Просмотр содержимого документа
«Байрам ишланмаси "Онажоним -мехрибоним"»
Samarqand viloyat Kattaqo'rg'on shahar 4-maktabi o’quvchilari tomonidan “Onajonlar bayrami”ga tayyorlagan SENARIYSI
Mavzu: Onajonim mehribonim
Assalomu alaykum aziz va muhtaram buvijonlar, mehnatda tolmay, ish yumushlari bilan doimo band bo’lga mehribon onajonlar hamda mehnatsevar opajonlar, jajji singiljonlar!
Assalomu alaykum hurmatli qalbi qaynoq ustozlar, qadrli murabbiylar hamda tengdoshlar.Sizlarni hammalaringizni tobora yaqinlashib kelayotga 8-mart xalqaro xotin qizlar bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!
Sizlarga uzoq umr, baxt saodat tilaymiz.
Aziz ustozlar, mehribon ota-onalar, qadrli do’stlar! Bugungi “Jannat onalar oyog’I ostida” deb nomlangan musiqali badiiy kechamiz ochiq deb e’lon qilamiz.
Assalom, mo’tabar aziz onalar,
Assalom olamning oily kalomi.
Ta’zim aylagayman sizga ey ustoz,
Bu mening samimiy ko’nglim salomi.
Ona deganimda oq soch jafokash,
Munis, mehribon chehrang namoyon.
Axir sen bag’ringda parvarish etding,
Ko’zinga baxsh etding ko’zgudekjahon.
Ona ulug’ ona aziz
Ona mehr bulog’I
Farzand unga boldek laziz
Farzand un
Bizning sinf o’quvchilari onajonlarimiz bayramiga bag’ishlab kichik bir tadbir tayyorlaganlar. Marhamad ko’rib tomosha qiling. Doira nog’ora sadolari ostida beshik olib kiriladi. Ona rolida o’quvchi “bolani” beshikka belab alla aytadi.
Alla aytay jonim bolam
Quloq solgin alla
Shirin allam tinglab asta
Orom olgin alla……
Kelajakning mevasisan
Alla aytay allayo……..
Ko’zim nuri dilbandisan
Allayo alla, allayo alla
(ona alla aytib, beshikka boshini suyagancha uxlab qoladi)
Quyosh olar nurni
Onalarning qalbidan
Tog’lar olar bardoshni
Onalarning sabridan
Uyimiz nurga to’lar
Onajonim bor bo’lsa
Ko’zlarim yosh bo’lmaydi
Onam baxtiyor bo’lsa
Ona mehri beqiyos
Daryolarga tenglashar
Ona hurmati uchun
Osmon yerga engashar
“Onajon” qo’shig’I
Musiqa yangrab “Bahoroy” kirib kelad
Salom mening sevimli o’g’il qizlarim! Men zumrad Bahorman. Meni sog’ingadursizlar-a gullar, ariqlarga oqar suvlarimni, qizlar gullar bargidan qirq kokil taqishini, bir-biridan go’zal, sermazmun batramlarimni-chi? Ayniqsa 8-mart xalqaro xotin qizlar bayrami juda ajoyib va go’zal.
Men ham onaday mo’tabar inson oldida bosh egaman. Onalarimiz ayollarimiz doim sog’ omon bo’lsinlar.
(Qizlar raqsi “Bahor vasli”)
Oilaning barcha ezguliklari, xizmatlari yaxshi kunlari,muammolari ana shu ma’luma va munis ayol atrofida aylanaveradi.
Oqila va dono, fidoyi ayollarimiz hamisha
Omon bo’lsinla
Ayol oila o’chog’ini yoqadi, butun imkonini ishga solib, o’z bolasini bag’riga bo’ron va dovullardan sog’-salomat olib o’tadi, kelajakda poydevor qo’yadi.
Bunday bardosh va matonat uchun ularga
Hamma:
Ta’zim qilamiz.
Har qanday jamiyatning farovonligi va ma’vaviyat sog’lomligi me’zoni, oila ahilligi, oila mustahkamligidir u.
Ayol oilaning asosi, xonadonlarimizni charog’on etuvchi chiroqdir. Har bir oilada bunbunday yog’du doimo…….
Hamma:
Porlab tursin!
(Maxallada duv-duv gap musiqasi yangradi. Sahnada qariyalar kirib keladi. Sahna ko’rinishi
Farzandlarni o’ng yuzi onasiga, chap yuzi otasining ruxsoriga o’xshaydi. “Nega chap tarafi onasiga o’xshamaydi?” –deb ajablandi sorashganda g’oyibdan shunday nido kelganmish!
DVD yoki kompyuter orqali eshittiriladi. “Ey odamzod ong qolingni chap ko’kraging ustiga qo’y. Bir lahza tin ol, diqqat et.Sezyapsanmi, kafting ostida butun bir zaminning yukimi onangday mushfiq, onangday mehribon, u kabi zahmatkash yurak bir maromda urib turibdi. U mehnat qilyapti volidai muhtaramangday u hamisha uyg’uq. Shu bois farzandlarning chap yuzi yurakka tutash tarafi ona ruxsoriga o’xshab ketgan bo’lsa ne ajab
Onalik katta baxt. Afsuski hayotda shunday onalar ham borki, o’z bolalari jigaqgo’shalarini tashlab ketishadi.
Yer yuzida qalbi pora minglab farzandlar mehribonlik uylarida tarbilanmoqda. Murg’ak norasidalarning aybi nima axir?
Ularga o’z mehrini beruvchu shirinso’z tarbiyachilar, bag’ri keng xalqimiz Ona-Vatanimizdir.
Lekin hech bir zod ona mehrini berishga qodir emasdir.
(Sahna ko’rinishi bolalar uyi)
Onalarning farzandlariga haqlari juda ko’pdir. Garchi uni boshingda ko’tarib hajga olib borib kelsang ham, bir kechalik uyqusini buzib, senga oq suti, aytgan allasini uzolmaydi.
Hasan:
Onalarga bir farzandlaridan ko’p narsa kerak emas. Sog’ omon, tinch, baxtli-saodatli bo’lsak, shuning o’zi hikoya. Farzandi kamoli ona iqboli.
Ona borki hayot bardavo
Ona borki oila charog’
Ona borki olam bor onalarimiz bizni bir parcha etdan katta qilib, qatorga qo’shadilar, oq yuvib oq taraydilar, doimo boshimiz uzra parvona ular.
Oyog’imizga kirgan tikanni kipriklari bilan olishga tayyordirlar
Buning sababi nimada ne uchun onalar farzand qoshida bu qadar parvon
Kerak bo’lsa farzandi uchun jonini fido qilishga ham tayyorekanliklarining boisi nimada?
Buning javobi bitta
Hamma:
Bu onalik mehridir.
-Ona mehri
-Sendan keskir nima bor, olmos?
-Ona qahri
-Qanday olding otashni quyosh?
-Ona qalbidan
-Po’lat qandat senga zo’r bardosh?
-Ona sabridan
-Senmi ko’klam hayotbaxsh fasl?
-Yo’q ona izi
-Dengiz nedir kenglikda tanho?
-Ona og’ushi
-Endan shaffof ne tongi ziyo?
-Ona nigohi
-Baxsh beruvchi senmisam hayot?
-Yo’q-yo’q onalar.
“Kelinlar qo’g’oloni” spektakldan sahna ko’rinish.
Onalar bolalari bilan chiqib, she’r aytishadi. Bunda qobiliyatli o’quvchilar onalar
1-ona
O’g’lim toleingda ikkinchi onang
Boshingda parvona muallimimg bor
U bilan yorug’dir qorong’u xona
U to’shar umringning yo’llariga zar
2-ona
Men senga shunchaki ko’zlar berganman
Muallim o’rgatar ko’ra bo’lmoqni
Dilbandim, men senga ona bo’lganman
Senga u o’rgatar ona demoqni
3-ona
Men senga tilingni berganligim rost
Dono so’zlamoqni u o’rgatadi
Men senga qo’llaring berganligim rost
Qalam ushlamoqni u o’rgatadi
4- ona
Men senga sut berdim u esa ziyo
Uning siz yo’llaring bo’lmas oydin oq
Seni sevmog’imni biladi dunyo
Ammo u sevadi mendan ortiqroq
5-ona
Go’daklik chog’ingda bo’lganman bedor
Ham senga baxshida etganman xayot
U esa yashashni o’rgatar ming bor
Seni deb bezovta yashar umrbod
Yuragidan yangi yurak ko’chirgan
Oq sutiga mehr qo’shib ichirgan
Gunoh qilsa eng birinchi kechirgan
Onadur ul, onadur ul, onadur
Jahonlarni keza olgan piyoda
Farzand uchun yashaguvchi dunyoda
Bizlar uchun eng keragi olamda
Onadur ul, onadur ul, onadur
Kerak emas ul zotga dasta-dasta gul
Umiddan bo’lak yo’qdir ovunchi
Allasidan hatto uxlaydi bulbul
Har narsadan ustun ona sog’inchi
Siz dunyoda tengi yo’q
Mehribonsiz onajon
Dasta-dasta gul tutay
Ko’p yashang bo’ling omon
Biri qoshu biri ko’z
Bir-biridan qimmatli
Mehri daryo himmatli
Ular o’zin o’ylamas
Farzandi sog’ bo’lsa bas
Onajonim mehribonim
Siz ko’kdagi quyoshim
Yaxshi ishda yo’ldoshim
Ishlarimda ish boshim
Bizga oq sut berdingiz
Yugurdingiz yeldingiz
Jonu dildan sevdingiz
Onajonim mehribonim
Qizlar ijrosida raqs. Qaldirg’och
Juda ham alosiz oyijon
Juda ham donosis onajon
Nur to’la ko’zim deb sevasiz
Onajonim mehribonim
Siz hammaga yaxshilab
Quchasiz aylanib o’rgilib
Shu aziz boshimni silaysiz
Menga bxt omonlik tilaysiz
Oyijon, Oyijon, Oyijon,
Ona desam tilim biyron bo’ladi
Ona desam ko’nglim ravshan bo’ladi
Ona desam yangrar qo’limda sozim
Ona desam jaranglar sho’x ovozi
Onajonim so’zlaringiz
Qalbim gulidir
Quyosh kabi yuzlaringiz
Mehr nuridir
Tunlaringiz bedor o’tgan
Beshik qoshida
Alla aytib, tongni chorlab
Sahar boshida
Kulib turar yuzingiz
Mehr to’la ko’zingiz
Asal qanddek tilingiz
Onajonim mehribonim
Siz ko’kdagi quyoshim
Yaqin do’st ham sirdoshim
Hayotimning ma’nosi
A’lilarning a’losi
Bog’imdagi lolamsiz
Makkayu Madinamsiz
Onajonim mehribonim
Oq paxtadek sochingiz
Osmon bo’lsin boshingiz
Aytaqoling buvijon
Hozir necha yoshingi
Dadamlarni boqqansiz
Oyimlarga yoqqansiz
Topishmoqg’u ertakka
Buvijonim chaqqonsi
Sakkizinchi mart bugun
Onajonlar bayrami
Yo’llariga poyondoz
Dasta gullar boylami
Sochga ro’mol yopingan oppoq
Ko’zlarida gullagan bahor
Yuzlaridan nur yog’ilar pok
Onadek mehribon kim bor
Bormikan onadek aziz shirin so’z
U bir quyosh bo’lsa farzand bir yulduz
Qanday baxt farzandlik burchin o’tamoq
Kumushdek sochingiz o’pib silamoq
Farzandim dedingiz chekdingiz zahmat
Aziz va mo’tabar onajonlar, sevimli buvijonlarimiz, hurmatli mehribon o’qituvchilarimiz, munis opajonlar-u jajji singillar! Sizlarni 8-mart xotin qizlar kuni bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.
Sizlarga uzuq umr, sihat salomatlik tilaymiz.
Doim shunday xushchaqchaq bo’lib yuring.
Lablaringizdan kulgu, chehrangizdan tabassum hech arimasin.
Biz bolalaringiz baxtiga doim sog’-omon bo’linglar.
Endi e’tiboringizga sahna ko’rinishi havola etiladi.