kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Хамса - великолепное чудо (сценарий мероприятия посвященного 581 - летию со дня рождения Алишера Наваи)

Нажмите, чтобы узнать подробности

Этот сценарий мероприятия посвящается памяти Алишера Наваи и рассказывает о произведение Хамса.Это произведение великолепное чудо

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Хамса - великолепное чудо (сценарий мероприятия посвященного 581 - летию со дня рождения Алишера Наваи)»



Xamsa”— buyuk mo`jiza”

mavzusidagi tadbir












1-boshlovchi: Jahonki muqaddas neni ko’ribdi,

          Bariga onasan, ey qodir hayot.

         Asrlar qa’ridan boqib turibdi,

          Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.

2-boshlovchi: Shu buyuk o’g’ilni ardoqlab dildan

          Xalqim ta’zim etsang arzigay tamom.

          Uning nomi bilan birga bitilgan

          Dunyo daftariga o’zbek degan nom.

1-boshlovchi: Xoqoniy oily maqom Shoxruh sultoning podsholik davrida, izzat va iqbol gulshanida omonlik va umid mevalari beradigan bir daraxt ko’kardi.Martaba va ulug’lik osmonda baxt-saodat ko’zini yorutuvchi bir yulduz porladi.

2-boshlovchi: Oliy martabali hidoyat nasabli,pozikiza tabiyatli,sof niyatli saltanat suyanchig’i mamlakat ustuni Xoqoniy davlatining yordamchisi yo’qlik dunyosidan borliq olamiga qadam bosib, o’zinining go’zalligi va porloq chehrasi bilan yer yuzini yoritdi.

1-boshlovchi: She’riyat mulkining sultoni , o’zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiyning porloq nomi qariyib 6 asrki tillarda doston . Ulug’ mutafakkir hayotiga va ijodiga oid ma’lumotlarni barcha o`quvchilar juda yaxshi bilishadi . Uning asarlari asrlar davomida boy ma’naviy ozuqa sifatida xalqimiz tafakkurini boyitib , ezgulik hissi bilan yashashga undab kelmoqda .

2-boshlovchi: Shu bois ham bugun 7-“A”sinf o`quvchilari hazrat Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan siz azizlarga “Xamsa-buyuk mo`jiza”mavzusi ostidagi bayram tadbirimizni havola etamiz.

1-boshlovchi: Jondin seni ko`p sevarmen ,ey umri aziz,

Ondin seni ko`p sevarmen,ey umri aziz.

Har neniki sevmak,ondin ortiq bo`lmas,

Sondin seni ko`p sevarmen,ey umri aziz.

2-boshlovchi: Zamonlar qa’ridan keladur sado,

Yomon ishlar topgaydur jazo,

Tarbiya maslagin aylaydi axbor,

Purma’no beradur “Hayrat-ul abror”

Sahnada o`rmon ko`rinishi.Durroj va sherning suhbati:

Durroj: Aziz do`stim,qaydin kelursen?

Sher: Go`daklarim vaqtin chog`lab yuribmen.

Durroj:Shundoq qaltis paytda tanho ne dersen?

Sher: O`z-o`zimga himoyadamen.

Durroj:Vo ajab,sen bilmasmusen?

Jonzotlar vahshiysi sher bolaga o`ch?

Sher: Yo`q eshitmabmen,endi ne iloj,

Qalbim parchasini aylaymanda pech.

Durroj:Menda border bir chora,

Do`stlashylik sad bora.

Sher:Sendan menga ne nafdur?

Durroj: Xabar berurman xavfdin.

Sher:Mayli,aytganing bo`lsun.

Senga bolam omonat

Durroj: Qilmayman hech xiyonat.

Muallif: Kunlar ketidan kunlar o`tib borar vaqt sayin,

Ammo durroj har safar sherni aldab boradur…

Durroj:Do`stim,tezroq yetib kel,bolang xavfga yo`liqdi.

Sher: Qani,qani u badbaxt, menda nafrat uyg`otdi,

Yuragim pora aylab,sabr kosam to`ldurdi.

Durroj:Eh,do`stim,do`stim mening.Seni sinamoq bo`ldim

Sher:Har sinoving ortida bitta yolg`oning hamroh

Durroj: Ne qilayin,ey do`stim,yolg`ondan topgum panoh.

Sher:Qo`y,bundayin ishlaring,jazo topgay qilmishlaring.

Sher zarda qilib chiqib ketadi.Ovchi durrojga to`r tashlab qo`ydi.Durroj to`rga ilingach,hech ilojin topolmay,sherni yordamga chaqiribdi.

Durroj: Ey do`stim,qadrdonim,yordaming kerak menga,

Sayd to`rini tashlagach,ozori yetdi menga.

Kelgin,do`stim ,kelaqol,to`rdan meni olaqol…

Sher:Yana yolgon so`zlaydir,dod faryodin qo`ymaydir.

Bormayman hech yoniga, yolg`onining domiga.

Ne qilsa qilsun endi,do`stligim barham topdi.

Muallif: Har qilmishning javobi bisyor,Yolg`on seni qiladur abgor.

Bo`lmay desang har vaqti yakto, yolg`onga hech bo`lmagin oshno.

1-boshlovchi: Zamonlar zaylidan so`zlaydi bayot,

“Xamsa”dek munavvar ulug` mo`jizot.

Tarbiya,ma’rifat unda mujassam,

Havasla o`qigin”Xamsa”ni sen ham…

2-boshlovchi: Dostonni o`qigin varaqlab bir-bir,

Hayotda mujassam ajoyib bir sir.

O`qigach,anglaysan ilohiy ishqin,

Muhabbat jarchisi “Farhod va Shirin”

Sahnada tog` tasviri. Farhod tog`dan suv chiqarmoqda.

Shirin:Nedur ahvoling,ey zori g`aribim,

Visoling davlatidin benasibim?

Chekardim,g`am togging,holing nechukdir?

Farhod: Ey,nozanin ishqing meni xor etgay,

Nahrul hayot ila ishq sarobin ichgay.

Qalbim mehring ilkida chok-chok,

Tilim kalimasin aylayding bebok.

Shirin: Senga oshno bo`ladurg`on bu ko`ngil,

Mehring ila zavqqa to`ladurg`on bu kongil.

Hoyu havas bino qo`ymas bu ko`ngul,

Ishqing ila jon beradurg`on bu ko`ngil.

Farhod:Tog`lar kechdim vasling uchun,sening chun,

Ishq sharobin simirdim,sening uchun ,sen uchun

Shirin: Sen jur’atni jo aylab, obi hayot berursan,

Arman elining haqqin jon ila jon berursan.

Farhod: Mayli chiqsin iztirob,ketsin g`am-u kulfatlar,

Xalqlar do`stligi bo`lsin,yo`qolsin adovatlar

Farhod tog`u-toshlarni ura boshlaydi va nihoyat,intiqib kutilgan suv chiqadi.

Farhod:Mana hayot,senga azizam,to`yguningcha simirib boqgin,

Arman yurti ozodlikka boq,bog`laringni yashnatib yurgin.

Shirin: Ishq hadyasin ayladi mukarram ul zot,

Sen-la qalbim topgaydur najot.

Farhod: G`aming o`zim,anduhing o`zim

Shirin: Baxtim o`zing,toleyim o`zing.

Farhod:Sevdim seni borimla,ey jon

Shirin: Fido bo`lsun senga umri jovidon

Ikkalasi birga: Sevgimga erishmoq tangrining ishi,

Ishqi ilohiy-la yasharmish kishi.

Qizlar ijrosida “Istaram” qo`shig`i ostida raqs ijro etiladi.

1-boshlovchi: Har bir ishning o`z vaqti bordir,

Ishq kitobin qatlari yordir.

“Xamsa”da bordir bir junun

Olibmen qo`limga”Layli va Majnun”

2-boshlovchi: O`qigach,bilursen jondin kechmoqni,

Xayolga cho`masan chihal yechmoqni.

Kelajak yulduzi—bashari funun,

Beqiyos kitobat”Layli va Majnun”

Haj ziyorati.Muqaddas Ka’ba tavofi.Sahnada Majnun va otasi ko`rinadi. Ota ka’bani tavof etib,ollohga iltijo etadi:

Ota: Ey, pok parvardigor, o`zing bergaysen shifo,

Farzandi jovidonim,bo`ldiku misli gado.

Qaysning jununi qo`zg`ab,ilkida yori xudo,

Shifosin bergin o`zing,tangrim senga tavallo

Farzandim anduh ichra,qalbi pora bo`ladur,

Fig`oni o`t ichinda,xasta dilband yoradur.

Senga iltijo,olloh,dardiga davo ayla,

Qaysning yuragin poklab,shifosin o`zing ayla

Majnun: Senga talpindim,yo rab, Unga talpingay yurak,

Ozor chekadi bu qalb. menga sendin ne kerak?

Mahramim yo`qdur yo rab, Bergin menga qanoat,

O`zing bilgaysan sabab. Layliga yetay har vaqt

Iltimosim,yo rabbim. Qolmadi zarra toqat, Uning chun yashay faqat.

Laylimdur mening vaslim.

Ota: Ne deyursan,ey badbaxt farzand?

Olloh uyin aylagin xursand.

Shifo so`ra o`zingga mutlaq,

Olloh amri sengadir ilhaq…

Majnun: Layli ishqin tanimda jo qil,

Layli ishqin ragimda qon qil.

Majnun o`ladi.

Alisher Navoiy tuyuqlari asosida Buxoro mavrigisi ijro etiladi.



1-boshlovchi: Odamiy ersang,demagil odami ,

Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami

2-boshlovchi: Hayot saboqlarin aylabon turkiy,

Shohlarning shohidir”Saddi Iskandariy”

Saltanat ko`rinishi. Taxtda Iskandar podshoh o`tiradi.Vazir kirib keladi.

Vazir: Shohim ,bir arzim bordir.

Iskandar:Ne arz ekan,so`ylagin

Vazir: Bozor rastalarini kuzatib yurganimda bir qalandarning “Shoh va gado tengdur”deb barilla aytayotgan so`zlari quloqqa chalindi.Undan uzr so`rashini talab etdim,biroq qalandar dor ostida bo`lsa ham shu da’vosidin kechmasligini aytdi.

Iskandar:Bu qandayin razolat? Huzurimga qalandarni chorlangiz.

Vazir:bosh ustiga,hazratim

Qalandar kirib keladi.Ta’zim aylab turadi.

Iskandar:O`zing bir gado erkansen.Ne uchun turli nifoq keltiruvchi so`zlarni aytasen?Qayerda ko`rdingki,shoh va gadoning tengligini?Mana menga va o`zingga bir razm sol.Kim kimdan ustunroq ekan?Sening isming nima?

Qalandar:Davlat.

Iskandar va vazir xaxolab kulishadi.

Iskandar:Bir bechora gado ham Davlat deb nom berishadimi?Bu qanday ojizlik erkan-a?

Qalandar:Davlatning ko`zi ko`r bo`lmaganda sen faqirning oldingga kelarmidi?

Bu javobdan Iskandar sergaklanibdi.

Iskandar:Menga so`z o`yini qilmagin,bunday o`yinlarga toqatim yo`qdir.Bozorda aytgan so`zlaringga izoh talab qilurmen

Qalandar:Mahramlaringizga ayting,qabristonga borib,bir kambag`al faqirning hamda boy-badavlat kimsaning bosh chanog`ini olib kelishsin.

Iskandar:Farmoni muqarrar.Zudlik bilan gado aytgan topshiriqni bajo kelturing.

Vazir:Xo`p bo`ladi,olampanoh (chiqib ketadi)

Vazir ikkita bosh chanog`ini ko`tarib kiradi.

Iskandar:Mana sen aytgan chanog`lar.Endi izohingni kutyapman.Dor ostiga borishdan qo`rqmas ekansan,qulog`im senda

Qalandar: Sizningcha,bu bosh suyaklarining qay biri badavlat odamniki,qay biri faqirniki? Men aniq topa olamasmen.

Iskandar bosh suyaklarini qo`lga olib,sinchiklab qaraydi,ammo farqini topa olmaydi.

Iskandar:Hech ham farq qilmaydur.Bosh suyaklari hammada bir xildir.

Qalandar:Ana endi izohga hojat ham yo`q.Chunki ollohimning oldida hammamiz birdekmiz. Faqat kimdir yaxshi amallari bilan,boshqa birov ayanchli qilmishlari bilan javob beradir.Shuni aytish joizki,podshohlar ollohimning yerdagi adolat elchilaridir.

Iskandar:Sen judayam aqlli javob berding.Zakovatingga qoyilman.Bugundan boshlab ,yo`q shu ondayoq mening eng yaqin maslahatchim b`lursen.

Qalandarga zarbof to`n kiygizishadi.Qahramonlar chiqib ketishadi.

1-boshlovchi: Ulug’ mutaffakir tug’ilgan kun mamlakatimizda har yili qutlug’ sana sifatida tantana qilinadi . Ushbu kunda xalqimiz buyuk shoir dahosiga yana bir karra ta’zim bajo ylaydilar . U kishining porloq xotirasiga ehtirom ko’rsatadilar .

2-boshlovchi: Alisher Navoiydek shoirimiz borligi bilan cheksiz faxrlanamiz . U o’zbek adabiyot ilmi tarixiga yuksak hissa qo’shgan adabiyotimizning buyuk namayodasi ilmiy tadqiqotlar yaratgan olim , ulug’ davlat arbobi , madaniyat homiysidir .

1-o`quvchi: Bilmam qanday ayol bo’lgan

Alisherning onasi

Balki uning qalbiga ham

Lol qolgan zamonasi

Balki uning ko’zlarida

Bo’lgan og’ir bir xayol

Balki g;amgin zotdir u

Balki sho’xchan bir ayol

Balki buyuk farzandiga

Terib bergan chechaklar

Balki tunlar unga bedor

Aytib bergan ertaklar

Mayliga u kim bo’lmasin

Yolg’iz bir so’z ma’nosi

Alisherning onasi u

Navoiyning onasi

2-3-o`quvchi Navoiy g`zallaridan yod aytadi.

1-boshlovchi:Navoiydek buyuk zot qoshida doimo bosh egamiz . Bizga insoniylik , mehru vafo , do’stlik , sadoqat , saxovatlilik , odamiylik , kamtarlik , yaxshilik . bilim va ma’rifat ziyolarini taratganliklari uchun buyuk Navoiy bobomizga ta’zim qilamiz.

Sahnaga Alisher Navoiy kirib keladi.

Alisher Navoiy: Salom,mening qadrdonlarim.Bugun meni xotirlayotganingizdan bag`oyat shodmen.Mana asrlar osha mening ijodiyotimdan bahramand bo`lganligingizni o`zi umrimning boqiyligidan dalolatdir.Azizlar,men ikki daryo oralig`idagi mamlakatimni yakkaqalam qildim. Asarlarim ila adolat ,vafo,samimiy muhabbat va ilohiy ishq urug`ini sochdim.Adolat ila ish tutdim.Xalqim va ijodimga aslo xiyonat etmadim.Navolarim ila har biringizning qalbingizga mehmon bo`ldim,har biringiz bilan do`st tutindim.

Navosiz ulusning navobaxshi bo`l,

Navoiy yomon bo`lsa,sen yaxshi bo`l

Alisher Navoiy mumtoz kuy ostida chiqib ketadi.

1-boshlovchi: Birin- ketin o’tib borar asrlarning karvonlari

         Oh, ne choqlik xatarlidir uning oshar dovonlari,

         Inson zoti murodiga azal-abad yetar edi,

         Ushalsa gar umidvor zot Navoiyning armonlari.

 

2-boshlovchi: Fursat keldi do’st-u g’anim kimligini bilay bu kun,

                         Jami bashar farzandiga saodatlar tilay bu kun,

                         Ko’kka boqib sahar chog’i iltijolar qilay bu kun

                         Nurga to’lsin aziz bobom Navoiyning makonlari.

Ikkalasi birgalikda: Yana davam etar munavvar bayot,

Navoiy barhayot, Navoiy hayot

























1-boshlovchi: Hayotga qo`yadi ulug` bir maslak,

Ro`yobin izlaydi buyuk bir tilak.

Hamisha ,har yerda bo`lgaysen tayyor,

Ham maslak,hamqadam “Sabbayi sayyor”

2-boshlovchi: Ustozlar o`gitin olmayin dilga,

Shoh Bahrom tushadir qattiq bir o`yga.

Dilini o`rtaydi ishqi sitamkor,

So`zlab berayotir “Sabbayi sayyor”

Sahnada Shoh Bahrom sharob ichib,o`ychan o`tiradi.Birma-bir yeti sayyoh malikalar tashrif buyurishadi.

Shoh Bahrom: So`zlangiz, autib hamon, Nechun qalbim o`rtaydir,

Diloromdan al-amon Ishq sharobi qiynaydir?

1-malika: Xorazm yurtidan sizgadir salom,

Hikoyat aytmisham Axiydan tamom

Adolat kuyida xastadur bir shoh,

Dilorom haqinda ermasman ogoh.

Shoh Bahrom: Bas yetar,so`zlama,qaytib so`zlama,

Yuragim o`tini kuyib,yondirma…

2-malika: Qadim Sharqning hikmatin aytayin sizga,

Muqbil va Mudbirdan ajib hikoya.

Ko`p kezdim yurtlarni sahroma sahro,

Ammo Diloromdan topmadim ma’vo

Shoh Bahrom: Bas yetar,so`zlama,qaytib so`zlama, Yuragim o`tini kuyib,yondirma…

3-malika: So`zlayin bir bora quloqqa ilgin,

Rostgo`ylik ta’rifin dilingga tuggin.

May,sharob kelturmas yaxshilik hexh ham,

Mening hikoyatim Saxiy quyoshdan

Shoh Bahrom: Bas yetar,so`zlama,qaytib so`zlama,

Yuragim o`tini kuyib,yondirma…

4-malika:Har kungi tafsilot sizga yetgudek,

La’li dudog`ida sabza maysadek

Unadi muhabbat astayu sekin,

Tug`yoni dilida Mudbir aytayin

Shoh Bahrom: Bas yetar,so`zlama,qaytib so`zlama,

Yuragim o`tini kuyib,yondirma

5-malika:Har zamon,har vaqtki qulaydur osmon,

Yetti mo`jizasin aylab namoyon.

Gul bargi,dil rangin deya,

Diloromdan hech topmadim chora

Shoh Bahrom: Bas yetar,so`zlama,qaytib so`zlama,

Yuragim o`tini kuyib,yondirma

6-malika: Shoh baytin aytadir o`tli bir malak,

Sipohiy istaydir nurli kelajak.

Mehringdan dil qonar Suhayl istab

Mayingni sipqorma,toxtagin,yo rab

Sahnaga Mehr va Suhayl, Jobir paydo bo`ladi

Jobir:Jazirada nechun yuribsen,

Yo mening malagimga tashna erursen?

Suhayl: Sen kabi jabrdiyda emasmen,

Sahroyu dengizda masrur yurmasmen.

Jobir: Men senga qoyilman bilgin,

Muhabbatdan kechmas lekin.

Suhayl:Ha,hayot haqiqat , zamin betakror, Ishq sharobi ham aylaydi abgor.

Jobir: Eh,parivash,ruxsoringga boqolmadim,

Jafolarimg`a sendan jazolandim

Mehr: Nurli oyim, Suhayldek emassen,

Jaholatga doim yo`lni topgaysen.

Jobir:Kechir,mahvash ,kechir rafiqim meni,

Senga yetishmoqdin tangri ayirdi meni.

Suhayl:Oy yuzligim,gulgul gulim mening,

Pariro`yi xush xandonim mening.

Va,nihoyat qalbim masih tilaydir,

Senga visol onin tilaydir.

Mehr:Mening ko`zim,mening yuzim,

Vujud to`la oy-u so`zim.

Senga yetishdim,yo rab

Duk-duk uradi bu qalb

Ikkalasi:Mehr tashna,Suhayl tanho,

Muhabbat tanhodir,muhabbat yakto..

7-malika:Men sizga aytayin hazratim,bir sir,

Dilorom tarixin bitib birma bir

Parivash mehringiz sahroda yakto,

Ishqi ilohiydan sizga mubtalo

Bahrom:Ey,sabo borg`il salomim Diloromimg`a ayt,

Pariro`y,ruxsori oy Diloromimg`a ayt.

7-malika :Boringiz men bilan,unutib o`zni ,

Ruxsori oyingiz kutadir sizni.

Bahrom:Albatta,borgumdir,albatta borgum,

Dilorom qaydasen,mening oromim?


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 9 класс.
Урок соответствует ФГОС

Автор: САФАЕВА ХУРШИДА. ИБРОХИМОВНА

Дата: 09.02.2022

Номер свидетельства: 599927


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства