kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Turkiston general-guber atorligi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Turkiston general-gubernatorligining ma'muriy boshqaruv tizimi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Turkiston general-guber atorligi»

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
















NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI


NAMANGAN TUMAN XALQ TA’LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH BO’LIMI


22-umumiy o’rta ta’lim maktabi

Tarix fani o’qituvchisi Malikova Xayotxonningning

9-sinf uchun O’zbekiston tarixi fanidan

Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimi”

mavzusidagi





























Namangan



Ushbu dars ishlanma Namangan tuman 22- umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o.qituvchisi Malikova Xayotxon tomonidan tayorlandi. Dars ishlanma 9-sinf O’zbekiston tarixi fanidagi “Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimi” mavzusida bo’lib, 27, 30 nafar o’quvchisi bor sinfga mo’ljallangan.


Ushbu dars ishlanmaning qisqacha ta’rifi quyidagilardan iborat. O’quvchi O’zbekiston tarixidagi XIX-asrning 2-yarmida Rossiya imperiyasining bosqinchilik siyosati natijasida tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligining mustamlakachilik siyosati va boshqaruvining asosiy bo’g’inlari,Turkiston aholisi ustidan yalpi nazorat o’rnatilishi, Turkistonni Rossiyaning ichki mustamlakasiga aylantirilishi, tashqi dunyodan tamomila ajratib qo’yish, o’lkani “Homashyo bazasiga aylantirilishi” haqida ma’lumot olishi mumkin.





















Darsning mavzusi: Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimi.

Darsning maqsadi:

a.O’quvchilarga Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimi haqida malumot berish;

b.O’quvchilarni o’z vataniga muhabbat, xalqiga sadoqat, mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida faollik ko’rsatish ruhida tarbiyalash;

c.O’quvchilarni xarita bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantish.

Darsning jihozlari: 9-sinf “O’zbekiston tarixi” darsligi, O’rta Osiyo siyosiy xaritasi, globus, tarqatma materiallar, doska, bo’r.

Dars mazmunning tayanch tushunchalar:

General-gubernator, Uyezd,Volost,Siyosiy boshqaruv,Ma’muriy tuzilish,Pristavlar

Dars reja:

Darsning borish

Vaqt

1

Tashkilliy qismi.

2

2

O’tilgan dars mavmunini takrorlash.

10

3

Yangi dars mavzusi mazmunini tushintirish.

8

4

Guruhlarda ishlash.

14

5

Yangi mavzuni mustaxkamlash.

7

6

Dars yukunini chiqarish.

2

7

Uyga vazifa.

2

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

a) salomlashish;

b) davomatini aniqlash;

c) bugungi dunyoning yangiliklarini so’rash;

d) sinfni guruhlarga bo’lish.


II. O’tgan mavzuni so’rash.

-Darsning bu bosqichida o’quvchilarni o’tilgan mavzu yuzasidan olgan bilimlarini tekshirish va mustaxkamlash maqsadida, o’qituvchi tomonidan oldindan tayorlab qo’yilgan quyidagi tarqatma test yoki tarqatma savollardan foydalanish mumkin .

  1. Rossiya imperiyasining Buxoro xonligida qarshi yurishga baxona bo’lgan omil nima?

J) 1866 yilda Buxoro amirligi Rossiyaga qarshi yurishga tayyorlanayotganligini baxona qilib unga qarshi yurish boshladi.

2. Mustamlamakachilarning asosiy qoidasi nima edi?

J. “ Bo’lib tashla hukumronlik qil”

3. Jizzax uchun jang qachon boshlanadi?

J. 1866 yil 12 oktabrda.

1. Rossiya imperiyasi nechanchi yillari istilochilik yo’li bilan Qo’qon xonligi huqududining bir qismini bosib oldi.

A. XIX asrning 50-60-yillarida B. XIX asrning 50-70-yillarida

C. XIX asrning 50-80-yillarida D. XIX asrning 50-90-yillarida

2. K.R.Kaufman xonlikni qolgan hududlariga ham o’z ta’sirini ko’rsatish maqsadida nechanchi yilida xon bilan shartnoma tuzdi.

A. 1866-yilda B.1868-yilda

C. 1869-yilda D.1867-yilda

3. Ulardan biri 1875-yil bahorida avj olib, unga kim rahbarlik qildi.

A. “Olovuddin” B. “Po’latxon”

C. “Nazirho’ja” D. “Norbo’tabiy”

III. Yangi mavzuning bayoni:

Bosib olingan hududlarda imperiya hukmronligini o’rnatish, mustahkam o’rnashib olish, istilo qilingan joylarni qo’ldan chiqarmaslik uchun, eng avvalo,

mustamlakachilar o’zlariga mos boshqaruv tartiblarini ishlab chiqishi va uni oilada joriy qilishi kerak edi. Mustamlakachilik siyosatini to’liq amalga oshirilishida boshqaruv tartiblari asosiy tayanch hisoblangan. Boshqaruv tartiblari istilochilik yurishlari bilan birga, turli ko’rinishlarda tashkil qilinib, tajriba-sinovlarda o’tkazilgan holda o’zgartirib borilgan.

Rossiya imperiyasining o’rta Osiyoda olib borgan bosqinchilik siyosatining davom ettirilishi natijasida mustamlakaga aylantirilgan hududlar kengayib borgan. Bosib olingan hududlarni boshqarish tartiblari va uning qanday bo’lishi kerakligi masalasi juda ko’p hamda uzoq vaqt imperiya hukmron doiralarida turli soha va-killari ishtirokida muhokama qilingan. Ushbu masalani hal qilishda ehtiyotkorlik bilan uzoqni ko’zlab ish ko’rish, hech nimada tavakkal qilmaslik tamoyiliga tayangan holda ish olib borilgan. Turkiston general-gubernatorligining gubernatori S.M.Duxovskoy (1898-1901) “Turkiston o’lkasi boshqa o’lkalarga nisbatan tarixiy o’tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e'tibor berilishini talab qiladi”, degan edi.

Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so’ng, 1865-yil 6-avgustida Aleksandr II «Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom»ni tasdiqlaydi. Boshqaruv harbiy zobitlar qo’liga o’tadi. Ushbu nizomda boshqaruv tizimi «harbiy-xalq boshqaruvi» nomi bilan gubernator qo’lida harbiy va fuqarolik ishlari mujassamlashtiriladi. Viloyat bo’limlarga bo’linib, ularning boshliqlari bir vaqtning o’zida harbiy komendant ham hisoblangan. Bo’lim boshliqlariga mahalliy aholi uslidan nazorat qiluvchi mustamlakachi hukumat vakillaridan tayinlanadigan boshqaruvchilar bo’ysungan.

1908-1910-yillarda Turkiston o’lkasini podsho topshirig’i bilan taftish qilgan senator K.Palen ta'kidlaganidek, «o’lkada eng kichik ahamiyatga ega bo’lgan bosh qaruv ham harbiy boshliqlar qo’lida bo’lgan». Mahalliy aholi vakillariga boshqaruvning eng quyi bosqichidagi lavozimlar berilgan. Bularga volost boshliqlari (mingboshilar), qishloq oqsoqollari, ovul boshliqlari, qozi, biy va ularning yordamchilari kirgan.

General-gubernatorlik devoni katta vakolatlarga ega bo’lgan asosiy ijrochi organ hisoblangan. Rossiya imperiyasidagi hech bir guberniyada bunday katta vakolatga ega bo’lgan boshqaruv organi mavjud bo’lmagan. Turkiston o’lkasi ma'muriy-hududiy jihatdan viloyatlarga bo’linib, ularni o’z qo’lida fuqarolik va harbiy hokimiyatni birlashtirgan harbiy gubernatorlar boshqargan. Viloyatlar uyezdlarga bo’linib, ular harbiy zobitlar boshqaruvida bo’lgan. Uyezdlar uchastkalarga, volostlarga, qishloq va ovullarga bo’lingan. Uchastkalarni uchastka pristavlari boshqargan.


Uyezdlar volostlarga, volostlar ‘troq aholi yashaydigan hududarga qishloqlarga, chorvador aholi yashaydigan hududlarda ovullarga bo’lindi.

1886-yil 12-iyulda imperator Aleksandr III tomonidan yangi «Turkiston oikasini idora qilish to’o’risidagi Nizom» tasdiqlandi. Mazkur Nizomning asosiy maqsadi o’lkada ma'muriy boshqaruvni mustahkamlash va yerdan foydalanish tartiblarini o’zgartirishdan iborat bo’lgan. Nizomga muvofiq Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirildi. Xo’jand, Jizzax, Kattaqo’ro’on, Samarqand uyezdlari uning tarkibiga kiritildi. Amudaryo boiimining bir qismi Sirdaryo viloyatiga o’tkazildi. Ourama uyezdining nomi Toshkent uyezdi deb o’zgartirildi.

1886—yil Turkiston general-gubernatorligining umumiy hududi 1,7 million kv. km boiib, aholisining soni 5,2 million kishidan iborat bo’lgan. o’zbeklar va boshqa tub xalqlar 1897-yilda 5 millionga, 1911 -yilda esa qariyb 6 millionga yetgan. Rus aholisining umumiy soni ukrainlar va beloruslarni ham qo’shib hisoblaganda 1897-yilda 197 ming kishini, 1911-yilda esa 400 ming kishini tashkil qildi. Podsho hukumati hamisha ko’chirib keltirilganlar sonining ortib borishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirib bordi. Ular mustamlaka siyosatini amalga oshirishda tayanch bo’lib xizmat qilishi lozim edi.

1886-yilgi «Nizom»ga muvofiq Turkiston general-gubernatorligining ma'-muriy boshqaruvi yangi idora - Turkiston general -gubernatori Kengashi bilan to’ldirilgan.

IV. Guruhlarda ishlash.

Yangi mavzu o’quvchilar guruhiga reja asosida bo’lib beriladi

1-guruhga: Turkiston general-gubernatorligini siyosiy boshqaruvini o’rganish

2-guruhga: Ijtomoiy harakat

3-guruhga: Turkiston general gubernatorligini ma’muriy boshqaruvini

Har bir guruh o’quvchilari reja ustida mustaqil ish olib boradilar, rejani so’zlab beradilar, bir-birlari bilan o’zaro savol-javob o’tkazadilar.

O’qituvchi o’quvchilarni ishlarini nazorat qilib, kuzatib boradi, ularga to’g’ri ko’rsatmalar beradi.

V.Yangi mavzuni mustaxkamlash: “Xatosini toping” mashqidan foydalanish mumkin.

1. Turkiston general- gubernatorligining boshqaruvi mahaliy aholiga topshirildi.

2. 1886-yilgi «Nizom» ga ko’ra yangi idora bilan to’ldirildi.

3. Mahalliy aholi vakillari boshqaruvning yuqori lavozimlarda faoliyat olib bordi.

4. Viloyatlarni va volostlarni harbiy zobitlar boshqargan.

5. Rossiya imperiasining asosiy maqsadi Turkistonni dunyoga olib chiqish edi.

VI.Dars yakunini chiqarish, darsda faol o’quvchilarni baxolash.

VII. Uy vazifasi:

1. “Turkiston general- gubernatorligining siyosiy ma’muriy boshqaruv tizimi” mavzusini o’qish

2. savollarga javob berish.


Foydalinilgan manba va adabiyatlar ro’yxati:

5. Buxoro tarixi.-T.: Fan, 1976 y

6.Ziyo Azamat. O’zbek davlatchiligi tarixi. –T.: Sharq, 2000 y

7. Ibrat I. Farg’ona tarixi.T.: Kamalak,, 1991 y.

8. Muqminova R.G. va boshqalar. O’zbekiston tarixi.-T.: 1994 y

9. Azam Ziyo. “O’zbek davlatchiligi tarixi”. –T.: 2000 y

10. O’zbekiston Respublikasi ensiklopediyasi. T.: 1997.

11. S. Tillaboyev, A. Zamonov. “O’zbekiston tarixi”.-T.: 2014 y

Internet materiallari:

  1. www.ziyonet

  2. www.referat.uz



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: История

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 9 класс

Скачать
Turkiston general-guber atorligi

Автор: Malikova Xayotxon

Дата: 16.04.2020

Номер свидетельства: 546937


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства