kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

"Bilag'on shou"

Нажмите, чтобы узнать подробности

"Bilag'on shou" (3-sinflar uchun tadbir senarisi)

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«"Bilag'on shou"»

Bilag’on - shou”

(3 – sinflar uchun tadbir senarisi)

Maqsadlar:

Ta’limiy: O’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishini oshirish, bilimlarini mustahkamlash;

tar biyaviy: o’quvchilarni do’stlik, o’zaro hurmat va hamjihatlik ruhida tarbiyalash;

rivojlantiruvchi: o’quvchilarning aniqlik, tezkorlik va mantiqiy fikrlash, mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

Tadbir turi: o’yin - musobaqa.

Tadbir metodi: “Aqliy xujum”, test, guruhlarda ishlash, suhbat, savol – javob.

Tadbir jixozi: proyektor, dars xaritasi, tarqatma materiallar, xalq og’zaki ijodi namunalari.

Tadbirning borishi

Sinf xonasi tadbirga mos jihozlangan. Sahnaga ikki boshlovchi chiqib keladi.

1 – boshlovchi: - Assalomu alykum,aziz va muhtaram ustozlar!

2 – boshlovchi: - Assalomu alykum, qadrli mehmonlar va bilag’on bolajonlar!

1 – boshlovchi: - Bugungi tadbirda 3 – “V” sinfning eng faol, g’ayratli va a’lochi o’quvchilari o’zlarining matematikadan olgan bilimlarini namoyish etadilar.

2 – boshlovchi: - Muhtaram mehmonlar va qatnashchilar, diqqat qiling, shartlarni e’lon qilamiz.

1 – boshlovchi: - 1 – shatr tezkor savol – javob.

2 – shatr: Maqollar aytish.

3 – shatr: Test topshiriqlari.

4 – shatr: Masala yechish.

2 – boshlovchi: - Mana, shartlar bilan tanishib oldik, endi hakamlarni tanishtirsak.

1 – boshlovchi: - … … .

2 – boshlovchi: - Navbat 1 – shartga.

1 – boshlovchi: “1 – shart tezkor savol – javob” deb nomlanib, har bir guruhdan 1 nafar ishtirokchi chiqadi va bir daqiqa ichida 10 ta savolga javob beradi., har bir to’g’ri javob 1 ball, noto’g’ri javob 0 ball bilan baholanadi.

2 – boshlovchi: - Marhamat “Zukkolar” guruhidan 1 – ishtirokchini taklif qilamiz.

1 matematikada nechta amal bor? (4 ta – qo’shish +, ayirish - , ko’paytirish *,bo’lish:).

2 ko’pburchaklarni sanang.

(Uchburchak, to’rtburchak, beshburchak, oltiburchak).

3. Kvadrat nima? ( To’rt tomoni teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchak).

4. Uzunlik o’lchov birliklarini ayting.(mm, sm, dm, m, km)

5. Perimetr deb nimaga aytiladi?

Ko’pburchak tomonlarining yig’indisi perimeter deyiladi).

6. Eng kata bir xonali son qaysi? (9)

7. Kamayuvchi va ayriluvchi o’zaro teng bo’lsa, ayirma nechaga teng bo’ladi? (Nolga).

8. Sonning choragi qanday topiladi? (Berilgan son to’rtga bo’linadi).

9. Qo’shishning hadlarini ayting. (Qoshiluvchi, qo’shiluvchi yig’indi).

10. Noma’lum kamayuvchi qanday topiladi? ( Noma’lum kamayuvchini toppish uchun ayirmaga ayriluvchi qo’shiladi).

1 - boshlovchi: - endi navbat “Bilag’onlar” guruhiga.

To’g’ri to’rtburchak nima? (Hamma burchaklari to’g’ri burchak bo’lgan to’rtburchak).

2. Og’irlik o’lchov birliklarini ayting. (Gramm, kilogram,sentner, tonna).

3. Kvadratning perimetrini qanday topiladi? ( Bir tomoni o’lchanib, 4 ga ko’paytiriladi).

4. Tomonlari 4 va 7 smli to’g’rito’rtburchakning perimetri nechaga teng? (4+7)*2=22

smga teng).

5. Eng kichik uch xonali son qaysi? (100).

6. Bo’luvchi birga teng bo’lsa, bo’linma nimaga teng bo’ladi? (Bo’linuvchiga).

7. Matematikada nechta raqam bor? ( 10 ta 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9).

8. Qavsli ifodalarning bajarilish tartibini ayting. ( !avsli ifodalarda avval qavs ichidagi amal bajariladi.

9.Noma’lum qo’shiluvchi qanday topiladi? (Noma’lum qo’shiluvchini toppish uchun yig’indidan ma’lum qo’shiluvchi ayriladi).

10. Ayrishning xadlarini ayting. ( Kamayuvchi, ayriluvchi, ayirma).

2 – boshlovchi: - Endi “Donolar” guruhidan 1 – ishtirokchi chiqadi. Marhamat!

  1. Uchburchakning qanday turlarini bilasiz?(Teng tomonli, teng yonli, turli tomonli).

  2. Vaqt o’lchov birliklarini sanang. ( Sekund, minut, soat, sutka, hafta, oy, yil, asr).

  3. Ko’paytirish nima? ( Bir xil qo’shiluvchilarni qo’shish ko’paytirish deb aytiladi).

  4. Tomoni 5 smli kvadratning perimetri nimaga teng? ( 5*4=20 smga ).

  5. Eng katta ikki xonali son va eng kichik bir xonali son yig’indisini toping.(99+1=100).

  6. Bo’linuvchi va bo’luvchi o’zaro teng bo’lsa, bo’linma nimaga teng? ( Birga).

  7. 50 soni necha marta ortirilsa, 100 soni hosil bo’ladi? ( 50*2=100)

  8. Noma’lum ayriluvchi qanday topiladi? (Noma’lum ayriluvchini toppish uchun kamayuvchidan ayirma ayriladi).

  9. Ko’paytirishning hadlarini ayting. ( Ko’paytuvchi, ko’paytuvchi, ko’paytma).

  10. Noma’lum ko’paytuvchini qanday topiladi? ( Noma’lum ko’paytuvchini topish uchun ko’paytmani ma’lum ko’paytuvchiga bo’lish kerak).

1 – boshlovchi: - Navbat “Zehnlilar” guruhiga yetdi.

  1. Burchak turlarini sanang. ( Tog’ri burchak, o’tmas burchak, o’tkir burchak).

  2. Ko’paytuvchilardan biri nolga teng bo’lsa, ko’paytma nechaga teng.(Nolga).

  3. O’paytuvchilardan biri biriga teng bo’lsa, ko’paytma nimaga teng? (2 – ko’paytuvchiga teng).

  4. Sonning yarmi qanday topiladi? ( Berilgan son 2 ga bo’linadi).

  5. 24 ning choragini toping. (24:4=6).

  6. Bo’lishni hadlarini ayting.(Bo’linuvchi, bo’luvchi, bo’linma).

  7. Noma’lum bolinuvchini qanday topiladi? (Noma’lum bo’linuvchini toppish uchun bo’linmaga bo’luvchi ko’paytiriladi).

  8. Noma’lum bo’luvchi qanday topiladi? (Noma’lum bo’luvchini toppish uchun bo’linuvchi bo’linmaga bo’linadi).

  9. 25 va 4 sonlari ko’paytmasidan 40 ni airing. (60)

  10. Tomonlari 6 sm va 5 smli to’g’rito’rtburchakning yuzi nimaga teng? (30).

1 – boshlovchi: - Mana, 1 – shartimiz nihoyasiga yetdi.

( Har bir shart tugagandan so’ng o’quvchilar to’plagan ball hakamlar tomonidan hisoblanib, e’lon qilinadi.

2 – boshlovchi: - 2 – shart “ Maqollar aytish” deb nomlanib har bir guruhdan 1 nafardan ishtirokchi chiqadi va to’rtalasi ketma – ket navbat bilan maqol aytadi.

1 – boshlovchi: – Takror aytgan to’xtab qolgan o’quvchi davrani tark etadi.

2 – boshlovchi: - Asosiysi, maqollarda son ishtirok etish kerak.

1 – boshlovchi: - Hakamlar shartni 10 ballik tizimda baholab boradilar.

1 – Boshlovchi: - 4 shart “ Test topshirigi” deb nomlanadi, Guruhlardan navbatdagi bir ishtirokchini taklif qilamiz.

2 – boshlovchi: - Har biringizga 3 tadan test savoli beriladi va kamida 3 daqiqa ichida testni bajarib, hakamlaga taqdim etasiz.

1 – boshlovchi – To’g’ri javob uchun 5 ball noto’g’ri bo’lsa 0 ball beriladi.

Test topshiriqlari:

  1. Tomonlari 7 sm va 8 sm bo’lgan to’rtburchakning perimetrini toping.

  1. 56 sm, b) 15 sm, s) 30 sm, d) 29 sm.

  1. Tenglamani yeching. X+76=123

  1. 47, b) 15, s) 74, d) 45.

  1. Birinchi savatda 35 kg olma, ikkinchisida undan 10 kg ko’p. Ikkala savatda savatda jami qancha olma bor?

  1. 45 kg, b) 80 kg, s) 10kg, d) 46 kg.

Barcha guruhlarga manashu bir xil test beriladi.

2 – boshlovchi: - 5 – shart masala yechish deb nomlanib, bunda har bir guruhga bittadan masala beriladi, guruhlar birgalikda qisqa shart , yechim va javobni yozgan holda bajarishadi.

1 – boshlovchi: - Masala 10 ballik tizimda baholanadi.

2 – boshlovchi: - Shart tushunarli bo’lsa, boshladik.

(Barcha guruhlaga bir xil masala tarqatiladi).

Maktab bog’iga o’quvchilar 45 tup gilos, undan ikki marta ko’p nok birgalikda qancha bo’lsa, shuncha o’rik ko’chati o’tqazildi. Maktab bog’iga jami necha tup ko’chat o’tqazilgan.

Guruhlarni umumiy ballari e’lon qilinib, taqdirlanadilar).

1 – boshlovchi: - Shuning bilan bugungi “Blag’on shou”miz o’z nihoyasiga yetdi.

Gulbahor Nishonova, Uychi tumani

3 – sonliy umumta’lim maktab

boshlang’ich sinf o’qituvchisi


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Классному руководителю

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
"Bilag'on shou"

Автор: Nishonova Gulbahor Hamidjanovna

Дата: 28.04.2020

Номер свидетельства: 548195


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства