kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Men yurtim ishonchiman

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bayram tadbirlari bo'yicha she'rlar,sahna ko'rinishi aks etadi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Men yurtim ishonchiman»

Men yurtim ishonchiman”tadbir ssenariysi

Maktab sahnasi mavzuga mos holda bezatilgan,yon ekranlarda trening mavzusiga oid yozuv va badiiy lavhalar aks etgan.Sahna peshtoqida mustaqillik shiori va 2020-yil shiori tushirilgan lavhalar tasviri berilgan.Sahnaning o`rtasida mikrofon o`rnatilgan,milliy bastakorlarimiz tomonidan yaratilgan tantanali kuy sadosi(karnay-surnay)ostida boshlovchilar chiqib keladilar.

1-boshlovchi: Ko`zimda porlagan uchqun o`zing,

Ko`nglimni ko`klarga chorlagan orzu.

Boshimni silagan,baxtim tilagan,

Men senda tug`ildimdim,mening baxtim shu.

Har doim duoyimni qilgan zabonim,

O`zbegim,o`zligim,O`zbekistonim

2-boshlovchi: Bosh egsam sen uchun ekkum bir umr,

Ishonchim,sharafim deb ko`ksimga ilgum.

Shu mushtdek yuragim har zarbasida

Sen-la tirikligim his etib turgum.

Tomirimda oqqan hayotim qonim

O`zbegim,o`zligim,O`zbekistonim

1-boshlovchi: Assalomu aleykum aziz va qadrli ustozlar, muhtaram mehmonlar! Davramizning aziz ishtirokchilari! Yangilanish va poklanish bayrami arafasida siz bilan diydor ko`rishib turganimizdan behad shodmiz.

2-boshlovchi:Assalomu alaykum,muhtaram mehmonlar!Mana, bugun diyorimizda o’zgacha bir shukuh, bahor tarovati bilan yashargan yurtimiz go’shalarida qalb shodiyonasi. Buning sababi shundaki, ona zaminimiz yam-yashil libosga burkanib, o’zining betakror ko’rku jamolini namoyon qilayotgan ushbu kunlarda biz uchun hamisha mehr va ishonch qo`rg`oni bo`lgan 22-umumiy o`rta ta`lim muassasamizda siz nomi ulug`, qadami qutlug, ta’lim fidoiylarining tashrifidan xursandmiz.Xush kelibziz azizlar!

1-boshlovchi:Azizlar,shu fursatdan foydalanib,“Men yurtim ishonchiman” deb nomlangan badiiykechamizni e`tiboringizga havola etamiz.Marhamat,tomosha qiling.

Jahon sahnasida turibsan mag`rur,

Seni tan olmoqda jumlai-olam.

Bugun baxtiyor jonkuyar xalqing,

Bag`ringda quvnaydi shod bo`lib xurram.

Allohning nazari tushgan bo`stonim,

Mehmondo`st o`zbegim,O`zbekistonim.

Sahnada 3-“A”sinf qizlarining raqsi ijro etiladi.

1-o`quvchi: She’riyat – bu guliston azal,

Unda yashar xushxon bulbullar.

Yonib yashar unda millatim,

Elim degan buyuk shoirlar.

So’zning qudratini jamlab qalamga

O’zbeklar dong’ini yoydi olamga

Ovrupo, Amriqo, Rum-u Farangda,

Turkiy so’z sehridan qoldilar tangda.

Yurtlarni zabt etgan Hazrat Navoiy,

Qalblarga naqsh bitgan Hazrat Navoiy.

2 nafar o`quvchi Navoiy g`azalidan yod aytishadi.G`azal aytilishi jarayonida sahnada qizlar turlicha milliy libos va jihozlarda namoyon bo`lishadi.Mumtoz raqs ijro etiladi.(Ibragimova Nigina)

1-boshlovchi:Zamonamizning buyuk davlat arbobi, mamlakatimiz va xalqimizning taqdiri,baxtu saodati yo`lida o`z hayotini bag`ishlagan ulug` yo`lboshchimiz,Islom Abdug`aniyevich Karimovning vafoti barchamiz uchun o`rnini to`ldirib bo`lmaydigan og`ir judolik bo`ldi

2-boshlovchi: Butun dunyoda tahlikali vaziyat,millatlararo to`qnashuvlar,siyosiy va iqtisodiy inqirozlar hamda turli xavf-xatarlar avj olgan davrda Islom Karimovning mamlakatimizga rahbarlik qilgani Yaratganning xalqimizga ko`rsatgan bebaho marhamati bo`ldi..

Sahnaga 2 o`quvchi chiqib “Istiqlol me`mori”she`rini ifodali aytadi.Monitorda Islom Karimov hayoti va faoliyati bilan bog`liq slaydlar namoyish etiladi.

Istiqlol me’mori” Zafar Mansur she`ri

Menda bir tuyg`u bor,

Aytmasam bo`lmas.

Buni har yurtdoshim sezsa qaniydi:

Dunyoda o`zbekni bilmaganlar ham

Islom Karimovni yaxshi taniydi.

Tarixga bo`ylasak, Millatin nomin

Olamga taratgan o`zbeklar bisyor

Lek bizning zamonda yurtimiz shonin

Yurtboshidan yuksak ko`targan kim bor?

O`ylang,axir Bo`yin egmay qullikka,

Kim buzdi bandi yotgan qafasni?

Bizlarni kim eltdi mustaqillikka

Xudo yorlaqagan shu zot emasmi?!

Bu na taqdir hukmi, Bu na bir sinov,

Bu na bir sinoat edi,do`stlarim!

Prometey Quyoshdan olganday olov

Bu- asl matonat edi do`stlarim!

Bu mushkul xol- go`yo bir gala bo`ri

Tish qayrab turganda qo`ylarga qarab,

Qudratin ko`rsatib yolbarslar zo`ri,

Xavfni daf etganga ketardi o`xshab.

Bu jur`at oldida o`rmonda qolgan

Do`stlari nurga zor o`ltirgan nafas

O`z qalbin sug`urib mash`ala qilgan

Dankoning jur`ati hech narsa emas!


Ha,oson kelmagan hurlik ayyomi,

Uyquda edik bu kunga yetguncha

Millatin uyg`otgan siymoning nomi

Istiqlol so`ziga egiz tushuncha.

Zero biz kim bilan kirdik daf`atan

Dunyo deb atalgan kenglik qa`riga ?

Kim chiqdi ilk bora bizning millatdan

BMT ning yuksak minbarlariga?


Qaysi bir zamonda iftixor,g`urur,

Diyonat,iymonga keng yo`l berildi?

Ulug` sohibqiron,jahongir Temur

Qaysi zot azmi-la qayta titildi?

O`tmishda atalgan savodsiz,avom,

Dunyoda o`zligin aytdi kim bois?

Ruhlari qaqshagan yuzlab ulug` nom

Buyuklar safiga qaytdi kim bois?


Zarracha xushomad yo`q bu so`zlarda

Ulug`lar bahoga muhtojmas also.

Chunki ortda qolgan yorqin izlarda

Aks etib turibdi eng yuksak baho.

Yo`qlikka singidi qanchalar daho

Tuzumlar zarbiga dosh bera olmay,

Istiqlol me`mori bo`lgan bu siymo

Millat otasiga aylanib qolgay.

Dildan ne so`rasak,

Beradi Xudo!

Eltadi buyuklik qoyalariga-

Yakdil xizmat qilsak,

Etsak jon fido-

Islom Karimovning g`oyalariga!

Sunnatullayeva Shahina o`z ijod namunasi bo`lgan she`rni aytadi.

Qurbon o`lan”raqsi ijro etiladi.(Tosheva Sevara)Sahna ko`rinishi namoyish etiladi.

Ona iztirobi” Sahna ko`rinishi

Kattagina hovli,ona uy yumushlari bilan band.Qiz esa telefondan bo`sha maydi.Ona qizga qarab:

-Bolajonim,negadir 2-3 kundan buyon adang tushimga kiradilar.Ruhlari nechun bezovta,hech anglay olmayapman.Qizim,bir bozorlik qilib kelsang, bo`lsa kichik roq bo`lsa ham xatmi qur`on o`qitarmidik?

-Namuncha,xudojo`ysiz-a?Turgan-bitganingiz eskilik sarqiti.O`sha duoni 1000 so`m pul bilan ham bitkazsa bo`ladi.Baribir dadamga bu tashvishlarning foydasi tegarmidi?

-Voy,bolam,bu nima deganing?Seni shu yorug` dunyoni ko`rishingga sababchi bo`lgan insonga,otangga hurmating shumi?Men seni shu niyatlarda o`stirdimmi, axir padari buzrukvor deb bekorga otalarni ulug`lashmaydimi?

-Voy,mamul,darrov achig`ingiz chiqadi-ya,men axir hazillashdim.

-Bunday qo`pol hazilingga toqatim yo`q,bolam.

-Bo`pti,hazillashdim dedim-ku,hazillashdim.

-Kun bo`yi shu zormandaga tikilmasdan,uy ishlariga qarashsang bo`lardi.Biror bir ishni boshini tutgin.Ana sinfdoshlaring kollejdagi o`qishini tugatib,biri tikuvchi, biri tarbiyachi,yana birovi usta hunarmand bolgan.Sen-chi,sen loaqal hunarning boshini ham tutmading.

-E,mamul,qiziq gaplarni gapirasiz.Do`stim Radik meni Chet elga o`qishga yuborayapti.Boraman,o`qiyman,dunyo ko`raman.Ana undan keyin shohona yashab,eng ko`rkam yigitlarni ham o`z o`timda qovjiratib-qovjiratib yuboraman.

-Hech qanaqa chet-pet elingni bilmayman,sen hech qayerga bormaysan.

-Buni hali keyin hal qilamiz.Bering berdiganingizni,bozorga tushib kelay.

Qiz onasidan pulni olgach,bozordan safar uchun kerkli anjomlarni oldi.Ona hayron bo`lib:

-Men senga nima uchun pul berdim?Bu narsalarni qayoqdan,nimaga olding?

-O’zingiz bergan pul,yetmaganini Radik qo`shvordi.Mana bilet,3 kundan keyin Istanbulga uchaman.

-Qanaqa Istanbul,bu nimasi?-deya ona hushidan ketadi.Kasalxonada shifokor huzurida:

-Singlim,onanggizning ahvoli og`ir,yurak xurujini olgan.Biz qo`limizdan kelganini qilamiz,ammo barchasi Yaratganning qo`lida

-Qancha dori-darmon bo`lsa yetkazaman,ammo ertaga safarga chiqaman,onam o`ziga kelsa,bir nimalar deb ovutarsiz

-Bu nima deganinggiz,axir onanggiz o`lim yoqasida,farzandlik burchingizni unutmang!

-E,endi bir siz qoldingiz aql o`rgatmagan,mahalla gapirsa,qo`shni aql bersa,

Qarindoshlar tinmay vaysasa,men nima onamning soyasida yurishim kerakmi? Axir o`zim uchun qachon yashayman?!

Qiz hech kimning gap-so`ziga kirmay,chet elga ketadi .Qiz chet elda:

-Oh,onajonginam,qadringiz endi bilinayapti.Men noinsof hech kimning so`zini quloqqa ilmay,shunday holda gado bo`ldim.O`z yurtimning non-tuziga tupurib, itlardan qolgan sarqit ovqatlardan yeb yuribman.Oh,onajonginam,bu azoblardan qanday qutulsam bo`ladir?

-Работай собака.Чего ноешь,двигайся,а то ещё получиш

-Akajon,jon aka meni qoyvoring,men boshqa chidolmayman,chidolmayman.Men bu xo`rlash va zo`rliklarga chidolmayman(dod soladi)

-На,получай,это тебепо заслугам(tarsaki soladi)

Muallif:Prezident Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida bir qancha o`zbek ayollari chet ellardan o`z yurtlariga qaytarildi, ularning nojo`ya qilmishlarini, aldanish oqibatida qulga aylanganlarni xalq kechirdi.

Qiz onasining qabri yonida:Onajon,qimmatliginam,ko`zimning nurli ziyosi, qalbimning farishtasi,suyukliginam,meni kechiring.Nobakor qizingizni kechiring,onajon.Mana endi sizni izlab topolmayman,nurli chehrangizga mushtoqman,oltinga teng so`zlaringiz gadosiman.Meni kechiring,onajon,meni kechiring.Izlaringiz tuprog`in ko`zimga surtay,qalbim va so`qir ko`zlarim endi ochildi.Onajonim,jonu jahonim,kechiring.Ey,xudoyim,sen ham meni kechir!

2-o`quvchi chiqib she`r aytadi:

Qadim Buxoroda yangi tong otar,

Zarrin nurlarini sochmoqda quyosh

Tun bo’yi to’lg’ondi bechora ayol,

Tongga qadar berdi azoblarga dosh.

Yuragi ostida yangi bir vujud,

Yangi qalb yaratib ayladi e’zoz.

To’qqiz oy ko’tarib uni rahmida

Mehr ummonida ayladi parvoz.

Subhidam qalbingning bir parchasini

Dunyoga keltirgan sen eding, onam.

Yurak qo’ring bo’lib dunyoga kelgan

Sening bir bo’laging men edim, onam.

Rivoyat qilmishlar: Momo Havodan

Yaralgandir olam Dunyoi azim,

Dunyoning gultoji Siz onalarga

Qo’llar ko’ksimizda etamiz ta’zim.

O`quvchilar ijrosida raqs namoyish qilinadi.

1-boshlovchi:Nega she`r yozmayin yurakdan yonib,

Nega ta`zim qilmay sizga bu mahal

Xizmatingiz qilmay nega quvonib

Ey,aziz muallim,ustozi avval.

Sahnada o`quvchilarning she’ri yangraydi.

2-o`quvchi:Dunyoda ko`p erur ulug` insonlar,

Kim aytar bu so`zing emasdur deb chin.

Baridan ulug`san,baridan suyuk,

O`qituvchim,kamtarin,oddiy va mo`min

Kitoblar ichida o`tdi bu umr

Chehrang go`dak misol mas`um va gulgun.

Bugun senga olqish,senga sharaf-shon.

Yurtim bosh egmoqda poyingga bugun.

Мuhammad Yusuf she`ri”Oddiy muallim”.

Qadri bilinadi endi menga goh

Olis maktabimning o`shal behasham

Navoiyku,bizga ustozdir ammo

Kimdir o`qitganku Navoiyni ham.

Shunday buyuk zotga harf o`rgatgan kim

Oddiy muallimda,oddiy muallim


Tuproqdek hokisor bezovta jonlar

Ammo qanoatda tog`dek ulug`vor

Hatto Temurdayin sohibqironlar

Pirim,deb etagin o`pgan zotlar bor

Qaysar jahongirga yo`l ko`rsatgan kim

Oddiy muallimda,oddiy muallim


Yo`qdan Beruniylar binolar qurgan

Mashrabni mashhuru dunyolar qilgan

Husaynni Ibn Sinolar qilgan

Abdulloning tilin burrolar qilgan

Qilich o`ynatgandek,so`z o`ynatgan kim

Oddiy muallimda,oddiy muallim


Qoqinsa,hayot nishi-sanchiqlaridan

Yiqilsa ko`targan qo`ltiqlaridan

Otadek suyagan g`ussaga botsa

Boladek quvongan yutuqlaridan

Uyquda shogirdin o`ylab yotgan kim

Oddiy muallimda,oddiy muallim.


O`rtoq ko`pu,ammo bir do`sti hamroh

Halim toolmadi undan halimroq

Qancha ustoz ko`rdim,qancha oliygoh

Olim topolmadim,undan olimroq

Bola yuragida bebaho tilsim

Oddiy muallimda,oddiy muallim.

Yuzga kiraman men xudo xohlasa

Yuz yildan keyin bir mo`min o`rtog`im

Ko`zim yopib qo`ysa,jag`im bog`lasa

So`nggi safar sari otlangan chog`im

Faqat bir kishidan bo`ladi qarzim

Oddiy muallimda,oddiy muallim.

Maktab xori jo`rligida qo`shiq ijro etiladi.Jonli ijro-maktab cholg`uchilari ishtirokida namoyish etiladi.

Hayotning har lahzasi go`zal”she`ri aytiladi.

Tun pardasi ochilar asta,

Chiqib kelar sahnaga quyosh.

Kelinchakdek bo`lib orasta,

Gul salomdan ko`taradi bosh.

Hovli go`yo yuvilgan chinni,

Yo`llar go`yo artilgan oynak.

Qutlash uchun yangi bu kunni,

El oyoqqa turar jonsarak.

Hayotning har lahzasi go`zal,

Umrning har dami g`animat.


Qaymoq isi yayratar tanni,

Dasturxonda issiq kulchalar.

Suv bosgandek qaqroq o`zanni,

Odamlarga to`lark o`chalar.

Asli hatto go`dak emizmoq,

Barobardir og`ir yumushga.

Oshiqarlar,yuraklar qaynoq,

Birov ishga,birov o`qishga.

Hayotning har lahzasi go`zal,

Umrning har dami g`animat.


Duch keladi yuzlab chehralar,

Ko`pin aytib ko`rmoqlik mahol,

Ular dilga yaqin naqadar,

Shuning o`zi tuganmas iqbol.

Barchinoylar nigohida sir,

Alpomishlar ko`zida yashin.

Yoshlik qaytar qalbga sochib nur,

Eslaysan ilk sevgi otashin.

Hayotning har lahzasi go`zal,

Umrning har dami g`animat.


Bir mahallar berishgan salom,

Endi esa olishar alik.

Tillarida duo xush kalom,

Saodatdir hatto keksalik.

Tinchlik so`zin solar yodingga,

Sochlaringdan erib oq tola.

Intilasan yana oldinga,

Hayotning har lahzasi go`zal,

Umrning har dami g`animat.

Bu yurtda alp chinorlar o`sar,

Ko`k gumbaz o`ngu so`lingda.

Bir azaga kirib o`tsang gar,

So`ng onta to`y uchrar yo`lingda.

Goh birovlar tanishar ilk bor,

Goh yig`ilar eski ulfatlar,

Odamzodga dunyo bo`lmas tor,

To mavjuddir shirin suhbatlar.

Hayotning har lahzasi go`zal,

Umrning har dami g`animat.


Bosh ko`tarmas kimdir ishidan,

Kimdir o`ylar ulug` bir reja.

Yana sirli orom qushiday,

Qo`na boshlar yurtimga kecha.

Bugunidan el ko`ngli to`lib,

Ertangi kun uchun to`plar dosh,

Anvar shoir charchog`I bo`lib,

Tog` ortiga yonboshlar quyosh.

Hayotning har lahzasi go`zal,

Umrning har dami g`animat

1-boshlovchi: Ilmu hikmatga oshno,tafakkuri keng dunyo

Allomalar ajdodim,merosi mulkim-ziyo

G`ururimga jo o`zing,jonajon yurtim mening

Poyingga bosh egurman,o`zbekning farzandiman

Sening noming shavkatu shondir menga

O`zbekiston ,ertangni ishon menga!



2-boshlovchi: Ozodlikning ismi men,obodlikning husni men

Jonimda asragayman Vatan degan hisni men

Mustaqillik tarixini chizgan el payvandiman

Yurtlarga dong`i ketgan o`zbekning dilbandiman. .

Sening noming shavkatu shondir menga

O`zbekiston ,ertangni ishon menga!


1-boshlovchi::Har biringizning qalbingizga oz bo`lsada xush kayfiyat baxsh etgan bolsak,ko`nglimiz osmon qadar nurli bo`lardi

2-boshlovchi:Osmonimiz doim musaffo,baxt quyoshimiz porloq bo`lsinYurtimizda doimo tinchlik bo`lib,xalqimizning hayoti farovon bo`lsin


Barcha o`quvchilar sahnaga chiqib,”O`zbekiston”qo`shig`ini jo`r bo`lib kuylashadi


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 11 класс

Скачать
Men yurtim ishonchiman

Автор: Safayeva Xurshida Ibroximovna

Дата: 02.04.2020

Номер свидетельства: 545022


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства