kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Tadbir ishlanma: "Zulfiya - tong kuychisi"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ha, ayol muqaddas, ona muqaddasdir. Biz ardoqlamoqchi bo‘lgan ayol, buyuk ona, vafo va sadoqat timsoli – shoira Zulfiya Isroilovadir. Bugun  bu  yerda  to’planishimizdan  maqsad   “Tong kuychisi” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsizlar!

Laziza: Oppoq tong to`lg`anib,tug`ilmasdan kun,

                Eng yorug` yulduzlar iqboli gulgun

                Aytmish shivirlashib barin ushbu tun:

                Bugun sahar chog`i shodlikka to`lsin,

                Vaqt yetib temirchi uyida bugun

                Qiz tug`ilib,oti Zulfiya bo`lsin

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Tadbir ishlanma: "Zulfiya - tong kuychisi"»



SAMARQAND VILOYATI

KATTAQO’RG’ON SHAHAR

11-IXTISOSLASHGAN MAKTABNING

ONA TILI VA ADABIYOT FANI O’QITUVCHISI karimova sohibaNING

Zulfiya - Tong kuychisi” DEB NOMLANGAN TADBIR ISHLANMASI



2019-2020-o’quv yili



Fotima: Qadim-qadimlardan tinmas dostonim,

Haqdan nazar tushgan go‘zal bo‘stonim,

Alpomishlar yurti, nurli makonim,

Assalom ona yurt, O‘zbekistonim!

Shahzoda: Tanti el ko‘rmadim, seningdek xalqim,

Shirin til ko‘rmadim, seningdek xalqim,

Toza dil ko‘rmadim, seningdek xalqim,

Assalom ona yurt, O‘zbekistonim.

Mahliyo: Assalomu alaykum,ey nuri ziyolarim,

Alpomish, Barchinoy-u, Rustam-u dostonlarim.

Yurtimning kelajagi, ey bag’ri osmonlarim.

Davralarda o’zbekcha so’zligingiz muborak,

O’zbekona lutfingiz, o’zligingiz muborak.

Yulduz: O’zingiz umrning avvali-boshi

Farzandlar qalbining porloq quyoshi

Jannat chamanining mohir naqqoshi

Yolg’iz siz o’zingiz, aziz ayollar!

Fotima: Bahor asli sizning ko’nglingizdadur,

Sadoqat va vafo yo’lingizdadur.

Dunyoning beshigi qo’lingizdadur,

O’zingiz azizsiz, aziz ayollar.

Shahzoda: Ha, ayol muqaddas, ona muqaddasdir. Biz ardoqlamoqchi bo‘lgan ayol, buyuk ona, vafo va sadoqat timsoli – shoira Zulfiya Isroilovadir. Bugun bu yerda to’planishimizdan maqsad “Tong kuychisi” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsizlar!!!

Laziza: Oppoq tong to`lg`anib,tug`ilmasdan kun,

Eng yorug` yulduzlar iqboli gulgun

Aytmish shivirlashib barin ushbu tun:

Bugun sahar chog`i shodlikka to`lsin,

Vaqt yetib temirchi uyida bugun

Qiz tug`ilib,oti Zulfiya bo`lsin

Jasmina : Ozod,xushqiliqli qiz bo`lsin o`zi,

Gard-g`ubor ko`rmasin oy kabi yuzi,

Ko`p yo`llarga tushsin muborak izi,

Tong yulduzi misol olamga kulsin,

Ming tumandan qaytsin har og`iz so`zi,

Ozod qizning oti Zulfiya bo`lsin.

Madina: Aytmish ko`zlarida yulduz kulsin deb,

Ko`ngilda go`zallik gullab tursin deb

Kurashsin,qiynalsin,barin yengsin deb

Har qizi bulbulday xonish qilsin,

Yetti iqlim unga quloq bersin deb

Ismi kim deganda Zulfiya bo`lsin

Sevinch: Bir qalam tortganda g`unchalasin gul,

Ikki bor tortganda mavjga kelsin dil

Uchinchi bor nola cheksin-u bulbul,

Ishqi chirog`iga parvona bo`lsin,

Qo`shiqlar uyg`otib bahorda ma`qul.

Hammaning tilida Zulfiya bo`lsin.

Umidjon: Zulfiya 1915- yil 1-mart kuni Toshkentda Isroil temirchi oilasida dunyoga keldi. Oila a’zolari she’rxonlikni, musiqani sevardi. Onasi shoirtabiat, oqila, zehnli ayol edi.

Ja’far: Shoiraning otasi temirchi edi. U haqida: “Olov va mehnat mahorat bilan birikkanda inson ko‘p ishlarning uddasidan chiqishi mumkinligini men bolalikdan anglab yetdim”, - deydi.

Asadbek: Zulfiyaxonim onasi haqida shunday deydi: “Agar iste’dodim bor bo‘lgan bo‘lsa, uning chashmasi onam, agar adabiyot ahliga bir kaft don yanglig‘ she’riy hosil tutgan bo‘lsam, uning urug‘ini qalbimga, avval,onam sochganlar. Uyim deganda ko‘z oldimga onamning muloyim, donish nigohlari, sharqirab oqayotgan ariq, shovullab kuylayotgan teraklar keladi”.

Laziza: Zulfia Isroilova was born in 1915 in Tashkent and after finishing a secondary school she went to The Pedagogical Institute and then she studied at post graduate course. Later she worked as an editor in the publishing houses and for many years she had worked as an editor - in chief - in the magazine "Saodat". In 1932 Zulfia's first collection of poems "Hayot varaqlari" (Pages of life) was published. Then her poems and collections of poems such as "Yuragimga yaqin kishilar" (People who are close to my heart), "Yurak hamisha yo'lda" (Heart is always on the road), "Kamalak" (Rainbow) appeared in the literature.

Fotima: Zulfiya boshlang‘ich maktabni bitirganidan so‘ng 1931-1934 yillarda xotin-qizlar pedagogika bilim yurtida tahsil oldi. Shu yerda she’r mashq qila boshladi. 1932 yilda shoiraning “Hayot varaqalari” deb nomlangan ilk she’riy to‘plami chop etildi. 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurishdi.

Muxlisa: Derazamning oldida bir tup

O‘rik oppoq bo‘lib gulladi.

Gulni ko‘rib ishqparast qalbim

Ming aytilgan darddan kuyladi.

Seni qo’msab oqshom chog’ida

Hijron qo’shar ekan harorat.

O’lgudayin mushtoq bo’libman

Visolingga, yo’q chog’I toqat.

Muhammad: Seni qo’msab oqshom chog’ida

Kirib keldim shu tanish uyga.

Biz bir choqlar yashagan uyda

Tunab qoldim xayol-la birga


Mahliyo: Buncha issiq, buncha ham shinam

Yoshlik kechgan torgina shu joy.

Bunda yashar ajib onlardan,

Ishq-la o’tgan tunlardan chiroy. (She’r)



Shahzoda: O‘zbek poeziyasida Zulfiya degan nomning paydo bo‘lishi – tong yulduzining tug‘ilishiga teng voqea bo‘ldi. Chigalliklar, tortishuvlar, izlanishlar to‘liq bir pallada yangi va umidbaxsh bir sado, yoqimli bir soz jaranglab ketdi. O‘sha kezda ayol zotidan qo‘liga qalam olganlar sanoqli va paydo bo‘lib ulgurmayin so‘nib qolar edi. Davr va poeziya ayol erki, ayol qalbi, iztirobga limmo-lim ona timsoli, ona armonlari, ona baxtini, ona dilini kuylashga qodir bir shoiraga muhtoj edi. Zulfiya ana shu bo‘shliqni to‘ldirib, qo‘liga soz olib, o‘sha chanqoqlikni qondirgan kuychidir.

Zahro: Onam, mening mushfiq, mehribon onam,

Qalbimda ovozing, o‘zing qaerda?

Quyosh og‘ushiga solganmi olam,

Shu’laday odiming qaysi asrda?

Asadbek: Onam, mening mushfiq mehribon onam,

Ko‘zimda ilohiy ezgu surating.

Yana hayot to‘liq, bulutday ko‘rkam,

Qayta jon bag‘ishlar metin qudrating.

Nurmuhammad: Oppoq sochlaringga qora ko‘zimning

Minnatdor nurini qilolsam taroq.

Chuqur ajiningga boqib, umrimning

Bebosh tantiligin, ko‘rdim yorqinroq.

(Raqs)

Fotima: Zulfiyaxonim she’rlarida tong timsoli, tong tasviri buyuk erk, buyuk baxt va yorug‘ dunyo timsoliday jarang- lab turadi. Ikkinchi jahon urushi jahonga xavf solganda, el boshiga ayriliqlar, hijronlar tushganda Zulfiyaxonimning ovozi tinib qolmadi, balki yangi jarang, o‘ktamlik zinalariga ko‘tarila oldi. Uning ijodi yoridan judo yosh kelin, o‘g‘lidan judo onaizor dilining og‘ir iztiroblari, g‘alabaga umidvor va ishonchi bor ona timsolining ifodasi bo‘ldi.

Shahzoda: Lekin Hamid Olimjondek buyuk darg‘aning, maslahatgo‘y sirdoshining 1944- yilda vafot etishi, uni katta sinovlar o‘chog‘i va hijronga tashladi. U barcha musibatlarni sabot bilan yengib, taqdirning zarbalariga bardoshli qalbini ulg‘aytirdi. Shoira vafo ramzi bo‘lib hurmat qozondi.

Zulfiya: (Gavhar) Sog’inganda izlab bir nishon,

Qabring tomon olar edim yo’l.

Keltirarding menga bir zamon,

Endi har chog’ men eltaman gul.

Keldim. Uzoq qoldim men sokin

Sening aziz boshingda yolg’iz,

Osmon tiniq edi va lokin,

Parcha bulut yetib kelib tez,

Ko’kda mening boshimda turib

Go’yo yuragimday qalqdi u.

Ko’zimdagi yoshimni ko’rib

U ham to’kdi yoshini duv-duv.

Biz yig’ladik tepangda shu kun,

Keldingmi,deb ko’tarmanding bosh.

Ayt-chi, sen-la baxtiyor onlar

Ko’rganmiding ko’zimda bir yosh?

Madina: Vatanim betakror O’zbekistonim,

Andijonim mening qutlug’ makonim,

Ilhomim ildizi suv ichgan yurt bu,

Shu chamanda tuhfa she’r-u dostonim.

Mohinur: . Ulug’ ustozlarga dilda cho’ng havas,

Murodim ularga bo’lmoq chambarchas.

Armonim yo’q mening xalqim oldida,

Shoirlar safida yursam hamnafas.

Bekzod: “She’rdan ayri yashaganimni bilmayman” – deydi Zulfiya. Poeziya uning uchun yashash tarzi bo‘lib qolgan edi. Shoira ilmini oshirdi, aspiranturada o‘qidi, bolalar nashriyotida muharrirlik qildi. “Saodat” jurnalida bosh muharrir bo‘ldi. 1953-1980 yil Osiyo va Afrika yozuvchilar harakatida faol qatnashdi.

Nurmuhammad: Mamlakatimiz vakili sifatida Hindiston, Yugoslaviya, Shri-Lanka, Misr, Birma, Xitoy, Yaponiya, Avstraliya kabi mamlakatlarda bo‘ldi. Hindiston taassurotlari asosida “Mushoira” she’ri dunyoga keldi.

Shahboz: Respublikaning milliy mustaqillikka erishishi Zulfiyaga ilhom bulog‘ining ko‘zini ochdi. Bosib o‘tgan yo‘liga yangi nazar – adolat ko‘zi bilan qaradi. U 1995- yilda yozgan “Sharqning o‘zi ona bo‘lgan hamisha!”, “Iqrorga vaqt yetdi” she’ri, “Xotira siniqlari” dostoni shoira ijodining yangi sahifasi, yangi bosqichi, yutug‘i deyish mumkin.

Samira : Hayot kitobimni bexos varaqlab
Men o’tgan umrga achinmay qo’ydim.
Tabassum o’rnida kuldum chraqlab,
Suyish kerak bo’lsa telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi,chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabsan parvo.
Meni og’ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo’shiq talab bunda har saboh
Men o’tgan umrga achinmay qo’ydim,
Hech kimda ko’rmayin umrimga o’xshash:
Suydim
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima bildim
Shu-da bir yashash!

Farangiz: Qalb bo’lganda yiroqda
Iroda ekan ojiz.
Do’stlar ham ko’p atrofda,
Ammo men yakka-yolg’iz…
Birdan qalbim keksarib,
Qon ham qochdi yuzimdan.
Sen sirdoshni axtarib,
Xayol ketar izingdan.
Qayga ketding yuragim,
Bitdi bardosh va toqat.
Suhbatingdir tilagim,
Dilda hasratim qat-qat.

Mahliyo: Ko’pdir aytajak so’zim,
O’gitlaringa zormen,
Yig’laysan deb do’stlarim Ta’na qilar.Netay men?
Tovush bermaydi menga,
Yoqib ketganing olov.
Netay,yetmayman senga,
O’rtaga tashlangan g’ov.
Ishqqa maskan yuragim,
Topib ber, deb qistaydi.
Nima qilay, berahm-
Ruhim seni istaydi.

Jasmina: Bog’lar qiyg’os gulda –yaxlit bir chaman,
Har daraxt anvoyi bir tarovatda.
Bir kaft bog’ mehnat-u hosilga vatan,
O’zga kork, o’zga rang har bir daraxtda.

Har navda bir gulda, har gulda bir ro’y,

Har daraxt bargi bir dunyo hikoya.

Har birin hosili o’zgasiga ko’rk,

Biri biri uchun qudrat, himoya.

O’quvchi: Vatanim ko’zimda: qay burchi aziz,

Bilmam,qayda tole serzavq,serjilo?

Yalpi to’lishadi bedaxl yurtimiz,

Naq har qarichi dil, jon tomir g’oyo.

Bir qardosh tinchisiz- o’zga beorom,

Birining nonisiz- o’zga emas to’q….

Bu qadim dunyoda yangi biro lam,

Bunda orqa tog’siz bir tirik jon yo’q.

Tayanch bo’lmasaydi odamzod albat,

O’zi kashf etardi, kashf etganday baxt..

Yulduz: Yulduz na isitar, na yoritarmish,

Tabiatda bunday mantiqsizlik ko’p.

Boqsang ko’z gavharing og’ritat emish,

O, bunday haqiqat menga tanish xo’p.

Mendan so’rang uning shivir-shivirin,

Dilni ne lahjada kiritgan tilga.

Har chaqnashi ag’dar-to’ntarib fikring,

Shirin mast etganin o’t solib dilga.

Dilni sog’inch dardi yoqsa nogahon,

Yomg’irday bir yo’lda yulduz yog’ilur.

Kirib tomiringga sendan ham pinhon,

Yoz oftobisimon shodlik yoqilur.

Faqat u yulduzning bilsang borligin,

Yulduzim deb bilsa kimdir seni ham,

Dard, anduh, masofa yo’qolib sekin,

Yulduzlar allasin bilasan malham…

O’quvchi: O’zing tashna etding, o’zing suv tutding,

Qalbimdagi sahrom, daryosan, xalqim!

Seni seva-seva men boyib ketdim,

Dunyo ichra topgan dunyomsan, xalqim!

Yurak chaqmoq tekkan osmon yuziday,

Lekin e’tiqodim, iymonim butun,

Umrimda qilganim ozmi-ko’pimdan,

Mehrim daryosidan serobman bu kun.

O’quvchi: Menga Navoiydan aytgin alla deb,

Lutfiydan ongimga ziyo taratding,

Qiynalgan olamda bo’lgin dalda deb,

Asli o’zing meni shoir yaratding…

Yosh shuur, kurashchan tuyg’ular bilan

Sening taqdiringga mahkam tutashdim,

Ne-ne g’animlar –la kurashganing on

Ko’pning biri bo’lib malhamga shoshdim.

Husan: Sarg’aygan dashtlarga berding yashil qon,

Tuproq tepalarda shahar ko’tarding:

Har bir g’alabangni ko’rgan suyuk on

Dildagi o’z g’amim kuyi cho’kardi.

Yo’l yurdim, sog’indim, to’kildi baytim

Xorijning shomlari, saharlarida,

Ezgu istaklaring jaranglab aytdim

Osiyo, Afrika minbarlarida.

Sevinch: Paxta xirmonining o’sdi bo’ylari,

Tanidi, tan oldi yaqin-u yiroq

G’ururdan dengizday to’lib kuyladim,

Tolelar tiladim bundan yorqinroq.

Maktublar yozding sen, maktublar bitdim,

Goh ko’zga nam qalqib, gohida xushbaxt.

She’r bilan, so’z bilan qalbingga yetdim,

O’sha qalb men uchun eng sharafli taxt.

O’quvchi: Ko’zim ustidasan bu tug’yonli dam,

Sen bilan taqqdirdosh kunduzli bo’ldim.

Seni deb siyladi Umr, aziz Vatan,

E’zozli bo’ldim men, yulduzli bo’ldim.

Hali bor oldimda o’tmagan burchim,

O’tayman ko’zimda tirik tursa nur.

Umrimdagi barcha fasllar uchun

O’ziga bek xalqim, Senga tashakkur.


Kitob haqidagi ma’lumotlar:

Asadbek:Ktob tafakkur xazinasi! Buyuk dramaturg Viliyam Shekspir kitoblar haqida shunday degan edi: Kitob muqovasi zarhalli bo’libgina qolmay ichidagi mazmuni ham oltinga teng bo’lsa u alohida ahamiyat kasb etadi.
Sardor:”Kitob – beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshna eta oladi”, deb yozadi buyuk shoir va mutaffakkir Mir Alisher Navoiy…

O’quvchi: Muallifi yaxshi yoza bilgan kitoblarni o’qib borar ekansiz, yaxshi gapirishni ham odat qilib olasiz…

O’quvchi: Kishining madaniy saviyasi – kitoblarning o’qib chiqilgan soni bilan emas o’qib olingan soni ila o’lchanadi…

O;quvchi: Kitob o’qishni odat qilgan shaxslar televizor ekranidan nari ketmaydigan kishilarni boshqara olishadi…

O’quvchi: Kitob kinodan afzaldir . Negaki kishi tasavvurining ko’lami filmdagi kuchli taassurotga ega kadrlar soni kabi cheklanmaydi…

O’quvchi: Qancha ko’p kitob o’qisang , birovlarga shuncha kam taqlid qilasan…

O’quvchi: Odamlar ikki toifaga, xususan: Kitob o’qiydiganlar va kitob o’qiydiganlarning og’ziga qarab yuradiganlarga bo’linadi…

O’quvchi: So’mni tiyin tashkil etsa, o’qib chiqilgan kitob soni – bilimni

O’quvchi: Aql topish uchun kitob o’qish – tana manfaatida badantarbiya bilan shug’ullanishdek gapdir…

O’quvchi: Kishi aqlli bo’lib qolishi uchun o’nta kitob kifoya . O’sha o’ntani topish uchun esa minglab kitoblarni o’qib chiqishi kerak bo’ladi…

O’quvchi: Yaqin do’sting bo’lmish kitobga inon. Zero u, odatda sukut saqlab, fursati yetganda jamiki olam haqida batafsil so’zlab beradi senga…`

O’quvchi: Bilim – aql chirog’i. Kitobsiz aql-qanoatsiz qush.

Robiya: Yaxshi yashash uchun kerak zahmat, chidam,

Ana shundan so’ng rohatda savlat to’king!

To’yib iching odamiylik chashmasidan ,

Gar icholmay qoldingizmi, kitob o’qing?!

Husan: Esli odam o’ylamaydi bugunini,

Esli odambezab yashar har kunini

Hayot shunday- muammolar tuhunini

Gar yecholmay qoldingizmi, kitob o’qing?!

Jasmina: Shox ,barg, meva bezagaydir har daraxtni,

Bilim bezang siz ham umr- vaqtni.

Quching oliyjanob omadbilan baxtni,

Gar qucholmay qoldingizmi, kitob o’qing?!

Shaxboz: Kitob ichra martabangiz taxtingiz bor,

Omad unda, unda yana baxtingiz bor,

Ko’kka uching, sizning shunga shahdingiz bor.

Gar ucholmay qoldingizmi, kitob o’qing?!

O’quvchi: Yo’lamang hech nodonlikning eshigiga,

Boylangaysiz yo’qsa,afsus beshigiga.

Keching undan,o’namang nafs qo’shig’iga,

Gar kecholmay qoldingizmi, kitob o’qing?!

O’quvchi: Ishoninglar , so’zlarimda yo’q ehtiros,

Baxtga faqat yaxshi bilim bo’lgay asos.

Qalbingizga ma’rifatdan biching libos,

Gar bicholmay qoldingizmi, kitob o’qing?!

Yulduz:Kitob oching-sizga ikki qanot bo’lgay,

Kitob chigal yo’llar ichra najot bo’lgay,

Botir kafil, kitob-go’zal hayot bo’lgay,

Kitob o’qing,kitob o’qing, kitob o’qing!


Fotima: Zulfiyaxonimning serqirra ijodi munosib baholangan. O‘zbekiston xalq shoirasi, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti sohibi bo‘lgan shoiramizni jahon adabiy jamoatchiligi Javoharla’l Neru nomidagi va xalqaro “Nilufar” mukofotlariga munosib topdi. Bolgariya Respublikasining Kirill va Mefodiy nishonlari bilan taqdirlandi.

Hamid Olimjon bilan Zulfiya davraga chiqib keladi:

Zulfiya:

Baxtim-bog`im,sen xushovoz bulbul,

Men ko`zyoshiga yuzin yuvgan gul.

Senga intiq toldi ko`zlarim

Hulkarim,Omonim,jo`rovozlarim

Intizor sog`inchga to`la hayotim,

Kuyladi,kuylayverdi seni bayotim

O`sha” baxt kuychisin” eslatdi bugun,

Yana fasli bahor bog`dagi yodim.

Hamid Olimjon:

Mana bog`lar yana burkanib gulga,

Senga tutayotir gul to`la savat.

Jannat bog`larida birgamiz endi,

Muntazir ikkimizga qavatma-qavat

Birga qo`l tutib:

Yana fasli bahor ko`klam bu chaman

Bizni xotirlaydi kelajak avlod:

-O`sha sog`inchlardan za`faron bir gul,

-O`sha baxtni kuylagan xushovoz bulbul

Birga chiqib ketishadi.

Sevinch:

Yuragim o`rtaydi bir o`tli niyat

Xalqqa kerak bo`lib yashagim kelar

Yozib she`r,xalqimga qilib ko`p xizmat

Zulfiyaxonimga o`xshagim kelar

Fotima : O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan 1999- yil 1- martda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti joriy etilishi, sevimli shoiramizning mehnatlari hali ham e’zozdaligidan darak beradi.

Shahzoda: Azal-azaldan ulug‘ zotlarga beshik bo‘lgan Vatanim, volida-yu padar bo‘lgan mehri daryo xalqim, Zulfiyaday ovozi mag‘rur shoirang, viqorli qizing uchun Senga yana bir bor ta’zim!




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 8 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Tadbir ishlanma: "Zulfiya - tong kuychisi"

Автор: Karimova Sohiba Ne'matillayevna

Дата: 07.04.2020

Номер свидетельства: 545725


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства