Просмотр содержимого документа
«O'zbek xalq shoiri Rauf Parfi hayoti va ijodi»
Asaka tumani X.T.B.tasarrufidagi 47-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani oqituvchisi Fotima Akbarovaning “Rauf Parfi hayoti va ijodi”mavzusini o’rganish bo’yicha tayyorlaganT A V S I Y A S I
Darsning mavzusi:
Rauf Parfi hayoti va ijodi
Darsning maqsadi:1.ta’limiy:O’quvchilarga mavzu yuzasidan nazariy va amaliy ma’lumot berish;TK 1:fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;2.tarbiyaviy:o’quvchilarni mehmondo’stlik ruhida tarbiyalash va vatanga muhabbat hissini shakllantirish;TK 4: atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish:3.rivojlantiruvchi:o’quvchilarning guruhlarda ishlash qobiliyatini,diqqati,nutqi, xotirasi va dunyoqarashini rivojlantirish;FK 2: o’rganilgan tushunchalar,dalillar, va sifat darajalarini o’quv vaziyatlarida qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
Darsning shiori:Do’stim,dilda ne bor—so’zlayman senga...Rauf Parfi.
Yangi davr o’zbek she’riyatida o’ziga xos yo’nalish yaratgan shoirlardan biri Rauf Parfi,taxallusi—O’zturk.1943-yilning 27-sentabrida Toshkent viloyatining Yangiyo’l tumaniga qarashli Sho’ralisoy qishlog’ida tug’ildi.Otasi—Parfi Muhammadamin savodli,ko’zi ochiq kishi bo’lib,Farg’onaning Vodil qishlog’idan sho’rolar quvg’ini tufayli,Sho’ralisoyga kelib qolgan.Onasi-Sakinaxonim Isabek qizi ham zavqi baland,kitob ko’rgan,mumtoz adabiyotni biladigan ayol bo’lib,u kishi ham asli Farg’onadan edi.
Eng uzoq yozilgan tarjimai holim
Tavalludim:qirq uch,mezonning yigirma yettisi.
Otam-bog’bon.Savodsiz,bizningcha,Mashrabni o’qirdi eski yozuvda.
Dars:Alisher Navoiydan to Abdulla Orif.Aleksandr Pushkindan to Viktor Sosnora.Keyin,men bilgan shoirlar.Men olgan achchiq-chuchuk besanoq saboq.Orzuim:Turkiston atalmish tarqoq VatanniTirik ekanimda bir butun ko’rmoq.Qo’limdan kelmaydigan ish:she’r yozmaslik.Niyatim:Tinish belgilari singari sodiq bo’lmoq-kasbimga,darslarga va orzularga.O’lim?...Darvoqe...O’lim bilan chiqisha olmayman...Ammo Alloh o’zi bilgichdir.Rauf Parfi1991-yil,11-dekabr.
Shoirning dastlabki she;rlar kitobi- “Karvon yo’li” 1969-yilda bosildi.Shundan keyin turli yillarda uning “Aks-sado”(1970), “Tasvir”(1973), “Xotirot”(1974), “Ko’zlar”(1976) “Qaytish”(1981) “Sabr daraxti”(1986), “Sukunat”(1989), “Tavba”(1999) kabi bir qator she’riy kitoblari chop etildi. Milliy adabiyotimiz taraqqiyotidagi ulkan xizmatlari uchun 1999-yilda Rauf Parfiga “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi.Rauf Parfi o’zbek o’quvchilarini jahon she’riyatining eng sara namunalaridan bahramand etish yo’lida bir qator tarjimalar ham qilgan.Chunonchi,Bayronning “Manfred”,Nozim Hikmatning “Inson manzaralari”,Mahmud Hodiyning “Ozodlik lavhalari”,Karlo Kaladzening “dengiz xayoli”,A.Dyumaning “Uch sarboz”va boshqa ko’plab nodir asarlari Rauf Parfi qalami tufayli o’zbek kitobxonlariga yetib borgan.