kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ozod Sharofiddinov "O'lsam ayrilmasman quchoqlaringdan" adabiy maqolasi tahlili

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ozod Sharofiddinov O'lsam ayrilmasman quchoqlaringdan adabiy maqolasi haqida

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ozod Sharofiddinov "O'lsam ayrilmasman quchoqlaringdan" adabiy maqolasi tahlili»

Mavzu:Ozod Sharafiddinov “O`lsam ,ayrilmasman quchoqlaringdan”adabiy maqolasi tahlili

Darsning maqsadi:

a)ta`limiy- “O`lsam ayrilmasman, quchoqlaringdan ” maqolasi haqida bkmlar hosil qilish,maqolani ifodali o’qish va g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;

b)tarbiyaviy- o`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;

d)rivojlantiruvchi-og`zaki va yozma nutqni o`stiish;

Dars turi:noan’anaviy;

Dars uslubi:bahs,matn ustida ishlash,ijod gulshani;

Dars jihozi : darslik,vatan haqida buyuklar so’zlari,Vatanning buyuk siymolari va

go’zal qadamjolar tasviri;

Darsning borishi :

Tashkiliy qism:

Darsning mustahkamlash bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-dsaftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb qilish;

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

I.Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;

1. Adabiyotshunos deganda kimni tushunasiz?

2. Ozod Sharafiddinov qachon qayerda tug`ilgan?

3. Ozod Sharafiddinov onasi haqida qanday eslaydi?

4. Ozod Sharafiddinovning ilk asari qanday nomlanadi?

5. Mustaqillik yillarida yaratilgan asarlari?

6. Ozod Sharafiddinovning qaysi asari barcha yerdan yig`ishtirib olinadi?

7. Ozod Sharafiddinov qaysi mukofotlar bilan taqdilangan?

8. Ozod Sharafiddinovning shov –shuvga sabab bo`lgan asarlari qaysilar?

II.Tarqatmalar asosida „O’lsam ,ayrilmasman quchoqlaringdan“adabiy maqolasi yuzasidan bahs-munozara:

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.“O`lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” nomli maqolani o`qib –o`zlashtirish

Vatan –ona so`zi naqadar laziz,

Sensan har narsadan mo`tabar, aziz,

Hurmatingni saqlar har bir o`g`il –qiz ,

Muqaddas, mo`tabar ulug` Vatanim,

O`lsam ayrilmasman quchoqlaringdan

Uyg`un

Vatan.Vatan tuyg`usi. Vatan muhabbati. Nimadir bular? Bular qanday sehrli qudratki, hali voyaga yetmagan , dunyo ko`rmagan , turmushning past-balandlaridan bexabar , o`yin –u sho`xliklardan o`zga dardi yo`q bir o`smirning yuragiga jo bo`lib, butun umr uning xatti-harakatini, yurish –turishi boshqarib turadi? Bu tuyg`u inson farzandida tug`ma bo`larmikin? Yoki go`dak tamshana-tamshana onasini emganida , ona suti bilan birga uning ham tomirlariga yugurarmikin?

Umuman, “Vatan” deganning o`zi nima?

Tug`ilib o`sgan uyingmi? Beshikda qulog`ingga kirgan mungli va ayni chog`da nurli allami?Buvingning ertaklarimi? Maktabmi? Ilk bor visol onlaringga guvoh bo`lgan so`lim

xiyobonlarmi? Albatta, bularning hammasi va yana allaqancha narsalar birlashib , “Vatan” degan narsaning so`nmas timsolini yaratsa kerak.

Vatan muhabbati ham shunday: u hammaga ko`z –ko`z qilinmaydi , u tog`risida tantanavor e`lonlar chop etilmaydi, har muyulishda odam ko`kragiga urib , Vatanga oshiqligini pisanda qilmaydi. Madaniyatning

yuksak pog`onalariga ko`tarilgan jamiyatlarda odamlar o`z Vatanlariga muhabbatni shovqin –suron ko`tarmay , aqyyuhannos solmay, tamagirliksiz , bepisanda , maqtanchoqliksiz amalga oshiradilar. Vatanga muhabbat bozorga solinadigan matoh emas, balki inson qalbining to`rida gard yuqtirmay pokiza saqlanadigan eng nafis, eng inja tuyg`udir.

II.Vatan haqidagi o`quvchilarning fikrlari tinglanadi.

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.Vatan haqidagi she`r va maqollar

Vatanni sev, tuproqni o`p,

Har qarichi muqaddas bizga.

Cho`lidagi hatto quruq cho`p,

Jondan aziz yuragimizga.

Oybek

Bulbul chamanni sevar,

Odam Vatanni;

O`zga yurtda shoh bo`lguncha,

O`z yurtingda gado bo`l;

Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir;

II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash;

III.Test sinovi:1.Quyidagi fikrlarni O.Sharafaiddinov kimga qarata aytadi?

“...ona Vatanni yovdan saqlab qolish uchun ongli ravishda jonini qurbon qilishga otlangan?”

A.To’maris B.Spitamen C.Shiroq D.Temur Malik

2.Adabiyotshunos olim Vatanga muhabbatni qaysi muhabbat bilan qiyoslaydi?

A.Onaga B.Yor-do’stga C.Tabiatga D.Ollohga

3.Chin vatanparvar avlodi ,deb kimlarni talqin etadi?

A.Massagetlar B.Boburiylar C.Jadidlar D.Oq kiyimlilarni

4.Prezidentimizning qaysi fikrlari maqolada keng tahlili qilinadi?

A.O’zingni ,o’z uyingni o’zing asra.

B.Shu muqaddas Vatanda azizdir inson.

C.Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur.

D.Savob ishni har qilmog’i,har kun qilmog’i lozim.

5.”Qayga borsam,g’oz yurarman,boshda do’ppim gerdayib...”misralari muallifi

A.A.Oripov B.E.Vohidov C.G’ G’ulom D.Uyg’un

Javoblar :1.C 2.A 3.C 4.D 4.B

Uyga vazifa: O`qib –o`zlashtirish.vatan haqida she’rlar yod olish va maqoladan olgan taasurotlar asosida ijodiy ish.

O’quvchilar bilimini baholash.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 8 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Ozod Sharofiddinov "O'lsam ayrilmasman quchoqlaringdan" adabiy maqolasi tahlili

Автор: XAITOVA DILAFRUZ AYUBJONOVNA

Дата: 17.04.2020

Номер свидетельства: 547011


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства