kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ёрдамчи суз туркумлари

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bu yerda siz Abdulla Qahor va uning hayoti va ijodi bilan tanishishingiz mumkin. Bu yerda uning asarlari bilan ham tanishishingiz mumkin.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ёрдамчи суз туркумлари»

Aim.Uz

Uchqo‘rg‘on tuman 28-o’rta ta’lim maktabi







Bir soatlik dars ishlanmasi



7-sinf

Mavzu: YORDAMCHI SO’Zlar










Tayyorladi: ona tili va adabiyot fani

o’qituvchisi Karimova Gulirano Narmatalievna.















Darsning mavzusi:      Yordamchi so’zlar

 Darsning maqsadi:

 a)   ta’limiy: o’quvchilarga yordamchi so’zlar haqida ma’lumot berish;

b)   tarbiyaviy: o‘quvchilarning bilim olishlari uchun hukumatimiz tomonidan yaratilib  berilayotgan  imkoniyatlar, Prezidentimizning bolalarga g‘amxo‘rligi, bilim olish barcha insonlar uchun zarurligi haqida.

c)   rivojlantiruvchi:nutqda tilning imkoniyatlaridan o’z o’rnida, to’g’ri va unumli foydalanish, so’z boyligini oshirish, o’z fikrini yozma va og’zaki tarzda erkin ifodalay olishlariga erishish, yordamchi so’zlar mazmuni bo’yicha o’quvchilar savodxonligini oshirish.

 

        Darsning usuli: suhbat,o’yin va topshiriq, guruhlash

 Darsning jihozi: Darslik, o’quv mavzu rejasi, rag’bat kartochkalari, «Yordamchi so’zlar» mavzusi bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar,  boshqotirmalar, elektron darslik, konvert

  Darsda foydalanadigan texnologiya:

 “Aqliy hujum”, “Aql idroki”, O’yin – topshiriqlardan foydalanish usuli. Bu usul orqali:

1) o’quvchilarda jamoa bo’lib ishlash ko’nikmasi shakllanadi;

2) mavzu ko’rgazmalilik va o’yin- topshiriqlar bois uzoq vaqt esda saqlanadi.

  Asosiy tushuncha va atamalar:

Yordamchi so’z, bog’lovchi, ko’makchi, yuklama

Metod: Og`zaki bayon qilish, tushuntirish.

Forma: savol-javob, individual ishlash,  jamoa bilan ishlash

Vositalar: darslik, o’quv qo’llanma, kompyuter, proyektor, tarqatma materiallar.

Nazorat: Og`zaki nazorat  savol-javob orqal

Baholash: Rag`batlantirish, yulduzchalardan foydalanish




Darsning maqsad va vazifalari

                            

a)Ta`limiy: o’quvchilarda yordamchi so’zlar    haqida  bilimlarini shakllantirish.

b)Tarbiyaviy: o’quvchilarni  bilim olishlari uchun hukumatimiz tomonidan yaratilib berilayotgan imkoniyatlar, Prezidentimizning bolalarga g’amxo’rligi, bilim olish barcha insonlar uchun zarurligi haqida tarbiyalash;

v)Rivojlantiruvchi: o’quvchilarda mustaqil, ijodiy fikrlash va til hodisalarini qiyoslash asosida nazariy xulosalar chiqarish ko’nikmasini, og’zaki va yozma nutq malakasini rivojlantirish.

 

 

 

Ta`limiy savol: 1.Yordamchi so’zlar deganda nimani tushunasiz?

2. Yordamchi so’zlarning qanday turlari bor?

Tarbiyaviy savol: Yurtimizda hukumatimiz tomonidan sizlarning bilim olishlaringiz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?

Rivojlantiruvchi savol: Yordamchi so’zlarning turlari haqida nimalarni bilasiz?

Kutilayotgan natija

Dars yakunida o`quvchi biladi (Bilim)  yordamchi so’zlar va uning turlari komakchi, bog’lovchi, yuklama  haqidabilimlarni egallashi

Qaysi savollar beriladi:

1.Yordamchi so’zlar deb qanday so’zlarga aytiladi?

Dars yakunida o`quvchi tushunadi (Ko`nikma)O’quvchilar yordamchi so’zlar va uning turlari  haqida o’z fikrlarini bildira olishlari kerak.

 

Qaysi savollar beriladi:

Umumlashtiruvchi so’z vazifasida qaysi so’z turkumidagi so’zlar kela oladi?

Dars yakunida o`quvchi bajara oladi (Malaka)O’quvchilar yordamchi so’zlarning mustaqil so’zlardan farqini va ko’makchi, bog’lovchi, yuklama  haqidagi tushunchalarni egallashi, ta’riflab bera olishlari kerak..

 




Qaysi savollar beriladi:

 Siz uyushiq bo’lakli gaplarda umumlashtiruvchi so’z va tinish belgilarning ishlatilishi haqida nimalarni bilib oldingiz?

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich:

Tashkiliy qism

1.Davomatni aniqlash.

2 .Darsga hozirlash.

Savol- javob

5 daqiqa

 

2-bosqich:

O’tilgan mavzuni so’rash

O’tilgan mavzu bo`yicha savol-javob bilan o`quvchilarning  shu mavzuga tayyorligi va yana nimalarni bilishlari lozimligi haqida ehtiyojlarini  aniqlanadi.

 O`g`zaki so`rov

10 daqiqa

3-bosqich:

Yangi mavzu bayoni:

1.Ko`rgazmalilik asosida o`qituvchining mavzu bo`yicha ma`lumoti.

2.Guruhlarda topshiriqlar  bo’yicha taqdimot

Ko`rgazmali qurol

 Qo`shimcha ma`lumot asosida

 

10 daqiqa

 



 

 

 

4-bosqich

Mustahkamlaash

 

Savollarning javoblarni tahlil qilish

O’quvchilarning bilimini reyting ball asosida baholash

Guruhlarni rag`batlantirish.

10 daqiqa

 

 

 

5-bosqich:

Darsga yakun

 (Uyga vazifa)

O’quvchilarning bilimini reyting ball asosida baholash 291 -mashq. Darslikning berilgan qolip asosida gaplar tuzib kelish

 Guruhlarni baholash

Yozma  

topshiriq

5 daqiqa
















Darsning borishi:

 

I.     Tashkiliy qism: O’quchilar bilan salomlashish, navbatchi axborotini eshitish, sinf xonasining sanitariya-gigiyena holatini tekshirish, darsga tayyorgarlik.

 II O’tilgan mavzuni so’rash:

 O’tilgan mavzu so’raladi, uyga vazifa 4-topshiriq  tekshirilib xatolari tahlil qilinadi. Savol-javob orqali o’quvchilar darsga hozirlanadi.

  1. Kelishik shakllari deb nimaga aytiladi?

  2. Ismlarning kesimga xoslovchi qo’shimchalar qaysilar?

  3. Kelishik qo’shimchalari imlosini tushuntiring.

III Yangi mavzu bayoni:

Atash ma’nosiga ega bo’lmagan, , ma’lum so’roqlarga javob bo’lmaydigan va gapda ma’lum gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar yordamchi so’zlar deyiladi. Ular mustaqil so’zlarni bir-biriga bog’lash, ularning ma’nolariga qo’shimcha ma’no yuklash vazifasini bajaradi. Yordamchi so’zlarga bog’lovchi, ko’makchi, yuklama, alohida olingan so’zlar kiradi.



  154-mashq

Matndan yordamchi so’zlarni aniqlash




IV. Mustahkamlash

(Guruhlar bilan ishlash)

(Oquvchilar berilgan matndagi yordamchi so’zlarni aniqlash)


I guruh

Otam bu hikoyasini boshlagan vaqtda mening vujudimni qo'rquv o'rab olar edi-da, ichimdan: «Meni ham shunday jinlarga yo'liqtirma», deb tangriga yolborib qo'yar edim.

Kecha xolam bizning uyga mehmon bo'lib kelgan edi. Kechasi oshdan keyin otam, oyim, xolam uchovlari choy ichishib o'ltirar va o'tgan-ketgandan so'zlashar edilar. So'z aylanib kelib yana o'sha jinlar, parilar, devlar to'g'risida to'xtadi. Otam bo'lsa o'zi ko'rgan «jinlar bazimi»ni so'zlashdan yana tiyilolmadi. Otamning bu hikoyasi, yuqorida so'zlaganimcha, mening uchun ortiqcha vahimali bo'lganidan darrov o'rnimga kirib, ko'rpamga burkanib yotib oldim. Otam menga bir kulib qaradi.


II guruh


                  KO‘NGIL   (Cho’lpon)

Kongil, sen munchalar nega              Haqorat dilni ogritmas,

Kishanlar birla dostlashding?         Tubanlik mangu ketmasmi?

Na faryoding, na doding bor,            Kishanlar parchalanmasmi?

Nechun sen muncha sustlashding?      Qilichlar endi sinmasmi?

   

II guruh

. Salom berib sekingina poygakka tushib o'tirdim.

- Xo'sh?! - Shunday o'zim, sizni sog'inib, bir ko'rib kelay deb kelgan edim.

- Yaxshi, yaxshi, barakalla, juda ham quruq kelmagandursan, biror ishing bordur, xo'sh, nimaga kclding?

Shu paytda boyga xizmatkor yurishda qo'ygan shartim esimga tushib qoldi. «Shart qilgan yolg'onni endi gapirmasang, qachon gapirasan», dedim-da, gap boshladim:

- Anavi, haligi, dandon sopli pichog'ingiz sinib qolib edi. shuning xabarini bergani keldim.

Ana shu so'zdan keyin menga «innaykeyin» savoli yog'ila boshladi.

-  Xo'sh, innaykeyin, qanday qilib sindi? Ro'zg'orda mening pichog'imdan boshqa pichoq qurib ketgan ekanmi?

-Tozi itingizning terisini shilayotgan edim, suyakka tegib sinib qoldi.

- Iyya?! - dedi boy. - Tozining terisini mening dandon sopli picho-g'imda shilasanlarmi, o'zing ayt-chi, nimaga shildilaring?

- Shoshib qoldik-da, o'lib qolgandan keyin, bekor ketmasin deb terisini shilib oldik.

-Nima qilib o'ldi?

- Harom o'lgan otning go'shtini ko'p yeb qo'ygan ekan, bo'kib o'ldi.

- Harom o'lgan ot go'shti qayoqda ekan?

- Ha, o'zimizning to'riq qashqaning go'shtini yeb o'ldi-da, begona ot emas.



157-mashq

  1. Polvonning qo’li kuch bilan o’ziga tortar, ammo bir qarich ham oldiga siljitolmasdi. 2. Mehmonlar osh-suv taraddudiga yo’l qo’yolmasdan, sut-qatiq bilan quruq choy ichib, darhol o’tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar-uzanmas uyquga ketdilar.

Savol-javob

V. Darsga yakun

Guruhlarni baholash.

Uyga vazifa: 158-mashq






























Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Презентации

Целевая аудитория: 7 класс

Скачать
Ёрдамчи суз туркумлари

Автор: Каримова Гулирано

Дата: 15.04.2020

Номер свидетельства: 546795


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства