni sema ko’rinishi shunchaki ma’nolarni sanashning oddiy protsedurasi bo’lib qolmay, so’z yoki FB ma’nosidagi semantik elementlar uchun ma’no kategoriyasini tiklash kerak.Eng chuqur ma’noli semalarni ajratish mumkin bo’lgan qoidalarni ishlab chiqish hozircha amalga oshmayapti.

D.O. Dobrovolskiy va Yu. N. Karaulov aytishicha, buni faqat intuitiv qilish mumkin. Bundan tashqari, ma’no strukturasini sema tasavvur qilish faqat vertikal bog’lanishlarni aniqlaydi, til egasi ongida esa sintagmatik bog’lanishlar ustun bo’ladi.Bu ziddiyat abstrakt mohiyat sifatida atomistik yondashuv bilan izohlanadi. V. fon Gumbolt tilni kishining ichki olami va tashqi borliq o’rtasidagi olam deb tushungan. “Til hosil bo’lishi to’liq ichki va to’liq tashqi olam bo’lmagan, tilning umumiy vazifasiga muvofiq idealni yaratishda sub’ektivlikni ob’ektivlik bilan qo’shgan, tashqi taasurotlar va ichki his-tuyg’ular o’zaro ta’siri natijasida kelib chiqadi”.

“Atomistik” yondashuv doirasida FI ma’nolarini tasvirlash psixologik eallikni ifodalamaydi.Idiomatikaning sub’ektga yo’nalganligi bu til birliklarining ma’nolarini olamning “ilmiy” nuqtaiy-nazardan tasvirlashga imkon bermaydi, til strukturasini sema tasavvuri esa aynan unga yo’nalgan.Kognitiv semantika u yoki bu ma’no nega yoki qanday kelib chiqqanligi savoliga javob berishni o’z zimmasiga oladi.

Metaforlashish, FI semantikasi rivojlanishida uning vaznining bahosi bu jarayonda qiyoslash, uning protopipi bilan analogiya o’ynaydigan katta rolni ham yoritadi. “Bizning o’xshashlik hissini tuyishimizdan ham ko’ra tafakkur va til uchun fundamentalroq narsa yo’q”, deb yozgan edi U. Kuayn .

Metafora qiyoslanayotgan ob’ektlar o’rtasida umumiylikdan ko’ra turlilik ko’poroq bo’lsa paydo bo’ladi.“Metafora - bu tildagi mantiqsizlikning doimiy hamrohi – solishtirib bo’lmaydigan narsalarni qiyoslashga imkon beradi”. Biroq, metafora nafaqat insonning turli narsalarda umumiylikni topa olish qobiliyatini namoyish qiladi. Metafora – bu avvalo konkret predmet yoki hodisaning individualligi, yakkaligini payqay olish, uning betakrorligini payqay olish qobiliyati. Muallif like a bat out of hell intensifikatorini qo’llab, voqeaning betakror va individualligini bergan metaforaga misol keltiramiz.

You’re goddam right they don’t”, Horwitz saidand drove off like a bat out of hell( J.D. Salinger “The Catcher in the Rye”, p. 76).

Oldinroq tahlil qilingan metaforik gaplar kabi bu metafora tasavvur qilish jarayonlarini qo’llamay turib maqsadga erisha olmaydi. U yana obrazlilik bosqichidan ham o’tadi, bunga fiktivlikning “boshidan” kiritilganligi guvohlik beradi. Biroq, metaforaning yordamchi vositasi bo’lgan obraz filtr rolini bajarib, FI ning ichki formasiga intensivlovchi ma’no tashkil qiluvchi usul bo’lib ketishi mumkin. Bunga isbot tariqasida like a devil FI sini o’z ichiga olgan ikki metaforani keltirishimiz mumkin.

Mos kelish holatida predikatlar o’xshashligi haqida gapirgan edik. Bunday o’xshashlik ba’zan murakkab, elementar bo’lmagan, “devil” FI siga o’xshab to’qib chiqarilgan afsonaviy mohiyatlar haqida aytilganda tasdiqlanadi. ‘devil’ “like the devil” va “as the devil” ning protopipi. like the devilиas the devil – extremely, excessively.

1. Constable: Just, just! … and then give them great meals of beef, and iron

and steel; they will eat like wolves and fight like devils (W.Shakespeare “Life of Henry the Fifth”, p.432).

2. “The distressed Protestants … over whom they domineered like Divells”(OED, vol.III, p.285).

Keltirilgan misollardagi like the devil FI metaforasi tilda dev haqidagi bibliya afsonalaridan qolgan tushunchadir. Diniy mifologiyada dev – bu xudoga qarshi yovuz ruh, “violence, desperation, cleverness, vigour” (OED)sifatlariga ega shayton. “G’azab, kuch, shafqatsizlik, va umidsizlik” predikatlari like the devil FI si dastlabki

ishlatilish kontekstiga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlar. Ular kurashayotgan, jang qilayotgan inglizlar va devlar o’rtasidagi assosiatsiyani namoyon qiladi. “they will fight like devils”metaforik gapi “they will fight vigorously, desperately” ma’nosini berish uchun muallif tomonidan ishlatilgan.

Shunay qilib, FI ma’nolari spesifikasini kognitiv jihatdan ko’rib chiqish bir qancha xulosalar chiqarishga asos bo’ladi:

Frazeologik intensifikatorlarning intensivlovchi ma’nosi freymlar va protopiplar kabi konseptual strukturalardagi kognitiv o’zgarishlar natijasida hosil bo’ladi.

FI ma’nolari hosil bo’lishining tipik ko’rinishini shunday metaforlashish jarayoni sifatida tasavvur qilish mumkinki, o’zida denotat haqidagi yakuniy bilimni sintezlaydi (hech qachon qayta o’ylab ko’rilgan so’z birikmalari so’z –komponentlari ma’nolaridan kelib chiqmaydigan, ifodalanuvchining xususiyatlari haqidagi bilimdan kelib chiqadigan) va uning kvalifikatsiyasining qimmatligini (ifodalanuvchining xususiyatlari haqidagi baho fikrni kontekstda namoyon qiladigan) sintezlaydi.

FI belgi sifatida “haqiqiy” dunyodan ob’ektlarni ifodalash funksiyalarga moslashgan emas, shu sababdan ularning denotatsiyasi diffuzdir.Ular dunyoni tasvirlamaydi, ular ifodalanuchiga belgini “qo’shib” qo’yish uchungina ishlatiladi.Buning natijasida FI predikatsiya funksiyasiga ega bo’ladi. FI ning prekatsiya vazifasida kela olishi uning ma’no strukturasida ekspressivligida ifodasini topgan FI ning pragamatiligini ta’minlaydigan baho va emotiv modallik borligi tufaylidir.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Презентации

Целевая аудитория: 8 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Xayriddin Saloh hayoti va ijodi. " Yulduzlar afsonasi" she',ri

Автор: AHMEDOVA BARNOJON RAXMONOVNA

Дата: 01.05.2020

Номер свидетельства: 548515


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства