kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Usmon Nosir ijodidan "Nil va Rim" she'ri tahlili

Нажмите, чтобы узнать подробности

Usmon Nosir ijodidan Nil va Rim she'ri tahlili haqida

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Usmon Nosir ijodidan "Nil va Rim" she'ri tahlili»

Namangan viloyati Chust tuman XTB ga qarashli 67--maktab

Sinf: 8

Fan: Adabiyot

O’qituvchi: Ergasheva Muyassar Odilovna

O’tilgan mavzu: Usmon Nosir hayoti va ijodi qirralari.

Yangi mavzu: Usmon Nosir ijodidan “Nil va Rim” she’ri tahlili


Darsning maqsadlari:

1.Darsning ta’limiy maqsadi.

O’quvchilarga Usmon Nosir hayoti va ijodi ziddiyatlari haqida ma’lumot berish.Uning ijodi bilan o’quvchilarni yaqindan tanishtirish;

2.Darsning tarbiyaviy maqsadi.

Adolat va qabohat tuyg’ularining formulasini ochish,kimning kim ekanligini suratga qarab emas,siyratga qarab baho bera olishiga ko’maklashish;

3.Darsning rivojlantiruvchi maqsadi.

O’quvchining tarix va zamon,she’r va shuur,ijod va ijodkor dunyosini mustaqil fahmlay olishi,erkin tahlil eta olishi,ulardan xulosa yasay olishi,bahsga kirisha olishiga sababchi bo’lish;

Darsda olib boriladigan usullar:

1. Aqliy hujum(Klaster usuli yordamida)

2.Individual jang

3.Rang tasvir va kino bilan ishlash

4. Bahs

5.Fikrlar himoyasi

Darsda foydalaniladigan metod: Interfaol

Ko’rgazmali qurollar:

  1. darslik;

  2. she’riy to’plam;

  3. portret;

  4. a-4 qog’ozi;

  5. “Gladiator”kinosidan lavhalar;

  6. qadimgi Rim va Misr hayotidan rasmlar;

  7. buklet;

  8. albom;


Darsning fanlararo integratsiyasi:


1.Tarix - Usmon Nosir va Qadimgi Rim,Qadimgi Misr;

2.Siyosatshunoslik - Ijodkor yashayotgan muhit tuzumi;

3.Geografiya - she’r xaritasi;

4.Tasviriy san’at - zamon siyratining she’rdagi surati;

5.Mantiq(Logika) - she’rning ichki va tashqi mantig’I;

6.Mehnat - aql va yurak birligi-ishchan tafakkur otashkuragi;

7.Ona tili - so’z san’atining mohirona tajassumi;

Darsdagi talablar:

-o’zaro hurmat;

-faollik;

-erkin fikr bera olish;

-dars-teatr,lekin siz tomoshabin emassiz.

Darsning texnologik xaritasi


Dars bosqichlari

Dars vaqti taqsimoti

Dars mazmuni

Tashkiliy qism

5 daqiqa

    1. Salomlashish; b)Davomatni aniqlash;

с) Guruhlarga ajratish;

Kirish

3 daqiqa

10 daqiqa


4 daqiqa


  1. Ma’naviy daqiqa;

  2. O’tilgan mavzuning o’zlashti- rilganligini tekshirish;

  3. O’tilgan mavzuni mustahkamlash;

Asosiy qism

15 daqiqa

“Aqliy hujum”, Klaster

IV

Mustahkamlash

5 daqiqa

Fikrlar himoyasi

V

Yakuniy qism

3 daqiqa

  1. O’quvchilarni baholash;

  2. Uyga vazifa



Olovdek lovillab dil yonur,
Baxtliman janglarga yarasam!
Usmon Nosir.

«Usmon Nosir deganda biz kimni tushunamiz? U shunday iste’dod egasiki, bamisoli tekkan joyini kuydirguvchi olovdir. Usmon Nosir ulug‘ va abadiy she’riyatning diydasidan oqib ulgurmagan shabnamdir, u hali qahqahaga aylanmay, lablarimizda manguga qotib qolgan nim tabassumdir. Uning she’rlari ko‘z kabi tirik, jonli, tutqich bermas hayot poralaridir. Biz Usmon Nosirni qadrlaymiz. Chunki u she’riyatning tabarruk, muqaddas dargohida anvoyi bir chamandir, sira xazon bo‘lmaydigan mo‘‘jiza bog‘ yaratib ketdi».
Abdulla Oripov, 1983.


O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilar bilan “aqliy hujum”, “Klaster usuli”da dars olib boriladi:


1-shart:“Aqliy hujum”da sinf o’quvchilari ikki guruhga bo’linib, shoirning hayoti va ijodiga oid bittadan faktga izoh so’raydilar:


1-guruh

2-guruh

1912-yil…?

O’zbek ziyolilari qatag’on qilingan yildan ikki yil oldin…?

5- va 8-sinfda


Shoir she’riyatining yengil o’qilishligi,tuyg’ular beg’uborligi bilan 5-sinf o’quvchilariga,zalolatning achchiq yuki ortilgan she’rlarinining tahlil talabligi bilan shu qobiliyat unayotgan 8-sinf o’quvchilariga yaqinligi uchun.


Arman xalqi hayotiga

bag’ishlangan asari qaysi?


“Nasimaga deganim”she’ri

1

2



3


4











5



6





Shoir tug’ilgan yil

Shoining 1-she’riy to’plami bosildi


Usmon Nosir ijodi qaysi sinflarda o’rganiladi?

Nima uchun aynan shu sinflarda?










“Naxshon”dostoni



Qaysi she’ri og’ir xastaligiga qaramay hayotga talpinayotgan lirik qahramon ichki kechinmalari haqida?


Savol-javob tugagach,natijalar e’lon qilinadi.


2-shart: 1-shartda har bir guruhning faol qatnashgan 1ta va faol qatnashmagan 2 ta o’quvchi ishtirokida yangi 2ta jamoa tuzilib ushbu shart beriladi:


2 ta konvertdagi she’rlar to’plamidan Usmon Nosir she’r parchalarini ketma-ket ulab asl holiga keltirish..:

“Yurak”she’ri(2 daqiqa vaqtda):


Senga tor keldi bu ko’krak,

3




O’tgan shartlar bo’yicha xulosalar,natijalar,baholar,rag’batlantirishlar e’lon qilinadi.

S hunday qilib,








Yangi mavzuga tayyorgarlik:

2 daqiqa tanaffus:

Masala: 1+1=1 mantiqan isbotlang,albatta ijodkor sifatida!

Dalillar:


- [haqiqat+haqiqat]=HAQIQAT

- Qafasga sher bilan quyonni solib qo’ysanggiz-da bir zumdan so’ng xabar olsangiz,qafasda 2 ta jonivor emas,bitta sherning o’zi qoladi.



Yangi mavzuni tushuntirish:


Yuqoridagi mantiqni bekorga keltirmadik.Usmon Nosir ham ijodida ana shu haqiqat formulasini bergani,unga yechimni tarix va bugundan qidirgani kaltak bo’lib boshiga kulfat keltirdi.

Ham o’tmish,ham bugun,ham kelajak uning dilrabo she’rlariga mavzu bo’ldi.U o’tmishda zulm,istibdod iskanjasida ezilgan benavolar,qullarning fojiasini o’z davri tuzumi bilan qiyosladi.Farqni topolmagach, “Qiynalaman.Tirishaman.Hushim parishon”,-deya mahzunlanadi.

Biz oldingi darslarimizda Usmon Nosir va u yashagan davr haqida bahslashgan edik.Ijodkor ruhiyatini ochuvchi,yangi bahslarga sabab bo’lguvchi yana bir ilhom hosilasi borki,usiz biz Usmon Nosir she’riyatini to’la anglay olmaymiz.Bu she’r umr bahorining 23-sida yozilgan bo’lib,u (6 band=har bir band 14 misra=84 satr) “Nil va Rim”dir.Man shu ruhda yozilgan she’rlardan yana bittasi “Isroil” she’ridir.

Qisqacha ma’lumotdan so’ng:

-proektor yordamida “Gladiator” filmidan parcha ko’rsatiladi;

-she’rni ifodali o’qish mashqi bo’ladi;

-har bir band guruhlararo tahlil qilinadi;

-tahlil bo’yicha savol “luqmalar”i tashlanadi;

-she’rdagi atamalar ustida bahs o’tkziladi(ushbu sinov umumiy sinf bo’yicha o’tkaziladi):


Shundan so’ng,sinfdagi o’quvchilar(6 guruh) she’rdagi

-so’z kashfiyotlari,

-nozik o’xshatishlari,

-kinoya,zaharxanda so’z o’yinlari yoxud

yombi kabi qotirilgan so’z birikmalari akslangan o’rinlarni yig’ish musobaqasini o’tkazadilar.Fikrlar guruhlar bo’yicha yig’iladi(5 daqiqa).


Guruhlarga ishlash uchun namunalar.O’quvchilar namuna asosida ma’lumotlar omborini to’ldiradilar






I guruh

II guruh

III

guruh

IV guruh

V guruh

VI guruh


O’yib olib ko’zining oyin




Sariq qumlar orasidan qon rangli quyosh




Ko’zyoshidan,

diltoshidan qurilgan haykal




Avval bahor osmonidek yig’lar gado Rim



Rim-o’yindan o’lin kutgan jinni teatr!




Ki,tun qancha qora bo’lsa,oy shuncha yorug’



Shundan so’ng,FIKRLAR HIMOYASI o’tkaziladi.Unda har bir guruh o’z topilmalarini izohlab beradilar va shunga yarasha RAG’BATlantiriladi(6 daqiqa).



“Meni aldab ko’ring” bahs-o’yini:

Bunda darsda kam qatnashgan o’quvchilar tanlb olinadi va shoir hayoti va ijodidan 3 ta xoh to’gri,xoh noto’g’ri ma’lumot raqibga aytiladi.Raqib ushbu ma’lumotlar haqiqat yoki haqiqat emasligini aytadi.

Ushbu bahs 2 ta(raqib bilan 4 ta) o’quvchi bilan o’tkaziladi.


N a m u n a:



Ma’lumotchi

Raqib

  1. “Quyosh bilan bahs” she’riy to’plami bor.

  2. Shoir Turob To’la “O’zbekning Lermontovi” deb atagan.

  3. “Sevgi” deb nomlangan she’rida rahmsiz muhabbat zardobi qaynatiladi

1.Yolg’on. “Quyosh bilan suhbat”.

2. Rost.


3.Yolg’on.Shoirning “Sevgi! Sening shirin tilingdan…”,-deb boshlanuvchi “Monolog” she’ri bor.









Har ikkala o’quvchi javob berib bo’lgach, baholar e’lon qilinadi.


Baholash. Eng yuqori ball to’plagan guruh aniqlanadi.Har bir guruh ichidan ovoz berish orqali “eng faol ishtirokchi” aniqlanadi.Ularga o’qituvchining munosabati bildirilib, “5”, “4” baholari bilan rag’batlantiriladi.


Uyga vazifa. “Nil va Rim”she’rining “savol va topshiriqlari”ga javob yozib kelish.


Qo’shimcha ball uchun:she’rdan parcha yodlash.

X u l o s a l a r:


Dars bo’yicha o’quvchilar fikri tinglanadi:








1

2

3





1

2

3



















Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 8 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Usmon Nosir ijodidan "Nil va Rim" she'ri tahlili

Автор: ERGASHEVA MUYASSAR ODILOVNA

Дата: 17.04.2020

Номер свидетельства: 546971


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства