Просмотр содержимого документа
«Usmon Nosir hayoti va ijodi»
USMON NOSIR
(1912-1944)
1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrida dunyoga kelgan.
OTA - ONASI
Uning hunarmandchilik bilan ro‘zg‘or tebratadigan otasi bu paytda og‘ir xasta yotgan bo‘lib, bola go‘dakligidayoq olamdan o‘tadi. Usmon o‘z otasi mehrini, uning erkalashlarini ko‘rmay o‘sdi. 4 yasharligida onasi Xolambibi shu yerlik Nosirhoji degan kishiga turmushga chiqadi va oila Qo‘qonga ko‘chib keladi. Usmonjon shahardagi internatda o‘qiydi, tarbiyalanadi.
1931-yilda Usmon Nosir Samarqanddagi O‘zbekiston dorilfununi (hozirgi Samarqand davlat universiteti)ga o‘qishga kiradi.
U tengdoshlari orasida o‘zining izlovchan fikri, fanlarni tez o‘zlashtira olishi, shoirlik iste’dodi va sho‘x-sha’n tabiati bilan yaqqol ajralib turardi.
USMON NOSIR SHE’RLARIDAN NAMUNALAR
«Oq yuvib, oq tarab»
Esingdami, g‘arib ona,
U qishlarning zahri?
Yuzni momataloq qilgan
U yillarning qahri?
Mehribonim, yodga tushdi,
Bir kuni kuz nahori,
Sarg‘ayib yerga tushgani
Bir ko‘m-ko‘k yaproqning.
Qon, yoshlar-la to‘lganda
U ko‘zlaring seni,
Tuproqqa yuz tutganda
Umring bahori...
“BOLALIGIMGA”
Kapalakning gul emganin ko‘rdim,
Eslab ketdim seni, malagim...
Sen berdingmi, shuncha shirin she’rni,
Ey, barglari ko‘m-ko‘k palagim?
“GULZOR - CHAMAN...” she’ri
Gulzor — chaman.Yur bog‘larga
Eltay yetaklab.
Binafshalar terib beray
Senga etaklab...
Chakkangga taq!To‘lib tursin
Oydek yuzlaring.
Kunday yorug‘,tunday qora
Ekan ko‘zlaring.
“YOSHLIK ” she’ri
Kunlarimni yoshligimdan ayamadim,
Menda yoshlik nokaslikni hech ko‘rmadi.
Qiz sevganda, ho‘ngir-ho‘ngir qon yig‘ladim,
Go‘yo, qalbim amri - azmimni bir so‘rmadi.
“YO‘LCHI ” she’ri
Yo‘lchiman,
manzilim dengizdan nari,
Lojuvard ufqning
tubiga yaqin.
Ko‘nglimda
dardlarim
daryodek oqin,
Chayqalar
ko‘zlarim tikilgan sari.
O, yo‘llar!
BILIMINGIZNI SINANG !
Ijodi va hayoti qorong’i osmonni yoritib yuborgan chaqmoqqa o’xshatilgan benazir ijodkor kim?
U. Nosir qayerlarda o’qiydi?
U. Nosir kimlarni o’ziga ustoz deb bilgan?
Usmon Nosirning qaysi she’rida “bir pallasi bahor toshi bilan og’ir” degan ifoda qo’llangan?
U. Nosirning “Yoshlik”, “Gulzor – chaman” she’rlari qachon yozilgan?
Topshiriq.Quyidagi raqamlarga Usmon Nosir faoliyati bilan bog`lab, izoh yozing.