Просмотр содержимого документа
«"Urushning sònggi qurboni" hikoyasidagi qahramonlar tahlili ustida ishlash (Munozara darsi)»
Safayeva Xurshida IbroximovnaBuxoro viloyati G`ijduvon tumanidagi 22-umumiy o`rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
6-sinf Adabiyot
Mavzu :“Urushning so`nggi qurboni”
hikoyasidagi qahramonlar tahlili ustida ishlash
(munozara darsi)
Dars epigrafi:
Urush, noming o‘chsin jahonda,
Hamon bitmas sen solgan alam.
Sen tufayli ko‘p xonadonda
Ota nomli buyuk shodlik kam.
Bas, bas, ezgu onalar qalbi,
Yashay olsin bexavf, baxt bilan.
Mehnatimiz, g‘azab, sevgimiz
Tinchlik, deydi butun xalq bilan.
Bilim olish usuli:
Ko’rsatsang , eslab qolaman,
Aytsang,unutaman
O’zim bajarsam,
anglab yetaman.
O`tkir Hoshimov
(1941-2013 )
O‘tkir Hoshimov katta iste’dod egasi edi. Adib o‘ndan ortiq roman va qissa, ko‘plab ta’sirchan hikoyalar, bir necha sahna asarlari muallifi. U dastlabki yirik asari bilanoq ulkan adibimiz Abdulla Qahhorning nazariga tushgan, undan «Sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o‘qiladigan asar» yozgani uchun maqtov olgan yozuvchidir.
Topshiriqlar
Asar mutolaasi
Aziz o‘quvchilar! Siz bilan sevimli adibimizning «Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasi haqida gaplashamiz va bu asarni to‘liq o‘qib chiqishni maslahat beramiz. Chunki asar urush haqida, urushning fojiali oqibatlarga
olib kelishi haqida.
Hikoya haqida annotatsiya
Adibning ushbu hikoyasi muallif tilidan bayon qilinadi. Adib kichkinadek tuyulgan hayot hodisasiga nazar tashlaydi; baho beradi. Ayniqsa, hikoyada Umri xolaning g'amginlikka uyg'un jonkuyarligi va qat'iyati, o'z farzandini yurak-yurakdan sevishi sezilib turadi.Qo`llari titroq va dag`al bo`lsa-da,farzandi uchun jonini fido eta oldi.
Endi esa e’tiboringizga
“Urushning so`nggi qurboni”kinossenariysi asosidagi badiiy filmdan lavha havola etish asnosida asarning badiiy mohiyatini o`rganib boramiz.
Asarning mohiyati
Darhaqiqat, insoniyat tarixida eng dahshatli qirg‘inbarot – Ikkinchi jahon urushi millionlab kishilar yostig‘ini quritishdan tashqari, odamlar ongi, ruhiyatida ham yomon o‘zgarishlar yasadi. Ochlik, muhtojlik odamlarni asabiy, bir-biriga g‘anim qilib qo‘ydi, ayrimlarni egri yo‘lga boshladi.
Agar urush bo'lmaganda, hikoya qahramonlarining ahvoli qanday bo'lar edi?
Odamlarni azobga qo'ygan «qoraxat»lar kelmagan bo‘lar edi.
Shoikrom vijdon azobida qolmas, erkin nafas olardi.
Shone'mat o'lim changalidan qutulib ketgan, Umri xola esa farzandlarining rohatini ko'rgan bo'lar edi.
Xadichani oila tashvishlari bunchalik qiynamagan bo'lardi.
O`ylab ko`ring!
Siz Shoikromning fe'1-atvorida xudbinlik, o'zini o'ylash illatlarini sezdingizmi?
3.Men ham aybdorman degan gapni xayoliga keltirmaydi.
4.Onasi chiqqanida, ovqat qolmadi deb xotinining yolg'on gapirganini bilib turadi.Ammo «Ertalab menga isitib bermoqchidir» deb indamaydi.
«Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasi qahramoni Umri xola
urush ketayotgan joylardan minglab kilometr uzoqda bo‘lsa-da, halok bo‘ladi.Chunki bu qirg`inbarot urush front ortidagilarni ham o`z halokatlari bilan chetlab o`tmadi. hunki
Mustahkamlash
Hikoyaning bosh qahramoni Shoikromning ko‘ngli g‘ashligi, diqqinafas holatiga nochorlik ,yo`qchilik sabab ekanini tushundik.
Urush odamlarni o‘zgartirib yuborganini qahramonlarining o`zini tutishi,so‘zlari orqali angladik.
Shoikromni qotillikka undagan, ko‘rinmas o‘g‘ridan o‘ch olishga majbur qilgan, oqibatda o‘z onasining o‘limiga sabab bo‘lgan narsa -barchasidan o`ch olish—qasos edi.
G`alaba e’lon qilingan kuni Umri xola so`nggi qurbon ekanligini bildik.
Qiziqarli topshiriqlar1-topshiriq.”Zehn ziyrakligi”o`yini.Asar matniga tayanib,quyidagi voqealarni mantiqiy ketma-ketlikda tartiblang.
1.Qaynona-kelin bir balo qilib bolalarni tinchitishdi. Keyin ikkovlari boshlashib chiqishdi.
2.Uni urushga olishmadi.To‘qima-
chilik kombinatida montyor yetishmas- midi yo o‘zi yaxshi ishlarmidi, harqalay, uni olib qolishdi.
3.Yarim kecha bo‘lib qolgan, atrof jimjit. Faqat olislarda it uliydi.
4.Ichkarida chaqaloq yig‘ladi. Beshikning g‘ichirlagani eshitildi.Bola xuddi shuni kutib turganday battar big‘illay boshladi.
Barakalla,to`g`ri topdingiz.
1.Yarim kecha bo‘lib qolgan, atrof jimjit. Faqat olislarda it uliydi.
2..Ichkarida chaqaloq yig‘ladi. Beshikning g‘ichirlagani eshitildi.Bola xuddi shuni kutib turganday battar big‘illay boshladi.
3.Qaynona-kelin bir balo qilib bolalarni tinchitishdi. Keyin ikkovlari boshlashib chiqishdi.
4.Uni urushga olishmadi.To‘qimachilik kombinatida montyor yetishmasmidi yo o‘zi yaxshi ishlarmidi, harqalay,
uni olib qolishdi.
Qiziqarli topshiriqlar
2-topshiriq.”Chala xat”o`yini.Quyidagi gaplarda tushirib qoldirilgan so`zlarni toping va o`z joyiga qo`ying.
Birdan xayoliga kelgan _____uning vujudi titrab ketdi.Qora kunlar uchun, ne umidlar bilan _____ ________yurgan g‘unajinini o‘g‘irlagani uchun, o‘lim to‘shagida yotgan ukasini oxirgi _______mahrum qilgani uchun, non puli bo‘lar deb yetishtirgan mevasidan judo qilayotgani uchun shundoq _______olsinki o‘sha xudo bexabarlardan.
Albatta, bu javobingiz ham to`g`ri
Birdan xayoliga kelgan fikrdan uning vujudi titrab ketdi.Qora kunlar uchun, ne umidlar bilan tishida tishlab yurgan g‘unajinini o‘g‘irlagani uchun, o‘lim to‘shagida yotgan ukasini oxirgi nasibasidan mahrum qilgani uchun, non puli bo‘lar deb yetishtirgan mevasidan judo qilayotgani uchun shundoq qasos
olsinki o‘sha xudo bexabarlardan.
Bu urush har bir xonadonga kulfat olib kelgan, har bir qalbda
bitmas jarohat qoldirgan. Lekin urush degan balo hali Yer yuzidan butunlay supurib tashlangani yo‘q. U goh terrorchilik shaklida, goh milliy va diniy adovatlar shaklida o‘z sharpasini ko‘rsatib turibdi .Agar odamzod ogoh bo‘lmasa, ona zamin -dagi barcha tinchliksevar kuchlar birlashib, urushga qarshi chiqmasa, bu fojia avvalgilaridan ham dahshatliroq bo‘lib takrorlanishi mumkin. Barchamiz esa hamisha bir yoqadan bosh chiqarib, o`zaro birlashib tinchlik barqarorligi uchun shay turishimiz kerak.
Uyga vazifani belgilab oling
Hikoyadagi Umri xola va «Dunyoning ishlari» qissasidagi ona obrazi o‘rtasida qanday o‘xshashlik bor?
Daftaringizga hikoyada ishlatilgan maqol va iboralarni yozib oling. Ularni yozuvchi qaysi maqsadda qo‘llaganini tushuntirib bering.
Shoikromning o‘g‘rilar uchun qo‘ygan tuzog‘i tufayli Umri xola qurbon bo‘ldi. Bu yerda Sizningcha kim qotil?