kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ulug’bek Abdurahimov

Нажмите, чтобы узнать подробности

O’zbek  adabiyoti  shunday  chamanzorki ,  uning  bo’stonida  gul  ko’p,  chechak  ko’p.  Bu  bo’stonning  bir-biriga  o’xshamaydigan,  bir-birini  takrorlamaydigan  is’tedodli  shoirlar  avlodi  qayta-qayta  bo’y  cho’zaveradi.  Ana  shunday  betakror  shoirlardan  biri, shubhasiz,  xalqimizning  bulbulzabon  farzandi,  O’zbekiston  xalq  shoiri   Muhammad  Yusuf  edi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ulug’bek Abdurahimov»

Ulug’bek Abdurahimov
Namangan viloyati Namangan shahridagi
79-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

El sevgan ijodkor

O’zbek adabiyoti shunday chamanzorki , uning bo’stonida gul ko’p, chechak ko’p. Bu bo’stonning bir-biriga o’xshamaydigan , bir-birini takrorlamaydigan is’tedodli shoirlar avlodi qayta-qayta bo’y cho’zaveradi. Ana shunday betakror shoirlardan biri, shubhasiz , xalqimizning bulbulzabon farzandi, O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf edi.

Muhammad Yusuf o’zbek xalqining jonfido farzandi, katta is’tedod sohibi edi. U betakror , serjilo she’rlari bilan Vatan madhini tarannum etdi, yurt muhabbatini dillarga jo etdi.
Shoir muxlislari qalbiga milliylik ufurib turgan satrlari bilan kirib bordi. Uning she’rlarida milliy g’urur, o’zbekona lutf, go’zal qadriyatlarimiz o’z aksini topgan.
O’zbekona urf-odatlarning unutilayozganidan ranjigan shoir “Kokiling” she’rida shunday yozadi:

Momom o’rib o’tgan soch,
O’sib tovon o’pgan soch,
O’sib tovon o’pganda,
Yig’lab-yig’lab ketgan soch…
Kokiling kim kesdi yor?

Shoirning dunyodagi eng mo’tabar zot – ona timsoli tarannum etilgan misralari qalbingizga selday oqib kiradi, ummonday mavjlanadi:

Oh,mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Har baloni ko’rib yorug’ dunyoda,
Toshkanni ko’rmagan bechora onam.`

Shoir hamisha kishilar og’irini yengil qilishni o’yladi, tilaklarning eng sarasini ularga tiladi. Samimiy tuyg’ular qatiga otalar duosini, onalar istagini, millatning urf-odatlari-yu iymon , diyonatning tarozisini joyladi:

Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog’ tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo’llariga aso bir tayoq tushsin.

Muhammad Yusuf she’riyatida tabiat, atrofimizni o’rab turgan olam nafis chizgilarda tasvirlanadi. Uning she’rlarini o’qir ekanmiz, go’zal bog’-u chamanzorlar, bir-biriga oshufta gul-u bulbullar, nafis chayqalgan lolaqizg’aldog’-u, ajib bo’ylarini atrofga taratgan rayhon, suv bo’yiga yastanib ariq labida bo’y cho’zgan yalpiz, ko’klam darakchisi boychechak, ko’kda charx urayotgan qaldirg’och, guldan gulga qo’nayotgan ma’sum kapalak, shoir bilan birdek g’arib bo’lgan erka kiyik-u ko’zlari yoshga to’lgan jayronlar ko’z oldimga keladi. Shoir ko’ngillarga ajib bir yorug’likni olib kirgan, dillarni sarxush etgan ko’klam sururi tasvirini xuddi jonli manzaradek chizib beradi:

Ko’nglimga ko’k binafshalar sochilsin,
Kokiliga tolpopukdan soch ilsin,
Boychechakka borar yo’llar ochilsin -
Ko’klamoyim, ko’kingdan ber bir chimdim.

Muhammad Yusuf qalami o’tkir, fikri teran shoir edi. Uning qalamida yaralgan she’riy misralar qalblarga quyilib, kishini o’ziga asir etadi.
U baxtli, omadli shoir . Unga mustaqillik yurtini ozod xalqini ko’rish nasib etdi. Yurtining eng ulug’ bayramlarida uning qo’shiqlari barilla yangraydigan bo’ldi. O’zbekiston haqidagi she’rini yoshlar hatto o’z madhiyalariga aylantirib yubordilar. `Muhammad Yusuf hech kimga o’xshamagan inson edi. Sodda, samimiy. Qalbi go’zal va uyg’oq edi. U xalq dardini tushunardi. Xalq uchun , Vatan uchun, Mustaqillik uchun yonib yozdi. Shu bilan birga inson qalbining tub- tubidagi dardini topib yoza oldi. U kishining yuragi xalq yuragi bilan hamohang urardi. Muhammad Yusuf she’rlari orqali nafaqat o’zini, balki qancha-qancha hofizlarni , xonandalarni elga tanitdi.

Muhammad Yusuf pokiza inson edi deb ta’riflaydi O’zbekiston qahramoni, O’zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad. U odamlarning esini og’dirgan, o’ylatgan, kuldirgan, yig’latgan, topgan-tutganini odamlar ustidan sochgan saxiylik timsoli edi.
Muhammad hammani o’ziga do’st deb bilardi. Hech kimni begona qilmasdi. Qo’lida borini do’stlariga tarqatmaguncha, chuntagi bo’shab qolmaguncha ko’ngli tulmasdi.
U tez og’izga tushdi. Birorta shoir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo’lmagan. Ochig’ini aytsam, Muhammadga ko’z tegdi. Aslini olganda asl shoirlar uzoq yashamaydilar. Ammo ortidan abadiy yashaydigan meros qoldirib ketadilar. U mana shunday o’lmas meros qoldirdi.

Afsuski, M.Yusufning umri qisqa bo’ldi. U 2001-yilning 31-iyulida Qoraqalpog’istonda yuzlab muxlislar qarshisida she’r o’qiyotgan paytida yurak xurujidan vafot etdi. Huddi Boburdek, Shavkat Rahmondek, M.Yusuf ham bor-yo’g’I 47 yil umr ko’rdi. Biroq bu umr dilbar shoirning tug’ilishi, kamol topishi, o’zini voyaga yetkazgan yurt va millatga samimiy va ihlos ila xizmat qilib, ortidan yaxshi nom qoldirishi uchun kifoya qildi.

Xalq dardini so’ylagan ustoz Muhammad,

Sevgi vasfin kuylagan, mumtoz Muhammad.

Ijodi quyoshdek porlab nur sochgan

She’ri dilda abad peshvoz Muhammad.

Bu kuygan ko’ngil faryodi, yurak nolasi. Inson yuz yillar umrguzaronlik qilishi mumkin, uni o’z yaqinlari, nevaralaridan boshqa hech kim eslamaydi. She’riyat ihlosmandlari bilan bo’lgan bir uchrashuvda O’zbekiston xalq shoiri M.Yusuf: ‘’Hali ijod stoliga tuzukroq o’tirganim yo’q’’,-deya lutf qilgan edi. Biroq marhum shoir kitoblarini har safar qo’lga olganimizda , u she’riyatda chinakam xazina qoldirib ketganiga, yozganlarini allaqachon adabiyotga muhrlab ulgurganiga amin bo’lamiz. Uning hayot gulshani tez yonib-o’chgan bo’lsa ham, go’zal asarlaridan iborat mash’ala abadiy yonib turadi.

Muhammad she’r muxlislarini yuragini o’rtab ketdi. Endi shoirning uzi yo’q. Ammo Muhammad Yusuf deb atalmish she’riyat bor. Bu she’riyat aslo zavol bilmaydi




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Презентации

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Ulug’bek Abdurahimov

Автор: Ulug’bek Abdurahimov

Дата: 19.04.2020

Номер свидетельства: 547163


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства