Просмотр содержимого документа
«“Muhammad Aminxo’ja Muqimiy hayoti va ijodi”»
Namangan shahar XTBga qarashli 63-umumta’lim maktabiona tili va adabiyot fanio’qituvchisi Egamberdiyeva Nargizaning5-sinf uchun adabiyot fanidan“Muhammad Aminxo’ja Muqimiy hayoti va ijodi”mavzusida videodarsi.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Quyida keltirilgan ruboiyning muallifini toping. Ko`pdin berikim yor-u diyorim yo`qtur,bir lahza-yu bir nafas qarorim yo`qtur.Keldim bu sori o`z ixtiyorim birla,lekin borurimda ixtiyorim yo`qtur.
A. Z. M. Bobur
B. Z. Furqat
C. A. Navoiy
“JUFTINI TOP”
VAFOT ETDI
“ BOBUR”
HINDISTONNI ZABT ETDI
1530 - YILI
1526-YIL
SHER
Muqimiy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Aminxoʻja Mirzaxoʻja oʻgʻli) (1850 — Qo’qon— 1903.25.5) — shoir va mutafakkir. Oʻzbek demokratik adabiyoti asoschilaridan.
Reja:
1. Hayoti
2. Ijodi
3. Hajviyoti
Неправильный ответ
Otasi toshkentlik, onasi Oyshabibi xoʻjandlik boʻlib, Qo’qonda yashaganlar. Muqimiy boshlangʻich maʼlumotni mahallasidagi maktabda olgan. Onasi Muhammad Aminxoʻjaga sheʼriyatga havas uygʻotgan. Muqimiy Qoʻqondagi Nodirabegim bino qildirgan ”Hokimoyim”madrasasida, soʻng Buxoro madrasalaridan birida oʻqigan (1864–1865; 1875–1876). 1876-yilda Qoʻqonga qaytgach, yer qurilishi mahkamasida mirzalik qilgan faoliyati vaqtda amaldorlarning qallobliklarini befarq kuzata olmasdan „Tanobchilar“ satirasini yozgan.
Правильный ответ
Неправильный ответ
70-yillar oxirlarida Qoʻqonga qaytgan va ijod bilan shugʻullangan. Otasi vafotidan soʻng moddiy ahvoli ogʻirlashgach, „Hazrat“ madrasasining kichik bir hujrasiga koʻchib oʻtgan (1885), butun umri qashshoqlikda kechgan. Bir necha bor Toshkentga sayohat qilgan (1887–1888, 1892), Toshkentdagi yangiliklar bilan tanishgan. Toshkent madaniy va adabiy hayotini chuqur oʻrgangan. Almaiy, Nodim kabi ilgʻor ruxdagi ijodkorlar bilan aloqa bogʻlab, ijodiy hamkorlik qilgan. Muqimiy yashab ijod etgan davr adabiy hayoti murakkab edi. Bunday muhit Muqimiy ijodiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari, sanʼatpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil anʼanalardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar bilan qaradi. Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan oʻrgandi, ular gʻazallariga muhammaslar bogʻladi. Jomiyni oʻziga ustoz bildi. Oʻzbek, fors mumtoz shoirlari anʼanalarini davom ettirdi.
Oʻzbek adabiyotida demokratik yoʻnalishning vujudga kelishi va shakllanishi Muqimiy nomi bilan bogʻliq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilgʻor fikrli shoirlar oʻzbek adabiyoti tarixida yangi sahifa ochdilar. Muqimiy lirikasi chuqur optimizm bilan sugʻorilgan, hayotiylik ushbu lirikaning asosiy va yetakchi xususiyatlaridan.
Muqimiy real muhabbatni, insonni kuylagan. Sheʼrlarining tub mohiyatini inson kechinmalari, sevinch va alamlari, istak va armonlari, kurashlari tashkil etgan. Ularda doʻstlik, sadoqat, samimiyat, vafodorlik, sabot va matonat ulugʻlangan va bular orqali shoir kishilarda yaxshi xususiyatlarni tarbiyalashga intilgan. Adolatli va baxtli zamonni orzu qilgan, shunday kunlar kelishiga ishongan („Kelur oxir seni ham yoʻqlagʻudek bir zamon yaxshi“ va boshqalar). Hasrat, shikoyat, norozilik motivlari mavjud boʻlgan sheʼrlarida ham kelajakka ishonch, farovon hayot haqidagi orzu-ideallari aks etgan.
Muqimiyning ijodkor, hamfikr do’stlari
Muqimiy dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit oʻrtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy yoʻnalishni maydonga keltirgan. Bu uning xajviyotida koʻproq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga boʻlinadi. Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib tashlangan („Tanobchilar“, „Toʻy“, „Moskovchiboytaʼrifida“, „HajviViktor boy“, „VoqeaiViktor“ va boshqalar)- „Saylov“, „Darmazammatizamona“ va boshqalarda oʻlkaga kirib kelayotgan kapitalistik va gʻayriaxloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari koʻrsatilgan. Baʼzan, oʻsha davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, Dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar yozgan („Hajvi halifai Mingtepa“).Ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. Ularda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimoiy ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, harobalikni zaharxandalik bilan tasvirlagan („Devonamen“, „Koʻsamen“ „Hayron qildi loy“, „Pash-shalar“, „Shikoyati bezak“ va boshqalar). Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi oʻzgarishlarga yangicha munosabat aks etgan („Taʼrifi pech“, „Aroba qursin“, „Loy“ va boshqalar).
Muqimiy ijodini oʻrganish, asarlarini toʻplash va nashr ettirish u hayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov„DevoniMuqimiy“ toʻplamini (T., 1907) nashr qilgan, soʻng 1910–1912-yillarda „DevoniMuqimiymaahajviyot“ nomi bilan asarlari toʻplami bosilgan. Keyingi davrlarda GʻofurGʻulom, Oybek, X. Zarifov, H. Yoqubov, H. Razzoqov, Gʻ. Karimov, A. Xayitmetov va boshqalar Muqimiy ijodini tadqiq etganlar. Sheʼrlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan. Qoʻqonda uy-muzeyi tashkil etilgan. Fargʻona viloyatidagi shaharcha, Toshkent koʻchalaridan biri, Oʻzbek davlat musiqali drama teatri Muqimiy nomi bilan ataladi. Shoir haqida Sobir Abdulla„MavlonoMuqimiy“ romani va „Muqimiy“ dramasini yaratgan. Muqimiyning aksariyat gʻazallari ashulaga aylangan.
Mustahkamlash:
1. Muqimiy dastlab qayerda tahsil oladi ? 2. Shoirning ilm o’rganishi va badiy ijodga erta qiziqishida kimning ta’siri bo’lgan ? 3. Muqimiy qaysi shoirlarning g’azallariga muhammaslar bog’lagan? 4. Muqimiy lirikaning qanday janrlarida ijod etgan ? 5. Muqimiyning bizga qanday hajviy asarlari yetib kelgan ?
Uyga vazifa :
“ Sayohatnomadan” Qo’qondan Shohimardonga parchadan o’qib yod olish.