kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Qaratqich aniqlovchi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ozbek tikidagi gaplarda uchraydigan aniqlovchi haqida ma'lumotlar

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Qaratqich aniqlovchi»













Namangan viloyati

CHust tuman Xalq ta’limi bo’limiga qarashli

49-Ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabining onatili va adabiyot fani

o’qituvchisi Umarova Dilnozaning 5-sinf onatili fanidan yozgan

“Qaratqich aniqlovchi” mavzusidagi bir soatlik dars ishlanmasi.

















Chust 2019-yil





Sana:

Sinf: 5D-sinf

Fan: onatili

Mavzu: Qaratqich aniqlovchi



Darsning texnoligik xaritasi:



1

Tashkiliy qism

2

2

Uy vazifani nazorat qilish va mavzuni mustahkamlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

20

4

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

10

5

Dars yakuni va o’quvchilarni baholash

3

Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad - O’quvchilarga qaratqich aniqlovchi va uning to’ldiruvchidan haqida to’liq bilim berish.Aniqlovchi va uning turlari bo’yicha bilimlarni oshirish.

  2. Tarbiyaviy maqsad –“ Til-millat ko’zgusi”Har bir yosh avlod o’z ona tilisini hurmat qilishi lozimligini o’rgatish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad- O’quvchilarning aniqlovchi va uning turlari,qaratqich aniqlovchilar haqida bilimlarini oshirish.

Fanga oid kompetensiya:

1.Nutqiy kompetensiya-so’z va gaplarni bog’lagan holda fikrni aniq va ravon yozma bayon qila oladi.Husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qila oladi.

2.Lingvistik kompetensiya-talaffuz va imloda tovush tushishi, tovush almashishi kabi hodisalaridan unumli va o’rinli foydalana oladi.Fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi.

Tayanch kompetensiya:

1.Kommunikativ kompetensiya - jamoada samarali ishlay oladi.

2.O’zinio’zi rivojlantirish kompetensiyasi – doimiy ravishda o’zini-o’zi ma’naviy,jismoniy rivojlantira oladi.

3.Ijtimoiy faol fuqorolik kompetensiyasi- jamiyatda bo’layotgan voqealarga o’zini daxldor his etish va muomala, huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirish.

4.Milliy va umum madaniy kompetensiya – vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.

Darsturi: Yangi bilimlarni egallovchi;

Dars usuli: “Tez yurar” o’yini,”Kerakli qo’shimcha qo’ying” topshiriqli o’yini,”Kungaboqar” metodi,”Gap tuzing” o’yini

Darsjihozi: darslik, yozuv doskasi, ko’rgazmalar, tarqatma materiallari, proektor, kompyuter,oq qog’ozlar va rangli qalamlar;

Darsning borishi:

I Tashkiliy qism: a) salomlashish;

b) sinfxona tozaligi va darsga tayyorlik darajasini tekshirish;

c) o’quvchilar davomotini aniqlash;

d) ma’naviy daqiqani o’tkazish. O’qituvchi: o’quvchilar hozir qaysi fasl?

O’quvchi: hozir kuz fasli;

O’qituvchi: Aziz o’quvchilar kuz faslida qaysi fan oyligini o’tkazamiz?

O’quvchi: Kuz faslida “Ona tili va adabiyot ” oyligi o’tkaziladi.

O’qituvchi: 21-oktabr O’zbek tiliga –Davlat tili maqomi berilgan kun.Bu yil biz 30 yilligini keng nishonlaymiz.Ona tilimizni tarannum etuvchi she’rlardan kim ifodali yoddan aytib beradi?

O’quvchilar : Garchi zulm qilganlarni yoqtirmadim,

Se’r yozdim-u bo’lak ishni qotirmadim

Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,

Bir eslasam eziladi bag’ri dilim,

Ona tilim,kechir meni ona tilim.

II O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’tilgan mavzuni mustahkamlashda , ya’ni Sifatlovchi aniqlovchi mavzusiga doir “Kungaboqar” metodidan foydalanamiz.Unda o’quvchilar guruhlarda ishlaydilar. Ularni uch guruhga ajratamiz.

  1. Guruh “Quvnoqlar”

2-guruh “Chaqqonlar”

3-guruh “Topqirlar”

Har bir guruhga oqqog’oz tarqatiladi va ularga kungaboqar gullari beriladi.Ular gullarga sifatlovchi aniqlovchi haqida qanday bilimga ega bo’lsalar yozib chiqadilar.Tayyor bo’lgan gullar berilgan oqqog’ozga yopishtiriladi va kungaboqar hosil bo’ladi. Guruhlar ishlarini yakunlab topshiradilar. Har bir guruhning ishlari tekshirilib chiqiladi.Ularning har biriga ball qo’yib boriladi.Qatnashmagan o’quvchilarga qo’shimcha savollar beriladi.

1.Bog’imizda sariq,qizil gullar ochildi.Gapdagi sifatlovchi aniqlovchilarni toping?

2.Sifatlovchi aniqlovchilar qanday so’roqlarga javob bo’ladi?

3.Sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan gaplar tuzing?

Shu kabi savollar beriladi va guruhlarning javoblariga qarab, baholanadilar.

III.Yangi mavzu bayoni:

O’qituvchi mavzuni tushuntirishdan avval “Kerakli qo’shimcha qo’ying” topshriqli o’yinini o’tkazadi.Unda ko’rgazma yozuv doskasiga ilinadi, undagi gaplar o’qiladi. O‘quvchilarning xohlagan ikkitasi chiqib,kerakli qo’shimchani qo’yib, gapni yakunlaydi.

1.Do’stlik… mehri bor, do’stlik… sehri bor,

Do’stlik…gashti bor o’zgacha.

Do’sti bor qarimas, quvonchi arimas,

Va yashar yuzgacha,minggacha.(K.Turdiyeva) Ushbu to’rtlikda nuqtalar o’rniga “ning” qo’shimchasi qo’yiladi.Shundan so’ng o’qituvchi mavzuni ko’rgazma orqali tushuntirib beradi.Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning ikkinchi bir narsaga qarashli ekanini bildirib,kimning?,nimaning?,qayerning? So’roqlariga javob bo’lgan aniqlovchiga qaratqich aniqlovchi deyiladi.

Qaratqich aniqlovchi doimo aniqlanmishga bog’lanadi.Ana shu belgisi bilan tushum kelishigini olgan to’ldiruvchidan farq qiladi.Tushum kelishigidagi to’ldiruvchi doimo fe’l orqali ifodalangan kesimga bog’lanadi.Masalan: olmaning bargi- qaratqichli aniqlovchi

Olmani yedim- to’ldiruvchi (tushum kelishigini olgan) .Har bir o’quvchi qaratqich aniqlovchiga misol keltiradi.

IV. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

Qaratqich aniqlovchi mavzusini yanada mustahkamlash uchun mashqlar bajariladi.

159-mashq. O’quvchilar berilgan matnni o’qib,qaratqich aniqlovchilarni topib,ularni izohlab beradilar.Konstitutsiya haqida aytib berdilar.Javoblariga qarab,ballar beriladi.

160-mashq. Nuqtalar o’rniga kerakli qo’shimchalarni qo’ying va gaplarni ko’chiring. 1.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi- baxtimiz qomusi. 2.Vatanimizning poytaxti- Toshkent shahri.3.Mamlakatimizda qonunlarning ustuvorligi so’zsiz tan olinadi. 4.Siz o’zingizning huquqlaringizni bilasizmi?

161-mashq. Mashqni bajarishda “Gap tuzing” deb nomlangan topshiriqqa beramiz. Har bir guruhga ikkitadan yordamchi doskaga so’zlar ilinadi.Ular ushbu so’zlarga mazmunli gap tuzadilar.Guruhlari uchun kerakli ballarni olib beradilar.

1.Respublikamizning barcha hududlarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

2.Oliy Majlisning navbatdagi yig’ilishi o’z ishini boshladi.

3.Fuqarolarning huquq va burchlari Konstitutsiyamizda bayon etilgan.

“Tez yurar” o’yinini o’ynaymiz. Unda o’quvchilarga tez-tez savollar beriladi.To’g’ri javob bergan o’quvchilar balga ega bo’ladilar.

  1. Aniqlovchiga ta’rif bering?

  2. Aniqlovchi nechta turli bo’ladi?

  3. Sifatlovchi aniqlovchi nima?

  4. Qaratqich aniqlovchi nima?

  5. Qaratqich aniqlovchiga misollar keltiring?

V. Baholash. Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa: 162- mashq


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 5 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Qaratqich aniqlovchi

Автор: UMAROVA DILNOZA HAYDAROVNA

Дата: 17.04.2020

Номер свидетельства: 547065


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства