kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

"So'zdan so'zning farqi bor."

Нажмите, чтобы узнать подробности

So'zdan so'zning farqi bor deb nomlangan dars ishlanma

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«"So'zdan so'zning farqi bor."»

KIRISH SUHBATI.«SO'ZDAN SO'ZNING FARQI BOR...»

MAQSAD:A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish

B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarga chiroyli va to’g’ri so’zlashni o’rgatish

C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga chiroyli so’zlash odobini singdirish

Dars turi: umumlashtiruvchi

Uslub: suhbat

Jihoz:darslik

Darsning borishi:

Tashkiliy davr : A) salomlashish

. B) davomatni aniqlash

Uy vazifasini so’rash

Ta’til davrida o’qilgan mavzularni esga olish

Yangi mavzu bayoni

Hikoyatni o'qing va undan qanday xulosa chiqarilayotganini ayting.

MUKOFOT VA JAZO

Qadimda podshohlardan biri davlat ishlarini boshqarayotgan paytlarida o'g'lini yonida olib o'tirar ekan.

Bir kuni podshoh kechasi ko'rgan tushini munajjimga so'zlab berib, ta'birini so'rabdi. Munajjim bilag'on bo'lsa-da, dilozor, dag'al so'zli ekan. U tushga shunday ta'bir beribdi:

  • Shohim, sizning barcha yor-u do'stlaringiz o'lib ketadi, siz yolg'iz qolib, ko'p azob chekasiz.

G'azablangan podshoh munajjimni jazolashni buyuribdi va xiiddi shu tushni tadbirkor, mulohazali, oqil vaziriga aytibdi. Dono vazir bu tushga shunday ta'bir beribdi:

  • Shohim, bu qutlug' tush sizga muborak bo'lsin. Sadaqalar bering, bandilarni zindondan ozod qiling. Tangri sizni barcha yor-u do'stlaringizdan uzoqroq umr ko'rish baxtiga muyassar qiladi.

Podshoh vazirini zar to'n bilan taqdirlab, unga ruxsat bergach, o'g'liga debdi:

  • O'g'lim, har ikkalasi ham bir fikrni aytdi.

  • Ammo qay tarzda, — deb e'tiroz bildirdi shahzoda.

  • Gap xuddi mana shunda-da. Qarang, biri jazolandi, biri esa taqdirlandi, — deb ziyrak o'g'lining fikrini ma'qulladi podshoh.

(«Ibratli hikoyatlar» kitobidan)

  1. topshiriq. Shirin va muloyim so'zlash, so'z tanlash, o'ylab ga- pirish haqida qanday maqol va hikmatli so'zlarni, rivoyat va hikoyat- larni bilasiz? So'zlab bering.

  2. topshiriq. «So'zdan so'zning farqi bor, o'ttiz ikki narxi bor», «Donoga ishora — nodonga kaltak» maqollarining mazmunini sharhlang.

  3. topshiriq. Hazrat Alisher Navoiyning «So'z durrining tafovuti mundin dag'i (ham) beg'oyatroq (cheksizroq) va martabasi mundin ham benihoyatroqdur. Adoqki, sharifidin (ta'siridan) o'lgan badang'a ruhi pok etar (toza ruh bag'ishlaydi), kasifidin (kasofatidan) hayotliq tang'a zahri halok xosiyati (o'ldiruvchi zahar xosiyatini) zuhur etar (hosil qiladi)» degan fikrini qanday sharhlaysiz?



Bilib oling. Inson o'zining ma'lum bir fikrini turli so'zlar yoki ishoralar vositasida turlicha ifodalashi mumkin. Bunday o'zgacha ifodani so'zlovchining bilim saviyasi, hayotiy tajribasi, so'z boyligi va nutq paytidagi muhit (sharoit) belgilaydi.

    1. mashq.Hayotiy tajribangiz asosida «Tig' yarasi bitadi, lekin til

yarasi bitmaydi» maqoli asosida matn yarating.

Mustahkamlash


Savollar orqali


Uyga vazifa.


3-mashqMustaqillik va istiqlol, kclajak va istiqbol so'zlarini ishtirok ettirib Ona-Vatanimizni sharaflovchi matn tuzing.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 8 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
"So'zdan so'zning farqi bor."

Автор: GIYASOVA MAXFUZA ABDUJALILOVNA

Дата: 17.04.2020

Номер свидетельства: 547012


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства