Said Ahmad " Qorakoʻz Majnun" hikoyasi
´San’atkor yozuvchining nigohi oddiy odamlar nazaridanfarq qiladi. Insonlar tabiatidagi juda nozik qirralarni, nafaqat
insonlar, balki hayvonlarga xos xususiyatlarni ham aniq va
ravshan ko‘radi.
Muhtaram o‘quvchi! Agar yodingizda bo‘lsa, siz yozuvchi
Said Ahmadning «Ufq» trilogiyasidan parcha bilan o‘tgan
sinflarda ta nishgan edingiz. Parcha «Qochoq» deb nomlan-
gan edi. O‘sha parcha siz o‘qigan ushbu «Qorako‘z majnun»
hikoyasiga qaysi bir tomondan o‘xshab ketadi. Ona va bola
munosabati, ular o‘rtasidagi mehr-muruvvat ildizlari. Agar shu
insoniy fazilat va ildizlar qurisa, oradagi ko‘ngil yaqinligi ham
barham topadi. ´«Qorako‘z majnun» Said Ahmadning mustaqillik yillarida
yozgan eng yaxshi hikoyalari sirasiga kiradi. Hikoya voqeasi
juda murakkab emas. Keksayib qolgan Saodat aya bir necha
o‘n yillar dan beri harbiyga ketib, o‘sha tomonalarda uylanib,
bola- chaqali bo‘lgan o‘g‘li Bo‘rixonni kutadi. Xu
doning ber- gan kuni sahar namozida uni eslaydi.
Saodat aya tabiatida o‘zbekning chin muslima buvilariga
xos bu dunyosini ham, u dunyosini ham o‘ylashdek mulo-
hazakorlik mujassam. O‘g‘lining xabarini nevarasi Anvardan
eshitgan kampir mulzam bo‘ladi. Adib kampirdagi bu o‘zga-
rishni: «Birovga so‘zini bermaydigan errayim kampir
ning shoxi sindi, ostona hatlamay uyda muqim o‘tirib qoldi», de-
gan tarzda bayon qiladi.