Pirimqul Qodirovning " Humoyun va Akbar" kitobi taqdimoti
Pirimqul Qodirovning " Humoyun va Akbar" kitobi taqdimoti
Pirimqul Qodirov 1980-yillarda “Yulduzli tunlar”romanining mantiqiy davomi sanalmish Boburning sadoqatli jasur farzandi Humoyun va nabirasi – tarixda “chinakam daho shaxs”deb nom olgan Akbar hayoti haqida hikoya qiluvchi “Avlodlar dovoni” – “Humoyun va Akbar” romanini yaratdi.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Pirimqul Qodirovning " Humoyun va Akbar" kitobi taqdimoti»
boshlovchi:
O’zbekning salomi qaynoq qalbiday,
Unda shukrona bor , purma’no kalom.
Qo’lim ko’ksim uzra tutib baralla,
Men sizga degayman – assalom-u alaykum!
boshlovchi:
Salomdan boshlanar har bir qalbga yo’l,
O’zbek deganida bu aziz kalom.
Men ham o’zbek axir , zo’r shukuh bilan,
Qo’lim ko’ksim uzra deyman assalom!
1-boshlovchi:
Assalom-u alaykum , kelajak poydevori sanalmish o’quvchi – yoshlarni tarbiyalayotgan qadrli ustozlar!
2-boshlovchi:
Assalom-u alaykum ,o’zining kelajagini ilm nuri bilan yoritib borayotgan ertasi porloq, kitobsevar o’quvchilar!
1-boshlovchi:
5-“B”sinf o’quvchilari tomonidan O’zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning “”Meshpolvon jangga otlandi” kitobi asosida tayyorlangan kitob taqdimotiga xush kelibsiz!
(Anvar Obidjon hayoti va ijodini aks ettiruvchi slaydlar namoyish etiladi.)
1- o’quvchi:
Anvar Obidjon – Ozbekiston xalq shoiri. O’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan biri, hajviy adabiyot an’analarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirib kelayotgan iste’dodli adib.
2- o’quvchi:
Anvar Obidjon 1947- yil 8-yanvarda Farg’ona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog’ida tug’ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
3- o’quvchi:
“Ona yer” , “Olovjon va uning do’stlari”, “Bezgakshamol” , “Masxaraboz bola” , “ Juda qiziq voqea” , “ Meshpolvonning janglari” , “Odobli bo’lish osonmi?” kabi ko’plab doston, qissalar, she’rlar, pyesalar va hajviy asarlardan iborat to’plamlar muallifidir.
4- o’quvchi:
Uning “Qo’ng’iroqli yolg’onchi”, “ Topsang hay-hay”,”Qorinbotir” , “ To’tiqul” kabi asarlari mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan.
5- o’quvchi:
Yozuvchi 1997-yilda “Shuhrat” medali, 2011-yilda “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni bilantaqdirlangan.
2-boshlovchi:
Anvar Obidjonning “ Meshpolvon jangga otlandi”kitobidan ijodkorning ikki asari – “Dahshatli Mehpolvon” doston-qissasi hamda “Pashshavoyning boshidan kechirganlari” mitti roman-fojia o’rin olgan.
1-boshlovchi:
Agar kishi el-yurtini, loaqal o’z tug’ishganlarini yurak-yurakdan yaxshi ko’ra olsa, ularni deb katta qahramonliklar ko’rsatish bemalol qo’lidan keladi.
6- o’quvchi:
O’zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning xalq dostonlari ohangida bitilgan quvnoq qissasi zamirida shu ma’no bor.
7-o’quvchi:
Unda yovuz Sepkilshohning askarlari shahar-u qishloqlarni talab , ko’plar qatorida Meshpolvonning yarador dadasi va ko’zlari kiyiknikidek chiroyli onasini ham qul qilib olib ketadi.
8-o’quvchi:
Bundan xo’rligi kelgan bola kunlardan bir kuni o’qlovni nayza, qozonqopqoqni qalqon , daskallani qilich qilib , ota-onasini qutqarish uchun cho’loq xachirida jangga jo’naydi.
( Sahna ko’rinishi.)
Muallif:
Meshpolvon to’g’risida oltiariqliklar juda ko’p hangomalar aytib yurishadi. Bularni eshitmabsiz , dunyoga kelmabsiz.
Aytishlariga qaraganda, o’sha Meshpolvon kelajakda o’z ishlari afsonaga aylanib , nomi tarixda qolishini hali bilmagan chog’laridayoq , tashqi qiyofasi bilan boshqalardan yaqqol ajralib turarakan: ikki lunji nog’ora, beti oftobdan zog’ora, jag’ida eshak tepkisi naqshlagan chandiq, qorni naq qirq pudlik sandiq, burni mushuknikidek puchuq, yelkasi baayni hurpaygan chumchuq, bo’yni oldinga enkaygan ,quloqlari dinkaygan…. Xullas, rosayam qiziq bola ekan.
Meshpolvonning ota- onasini qul qilib olib ketishganiga ham ma’lum vaqt o’tdi.
Laylak o’tib g’oz keldi, bahor ketib yoz keldi. Jo’jalar xo’rozga , kurtaklar charosga aylandi. Boshoqlarga o’roq, qovunlarga pichoq tegib, jazlar bir qozon, tandirdagi o’tlar alamazon bo’ldi.
Meshpolvon:
Ha, yo pirim. Voy , nima qilib qo’ydim. ( Meshpolvon o’tin yoraman deb, to’nka yaqinida turgan sopol tog’orani sindirib qo’yadi.)
Enasi:
Bitta to’ngakni ham eplab yorolmaysan ,bola tushmagur. Bo’ying terak bo’lsayam , o’zing erkak bo’lmading. Erkak bo’lganingda ota-onangni qullikka jo’natvorib, tomosha qovoqdek do’mpayib o’tirarmiding? Hoy, ko’zimga qara, jigarlaringga kuyishni bilmasang , odamlardan uyalishni bil. Oriyat degan narsa bormi o’zi senda? Oriyating bo’lmasa, bo’yingni bo’yinturuqdek qilib yuraver. E, satqayi odam ket!
Muallif:
Meshpolvonning o’ziga yarasha oriyati bor edi. Enasining gapi yuragiga achishtirarali darajada og’ir cho’kib, diliga g’ashlik chuvalandi. Otga mingashtirib bozor kezadigan dadasi bilan ochligini ko’zidan sezadigan onasini o’lgudek sog’inib yurgan edi.Kampirning xarxashasi turtki bo’lib, erkaklik nimaligini bizdan ko’rasiz endi, deya shartta safarga hozirlandi.
Meshpolvondan bunday qahramonliklarnni kutmagan enasi oldiniga ikkilanib qoldi. Kosov bilan savalab, shashtidan tushirmoqchi ham bo’ldi.Lekin sinchiklab qarasa, ahdi qattiq, ko’zida achchiq, lablari pichirlab, tishlari g’ichirlab turibdi. Qaysarligi qo’ziganini sezib,endi uni yo’ldan qaytarolmasligini fahmlab,indamay hujraga kirib ketdi. Bir zumdan keyin ikki ko’zi oziq ovqatga to’ldirilgan xurjunni zo’rg’a ko’tarib chiqib, Meshpolvonga beradi.
Enasi:
Yo’ling oydin yo’l bo’lsin,
Bosgan izing mo’l bo’lsin,
Yantoq uzsang , gul bo’lsin,
Tikonlari tilmasin.
Uchrasa ham o’tinchi,
Salom bergin birinchi,
Seni ko’rgan har sinchi,
Odobsiz deb bilmasin.
(Meshpolvon enasi bilan xayrlashib , chiqib ketadi.)
Muallif:
Meshpolvon o’z maqsadiga erishish uchun juda ko’p qiyinchiliklarni yengib o’tadi. Do’stlar orttiradi. Sepkilshohning lashkarlarini yengib, ota-onasini qutqaradi.
boshlovchi:
Anvar Obidjonning ushbu kitobidan o’rin olgan ikkinchi asari yuqorida aytib o’tganimizdek, “Pashshavoyning boshidan kechirganlari”.
boshlovchi: Asar ikki qismdan iborat:
I qism - “Xonadonning yemirilishi”,
II qism – “Darbadarlikda” deb nomlanadi.
O’quvchi:
Yozuvchining bu asarida dunyoda istagancha dushman orttirish mumkinligi durustroq do’st topish mushkul ekanligi, inson hayotda o’z o’rnini topishi uchun intilishi kerakligi ta’kidlanadi.
boshlovchi: Biz har bir asarni o’qib undan nimadir xulosa chiqaramiz, qaysidir qahramonni o’zimizga ibrat deb bilamiz.
boshlovchi:
Iste’dodli shoir va yozuvchi Anvar Obidjonning “Meshpolvon jangga otlandi” kitobi biz bolalarga yaqinlarimizni qadrlash va e’zozlashga , ezgulikka intilib yashashga, o’zimizning ezgu maqsadlarimiz sari olg’a intilishni o’rgatdi. Biz kitob taqdimoti orqali oz bo’lsa-da ,ma’naviy ozuqa berolgan bo’lsak, o’z maqsadimizga erishdik,deb hisoblaymiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Foydalanilgan adabiyotlar:
Anvar Obidjon “Meshpolvon jangga otlandi” . Toshkent-2014