Просмотр содержимого документа
«Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur»
Namangan viloyati XTB ga qarashli 18-sonli DIMI ning
ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Boydedayeva Dilfuza Mirzayevna
SENARIY
“Ajdodlar ruhi mangu barhayot!”
TADBIR SSENARIYSI
***
Davrlar o’tadi, masofa ortar,
Yurakka yaqinlab boradi bu nom.
Har lahza hikmati yodimni tortar,
Navoiy yodi-la yashaymiz mudom.
Sahna. XV asr oid milliy jiрozlar bilan bezatilgan.Shamdonda shamlar yoqilgan.
Lavhda kitob. (Nog’ora ovozi)
Jarchi:
“Tinglang,Hirot ahli,bu kecha ahl-u fuzalo, dono-yu ulamo,izzat va ma’murlik bo’stonida yig’ilib,ilm nurlaridan ko’ngillarini yoritgay, qalblariga adolat va ezgulik urug’larini sochgay, dillarini nuri ziyo suvlari bilan munavvar qilgay,alar xizmatiga bel bog’lang va suhbatidan bebahra qolmang”.
ALSHER NAVOIY(10-“a”sinf o`quvchisi Rasulov Asadbek) sahnaga kirib keladi
6-“A”sinf o`quvchilari bilan muzokara olib boradi.
Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida videorolik namoyish etiladi.
Hindcha raqs .8-“B” sinf o`quvchisi Olimjanova Gulnoza
Z.M.BOBUR KIRIB KELADI(10-“B”sinf o`quvchisi SODIQOV ABDULAZIZ)
BOBUR HAYOTI VA IJODI HAQIDAGI VIDEO ROLIK
SAHNAGA CHIN, MISR, FARANG ELCHILARI KIRADI
Sahna ortidan: “ Hirot taxtining hukmdori, Temuriyzoda, Ollohning yerdagi elchisi Husayn Boyqaro tashrif buyuradilar!”
Husayn Boyqaro:
Xush kebdurlar, elchibeklar dargohimizga,
Eshitgayman arzlarini!
Chin elchisi:
Xurosonu Turkistonni sayr etib yurdik,
Hamma yoqda mehmondo`stlik e`htirom ko`rdik.
Hind elchisi:
Hind mulkidan kelganimda niyat qilgandim,
Xurosonu Turkistonni sayr etib chiqsak,
Undan keyin ko`ra olsam janoblarini.
Zero hindning barcha orif va olimlari
Siz hazratning nomlarini ko`p ulug`laydi.
Misr elchisi:
Hatto bizning tilimizni tariximizni
Bizga ta`lim kilib turdi bu donishmandlar.
Bizga agar lutf etilsa ruxsati oliy
Bu kitoblar nushasidan olib ketgaymiz.
Farang elchisi:
Ko`p bilimlar o`rgangusi faranglar sizdan,
Yuraklarda minnatdorlik hissi bilan biz
Yo`l olamiz uzoq yurtga - Farangistonga,
Mag`ribdagi insonlarga rostin aytamiz!
Hazrat Navoiy “Hamsa”sini olib ketmoq istarmiz.
Husayn Boyqaro:
Bajonidil bu buyuk asarning olam uzra tarqalmog`in biz ham istarmiz!
Qani buyuk Navoiy “Hayrat ul-abror”din bayt o`qing!
Alisher Navoiy:
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasig`a panja urmoq.
Kerak sher oldoda sher jangi,
Agar sher o`lmasa bori palangi.
Husayn Boyqaro:
Shabistonda tug`di yangi biro y,
Yangi oy yo`qki, mehri oamoroy.
Alisher Navoiy:
Bu asarni sizga taqdim etgum!
“Xamsa”ni elchilarga taqdim etadi.
Husayn Boyqaro:
Uni avaylab asrang. Bir necha avlodlarga yetkazing. Endi xonanda va sozandalarimizning mahoratlaridan ham bahramand bo`ling!
7-v Sinf qizlarining raqsi.Navoiy g`azali bilan “Istaram”
Sahnaga Farhod va Xusrav chiqib keladi.
Xusrav:
Qaydinsen ey mMajnuni gumrah?
Farhod:
Majnunu vatanidin qayda ogah?
Xusrav:
Nedur sanga olamda pasha
Farhod:
Ishq ichra majnunliq hamisha
Xusrav:
Ishq o`tiding de fasona
Farhod:
Qo`ymas kishi topmas nishona.
Sahnani Farhod va Xusrav tark etadi.
Husayn Boyqaro:
Ishq ichra becha etib maloli
Mahvash qilur erdi zabt holi.
Majnun bilan Layli chiqadi
Majnun:
Layli ishqidin kuydi yuragim yomon
Modibadar hijronida dil o`rtar hamon.
Majnun ishqi erur vafodor
Vaslini ko`rmoq Qays Majnunga armon.
Layli:
Majnun so`zidin ayladim hitob
Layli qalbida erur hijlat behisob.
Layli va Majnun sahnani terk etib, Bahrom bilam Dilorom chiqadi.
Bahrom:
Dilorom raftoridin mast bo`ldim,
Ul jonon ruhsorida orzuga to`ldim.
Dilorom:
Bahrom oshiq kechsa ham jondin,
Oshiq sevgisi ketmas yurak qondin.
Iskandar:
Eshitdimki Iskandar nomdor
Chu bo`ldi jahon ahlig`a komgor
Ne kishuvar bo`ldi musaxxar anga
Mute bo`ldi Doroyu kishvar anga.
Barchalari chiqib ketadilar.
Bobur haqida videorolik va qo`shiq “Lola” Bobur g`azali bilan.
Sahnada PIR-U KOMIL USTOZ paydo bo’ladi (o’ychan qiyofada, xayol surganday) birin-ketin mashvarat ahli kirib keladilar.
1-Shogird: Ustoz, nechun bu mashvaratni tunda uyushtirdinggiz.
Ustoz: Beishq ulusqa kom uyqu,
Ishq ahlig’a harom uyqu ,- deydilar.
Shu payt qo’llariga ramzlar ko’targan yosh mullabachchalar kirib kelishadi va odob bilan salom berishadi:
Assalom-u alaykum, ustoz!
Vaalaykum assalom, Vo ajab, nesababdan bu yosh mullabachchalar bizning mashvaratimizni ixtiyor qilubdur.
Ustoz, biz tavoze’ ahlimiz.
Tavoze’, qanday go’zal lutf,bu so’zning ma’nisini chuqur anglaysizmi?
Mullabachchalar birin-ketin:
Xokisorlik
Kamtarlik
Hurmat
Izzat
Ehtirom
Itoatgo’ylik
Bo’ysunish, insonga xos mana shu yeti fazilatni o’zida mujassamlashtirgan bu birgina sifat tavoze’dir.
Barcha mullabachchalar birgalikda:
“Ham tavoze’li bo’lib, ham boadab,
Yaxshilarning suhbatin qildik talab”.
Ustoz:Barakallo, bugungi suhbatimiz esa rostgo’ylik va tog’rilik haqidadir.
Dunyo shu tog’rilik tufayli barqaror, uning qorong’u go’shalari, yig’inlari shu sham nuri bilan beangandir va egrilik inkoridankim,agar egri kishi kumushbadan go’zallar yuzidan zulfdek joy olsa ham boshi kesilgulik. Kishining o’zi to’g’ri bo’lsa, dunyoning teskari aylanishidan uning ne ishi bor.
1-shogird: To’g’ri aytasiz ustoz, mana qarang, nay to’g’ri bo’lgani uchun so’fiylar uni yaxshi ko’radi, egri bo’lganida tanbeh olar, qulog’I buralar edi.
2-shogird: Nayza to’g’riligi tufayli doim balandda turadi, arqon egriligi uchun doim bog’langan.
3-shogird: Sozlangan torning qili to’g’ri bo’ladi, egri bo’ldimi sozlanmagani (qo’lidagi tordan kuy chaladi.)
Ustoz: Kimki to’g’rilik nima ekanligini anglamoqchi bo’lsa, shuni bilsinki, kishining so’zi birla o’zi ham to’g’ri bo’lishi kerak.
Mullabachchalardan biri: Sizlar to’grilik haqida ko’p va xo’p so’z aytdingiz, dalillar keltirdingiz, ammo biz shunday zamon odamlariga mubtalomizki, ularning oldida rostgo’ylikdan yomon narsa yo’q,
2-mullabachcha: Kimki bu davrda rostgo’ylikni odat qilsa, kambag’allik, yetishmovchilikdan boshi chiqmaydir.
3-mullabachcha: Ha, ha! Davr ham egrilini talab qilganida sen to’g’rilikni o’zingga shior qilib olsang zamon senga dushmanlik qiladi.
mullabachcha:Mana, qarang, qalam to’g’rilikka yo’l ko’rsatgani uchun boshi kesilib pastda turadi.
mullabachcha: Alif to’g’rilikdan bong urgani uchun “balo” ( ﻻ ﺑﺎ ) ostida qoladur.
mullabachcha: Ilon tanasi egri bo’lsa ham doim xazina ustida yotadur.
mullabachcha: Salla qanchalik egri bo’lib chirmashmasin, bosh ustiga chiqishga loyiq topildi.
Ustoz: Hayotda shunday nohaqliklar ham bo’ladi. Ammo egrilikning ham, to’g’rilikning ham o’z haqiqiy ta’rifi bor. Egri nohaq, to’g’ri haqdir.
Mashvarat shu asnoda bahs-munozaraga aylanadi.O’quvchilar o’z fikrini asoslash uchun “Hayrat ul-abror”dan ayrim parchalarni yod olishadi va tahlil qilishadi.
1-o’quvchi:
Sham bo’yi tuz kelib ayvon aro,
Shahidi bazm o’ldi shabston aro.
Egri uchish birla chu ko’p aylanib,Qaydaki, parvona borib o’rtanib.
Ya’ni, ziyo nur timsoli bo’lgan Sham kuyib kul bo’lsada,ezgu amalidan mamnun,parvona esa egriligi, bemaqsad,besamar harakati ila o’zini halokatga olib keladi.Bunday insonlar to’g’rini egri,rostni yolg’on deyishlari tabiiydir.2-o’quvchi:Sarv to’g’ri o’sganligi uchun u haqiqatgo’ylik,adolatparvarlik timsolidir.Alqissa,bunday xususiyat egalari xazon ofati bo’lmish har qanday balo-qazolardan omon qoladi.Sumbula esa har kimning ketidan ergashib, mustaqil fikrga ega bo’lmagani uchun yuzi qaro.
2-o’quvchi:
Rost ulkim nazari to’g’ridir,
Kim iligi egridir,ul o’g’ridir.,
Bo’lsa ilik egrilik ichra samar,
El ani kesmakla tuz etgay magar..
3-o’quvchi:
El orasida”nazari to’q” degan fikr bor.Bunday odamlar barcha hoyu havaslardan o’zlarini tiya biladilar,ammo”qo’li egri” deb ta’riflanuvchi kimsalar borki,ular oily jazoga mahkumdir.
1-o’quvchi:
Ko’zki erur egri aning xilqa’ti .
Birni ikki ko’rmak aning san’ati
Ko’z insonning tashqi olamdan,uning go’zalligidan bahramand etadi,ammo u birni ikki qilib ko’rish bilan hodisalarni noto’g’ri baholaydi.
Piri komil: Kimsaga yolg’onchi debon qilsa ot,
Bu ot ila chorlasalar o’zu yot.
Azizlar,hammamiz bu dunyoda o’tguvchimiz zero:
Bu gulshan ichra yo’qdir baqo guliga sabot
Ajab saodat erur yaxshilik bila chiqsa ot..
Shu asnoda fikrlar dalillanib, yosh mullabachchalar ko’targan muammo o’z yechimini topadi. Asar badiiyligini ta’minlovchi tanosib – baytda ma’no jihatdan bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi : sham – sabiston, parvona-aylanmoq, o’rtanmoq, sarv – xazon, sunbula, bog’ kabi so’zlarni qo’llash orqali hosil qilinganligi izohlanadi.
Tashbeh-o’xshatish,qiyoslash ma’nolarini anglatib, nayza va nay – to’g’rilikka, arqon, chaqmoq, ilon, salla – egrilikka tashbehlanganligi o’ziga xos badiiylikni ta’minlagani haqida nazariy ma’lumotlar beriladi
8-B sinf raqs:Munojot,Qodirova E`tibor
Bobur g`azallaridan namunalar:7-v sinf qizlari.
Navoiy va Guli dialogi.Ijro etadi 9-a sinf o`quvchilari Abdulmahmudov Iqboljon va Akbarova Durdona.
Navoiy g`azali video rolik.
Husayn Bayqaro va Navoiy haqida sahna ko`rinishi,7-v sinf yigitlari ijrosida.
Vidoerolik, Raqs O`zbekiston 8- b sinf qizlari.
Biz shunday ulug` mutafakkir shoirimiz borligidan faxrlanamiz, iftixor qilamiz. Bugungi tadbirimiz Navoiyga av Boburdek she'riyat daholariga bo`lgan ehtiromimizning bir ko`rinishidir.
Barchamizga, adabiyot ahllariga she'riyat bayrami muborak bo`lsin.
Birin-ketin o`tib borar asrlarning karvonlari,
Oh, nechog`lik xatarlidir uning oshar dovonlari,
Inson zoti murodiga azal-abad yetar edi.
Ushalsa gar umidvor zot Navoiyning armonlari,
Fursat keldi do`stu g`anim kimligini bilay bu kun.
Jami bashar farzandiga saodatlar tilay bu kun,
Ko`kka boqib sahar chog`i iltijolar qilay bu kun,
Nurga to`lsin aziz bobom, Navoiyning makonlari.
Barcha kechada qatnashganlar boshlovchilar tomonidan rollari bilan tanishtirilib, sahnaga taklif etiladilar.