kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Урок на тему: "Узбекистоннинг тарихий шахарлари"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Урок на тему: "Узбекистоннинг тарихий шахарлари"

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Урок на тему: "Узбекистоннинг тарихий шахарлари"»

Mavzu: O’zbekistonning tarixiy shaharlari

Ta’limiy maqsad: O’zbekistonning qadimiy shaharlri, Samarqand, Buxoro,Xiva,Shahrisabz, Qarshi,Termiz shahrlari tarixi haqida tushuncha berish.

Dars davomida singdirilishi lozim bo’lgan fanga oid kompitensiyalar:Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda sharxlay olish,tarixiy manba va adabiyotlar bilash ishlash.

Tarbiyaviy maqsad:Ona Vatan, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ruhida tarbiyalash.

Dars davomida singdirilishi lozim bo’lgan fanga oid kompitensiyalar: TK-1:Kommunikativ, TK-2:axborotlar bilan ishlash,

TK-3:o’z-o’zini rivojlantirish,TK-4:ijtimoiy faol fuqaroliik,

TK-5Milliy va umumbashariy , TK-6 Matematik savodhonlik kompitensiyalari

Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashga o’rgartish, o’z fikrini himoya qila olish, jamoada ishlash ko’nikmalarini hosil qilish.

Dars tipi:Yangi bilim beruvchi dars

Darsda foydalanilgan metodlar: guruhlarda ishlash,aqliy hujum, qvizi test, tezkor savol-javob,pisa videosayohat, yon daftar,

Darsnda foydalanilgan jihozlar: Darslik,xarita, oq qog’oz, marker, plakatlar, kompyutar elektron doska, tarqatmalar.

Darsning texnologik xaritasi:

Dars etaplari

Qo’llanilgan metod

vaqti

1

Tashkiliy qism

Guruhlarga ajratish, ,,Bizning bog’imiz” plakatni lola va binafshalardagi savollarga javob berish bilan bezash, kelajakdagi egallamoqchi bo’lgan kasblarini yozadilar


5 minut

2

O’tilgan mavzuni so’rash

easyQuizzy, tezkor savol-javob va PISA dasturida


3

Yangi mavzu bayoni

Videosayohat usulida


4

Mavzuni mustahkamlash

Matematik tenglama orqali shaharlar yoshini aniqlash, atamalar ,


5

Baholash

Kompyuterda ishlagan testlari natijalari jurnalga qayd etiladi, guruhla


6

Uyga vazifa

O’quvchilarga uyga topshiriq beriladi




Darsning borishi:

TASHKILIY QISM

O’quvchilar(doska tagida qator turadilar)

-Assalomu aleykum, aziz ustoz muallim!

-vaaleykum assalom mening aziz dilbandim!

O’qing,izlang ,o’rganing,

Behuda o’tmasin bir dam

-Barkamol avlod bo’lib,

Kelajakka qo’yamiz qadam!

-Bugun tarix darsimiz

Ajdodlardan ko’p saboq

-Bizning shior:

-Tarixni o’rgansang kelajak porloq!

Olgan bilimlaring yo’lingda mayoq!

  • Azizlarim, bugun baxorning 5-kuni

Baxor bu yasharish va yashnatish fasli bo’lgani uchun biz o’z kelajak bog’imizni lola va boychechaklar bilan yashnatamiz, shuningdek kelajak mevalarini o’zimizning kelajakda egallamoqchi bo’lgan kasbimiz bilan bezaymiz va yana shu orqali o’z guruhimizni tanlaymiz.



Marhamat ishga kirishamiz. O’quvchilar stol ustidagi lola va boychechaklrni tanlaydilar, undagi savollarga javob beradilar va agar javoblari to’g’ri bo’lsa o’z bog’lariga yopishtiradilar, hamda mevalarga o’zlari kelajakda egallamoqchi bo’lgan kasblarini yozadilar.

Lola va boychechaklarga yoziladigan savollar:

  • 2020- yil qanday nomlangan?

  • 2019- yil qanday nomlangan?

  • 2018 yil qanday nomlangan?

  • Baxorning birinchi kuni qanday boshlanadi?

  • Zulfiyaxonimning birorta she’ridan parcha ayting?

  • Harakatlar strategiyasi nechanchi yillarga mo’njallangan?

  • Harakatlar strategiyasi necha xil rangda?

  • Nima uchun tarix darsligi ,,Tarixdan hikoyalar” deb nomlangan?

  • Bugungi darsdan nimalar kutyapsiz?

  • Qaysi tarixiy qaxramonlar sizga yoqadi?

  • Bugungi axbotordan ayting?

  • Zulfiyaxonim tug’ilgan kun?

  • O’zbekistonda nechta siyosiy partiya bor?

  • Respublika prezidentining 666-sonli qarori nima haqida?

  • 1996-yil nomi?

  • Baxorning mart oyida yana qaysi shoirning tug’ilgan kuni?

  • Mirzo Ulug’bek kim?

  • Mart oyida nishonlanadigan bayramlar?

  • Onangizga qanday sovg’a tayyorlayapsiz?

  • Ona haqida she’r ayting?

  • Navro’z qanday kun?

  • 5-sinf tarixdan hikoyalar darsligining muallifi?

  • Siz tarix darsida nimani bilishingiz shart?

  • Qaysi tarixchilar haqida eshitgansiz?

  • Qaysi tarixiy shaharlarga sayohatga borgansiz yoki bormoqchisiz?













-Xar bir o’quvchi o’zi tanlagan gul nomidagi guruhga borib joylashadi.

II.O”TILGAN MAVZUNI SO’RASH

O’tilgan mavzu o’quvchilardan uch xil usulda so’raladi(easyQuizzy, tezkor savol-javob va PISA dasturida)

Topshiriqni berishni boshlashdan oldin har bir guruhdan bittadan ,,sog’lom raqobat uchun kuzatuvchi tanlanadi.Har bir kuzatuvchi hamkor guruhning topshiriq bajarish jarayonini kuzatadi, natijalarni belgilaydi. Jarayonda bo’sh qolgan ekspert devorlargfa tarixiy rasmlarni joylaydilar

  1. G uruh kompyuterlarga joylashib, belgilangan vaqtda savollarga javob berishni boshlaydilar





















Guruhlarga beriladigan tezkor savollar:

1.,,Tarix faoliyatimiz hazinasi,o’tmish guvohi,bugungi kunuchun ibrat va o’git kelajak uchun ogohlantirishdir” deb fikr bildirgan kim?

Migel de Servantes.

2.Yozuv nima? J: kishilar o’rtasidagi aloqaga hizmat qiladigan yozma belgilar tizimi.

3.Sarkofag nima? J: toshtobut

4.Mil.av.753 –yilda ,,, J: Rim shahriga asos solingan.

5.Rasadxona nima? J:Osmon jismlarini kuzatuvchi mahsus muassasa.

6.Payg’ambar so’zining ma’nosi? J: Habar yetkazuvchi.

7.Globus … J: Yer sharining kichraytirilgan shakli.

8.Xronologiya so’zining ma’nosi? J: ,,xronos”-vaqt, ,,logos”-fan vaqt haqidagi fan.

9. ,,Yer yuzi”, ,,O’qish kitobi” , ,,Tovush chiqarib o’qish usuli” kabi darsliklarning muallifi kim? J: Munavvarqori Abdurashidxonov.

10. Zamon ilmi va fanidan bebaxra xalq boshqalarga poymol bo’lur “ kimning so’zlari? J: Mahmudxo’ja Behbudiy.

11.Dastlabki telefonni kim yaratgan? J: Aleksandr Bell

12.Radioto’lqinlar qancha tezlikda tarqaladi? J: soniyada 300 mimg km.

13.Qiziltepa xozir qayerda joylashgan shahar? J: Surxandaryo viloyatin hududida

14.Baqtriya davlati qayerda joylashgan? J:O’zbekistonning janubida.

15.Nineviya qayerda joylashgan shahar? J:Mesopotamiyada , dajla daryosi bo’yida.

16. ,,Bobil” so’zining ma’nosi…. J: Xudolar darvozasi.

17.,,Avesto” qanday kitob? J: Zardushtiylarning muqaddas kitobi.

18.Kimlar o’zlarini ,,Quyosh o’g’illari” deb atalashgan? J:Inklarda yuqori lavozim egalarini

19. 1996-yil qanday atalgan? J: Amir Temur yili

20. ,,To’rt ulus tarixi” asarining muallifi? J: Mirzo Ulug’bek

21. ,,Al-jabr val Muqobala “ asarining muallifi kim? J: Muhammad Muso al- Xorazmiy

22.797-yilda Farg’onaning Quva shahrida tug’ilgan alloma? J: Ahmad al-Farg’oniy.

23.7 raqami bilan bog’liq nimalarni bilasiz? J: qadimgi dunyoning 7 mo’jizasi, 7 hazina va xokazo.

24. Qadimgi dunyoning 7 mo’jizasini sanang?

25. ,,Qizil kitob “ qanday kitob? J: kamayib borayotgan o’simlik va hayvonot turlari qayd etilgan kitob.

26.Arxeologiya qanday fan? J: Qadimgi odamlarning manzigohini o’rganuvchi fan.

27.Novoxudonosor II kim? J: qadimgi Bobil hukmdori.

28. Finikiy yozuvi necha xarfdan iborat? J: 22ta

29.Mesopotamiya so’zining ma’nosi? J: ikki daryo oralig’i.

30. ,,Tarixiy yilnomalar “ asarining muallifi? J: Sim Szyan.

31. Piramidalar … J: Fir’avnlar dafn qilingan maqbaralar.

32. ,,Avesto” ning 2700 yilligi qachon nishonlangan? J: 2001-yilda

33.Qadimgi qoyatosh suratlari saqlangan eng mashxur joylar? J: Altamir, Kapova, Lasko.

34.Bobomiz Amir Temurning 660 yilligi qachon nishonlangan? J: 1996-yilda.

35.Bu yil Amir Temurning necha yilligi nishonlanadi? J: 683 yilligi

36. Mil.av 3-2 ming yillikda mavjud savdo yo’llaridan biri? J: La’l yo’li.

37. Buyuk ipak yo’lining uzunligi qancha? J: 12000 km.

38. 1492 – yil oktabr…. J: Xristofor Kolumb Amerika qit’asini kashf qildi.

39. Arxar nima ? J: tog’ echkisi

40.Ostadon yoki ossuariy nima? J: Zardushtiylarda suyakdon.

41.Animiylik nima? J: ruh va jonlar mavjudligiga ishonish.

42. ,,Kipu” nima ? J: tugunli xat.

43. Paxsa oroli qayerda joylashgan? J: xozirgi Chiliga tegishli orol.

44. ,,Jahonning poytaxti” deb ulug’langan shahar? J: Ossuriya

45. Sinning 1- hukmdori? J:Sin Shi Xuandi

46.Navro’z qachon nishonlanadi? J: 21 martda

47. 1582 yil 4 oktabr…. J: Grigoriy kalendari joriy etildi.

48.Dunyoning eng mashxur muzeylarini sanang? J: Piterburg – Ermitaj, London-Brianiya, Italiya-Ufitsi.

49. Sfinks nima? J: piramidalarni qo’riqlovchi haykal.

50. Fetishiylik nima? J: Jonsiz tabiatga sig’inish.

51.Kirill alifbosi necha xarfdan iborat? J: 33 xarfdan iborat.

52.769 yilda…. J: Muqanna qo’zg’oloni boshlandi.

53,Muqanna qo’zg’oloni necha yil davom etdi? J: 14 yil.

54, ,,Tib qonunlari” asarining muallifi kim? J: Ibn Sino

55. ,,Tarix” asarining muallifi ? J: Gerodot.

56. Kir II ga qarshi kurashgan qaxramon? To’maris.

57.Doro I ga qarshi kurashgan qaxramon? J: Shiroq.

58. Aleksandr Makedonskiy necha yoshida taxtga chiqdi? J: 20 yoshda.

59.Aleksandrga qarshi kurashgan qaxramon yigit kim? J: Spitamen.

60.Spitamen tug’ilgan yurt? J: So’g’diyona.

61.Sug’diyonaliklarning ozodlik qo’shig’i….

Gulla ,yashna go’zal So’g’diyona,

Biz shu Vatan o’g’lonlarimiz.

Sen uchun bizlar parvona,

Senga qurbon bo’lsin jonimiz.

62. ,,Quturgan qoplon” kim? J: Spitamen.

63.Spitamenni qachon o’ldirdilar? J: mil.av. 328-yilda.

64.Aleksandr necha yoshda vafot etgan? J: 33 yoshda.

65. Muqannaning asl ismi? J: Hoshim ibn Hakim.

66. ,,Yakka mo’g’ul ulusi “ qachon tashkil topdi? J: 1206-yilda.

67. ,,Yo Vatan , yo sharofatli o’lim” kimning chaqirig’i? J: Najmiddin Kubro.

68.Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi qancha qo’shin jo’natdi?

J: 45 ming

69. Jaloliddin Manguberdi qachon halok bo’ldi? J: 1231 yilda

70. 1336-yi 9 aprelda… J: Amir Temur tug’ilgan.

71. ,,Ikki buyuk sarkarda “ asarining muallifi? J: Mihayil Ivanin.

72. 1370-yil…. J: Amir Temur butun Movarounnaxr hukmdori bo’ldi.

73. Amir Temurning haykallari O’zbekistonning qaysi shaharlariga o’rnatilgan?

J: Toshkent , Samarqand va Shahrisabzda.

74. Amir Temur Movarounnaxr taxtini egallaganda necha yoshda edi? J: 34 yosh.

75. Valiyon qaysi shahar? J: Afg’oniston hududidagi shahar.

76. Sind jangi qachon bo’lgan? J: 1221-yil 24-26 noyabrda.

77. 2000-yilda yurtimizda joriy etilgan xarbiylar uchun mukofot? Jaloliddin Manguberdi ordeni.

78. Antropologiya qanday fan? J: odam suyak qoldiqlarini o’rganuvchi fan.

79. ,,Ulug’bek ziji”ga nechta yulduz jamlangan? J: 1018 ta

80. ,,Pedagog” so’zining ma’nosi? J: Bola yetaklovchi.



Har bir guruhga 40 tadan imkoniyat beriladi va yakuniy ball e’lon qilinadi

Natijalar aniqlangach guruhlar o’rin almashadilar.

Eng so’ngida devorlardagi rasmlar izohlanadi.

Test ishlagan o’quvchilarni kompyuterning o’zi baholaydi va ana shu baholarini kompyuter oldidan olib ko’kraklariga taqadilar.

Shu nishonlardan o’qituvchiilarning o’quvch natijalarini jurnalga qayd etadi.

P ast ball olgan o’quvchilarga ekspertlar qo’shimcha imkoniyat beradilar ya’ni ular devordagi pisa rasmlarini izohlaydilar.















III.YANGI MAVZU BAYONI

Yangi mavzu bilan tanishish uchun aziz o’quvchilar, sizlar bilan sayohatga chiqamiz! Sayohatni yaxshi ko’rasizmi?

Sayohatga nimada boramiz?

O’quvchilar sayohatga tezroq borib kelish uchun samolyotni tanlaydilar.

-Hamma joylashib oldingizmi? Remenlarni qadadingizmi? Kettikni?

Demak Namangandan to’g’ri Samarqandga uchamiz.Uchib ketish uchin kalit savolga javob beramiz

Diqqat savol:Milliy ozodlik uchun kurashgan qaysi xalq qaxramonlarni bilib oldingiz?

Samolyotimiz Samarqand shahriga kelib qo’ndi.

Diqqat savol:Samarqang, ya’ni So’g’diyonalik qaxramon yigit kim?



SAMARQAND HAQIDA

Samarqand O’zbekistonning eng qadimgi shahri. Qadimgi So’g’d manbalarida u Smarakand deb yuritilgan. Qadimgi Yunon olimlari Smarakand nomini Maroqand deb yozganlar. Shahar atrofi baland devorlar bilan o’ralgan qal’a qo’rg’on edi. Mil,av.IV asrda Samarqand So’g’dning poytaxti bo’lgan.

Samarqand — jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri, Rim, Afina, Vavilonlarning tengdoshidir. O’tmishning shoirlari va tarixchilari uni chinakam «Sharq jannatmakon bog’i», «Yer yuzi», «Sharq olamining bebaho durdonasi», «Jahon mamlakatlarning bezagi», «Sharqning Rim kabi shahri»… va hokazolar kabi go’zal o’xshatishlarni bejiz

bag’ishlamagan edilar. Samarqand vujudga kelgan Zarafshon daryosi vodiysining tabiiy mo’l-ko’lligi «Avesto» ning muqaddas she’rlarida maqtalgan edi. Eramizdan avvalgi 1-ming yillikning o’rtalarida yunon manbalari Samarqand shahri haqida nominiMarokand shaklida aytib o’tganlar, o’rta asrlar davrida qadimiy Samarqandning xarobalari Afrosiyob deb nomlanadigan bo’ldi. Samarqand shahri haqida eng birinchi yozma fikr eramizdan avvalgi 329 yilga oid, u paytda Iskandar Zulqarnayn boshchiligidagi yunon-makedon lashkarlari uni ishg’ol qilgan



VI—VII asrlarda Samarqandda turk hoqonligi bilan yaqin aloqada harakat qilgan ishxiy hukmdorlari taxtga chiqqan VII asr oxirida – VIII asr boshida arab istilochilariing lashkarlari paydo bo’ldi.

1220 yil bahorida shaharni Chingisxonning qo’shinlari qo’lga olib, uning qadimgi zaminigacha buzib tashlaganlar. XIV asr — XV asrning o’rtalarida Samarqandning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining yangi beqiyos yuksalishi yuz beradi. Aynan shu davrda Temur tomonidan yaratilgan, Volgadan Gang daryosigacha, Tyan-Shan tizmasidan Bosforgacha yastanib yotgan ulkan davlatning poytaxti sifatida Samarqand jahonda mashhur bo’ladi. Amir Temur poytaxti Samarqandni go’zal shaharga aylantirishni orzu qilar edi Hindiston, Afg’oniston, Eron, Suriya, Kavkaz orti davlatlari, Turkiyaga qilgan har bir harbiy yurishdan u Samarqandga eng mohir me’morlar, zargarlar va allomalarni olib kelar edi. O’z davlati ichida Temur yaratuvchi ijodkor edi. U rassomlar va shoiralr, mutafakkir va olimlarni saxiylar bilan qo’llab-quvvatlar edi. Bu fe’l-atvor keyinchalik uning nevarasi – Mirzo Ulug’bekka ham o’tadi, uning besh asr avval yaratilgan yulduzlar katalogi va xaritasi butun dunyoni hozir ham hayratda qoldiradi.

Aynan Temuriylarnig hukmronligi davrida Samarqand o’zinnig eng yuksak kamolotiga yetgan edi Evropa davlatlarining hukmdorlari bu shaharni ziyorat qilishni o’zlari uchun sharaf deb bilganlar

Samarqand — afsonaviy shahar. Bu yerda har bir tosh, jarlik yoki suv havzasi - o’tmishdan so’ylovchi tirik bir ertak, shaharning har bir dahasi (guzari yoki mahallasi) o’z afsonalarini go’yoki shajarasi kabi saqlab keladi. Ba’zan har bir samarqandlikning qalbiga aziz bo’lgan biror bir tarixiy voqea yoki joy xam afsonalarga ko’miladi

Zamonaviy Samarqand - aholisining soni va hududining kattaligi, sanoat ahamiyatiga ko’ra O’zbekistonning Toshkentdan keyingi ikkinchi o’rinda turuvchi shahri bo’lib, jahon turizmining markazidir. U Zarafshon daryosining o’rta oqimi chap qirg’og’ining adirli qismida joylashgan.

Tabiatning o’zi Samarqandga go’zal iqlim va toza suv in’om etgan – u o’zbek zaminining jannatmakon yerida qad ko’targan. Samarqandning iqlimi kontinental-subtropik iqlim. Bulutsiz kunlarning soni yiliga 155 ta, quyosh charaqlagan soatlar yig’indisi 2916, yilning o’rtacha harorati +13,4, yanvar oyi – 0, iyul oyi +26. Absolyut minimum –27, absolyut maksimum +45. Aholisi 364,3 ming kishi.

Shaharning asosiy suv manbai Zarafshon daryosi, Dargom, Siyob, Shaudar ariqlaridir.

Eslab qoling:

Smarakand, Maroqanda- shaharning qadimgi nomlari,

Mil av IV asr- Samarqand So’g’dning poytaxti;

Samarqand - Rim, Afina, Vavilonlarning tengdoshi

«Sharq jannatmakon bog’i», «Yer yuzi», «Sharq olamining bebaho durdonasi», «Jahon mamlakatlarning bezagi», «Sharqning Rim kabi shahri»…nomlari bilan ulug’langan.

Shaharning asosiy suv manbai Zarafshon daryosi, Dargom, Siyob, Shaudar ariqlaridir.

Samarqand shahri haqida eng birinchi yozma fikr eramizdan avvalgi 329 yilga oid,

O’rta asrlarda u Afrosiyob deb atalgan;

Chingizxon qo’shinlari uni vayron qilib tashlagan;

XIV asr — XV asrning o’rtalarida Samarqandning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining yangi beqiyos yuksalishi yuz beradi.

Ulkan davlat poytaxtiga aylangan;

Samarqand sizlarga yoqdimi?

Samolyotga chiqib joylashib olamizda sayohatimizda davom etamiz. Keyingi bekatimiz - Buxoro.

BUXORO HAQIDA

Buxoroga borib, shu qadimiy shaharni ko’rgan kishilarning barchasi minoralarning tepalaridagi g’alati ko’rinishdagi «qalpoqlarga» e’tibor bergan bo’lsalar kerak. Bular laylak uyalaridir. Umidning timsoli bo’lgan bu oppoq qushlar shaharning ramzi, uning barqarorligi va sadoqatining ham ramzi bo’la oladi. Boy go’zal shahar juda ko’p marta turli-tuman dushmanlarning bosqinchilik hujumlarining maqsadi bo’lgan, mo’g’ul-tatarlarning bosqini eng og’ir, yer bilan yakson qiluvchi darajada bo’lgan edi. Lekin Buxoro har gal qaytadan aynan o’sha joyda tiklanib, o’z zamini-yu a’analariga sodiq bo’lib qaytadan barpo bo’lar edi. Buxoroga asos solinishi qadim-qadimgi asrlar tubiga borib taqaladi. 1997 yilda YuNESKO ning qaroriga ko’ra butun madaniy dunyo uning 2500-yilligini nishonlagan edi. Afsonalar shaharning paydo bo’lishini tarixiy shaxs obrazi bilan bog’liq Zardo’shtiylik xudolaridan biri – Siyovush bilan bog’laydi. Buxoroning eng qadimiy qismi uning qal’asi – Ark hisoblanadi, bu yerda arxeologlar eramizdan avvalgi IV - III asrlarga oid bo’lgan ba’zi topilmalar borligini aniqlashdi. Bu balandligi 20 metr bo’lgan katta tepalik bo’lib, u yerda ilgari Buxoro amirining saroyi, uning harami, xazinasi, qurol-yarog’ saqlanadigan xonalari, o’ta xavfli jinoyatchilar uchun zindon bo’lgan edi. Hozirgi paytda ular tiklanmoqda. Buxoroning eng qadimiy yodgorliklaridan biri X asrning boshida Somoniylar sulolasining asoschisi tomonidan qurilgan Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbara usti yarim sfera shaklidagi gumbaz bilan yopilgan kub shaklidagi binodir. Somoniylar maqbarasi O’rta Osiyoning me’morchiligida bizgacha yetib kelgan, pishiq g’ishtdan qurilgan birinchi bino bo’lib, bunda g’ishtlar ham qurilish uchun, ham bezatish uchun ishlatilgan. Shaharning asosiy va eng baland ko’tarilgan inshooti – 1127 yilda qurilgan Kalon minorasidir. Bu har tomonlama komil muhandislik inshooti, Buxoroning sathidan 47 metrga ko’tarilib turgan ulkan minoradir. O’zbekistonda eng baland bo’lgan ushbu minora tepaga chiqqan sari sal ingichkalashib boradi, uning dumaloq aylanasidan o’rab turgan halqalar turli rangdagi sirlangan g’ishtchalar bilan bezatilgan. Shu bilan birga minoradagi naqshlarning turli-tumanligi va takrorlanib kelishi sodda va komil me’morchilik shakllarini boyitadi. Buxorodagi o’rta asrlar me’morchiligining alohida xususiyati – ko’cha yoki maydon bilan bir-biridan ajralib turgan va old yuzasi, darvozalari bilan bir-biriga qarab turgan ikkita ulkan inshootdan iborat bo’lgan majmualarning barpo etilishi edi. Shu asosda shaharning markaziy me’morchilik majmuasi yaratilgan – Poi Kalon («Ulkan inshoot osti») maydoni. Uning minorasi gumbazli o’tish yo’li bilan benihoya ulkan juma masjidi – Masjidi Kalon bilan bog’langan. Uning qarshisida XVI asrning boshida hatto bizning davrimizda ham ishlayotgan Mir-Arab madrasasi barpo etilgan.

Chashma-Ayub mozorining barpo etilishi ham XII asrlarga oid, deb hisoblanadi. Afsonalarga qaraganda, Injildagi payg’ambarlardan biri – Ayub (Iov) Buxoroning bu suvsiz qismidan o’tayotganda hassasi bilan yerga urgan – natijada bu yerda top-toza, shifobaxsh suvli buloq paydo bo’lgan. XIV asrda Amir Temur o’zining yurishlaridan birida olib kelgan xorazmlik ustalar buloq va quduq ustidan bino barpo etganlar hamda quduqdagi baland tortish qurilmasi ustidagi konus shaklidagi gumbazga Xorazm uchun xos bo’lgan shakl berganlar. Ularga qaraganda mashhur Chor-Minor masjidi esa yangi qurilgan bino, deb atalishi mumkin – u XIX asrda qurilgan. Bu masjidda to’rtta uncha baland bo’lmagan minoralar hamda gumbazlar zangori rangda bo’lib, masjidga o’ziga xos qiyofa bag’ishlaydi.Sharq me’morchiligi uchun sun’iy suv havzalari bo’lgan hovuzlardan nafaqat amaliy maqsadlarda, balki shaharni yanada har tomonlama bezatish uchun ham foydalanish odatdagi holdir. Buxoroda saksontadan ortiq bunday obodonlashtirilgan hovuzlar bo’lib, shaharni ta’minlab turar edi. Ulardan eng mashhur bo’lgan hovuz Labi-hovuzdir. Yirik poytaxt-markaz bo’lgan Buxoro shahri nafaqat o’zining masjidu madrasalari, maqbarayu-mozorlari bilan, balki saroylari, hashamatli uylar, karvon-saroylar, hammomlari va ko’p gumbazli savdo majmualari bilan ham mashhur edi. Shaharda ko’chalarning kesishuvida – guzarlarda qurilgan Toqi-Zargaron («Zargarlarning gumbazi»), Telpak-Furushon («Telpaklar sotuvchilarining gumbazi») va Toqi-Sarrofon («Pul almashtiruvchi sarroflarning gumbazi») saklangan, ular hozirgacha savdo rastalari sifatida ishlatilmoqda. Ularning birinchi qurilishi va ishlatilishidan nomlari ham dalolat bermoqda. O’rta asrlarda Buxoro Markaziy Osiyodagi barcha musulmonlarning muqaddas shahri bo’lgan edi, bunda nafaqat diniy hurmat-e’tibor, balki estetik tuyg’ular ham ifodalanar edi. Buxoro shon-sharaf mujassam bo’lgan shahar deb hisoblanar edi, u yerda eng mashhur kishilar yig’ilar edi. Islomda Qur’ondan keyin ikkinchi o’rinda turgan diniy kitob – eng haqqoniy hadislarning to’plami bo’lgan «Al-jami as-sahih» ning muallifi Imom Al-Buxoriy edi. Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) shaharga yaqin bo’lgan qishloqdan kelib chiqqan edi, u shaharda o’z faoliyatini boshlagan. Islomda eng muqaddas shaxslardan biri shayx Bahovaddin Naqshband, so’filar ta’limotining asoschisi, buxorolik misgar edi. Shayxning go’rini ziyorat qilish Makkaga borib bajarilgan haj marosimiga tenglashtirilar edi. Bahovaddin Naqshbandning maqbarasi hozir ham shaharning eng muqaddas joyi deb hisoblanadi. Buxorodan dunyoga taniqli bo’lgan tarixchi olim Narshaxiy, yirik shoirlar Rudakiy va Daqiqiylar kelib chiqqan. Lekin ayni shu shaharda, odamlarning gap-so’zlariga qaraganda xalqning sevimli namoyandasi, o’tkir so’zli «tinchlikni buzuvchi» latifago’y Xo’ja Nasriddin Afandi ham yashagan. Hazilkash donishmand Afandining latifalari va teran fikrlari son-sanoqsizdir.Musulmon allomalari, mutafakkirlarining, me’morlarning va shoirlarning ko’p asrlik ijodiyoti tufayli shahar «Islom cho’qqisi», «Buxoroi Sharif», «Muqaddas shahar» faxrli unvonlariga musharraf bo’lgan. O’ylaymizki, Buxoro shahri haqiqatan ham bu unvonlarning barchasiga loyiq.Shu bilan birga shahar zamonaviy sanoat va madaniyat markazidir. Unda zamonaviy qurilgan aeroport, oliy o’quv yurtlari, kollejlar, litseylar. Teatrlar, sport-sog’lomlashtirish inshootlari va markazlari ham mavjud.

Buxoro sizga yoqdimi? Unday bo’lsa aeroportga yo’l olamiz? Xiva safariga jo’naymiz!

XIVAGA MARXAMAT!

Xiva — muzey-shahar, lekin Rim shahri kabi aholi yashaydigan shahardir. Sharqning ko’pgina shaharlari kabi Xiva Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xeyvak nomli suv havzasi yonida barpo etilgan bo’lib, Xorazm vohasining sug’oriladigan yerlarida rivojlanib kelgan.Arxeologik tadqiqoitlarning ko’rsatishicha, shahar kamida 2500 yoshga kirgan. Bularning hammasi YuNESKO tashkilotiga Xivani qo’riqxona ahamiyatidagi shahar deb e’lon qilishga, shaharning ichki qismi bo’lgan Ichan-qal’ani esa jahon ahamiyatidagi tarixiy yodgorlik deb e’tirof etishga asos bergan. «Avesto» kitobi Xorazm to’g’risida tarixiy ma’lumotlar beradi. «Tarixning otasi» deb sanalgan Gerodot Xorazm va xorazmliklar to’g’risida gapirib o’tgan edi. Beruniy esa Xorazmdagi qadimiy dehkonchilik to’g’risida hikoya qilgan.Xiva — tarixiy qurilish, butunligicha bino va inshootlar, aslida ochiq havodagi butun bir shahar amalda tarixiy holida saqlanib qolgan dunyoning bir nechtagina shaharlaridan biridir. XVIII asr oxiri — XIX asr o’rtasidagi Xiva shahrining monumental inshootlari go’yoki qaytadan barpo etilgan shaharni hosil qilgan bo’lib, u bizni bor-yo’g’i ikki-uch avlod ustalarning hayoti davomida qurilishi tezligi bilan hayratda qoldiradi. Lekin boshqa sharoitlarda halokatli bo’ladigan holatlar – kichik yer bo’laklaridagi tasodifiy qurilishlar, o’ta siqiq sharoitlar va yer kamligi bu yerda me’morchilik inshootlarining benihoya go’zalligi, nafisligi va turli-tumanligiga sabab bo’ldi. Xivaning eng ko’p va siqiq holda inshootlar qurilgan qismi bo’lgan aynan shu Ichan-qal’a taqdir taqozosi bilan me’morchilik muzeyiga aylandi, uning yodgorliklarida bizga xalq ustalarining eng go’zal asarlari namoyon bo’ladi.An’anaga ko’ra, shaharning ma’naviy markazi uning katta, yoki juma masjidi sanalar edi. Masjidni rejalashtirish zamirida X—XII asrlarda yaratilgan konstruktsiyalar yotgan, deb hisoblashadi. Ichan-qal’adagi Juma masjidi ham XVIII asrinng oxirida qayta qurilgan, lekin u Sharqning klassik inshootlarining qator xususiyatlarini o’zida saqlab qolgan. Bu o’ziga xos bir qavatli binoning old kirish portallari, gumbazlari va dumaloq arkalari yo’q, u eramizning X- XVII asrlarida yaratilgan 213 dona yog’och naqshinkor ustunlarga tayanadigan yassi tomli ulkan zaldir. Ularning o’lchamlari, shakllari va bezaklari turlicha bo’lib, aynan ular masjidning yuksak badiiy qiymatini namoyon etadi. Olimlarning fikricha, ushbu xususiyatlaring barchasi bu masjidni Arabistondagi qadimiy masjidlarga yaqinlashtiradi.Madrasalardan eng yirigi — Muhammad Aminxon madrasasidir. Uning o’ziga xos xususiyatlari – ikkitalik hujralardir. Old devorlarning naqshli bezatilishida rangli g’ishtin termalarning qatlamlari hamda o’simlik tusidagi naqshlar bo’lgan mayolika bilan qoplangan bezaklar kiritilgan. Eshiklar va panjaralar ajoyib o’yma naqshlar bilan bezatilgan. O’rta asrlar shaharlarini tashqi devorlar va minoralarsiz, shahar ichidagi ark qal’asisiz tasavuur qilish qiyin. Xiva shahri ham shunday. Ichan-kala avvaldan uni himoya qiladigan ulkan qal’a devorlari bilan o’ralgan edi. XIX asr o’rtasida esa Xivaning atrofida o’nta darvozasi bo’lgan yangi qal’a devorlari bunyod etilgan. Shundan e’tiboran shaharning ushbu kattaroq halqasi Dishan-qal’a, yoki «tashqi qal’a» deb nomlanadigan bo’ldi.Xivaning ma’naviy hayotida muqaddas joylar — mozorlar va maqbaralar alohida o’rin tutgan. Ayniqsa e’tiborli sajdagohlardan biri – kasbi ko’nchi bo’lgan, jismi pahlavon, ruhi faylasuf, ko’ngli shoir bo’lgan Pahlavon Mahmud ismli ulug’vor zotning maqbara majmuasidir. Vafot etganidan keyin xalq uni pir – Xiva shahrining muborak homiysi sifatida e’tirof etgan. Asta-sekin Pahlavon Mahmudning go’ri atrofida xonlar urug’iga daxldor kishilarning go’rlari joylashgan mozor yuzaga keldi, keyin esa maqbaraga tegishli inshootlarning yirik majmuasi barpo etildi, ular yozgi va qish mavsumidagi masjidlarni, ma’rakalar uchun mo’ljallangan inshootni va Qur’on o’qish xonalarini o’z ichiga oladi.O’rta asrlarda Xiva allomalarning shahri bo’lgan. Bu yerda yirik fan markazlari faoliyat yuritgan – astronomiya, matematika, tibbiyot rivojlangan, buyuk olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) yashagan va ijod qilgan. Shoh Ma’mun ibn Muhammad huzurida o’rta asrlarning eng yirik Sharq olimlari ishlagan, ular «Ma’mun Akademiyasi» ni tashkil qilganlar. Sharqda mashhur bo’lgan XIX asr shoirlari Shermuhammad Munis va Ogahiylar bu yerda o’z asarlarini yaratganlar. Shahar «Xorazm vohasining durdonasi» nomiga sazovor bo’lgani bejiz emas.O’zining gullab-yashnagan davrida Xorazm davlati xalqaro savdoning eng yirik markazi, Buyuk Ipak yo’lining asosiy ahamiyatga ega bo’lgan qismi edi. Bu yerga Volgabo’yidan, Hindiston, Eron davlatlaridan savdogarlar kelar edi, savdo karvonlari bu yerdan Yaqin Sharqqa, Sharqiy Turkiston va Xitoyga ketar edi. Xivadan turli-tuman savdo yo’llari Mo’g’ulistonga, Qozog’iston dashtlari orqali Volga irmog’idagi skvdo shahri bo’lgan Saksin shahriga, undan rus knyazliklari va Yevropaga olib borar edi. Arxeologlar qadimiy karvon yo’llarining yangi-yangi yo’nalishlarini, jumladan, Xorazmdan Mang’ishloq tomonga va u yerdan dengiz orqali Quyi Volgabo’yiga yo’nalishlarni ochmoqdalar. Bu xivalik savdogarlar Markaziy Osiyo davlatlarining Sharqiy Yevropa bilan olib borgan savdosining katta qismini o’z qo’llariga olganligidan dalolat beradi.Kechqurun qorong’i tushganda va oy – musulmonlarning muqaddas ramzi minoralarning tepalarini, masjidlar gumbazlari va madrasa darvozalarini jozibali nuri bilan yoritganda xuddi sehrli shaharga kelib tushgandek ko’rinadi. Xiva shunday afsonaviy shahardi

SHAHRISABZGA HUSH KELIBSIZ!

Shahrisabz — Amir Temur shahri, bu yerda hamma narsa u yoki bu tarzda uning nomi bilan bog’liq. Bu yerda uning otasi Muhammad Tarag’ay va ma’naviy ustozi Shamsiddin Kulol ko’milganlar, bu yerda uning katta o’g’illari Jahongir Mirzo va Umarshayx Mirzolar go’ri joylashgan. Ulug’ Sohibqironning o’zi ham uning joni shu yerda arshi a’loga uchib ketadi, deb o’ylagan edi. Hattoki maqbarani ham tayyorlab qo’ydi. Lekin taqdir buni boshqacha hal etdi…Ulkan Movarounnahr davlatini yaratgan va uning cheklanmagan hukmroni - amiri bo’lgan Temur Samarqandni o’z poytaxti sifatida tanladi. Lekin o’zining tug’ilib o’sgan kichik vatanini ham hech qachon unutmay, doimo unga g’amxo’rlik qildi. Aslida Shahrisabz davlatning ikkinchi poytaxti edi. Temurning avlodi, Buyuk Mo’g’ullar sulolasining asoschisi Bobur yozishicha: «Kesh shahri Temurbekning tug’ilgan joyi bo’lgani uchun, u shaharni taxt zainia aylantirish uchun ko’p gamhurlik qilgan edi».Amirning buyrug’i bilan bu yerga eng yaxshi me’morlar quruvchilar, me’morchilik bezaklarining ustalari yuborilgan, mahalliy ustalar bilan birgalikda ular turli mamlakatlarning tajribasi va an’analarini uyg’unlashtirib, ulug’vor binolarni barpo etganlar. Ularning ijodi bilimlar, tajriba, an’analar va yaratuvchilik urinishlarining yaxlitlashuvi tufayli ajoyib mevalar berdi, ular XIV asr oxiri – XV asr boshi O`rta Osiyo me’morchiligning xususiyatlarini belgilab bergan monumental uslubning asoslarini yaratdilar.Oqsaroy saroyi bayramona hukumat binosi – rezidentsiyaning namunasi bo’lishi mumkin. Saroyning qurilishi 1380 yilda boshlangan, lekin 1404 yilda ham unda pardoz ishlari tugatilayotgan edi. Bu ulug’vor inshootning o’qsimon gumbazi oralig’i 22 metrdan ortiq bo’lib, temuriylar barpo etgan barcha inshootar orasida eng antiqadir.Temur va temuriylarning davrida shahrlarning ansambllar bilan – majmuiy qurilishi keng tarqalgan. Bu Shahrisabzda ham yaqqol ko’rinadi, bu yerda Dorus-Tilovat va Dorus-Saodat ansambllari ajralib turadi.Dorus-Tilovatni sobiq mahalliy xodagonlar maqbarasida saqlanib qolgan uchta inshoot tashkil etadi. Bu Shamsiddin Kulol va Gumbazi Seyidon maqbaralari hamda Ko’k-Gumbaz jome’ masjidi inshootlaridir. Shamsiddin Kulol maqbarasi eng birinchi qurilgan. Shayx 1370 yilda vafot etgan bo’lib, uning go’ri izzat-ehtirom qilingan edi.Uning yonida Gumbazi Seyidon – Sayidlar gumbazi nomli Ulug’bek avlodlarining maqbarasi qurilgan. Bu kichik bino o’zining nafis mutanosibligi va chuqur o’ymakor naqshlar bilan qoplangan, ajoyib ishlangan kirish eshigi bilan insonni mahliyo qiladi. Me’morchilik ansamblini mo’g’ullargacha bo’lgan qurilish poydevorida qad ko’targan Ko’k-Gumbaz jome’ masjidi tugallaydi.Dorus-Saodat ansambli ham uchta qismidan iborat: Jahongir mirzoning go’ri, Hazrati Imom masjidi va Temurnig maqbarasi. 1376 yilda sohibqironning sevimli o’g’li Jahongir mirzo o’lganidan keyin Amir Temur shunday qayg’uga cho’mdiki, «sohibqironning qalbi hamdardlik uchun 30 yil yopiq edi». «Adolatli shahzoda, jasur jangchi, yer yuzida atirguldek ir ko’rinib yo’qolgan» shahzodaning jasadi ajdodlariing vataniga keltirildi, bu yerda uning uchun maqbara qurildi. Keyinroq maqbara oilaviy katta maqbara ichiga kiritilgan edi. Xona ohaktosh bilan qoplangan bo’lib, arkali o’yma tokchalar bo’ylab Qur’ondan olinagn foniy dunyoning bekorligi va boqiy dunyoning g’olibligi to’g’risidagi oyatlar o’yib ishlangan. Masjid va Jahongirning maqbarasiga yaqin joyda faqat Temur uchun mo’ljallangan go’r saqlanib qolgan maqbara bo’lgan, lekin uning o’zi, ma’lumki, Samarqandda dafn etilgan.Lekin Shahrisabz faqatgina buyuk amirning «taxt zamini» bo’lmagan. Temurning tug’ilishidan ancha ilgari u o’z tarixiga ega edi. Avvalo bu jahonnig eng qadimgi shaharlaridan biri. Olimlarning fikricha, Shahrisabz 2700 yoshda, bu esa «Boqiy shahar» Rimning yoshidir. YUNESKO qaroriga ko’ra aynan shu sana 2002 yilda butun madaniy dunyoda nishonlangan. Eramizdan avvalgi IV asrda iskandar Zulqarnayn lashkarlari dam olish uchun Kesh vohasida to’xtagan, Baqtriyaning satrapi bo’lgan Bess Doro III in o’ldirib, o’zini «osiyo podshohi» deb e’lon Kilgan, lekin uning o’zi aynan shu yerda asirga olingan. VII asrda shaharni arablar qamal qilgan, bir asr keyin esa Kesh shahri Muqanna rahbarligi ostida arablarga qarshi kuchli qo’zg’olonning markazi bo’ldi. Tinch davrda shahar hech qanday to’sqinliksiz o’sib rivojlanar edi, bunga uning gavjum Buyuk Ipak yo’lidagi nihoyatda qulay joylashuvi sabab bo’lgan.O’rta asrlar shoiri Mahmud ibn Vali shunday yozgan: «Kesh — Movarounnahr shaharlaridan… uni jahonning eng go’zal joylaridan biri, juda yaxshi va yoqimli iqlim bo’lgan joy deb hisoblashadi. Uning dalalari va bog’-rog’lari juda jozibali va zavqli». Hurmatli muallif so’zlariga rozi bo’lmay iloji yo’q. Haqiqatan ham Shahrisabz o’zining «Yashil shahar» ismiga juda mosdir.

QARSHI SHARIGA HUSH KELIBSIZ!

TERMIZ SHAHRIGA HUSH KELIBSIZ!

Shahar dastlab Nahshab, keyinchalik Navtaka va Nasaf nomlari bilan atalganaroy.XIV asrdan boshlab esa Qarshi deb atala boshlangan. ,,Qarshi” so’zi saroy, qasr ma’nolarini bildiradi. ,,Naxshab”- suv obod qilgan manzil, ,, Navtaka” esa yangi bino degan ma’nolarini anglatadi. Arablar Naxshabni ,,Nasaf” deb talaffuz qilganlar.

Shahar mil.av VII asrda bunyod etldi.Qarshi shahri bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining markazidir. O’zbekiston mustaqilligi yillarida Qarshi shahrida ham katta bunyodkorlik ishlari amlga oshirildi. 2006-yilda shaharning 2700 yilligi nishonlandi.

TERMIZ SHAHRIGA HUSH KELIBSIZ!

-O’zbekistonning yana bir qadimgi shahri Termizdir. Bu nom qadimgi Baqtriya tilida ,,narigi sohildagi manzil” degan ma’noni bildiradi. Shahar O’rta Osiyoning yirik hunarmandchilik va savdo markazi bo’lgan . O’tmishdagi Buyuk ipak yo’lining markazida joylashgan bu shahar turli xalqlarni va ularning madaniyatini o’zaro bog’lab turgan. Dunyoga mashxur allomalar, muhaddis Imom at-Termiziy va so’fiylik faylasufi Hakim at-Termiziylar ham shu zaminda tug’ilishgan . Shahar o’z tarixida bir necha bor bosqinchilar hujumiga uchradi va vayron qilindi. Termiz

Shahri bugungi kunda Surxondaryo viloyatining markazidir. 2002-yilda shaharning 2500 yilligi xalqaro miqyosida nishonlandi. 2014-yilda esa ,,Amir Temur” ordeni bilan mukofotlandi.



IV.MAVZUNI MUSTAHKAMLASH:

Safar taassurotlari ( zanjir usulida) so’raladi.

O’quvchilar olgan bilimlarini qisqa , aniq va lo’nda javob beradilar.

Diqqat matematik savol:

1.Agar Termiz shahrining 2500 yilligi 2002 yilda nishonlangan bo’lsa, bu yili shahsrning necha yilligi nishonlanadi?

2. Agar Shahrisabzning 2700 yilligi 2002 –yilda nishonlangan bo’lsa, bu yil uning necha yilligi nishonlanadi.

3.Agar Samarqand shahrining 2750 yilligi 2007-yilda nishonlangan bo’lsa, bu yil shaharning necha yilligi nishonlanadi?

Keying topshiriq: 1 minut ichida bugun sizga uchragan atamalar va nomlarni izohlash. Guruhlar bir minut davomida atamalar yozadilar eng to’g’ri va ko’p javoblar ballari guruhlar ballariga qo’shiladi.

-Maroqand- Samarqandning qadimgi nomi;

,,Dunyoning husni”- Samarqandning qadimgi ta’rifi;

-,,Tangri jamoli:- Buxoro;

- ,,Mimg gumbaz shahri”-Xiva

-Qal’a-

,,Qarshi “saroy

Muhaddis-Hadislarni to’plash, saralash, sharhlash bilan shug’ullanuvchi shahs.



Atamalar daftariga: atamalar ko’chirib olinadi.

Masala yechish(Shaharlarni yoshini aniqlashga doir)

V.BAHOLASH.

Baholarini o’quvchilar test ishlaganda oladilar , ammo yaxshi natijaga erishgan o’quvchilarga ekspertlar tomonidan qo’shimcha ball taqdim etiladi, umumiy natijalar e’lon qilinadi.

VI. UYGA VAZIFA:

1.Mavzuni o’qish va uqish,

2. berilgan masalani tenglama shakliga ishlash,

3. Shaharlar hayotiga oid yangiliklar va qo’shimcha adabiyotlardan ma’lumotlar to’plash,

4. Tezkor savol-javobga tayyorlanish.





























Foydalanilgan adabiyotlat



1. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 26 dekabr-kuni O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis Qonunchilik Palatasiga qilgan Murojaatnomasidagi nutqilaridan.

2. O. Xasanboeva “Pedagogika ta’rixidan xrestomatiya” O’qituvchi nashriyoti, 1992 y. Toshkent.

10. ,,Tarixdan hikoyalar”, 5- sinflar uchun darslik, ,,O’qituvchi” nashriyoti, . Toshkent.



Internet materiallari

1. Ziyonet axborot tarmog’i.

2. Uzedu. uz – XTV ning axborot portali.



Elektron adbiyotlar

  1. http://www.edu.uz  - Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sayti.

  2. http://www.uzedu.uz  - Xalq ta’limi vazirligining axborot ta’lim portali.

  3. http://www.eduportal.uz  - Multimedia markazi axborot ta’lim portal.

  4. http://www.pedagog.uz  - malaka oshirish muassasalari sayti.

  5. http://www.multimedia.uz  - Multimedia bilan ishlashportal.

Taklif va mulohazalar uchun

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Sharifa Rasulova Xoshimjonovna

Namangan viloyati Uychi tumani 40- umumta’lim maktabi

Tarix fani o’qituvchisi.

15



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: История

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 6 класс

Скачать
Урок на тему: "Узбекистоннинг тарихий шахарлари"

Автор: Расулова Шарифа Хошимжоновна

Дата: 05.04.2020

Номер свидетельства: 545407


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства