Просмотр содержимого документа
«Janni rodari hayoti va ijodi»
Uchqo‘rg’on tuman XTBga qarashli 8-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Gulnora Sattiboyevaning 6-sinf uchun “Janni Rodari hayoti va ijodi” mavzusidagi dars ishlanmasiga
Taqriz
Gulnora Sattiboyevaning 6-sinflar uchun “Janni Rodari hayoti va ijodi” mavzusidagi dars ishlanmasi adabiyot fanidan davlat ta’lim standartlariga mos keladi, yozuvchining hayoti va ijodini o‘rgatishda yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarni o‘z ichiga qamrab olgan. O‘qituvchi o‘zining ko‘p yillik pedagogik tajribasiga tayangan holda tayyorlagan. O’quvchilarning yoshi, qobiliyati, psixologik holatiga mos. Dars ishlanmada yangi pedagogik texnologiya va AKTdan foydalangan.
Dars ishlanmada guruh bilan hamda yakka ishlashga alohida e’tibor qaratilgan.O’quvchilarni badiiy asarlarni o’qishga bo’lgan qiziqishlarini o’stirishga alohida ahamiyat berilgan. Dars ishlanmada pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda “Janni Rodari hayoti va ijodi” mavzusini o’rganish yuzasidan interfaol metodlar, mavzuni o’qitish texnologiyasi haqida ma’lumotlar berilgan Qolaversa, darsni interfaol usullarda tashkil etishda pedagogning o‘zi yangi ishlab chiqqan metod va usullari ham e’tiborga molik.
Mavzuni o’rganishda “Mantiq maydoni”, “Aqliy hujum ”, “U kim?” savol-javob,bayon qilish kabi metod va ta’limiy o‘yinlar namunalari berilgan.
Fikrlarimni xulosalab aytishim mumkinki, G.Sattiboyevaning dars ishlanmasini ommalashtirishga tavsiya etaman.
Uchqo‘rg‘on tuman XTB
ona tili va adabiyot fani uslubchisi O.Tursunova
6-sinf Adabiyot
Mavzu: Janni Rodari hayoti va ijodi
II.Darsning maqsadi:
Ta’limiy-o’quvchilarga yozuvchining hayot yo’li haqida ma’lumot berish orqali adabiy-nutqiy kompetensiya elementlarini shakllantirish
Tarbiyaviy-o’quvchilarda insoniy xislatlarni shakllantirish,o’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalash TK-3,4
Rivojlantiruvchi-o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini o’stirish,og’zaki nutqini rivojlantish TK-1
III.Dars turi: yangi bilim beruvchi
IV.Dars usuli: guruhlarda ishlash,”Mantiq maydoni’,”Aqliy hujum’,”U kim?” “Qaysi biri ortiqcha?”usullari
O‘quvchilar: Adabiyot - ma'naviyat demakdir Adabiyot- barchamizga kerakdir.
O‘qituvchi:O‘quvchilar darsimiz adabiyot ekan,adabiyot haqida nimalar deya olasiz?
1-o’quvchi: Hikmat terdim sohir gulzorlaringdan,
Kuylablar yubordim xumorlaringdan.
Qaytalar tug’ildim izhorlaringdan,
Olis Odam Ato qadar hayotim,
Mening inja,munis adabiyotim
2-o’quvchi: Senda Vatan ishqi erk saslari bor,
Elning orzu-umid havaslari bor.
Pir-u payg’ambarlar nafaslari bor,
O’tmishu kelajak jufti qanotim,
Mening ganjinali adabiyotim.
3-o’quvchi: Sen asli ma’vosan-ruh qadar teran,
Mangulik husnidan zavq-u shavq tergan.
Siyohing qalb qonim,peshona terdan,
Quyrug’I qanotli Boychibor otim,
“Devoni Lug’at”im,adabiyotim
4-o’quvchi: Senga jo’r bo’lgum bor yetgunicha un,
Tun bitdi osmonga o’tayotir kun,
Qonimda jo’sh urar mehring bir quyun,
El-olam bahramand bo’lgan bisotim,
Mumtozim,muhtojim,adabiyotim
5-o’quvchi: Dor esang Mashrabday boshimni tutay,
Jonimni zakot etay,sadag’ang ketay,
Ko’ngillar toqiga ko’tarib o’tay,
Sen gulla,sen porla,so’nma bayotim,
O’ksik kunlar ko’rgan,adabiyotim.
6-o’quvchi:Quralay ko’z bilan o’pay ko’zingdan,
Navoiy nazm etgan turkey so’zingdan,
Kel o’pay onamga o’xshash yuzingdan,
O’ziga bekligim,serma’ni otim,
Aljabrni tuqqan adabiyotim.
O’qituvchi: Darsga hamma tayyormi? Darsimizda kim ishtirok etmayapti?
Navbatchi o’quvchi: Bugun darsimizda hamma qatnashyapti,barcha darsga tayyor.
O’qituvchi: Unday bo’lsa darsimizning ma’naviyat daqiqasini boshlasak bo’ladi.Bugungi ma’naviyat daqiqasini “Eng yangi’ usuli orqali so’rayman. O’quvchilar oxirgi marta kim qaysi asarni o’qib tugatdi?
O’quvchilar navbati bilan o’qigan asarlari haqida ma’lumot beradilar.Ularning fikrlarini umumlashtiraman.
O’qituvchi: O’quvchilar kitob bizning eng yaqin va eng yaxshi do’stimizdir.Shunday ekan ko’p kitob o’qish koni foydadir.
4-o’quvchi: ko’zi ochiq ko’rmasdan,Shayton yo’ldan urmasdan.
Otadan yuz burmasdan,Bolaga kitob bering.
5-o’quvchi:Xonlar kabi yurganlar,Xonsaroylar qurganlar.
“Ne beray?”-deb turganlar,Bolaga kitob bering.
6-o’quvchi:”lisonut-tayr”larim,Yurakka sayrlarim.
Avliyozod nurlarim,Bolaga kitob bering.
7-o’quvchi: Ko’zlarni ochish kerak,G’aflatdan qochish kerak.
Qanot chiqarish kerak,Bolaga kitob bering.
8-o’quvchi: Navoiyni bilsin u,Yoningizga kelsin u.
Baxtli bola bo’lsin u,Bolaga kitob bering.
O’qituvchi: O’quvchilar, 2019-yil Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 5 ta tashabbus haqida nimalarni bilasiz?
O’quvchilar 5 ta tashabbus yo’nalishlari haqida aytadilar va ularga ta’rif beradilar.
Besh tashabbus-besh imkoniyat
1-o’quvchi: Do’stim bekor o’tmasin kuning,
Ilm bilan bo’lgin yuzma-yuz.
Qara axir bizga sharoit,
Yaratmoqda beshta tashabbus.
2-o’quvchi: Tabiatni turfa tasvirlab,
Rasm chizib bera olgin tus.
Yoki qo’shiq aytgin barilla,
Seni qo’llar beshta tashabbus.
3-o’quvchi: Sog’lom tana, norg’ul bo’l doim,
Chempion bo’l, olg’a yur doim.
Sport bilan mashg’ul bo’l doim
Senga yo’ldosh beshta tashabbus.
4-o’quvchi: Internetdan bilgin jahonni,
Yangilikni tezda bilib ol.
Charchoqlarni yengish chun bir oz,
Mayli ozroq o’yin o’ynab ol.
5-o’quvchi: Kompyuter, texnika asri,
Rivojlanib bormoqda xanuz.
Sen ham o’qib , o’rganib olgin,
Imkon berar beshta tashabbus.
6-o’quvchi: Kitob bilan do’st bo’lib olgin,
O’qib ko’ngling to’lsin nurlarga.
Tarix bizni osonlik bilan,
Yetkazmagin ushbu kunlarga.
7-o’quvchi: Kitob o’qi, kitob sovg’a qil,
Yoshlar bizdan olsinlar o’rnak.
Maktab uchun sov g’a qilsin gar,
Bir kitob ham bo’ladi ko’mak.
8-o’quvchi: Ishsizlik ham chekinar ortga,
Har kim halol rizqini terar.
Yangi yangi ish o’rinlarni,
Besh tashabbus yaratib berar.
9-o’quvchi: Besh tashabbus besh imkoniyat,
Do’stim uni sovurma ko’kka,
Xammasidan foydalangin kel,
To’g’ri yo’lni ko’rsat yurakka.
So’ngra o’quvchilarni shundan kelib chiqib guruhga bo’linadi.1-guruh ‘Kitobxonlar”,
2-guruh “Tadbirkorlar’ 3-guruh “Dasturchilar” Har bir guruh a’zolari darsda faol qatnashib,o’z guruhlari uchun zarur bo’lgan rag’batlarni yig’ib boradilar.Dars so’ngida
g’olib guruhga X.To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asari taqdim etiladi.
VII.O’tgan mavzuni so’rash
Dastlab guruhlardan 2 nafardan o’quvchi doskaga taklif etiladi va “Mantiq maydoni ” usuli yordamida o’tgan mavzuda o’tilgan “Sariq devni minib” asaridan olingan matnlarni raqamlar asosida voqealar ketma-ketligini to’g’ri qo’ygan holda joylaydilar.Bu usulni o’tkazishda turli geometrik shakllardan rangli qog’ozlarga yozib tayorlansa maqsadga muvofiq.
1-guruh uchun
“Shaytonning yelkasiga igna sanchdim” bobidan
3.Boshimga ildim-u,uy tomon qush bo’lib uchdim.Axir men uning chinakam sehrli qalpoq ekanini sinab ko’rishim kerak edi-da.Sinab ko’rdim ham.Ko’cha eshikning ustidaan oshib to’ppa-to’g’ri uyga kirib bordim.Oyim tepki mashinada Donoga ko’ylak tikib o’tirgan ekan.
1.Xullas,o’sha kechadan buyon oromimni yo’qotganman.Kechasiyu kunduzi tinim bilmay sehrli qalpoq axtaraman.Ishonsangiz,izlamagan joyim qolmadi.Faqat eski qishloqning chekkasidagi tashlandiq bir uy qolgan xolos.
4.Demak,qalpoqcham chindan ham sehrli ekan.deb o’yladim-da,termosdan choy quyib ichgan edim,hiqichoq bosildi.O’shangacha hech kim meni ko’rmadi
2.Kechqurun uyga kirishdan mahrum bo’lgach,oyim aytyapti deb qo’shnimizdan ikkita nonni qarzga oldimda qorong’I tushishi bilan o’sha hovli tomon yo’l oldim.
2.Biroz yurgach,bog’-rog’larDar yashnab yotgan joyga kelib qolibman.Tavakkal qilib daraxtzorlar orasidan yurib,boraverdim.Goh olmazor,goh shaftolizor,goh tokzorlar orasidan o’tib borardim.
4.Sal nari brogan edim,atrofi yog’och bilan o’rlagan katta qo’rg’onga ko’zim tushdi. Darvoza tepasiga “Krupskaya nomli maktab internat’ deb yozib qo’yishibdi.
3.Shundan keyin kun botguncha ishlayotganlarni gapga solib suhbatlashib,mayda kartalarni aylanib,tomosha qilib yuraverdim.O’ziyam tomosha qilsang,arzigulik joylar ekan.
1.Yo’l yurdim,yo’l yursam ham mo’l yurdim,bir mahal mundoq qarasam,sahroyu biyobonga kelib qolibman.Bir tomoni poyoni yo’q cho’l.Qarasang ko’zing jimirlab ketadi.
5.Haligi 10-b da o’qiydigan qiz borku,o’sha oq xalat kiymasadan savdo qilayotgan ekan,qo’lga tushib qolibdi.Tartibni buzgani uchun rosa muhokama qilib vigovor berishdi.
3-guruh uchun
“Hasharotni kaltaklashga buyurdim” bobidan
4.Uch kun mototsikl minishni mashq qilib to’rtinchi kundan boshlab dala aylanishga tushdim.Bu yerning odamlari ajoyib kishilar ekan.
5.O’sha kuni ikkovimiz uning ‘villis’iga o’tirib dala aylandik.To’rtinchi bo’limga tayinlagan ekanman,ixtiyorimda 1200 gektar paxta maydoniyu 12 brigada
2.Bir mahal ko’chaning chap tomonidan miltillab chiroq yorug’I ko’rinib qoldi.Borib qarasam,yetmish yoshlarga kirgan,oppoq soqoli ko’ksiga tushib turgan biro taxon yonboshlab olib xo’rillatib ko’k choy ichyapti.
1.Ketyapman-ketyapman na yo’lning oxiri ko’rinadi, na atrofda biron qo’qqaygan kulba. O’ngga qarasang ham g’o’za. Bir mahal
O’quvchilar bu topshiriqni bajargunlariga qadar qolgan o’quvchilar bilan “Aqliy hujum’ usuli yordamida savol javob o’tkazaman.
1-guruh
1.Hoshimjon “oyim aytyapti” deb qo’shnisidan nima oldi?-2ta non
2. Soraxon folbinga ishonmanglar hammasi yolg’on deb kim aytadi?-Hoshimjon o’qituvchisi
3.Qalpoqcha nimadan to’qilgan va rangi qanday?-oq, jundan
2. Sehrli qalpoqchani kiyib,ko’rinmas bo’lib qolgan Hoshimjon Mirobiddinxo’jaga o’zini kim deb tanishtirdi?-azroil
3. Maktab-internat direktori ismi?-Xursanali Sharafiddinovich
4.Hoshimjon Polvontog’aga o’zini qayerdanman deb tanishtirdi?-Farg’onadan
5.Asardagi bo’lim boshlig’I kim?-O’rmon aka
Savol-javob tugagach,doskadagi o’quvchilar bajargan ishlarini tekshirib,so’ngra guruhlarga “U kim?” usuli bo’yicha savollar beraman.Savollar darajasi qiyindan osonga qarab boradi,1-savoldayoq javobni topgan guruh 5 ball bilan,2-savolda topganga 4 ball,3-savoldan keyin topgan guruhga 3 ball beriladi.
1-guruhga:
1)O’zi yomon odamga o’xshamaydi, ancha mehribon,
2)Bitiruvchilarga ming so’mdan pul uashgan shaxs,
3)Bu kishi Hoshimjonni qidirish uchun 550 ta o’quvchini safarbar etgan.
4)Kruspskaya nomli maktab internat direktori Javob- Xursanali Sharafiddinovich.
2-guruhga:
1)Bu shaxs Hoshimjonni obdon mehmon qildi.
2)Bu timsolning nutqida “yopirimey” so’zi uchraydi.
3)Bu kishi Hoshimjonni sovxoz direktorining oldiga o’zi boshlab borgan.
4)Unga tog’a deb murojaat qilishardi. Javob-Polvontog’a
3-guruhga:
1)Baland bo’yli, yelkalari keng, polvonnamo kishi.
2)gapirganda ovozi xuddi xumning ichidan chiqqandek guldurab, jaranglab eshitiladi.
3)kulganda tomni ko’tarib yuborgandek qattiq kuladi, yurganda uyning pollari lapanglab ketadi.
4)Hoshimjon bilan villisda dala aylanishgan. Javob-Akbar Nosirov
VIII. Yangi mavzuning bayoni
Yozuv taxtasiga yangi mavzu yoziladi.
Mavzu: Janni Rodari hayoti va ijodi
O’quvchilarga dastlab yozuvchi hayoti va ijodi haqida videorolik ko’rsatiladi,so’ngra
Slayd asosida mavzuni tushuntiriladi.
1-slayd
2-slayd
3-slayd
4-slayd
5-slayd
6-slayd
7-slayd
8-slayd
IX. Yangi mavzuni mustahkamlash
Mavzuni mustahkamlash uchun “Qaysi biri ortiqcha?” usulidan foydalanaman.
Qaysi biri ortiqcha ? 1-guruhga: 2-guruhga:
1.Aka-uka Grimm 1.qo’g’irchoq yasovchi usta
2.Sharl Perro 2.rassom
3. Hans Kristian Andersen 3.o’qituvchi
4.Janni Rodari 4.yozuvchi,
5.Ekzyuperi 5.uchuvchi
3-guruhga:
1.Quvnoq she’rlar kitobi
2.Osmondagi tort
3.Rim ertaklari
4.Kichkina shahzoda
5.Chippolinoning sarguzashtlari
X.O’quvchilarni baholash
Avval guruhlar jamlagan ballarni jamlab,g’olib guruhlarga kitob sovg’a qilinadi.So’ngra ramziy ma’nodagi qalamlar topshiriladi. G’olib guruhga Alisher Navoiy qalami
“O’quvchilar,Sizga buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy qalamini taqdim etaman.Abdurahmon Jomiy bu qalam haqida “Bu qalamga falakdin ofarinlar yog’ilsin degan edi.”Qalamingiz doimo tahsinu ofarinlarga sazovor bo’lsin.”
2-guruhga: “Usmon Nosir O’z she’rlaridan birini “Haqiqat qalami” deb nomlagan edi.Sizning qalamingiz doimo haqiqat uchun xizmat qilsin.’
3-guruhga: “Sizlarga Erkin Vohidov qalamini taqdim qilaman.Shoir aytganidek,hech qachon she’r yarmida qalamingiz sinmasin.”
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirilib,baholanadi,baholar kundaliklarga qo’yiladi.
O’qituvchi: Aziz o’qqquvchilar,mana bugungi adabiyot darsimiz ham o’z nihoyasiga yetdi.Bugungi darsimizdan o’zingiz uchun nimalar oldingiz,qanday yangiliklar o’rgandingiz?
O’quvchilar birma-bir dars haqidagi taassurotlarini aytadilar.
O’qituvchi: Barakalla,hamisha shunday o’qib –o’rganishdan aslo charchamang.Zero,sizlarni kelajagi buyuk bo’lgan Vatanimiz,jannatmakon O’zbekistonimiz kutmoqda.
O’qituvchi: Ta’rifing tillarda, dillarda doston,
Eng go’zal, eng buyuk, yurt O’zbekiston,
Senga fido bo’lsin ko’ksimdagi jon,
Jonajon O’zbekiston, mangu bo’l omon.
1-o’quvchi: Bir laxza ayrilsam bag’rim bo’lar qon,