kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Sovet hokimyatining O'zbekistondagi qatag'onlik siyosati: uning mohiyati va oqibatlari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ushbu mavzuda Sovet davlatining XXasrning 20-30 yillarida olib borgan qatag'on siyosati, uning mohiyati va oqibatlari haqida yoritilgan

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Sovet hokimyatining O'zbekistondagi qatag'onlik siyosati: uning mohiyati va oqibatlari»



Mavzu:Sovet hokimyatining O’zbekistondagi qatog’onlik siyosati ,uning mohiyati va oqibatlari. (Slayd1)

Ta’limiy maqsad:

O’quvchilarga XX asr 20-yillari ikkinchi yarmi va 30-yillarda amalga oshirilgan qatog’onlar haqidagi ma’lumotlarni yetkazish.

Tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarda ona vatanga cheksiz mehabbat, ajdodlar xotirasiga ehtirom, mustaqillik g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad:

O’quvchilarda tarix fanini o’rganishga bo’lgan qiziqish hamda o’z tarixidan fahrlanish tuyg’ularini rivojlantirish.

Dars turi:

Yangi bilim berish

Dars uslubi:

Aralash {guruhlarda ishlash savol-javob}

Darsning borishi: Sinf o’quvchulari 4 ta guruhga bo’linadi, guruh nomlari mavzudan kelib chiqib tanlangan:

1-guruh ma’orifchilar,

  1. guruh ziyolilar,

  2. Guruh siyosatchilar,

  3. guruh xalqparvarlar

I.Tashkiliy ishlar: Salomlashish, davomatni aniqlash. Ma’naviyat daqiqasi: 29-yanvar sanasi bilan bog’liq ma’lumotlarni eshitish. (Slayd2)

II.O’tilgan mavzuni so’rash. Har bir guruhga 5 tadan savol beriladi.

1.O’zbekiston Fanlar Komiteti qachon tuzilgan?

2.2-besh yillik qaysi yillarnio’z ichiga oladi?

3.Arab alifbosidan Lotin yozuviga qachon o’tilgan?

4.Birinchi va ikkinchi besh yilliklarda xalq ma’orifi ehtiyojlari uchun qancha mablag’ ajratilgan.

5. Qachon lotin yozuvidan kiril asosidagi o’zbek yozuviga o’tilgan?

6.2-besh yillik davri mobaynida Respublika maktablarida o’qish nechta tilda olib borilgan?

7.Yetti yillik majburiy ta’lim tizimiga qachon o’tilgan?

8.1937-yilda savotsizlikni tugatish maktablari soni nechtaga yetdi?

9.Sovet hokimyatining lotin grafikasigao’tishdan ko’zlagan maqsadi nima edi?

10.O’zbekiston Fanlar Komitetiga1934-yil kim rais bo’lgan?

11.O’zbekiston Fanlar Akademiyasi qachon tashkil etilgan?

12.O’zbekiston SSR Oliy Soveti 3-sessiyasi qachon bo’ldi?

13.Lotin yozuvidan rus grafikasiga o’tish to’g’risida nutq so’zlagan olim kim edi?

14.2-besh yillikda yangidan nechta maktab binosi qurildi?

15.Rus grafikasiga O’zbekistondan tashqari qaysi respublikalar ham o’tkazildi?

16.O’zbekiston milliy musiqasini rivojlantirishda qaysi o’zbek kompozitorlari katta mehnat qildi?

17.Nechanchi yilda Toshkentda Konservatoriya ochildi?

18.Konservatoriya so’zi qaysi tildan olingan?

19. Shu yillarada ijod qolgan kinomatografiya sohasida yetishib chiqqan arboblardan kimlarni bilasiz.?

20.Proletar so’zining ma’nosi nima?

III.Yangi mavzuni bayoni:

Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor,

Tog’larni titratgan dostonlaring bor,

O’tmishingni o’ylasam og’riydi dilim,

Ko’ksing to’la shaxid o’g’lonlaring bor.

Bolajonlar bugungi darsimizda Muhammad Yusufning yuqorida keltirilgan she’ridagi shaxid o’g’lonlaring ayanchli qismatlari haqida suhbatlashamiz. Sovet hokimyati o’z hokimyatini mustahkamlash maqsadida iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohada amalga oshirilgan ishlarini o’rganib chiqdik. Qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish sohasidagi ishlarni olamizmi, sanoatlashtirish sohasidagi mahalliy kadrlar masalasimi, Sovet madaniyatini yaratishdagi ishlarni olamizmi, hammasi kommunistik mafkurani uzil- kesil o’rnatishga qaratilgan edi. XX asr
20-yillari 2-yarmi 30-yillarida O’zbekiston SSRda bir qator siyosiy ishlar qo’zg’otildi. Xalqimizning mard, asl farzandlari qatog’on qilichi qurboni bo’ldilar. Markaz tazyiqi bilan 1929-yil 17-fevral-2 martda Samarqandda o’tkazilgan O’zbekiston Kommunistik partiyasining IV syezdidan keyin jazo mexanizmi ishga tushdi, quyidagi siyosiy ishlar to’qib chiqildi.

O’n sakkizlar guruhi: (slayd3)Abdurahim Hojiboyev,Inomjon Xidiraliyev,Muhtorjon Saidjanov va boshqalar. Xo’sh 18lar guruhi tarkibi kimlardan iborat bo’lgan,ular qanday gunoh ish qilgan.Ular markazning ulug’ davlatchilik va shonistik siyosatiga qarshi chiqib milliy kadrlarga nisbatan bepisandlik loqaydlik yo’liga qarshi chiqib adolat va haqqoniylik tamoyillarini himoya qilganlar.Shuning uchun ular aybdor deb topilib turli jazolarga griftor qilingan.

Inog’omovchilik: (Slayd4)O’zbekiston SSR maorif xalq komissari Rahim Inog’omov N.Mavlonbekov, I.Isamuhammedov, M.Aliyev kabi ma’orifchilarga ham tuhmat toshi yog’dirildi. Rahim Inog’omov oktyabr inqilobi o’zbek xalqiga kutilmagan hodisa bo’ldi, xalq rus istibdodiga tayyor emas edi. O’zbekiston xalq qarshilik xarakatida tarixiy rolni ziyolilar o’ynashi kerak, Kompartiyasining mustaqil faoliyat yuritmay, markaz topshiriqlarini bajaruvchi bo’lib qoldi degan fikrlari uchun qoralandi, jazolandi.

Qosimovchilik: (Slayd5) O’zbekiston SSR Oliy sudining raisi Sa’dulla Qosimov, B Sharifov, N.Alimov, M.Spiridinovlar 1929-yil mart oyida lavozimidan bo’shatilib qamoqqa olindi. Ular ustidan 1930-yil Samarqandda sud jarayoni o’tkazildi. Markazdan kelgan jazo organlari (sud raisi: Vasilyev Yujin va prokuror R.Katanyon) ishga ataylab siyosiy tus berdi. Ular bosmachilarni qo’llab quvvatlaganlikda” aksil inqilobchi millatchi tashkilotlar” bilan aloqa bog’laganlikda Islom dinini himoya qilganlikda ayblanib, qosimovchilik yorlig’i bosildi, ularni otib o’ldirishga, 3 nafari 10 yil muddatga otib o’ldirishga hukm qilindi.

Badriddinovchilik: (Slayd6) O’zbekiston SSR Oliy sudi prokurori Shamsutdin Badriddinov va 5 nafar safdoshi ustidan 1932-yil 5-may, 15-iyunda sud jarayoni o’tkazilib ularga “Milliy Ittifoq” tashkiloti a’zolari va bosmachilar bilan aloqa bog’lagan, Munavvarqori va Sa’dulla Qosimovning yaqin do’sti, hamfikri bo’lgan, degan ayblar qo’yildi. Ular avval otib o’ldirishga hukm qilinib, keyin 10 yil qamoq jazosiga almashtirildi.

Narkonpros ishi”: (slayd7)O’zbekiston SSR Ma’orif xalq komissari Mannon Abdullayev, o’rinbosari Maxmud Xadiyev, shuningdek, Bois Qoriyev, Nodir Saidov, 1930-yil avgust oyida hibsga olingan. Ularga tizimini millatchilik og’usi bilan zaxarlaganlikda ayblanib, Maorif frontida Qosimovchilikni namoyon bo’lishi deb qoralandi,10 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilinib, keyinchalik qamoqxonada otib tashlandi.

Milliy ittihodchilar” va “Milliy istiqlolchilar”: (slayd8)Yirik ma’rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxon boshchiligidagi 38 nafar kishi 1929-yil 5-noyabrda qamoqqa olindi, ko’p o’tmay qamoqqa olinganlar soni 87 kishiga yetdi. Ularga Milliy ittihod va “Milliy Istiqlol” tashkilotlarining a’zolari degan ayb qo’yildi. Tergov jarayoni keyinchalik Moskvaga ko’chirildi. 1931-yil 25-aprelda Munavvarqori boshchiligida 15 nafari otib o’ldirishga, qolgan 72 nafari uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilinib qamoqdan birortasi qaytib kelmadi.

Botir gapchilar: (slayd9)Qo’qonda Ashurali Zohiriy boshchiligidagi 19 nafar kishi. Ularga ”Botir gapchilar” degan millatchi shovinistik tashkilot a’zosi degan tuhmat bilan qamoqqa olindi. Aslida Ashurali Zohiriy nashriyotlarda ishlagan gazetalarda Yevropacha bilim olishga undovchi maqolalar yozgan.

O’zbekistonda siyosiy qatog’onlik 1937-yilning yozida ayniqsa avjiga chiqdi. O’z SSR Xks raisi Fayzulla Xo’jayev, O’zbekiston komportiyasi MK birinchi sektori Akmal Ikromov hamda xalq komissarlari, viloyatlar shaharlar tumanlar rahbarlari qamoqqa olinib SSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining qaroriga ko’ra otib tashlandi. (Slayd9)

Qatag’on tig’i o’zbek ziyolilari Fitrat, Cho’lpon , Abdulla Qodiriy 1938-yil 4oktyabrda Toshkent shahri atrofida otib tashlandi.Usmon Nosir qamoqxonada vafot etdi. (Slayd10)

19-tog’li otliq o’zbek dviziyasi komandiri Mirkomil Mirsharopov 1937-yil 28 oktyabrda Moykopda qamoqqa olindi.O’zbek dviziyasi milliylashtirish va bu dviziya yordamida O’zbekistonni SSR tarkibidan ajratib olish va mustaqil davlatni barpo etishda ayblandi,Dastlabki o’zbek dviziyasi tarqatib yuborildi va Mirkomil Mirsharopov boshchiligida 18 nafar o’zbek harbiy komandirlari Toshkent atrofida 1938-yil 10-oktyabrda otib tashlandi. (Slayd11)

Xullas 1937-1938 yillarda to’qib chiqarilgan soxta ayblar bo’yicha O’zbekistonda 41000 kishi hibsga olinib, 37000 jazolandi, 6920 nafari otib tashlandi. Faqat davlat va jamoat arboblari yozuvchi, shoir, olimlardan 5758 nafari qamoqqa olinib 4811 nafari otib tashlangan.

Xalqimizda ming marta eshitgandan ko’ra, bir marta ko’rgan afzal degan naqlni esga olib ,video orqali qatog’on siyosati to’g’risida kichik bir lavha ko’ramiz.

Video lavha haqida o’quvchilar fikri so’raladi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgandan keyin qarag’on qilinganlarning ko’pchiligi huquqiy jihatdan oqlandi. O’zbekiston Respublikas Birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 2000-yil 12-mayda “Shahidlar xotirasi “ yodgorlik majmuasi barpo etildi. (Slayd12)

IV.Mavzuni mustahkamlash:

I.Har bir guruhga quyidagi test topshiriqlari beriladi va topshiriqni birinchi va to’g’ri bajargan guruh g’olib deb topiladi:

1.Rasmda berilgan tarixiy shaxs bilan bog’liq ma’lumotlarni toping? 1.1896-1938 yillarda yashagan. 2. Muvaqqat hukumatni tan olishga majbur bo’lgan. 3. Milliy hududiy chegaralanishga oid tezislar yozdi. 4. O’zbekiston SSR poytaxtini Samarqanddan Toshkentga ko’chirgan. 5. O’zbekiston SSR Kompartiyasi MK birinchi sekretari. 6. Davlat apparatini mahalliylashtirish markaziy komssiyasi raisi.

A)1,2,3 B)1,3,5 S)1,3,4 D)2,4,6



  1. Rasmda berilgan tarixiy shaxs bilan bog’liq ma’lumotlarni toping?

1. “Kecha va kunduz” romanining muallifi. 2. 1938-yil 4-oktabrda Buxoroda otib tashlangan. 3. “Mehrobdan chayon” romanining muallifi. 4. 1938-yil 4-oktabrda Germaniyada otib tashlangan. 5. “Men to’g’rilik orqasida bosh ketsa “eh” deydigan yigit emasman” sudda so’zlangan nutqi bor. 6. 1894-1938 yillarda yashagan.

  1. 3,5,6 B)1,3,5 S)2,5,6 D)4,5,6

  1. Rasmda berilgan tarixiy shaxs bilan bog’liq ma’lumotlarni toping?

1. 1895-1938 yillarda yashagan 2. Davlat apparatini mahalliylashtirish markaziy komissiyasining a’zosi bo’lgan. 3. “Qo’shchi” uyushmasi raisi. 4. O’zbekiston Kompartiyasi MK ma’sul sekretari. 5. “Rus istibdodiga qarshi mustaqillik harakatida tarixiy ro’lni ziyolilar o’ynagan” degan fikr muallifi. 6. 1937-yil yozida SSR oliy sudi harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining qaroriga ko’ra otib tashlangan.

  1. 1,2,6 B) 1,3,6 S) 2,3,6 D) 2,4,6

  1. Rasmda berilgan tarixiy shaxs bilan bog’liq ma’lumotlarni toping? 1. Muhtoriyat e’lon qilingan 27-noyabr tunini “Milliy laylatulqadrimiz” deb ataydi. 2. 1938-yil 4-oktabrda Toshkentda otib tashlangan. 3. “Bahtsiz kuyov” pyesasi. 4. O’zbekiston SSR oliy soveti III sessiyasida lotin yozuvidan rus grafikasiga o’tish to’g’risida ma’ruza qilgan. 5. 1886-1938 yillarda yashgan.6. 1934-yil nemis delegatsiyasi bilan Toshkentda uchrashgan.

  1. 1,2,6 B) 1,2,5 S) 1,3,5 D)1,5,6



B).Har bir guruhdan quyidagi jadvallarni to’ldirish so’raladi va topshiriqni birinchi va to’g’ri bajargan guruh g’olib deb topiladi:



Ma’orif tizimidagi

Ismi

Qo’yilgan aybi

Jazo turi























Huquq tizimidagi

Ismi

Qo’yilgan aybi

Jazo turi























Adiblar

Ismi

Qo’yilgan aybi

Jazo turi





















Davlat arboblari va harbiylar

Ismi

Qo’yilgan aybi

Jazo turi





















V. O’quvchilarni baholash. Darsdsa faol ishtirok etgan o’quvchilar o’z guruhlari nomini ifodalovchi rag’bat kartochkalari bilan, har bir guruhdan bir nafar o’quvchi eng iqtidorli o’quvchi, eng topqir, eng bilimdon, eng izlanuvchan naminatsiyalari bilan taqdirlanadi. (Slayd13)


VI. Uyga vazifa. Darslikni 80-86-sahifalarini o’qib o’zlashtirish, qatag’on siyosati haqida esse yozib kelish.

















VII. Ilovalar

Slayd-1





















Slayd.3

Slayd.4



Slayd.5



Slayd.6





Slayd.7



Slayd.8







Slayd.9



Slayd.10







Slayd.11



Slayd.12







Slayd.13






Получите в подарок сайт учителя

Предмет: История

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 10 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Sovet hokimyatining O'zbekistondagi qatag'onlik siyosati: uning mohiyati va oqibatlari

Автор: Ismatullayeva Muhayyo Ko'paysinovna

Дата: 06.04.2020

Номер свидетельства: 545572


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства