Просмотр содержимого документа
«Turkistonda 1916-yilgi voqealarning oqibatlari va ahamiyati»
Ushbu dars ishlanmasi tarix fani o'qituvchilarining ta'lim tarbiyasiga qo'yilgan Davlat talablaridan kelib chiqqan holda, o'quvchilami fikrlash maqsadida tayyorlangan bo'lib, undan umumta'lim maktablarining tarix fani o'qituvchilari foydalanishlari mumkin
Tuzuvchi:
XOJAEVA OYSHAXONNING - Namangan shahar 35-sonli umumta'lim maktabning I-toifali tarix fani o'qituvchisi
Taqrizchi:
A.Malikov - Namangan shahar xalq ta'limi bo'limi uslubchisi
Mazkur dars ishlanma NSHXTMFMT va ТЕ bo'limi kengashining 2013 yil 30 mart 3-sonli qaroriga muvofiq foydalanishga tavsiya etildi.
Mavzu: Turkistonda 1916-yilgi voqealarning oqibatlari va ahamiyati
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy:
a) 1916-yil voqealari avvalo mustaqillik uchun kurash ekanligini o’quvchilar ongiga yetkazish.
b) Milliy – ozodlik harakatining asosiy qatnashuvchilari xalq ekanligini ko’rsatib o’tish.
2) Tarbiyaviy maqsad:
a) Tinchlik, mustaqillik – oily ne’mat ekanligini to’laroq tushintirish.
b) Qo’zg’alonlar, noroziliklar, turli to’qnashuvlar aholiga talofatlar olib kelishini tushintirish.
3) Rivojlantiruvchi maqsad:
a) Ahillik, hamjihatlik munosabatlarini kengroq shakllantirish.
b) Vatanparvarlik hissini kuchaytirish.
v) Mustaqilligimizni avaylab-asrashga odatlanish.
4) O’quvchilarni mustaqil, ijodiy fikirlashga o’rgatish
Darsning turi: Savol – javob, bahs, munozara.
Darsning usuli: Noan’anaviy usul “Mening qahramonim”, darsning qahramoni kim?
Darsning jihozi:
Darslik. 9-sinf. O’zbekiston tarixi. 2010 yil S.Tillaboev, A.Zamonov.
H.Ziyoyev “Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash”. 1996 yil.
B.Isxoqov. “Mard yigitning bir bo’lagi”.
Kerakli xaritalar.
Tarqatma materiallar, tarixiy atamalar.
Dars bosqichlari:
Darsni tashkiliy qismi.
O’tgan mavzu bo’yicha savob-javob o’tkazish.
Yangi mavzu bayoni.
Mustahkamlash.
Uyga vazifa berish.
Darsni yakunlash, baholash
I darsni tashkil etish. Davomat aniqlash. O’quvchilarni darsliklarini nazorat qilish ularni kayfiyatini so’rash. Aprel oyi – bahorning 2-oyi hisoblanadi. 9-aprel- Amir Temur tavallud topgan kun “Kuch adolatda”. Aprel – tasviriy san’at fan oyligi. 12-aprel – fazogirlar kuni kabi o’quvchilar bilan qisqacha savol-javob o’tkazish orqali siyosiy daqiqaga otkaziladi
Tinch va osoyishta kunlarimizga shukur misolida
SH U K R O N A daqiqasi ham tashkil etiladi
II. O’tgan dars mavzusi qisqacha so’raladi:
“Turkistonda nima uchun 1916 yilda milliy-ozodlik harakatlari bo’lib o’tdi.
Qo’zg’alon harakatlari eng kuchaygan xudud qaysi edi?
Namanganda bu harakatlar qanday ro’y berdi?
Javoblar:
1916 yil harakatlari mustamlakachilikka qarshi, xalq noroziligining kuchayishi natijasida bo’lib o’tdi.
Jizzax shahri – qo’zg’olon eng kuchaygan hududi edi.
Namanganda 11 (7-8) iyul kunlari Kurashxonada bu harakatlar bo’lib o’tdi. (Labbay tog’a, 4 ming kishi to’plandi).
III. Yangi mavzu o’tgan darsda vazifa qilib berilgan edi.
“Turkistonda 1916-yilgi voqealarning oqibatlari va ahamiyati”.
Muzyorar:
O’quvchilar bu mavzuni bayon etilishida III guruhga bo’linadilar:
I guruh – “Maqsad”
II guruh – “Asr”
III guruh – “Zamon”
Guruhga bo’linishda bahor gullari nomidan foydalaniladi. Boychechak, binafsha, nastarin kabi. Darsni bayon etishda o’quvchilar: “Mening qahramonim, darsning qahramoni kim?” usulida fikr bildiradilar. 9-sinf bitiruvchi sinflar o’zlari tanlagan kasb-hunarlari bilan jamiyatga kerakli shaxs bo’lib yetishishlari kerakligini his qilishlari lozim. Chunki 1916-yil voqealari mahalliy yigitlarning mardikorlikka – Rossiyaga olinishlari bilan bog’liq. Hozir ham boshqa davlatlarga ishga ketayotganlar “mardikorlar”ga aylanib qolmayaptilarmi?
O’quvchilarga o’qituvchi tomonidan savol beriladi?
Siz uchun kim zamonangiz qahramoni? O’quvchilar o’zlari yoqtirgan soha egalaridan qahramonlarini misol keltiradilar. Masalan, Zulfiyaxonim qizlari.
Demak, har bir kishining o’z kasb-hunari, sevimli mashg’uloti bo’lsa, o’z vatanidan yiroq bo’lmaydi. Lekin o’z erkinligiga ega bo’lmagan holatdachi?
Aqliy hujum: 1916-yil voqealarining:
Reja:
Yengilish sabablari haqida – “Maqsad” guruhi;
Oqibatlari haqida – “Asr” guruhi;
Ahamiyati haqida – “Zamon” guruhi, savol-javob, bahs-munozara olib boradilar.
1-reja. “Maqsad” guruhi javoblari:
- Biror maqsadga erishishning sabablari bo’ladi. 1916-yil voqealarining sabablari quyidagicha edi:
- Bu harakat milliy-ozodlik harakati, mustaqillik uchun kurashning bir ko’rinishi edi. Oddiy halq qo’liga qurol olib, toptalgan haq-huquqlari, Vatanparvarlik tuyg’ularini kamsitishiga qarshi kurashdilar. Rossiya imperiyasi ma’muri A.F.Kereniskiy “Urush frontlariga yangi bir Turkiston fronti qo’shildi” deganda Turkiston o’lkasidagi vaziyatni ifodalagan edi.
Qo’zg’alonning harakatlantiruvchi kuchlari – dehqonlar, hunarmandlar, oddiy xalq bo’lib, harbiy sohadan bexabar edilar. Shunday bo’lsa ham, Vatanparvarlik ruhi ustun bo’ldi.
Qo’zg’olonning yengilishiga asosiy sabab: harakat turli hududlarda bo’ldi, birdamlik, ahillik bo’lmadi, harbiy tajriba, taktika, strategiya yetishmas edi.
Har bir guruh 1-reja bo’yicha o’z fikrlarini bildiradilar. Mening qahramonim kim? Savoliga javob beradilar: Qahramonim – xalq, dehqon, bog’bon, hunarmand, Vatan himoyachisi.
2-reja: 1916-yil voqealarining oqibatlari haqida “Asr” guruhi:
I jahon urushi davom etayotgan vaqtda bo’lib o’tayotgan qo’zg’alonning oqibatlari xalq uchun katta talofat keltirdi. Chunki Turkiston o’lkasi Rossiyaga 1914-1916 yillarda 41 mln. pud paxta, 3 mln. puddan ortiq paxta yog’i, 200 ming pud sovun, 300 ming pud go’sht, 70 ming ot, 12797 tuya va boshqa mahsulot va moddiy boyliklar ham jo’natgan edi. Gazlamalar, g’alla va non narxi oshib ketdi. Soliq va majburiyatlar ortib ketdi.
Qo’zg’alon natijasida birinchidan, qo’zg’alon qatnashchilari qishloqlari yoqib yuborildi, ikkinchidan, yoz fasli bo’lganligi uchun dalalar, ekinzor – bog’lar ham talofat ko’rib, qishloq xo’jaligi mahsulotlari nobud bo’ldi. 1916-1917 yil oziq-ovqat zaxirasi katta qismidan mahrum bo’lindi. Uchinchidan, aholi orasidan qurbonlar bo’ldi.
Bundan tashqari, mardikorlikka ketgan erkaklar oilasi o’z boquvchisini yo’qotganligi ham aholi turmush tarzini yomonlashuviga olib keldi.
Bu harakat mustamlakachilik jabr-zulmiga qarshi, urush oqibatlarining salbiy ta’siri natijasida ro’y berdi.
Barcha guruh a’zolari o’z “qahramonlari”ni aniqlaydilar. “Bizning, mening tinch, farovon hayotim uchun kurashgan ajdodlarim – mening qahramonimdir””.
3-reja: 1916-yil voqealarining ahamiyati haqida “Zamon” guruhi javoblari:
1916-yil qo’zg’aloni Rossiya podshohi hukumati tomonidan ayovsiz bostirildi. Garchi mahalliy erkaklar qo’liga qurol berib jahon urushda qatnashishini hohlamagan hukumat, milliy Vatanparvarlik hissini mardikorlikka olib haqidagi farmon bilan orttirib yuborgan edi.
Qo’zg’alonning ahamiyati katta bo’ldi:
Podsho hukumati qo’zg’alon qatnashchilarini ayovsiz jazoladilar, ko’plab qon to’kildi. Xalq mardonavor kurashdi, qurbonlar, yaradorlar ko’p bo’lsa-da, mardikorlikka qarshi kurash milliy-ozodlik kurash tusini oldi. Bu harakat o’z navbatida mustaqillik kurashi edi. Harakatlantiruvchi kuchlar xalq ommasining turli tabaqalari, keksalar, ayollar ham edi. Bu harakat xalqning o’z haq-huquqlari uchun kurashi bo’lib, mustamlaka hukumatini sarosimaga solib qo’ydi. Mustaqillik uchun kurash tuyg’ularini kuchaytirdi. Xalqni birdamlikka, hamjihatlikka chaqirdi. Hukumat xalq bilan murosa qilishga, yengilliklar yaratishga majbur bo’ldi. Podsho ma’muriyati belgilangan 200470 kishi o’rniga 123 mingdan ortiq kishi safarbar qilindi.
IV. O’qituvchi o’z fikrlari bilan yangi mavzuni mustahkamlaydi.
1916-yil voqealarining sabab, oqibatlari, ahamiyatlari haqida guruhlar bergan javoblarni izohlab, rag’batlantiradi.
Hozirgi kunda 2 millionga yaqin kishi odam savdosi qurboni bo’lib, aldanib qolayotganligi haqida o’quvchilar bilan fikr almashiladi. O’z mamlakati bilan qonuniy shartnoma tuzma, o’zboshimchalik bilan boshqa yurtlarda sarson-sargardon bo’lgan va bo’layotganlar haqida hayotiy misollar aytib, xulosa chiqariladi. Demak, har bir o’quvchi ham o’zi tanlagan kasb-hunar bo’yicha jamiyatda o’z o’rnini topsa, kelajagini ta’minlaydi, Vatanga munosib farzand bo’ladi.
“Darsimiz qahramoni kim?” degan savolga – eng faol savob-javob olib borgan o’quvchilar ishlari aytiladi.
V. Uyga vazifa – Takrorlash.
VI. Darsni yakunlash, baholash (guruhlar asosida)
Demak, “Maqsad” sari intilib, “Zamon” qahramoni bo’lib, “Asr”lar osha yashaylik.