IX asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida ham o’zgarishlar yuz beradi. Yurtga avval Nuh, so’ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri o’z hukmronligi davrida o’z nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o’g’li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko’radi. Tohiriylar davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan o’zgarib, Nasr uchun qulay sharoit paydo bo’ladi.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Slayd ishlanma: "Somoniylar davlati"»
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FARG’ONA VILOYATI DANG’ARA TUMANI XALQ TA`LIMI BO’LIMI TASARRUFIDAGI 10-UMUMIY O’RTA TA`LIM MAKTABI TARIX FANI O’QITUVCHISI YUSUPALIYEVA RAYXONANING BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI
REJA:
1. Somoniylar hukmronligi.
2. Ismoil Somoniy.
3. Boshqaruv tizimi.
4. Mudofaa ishlari
Азизбек Абдуллаев
Biz O’zbekiston tarixi fanida xalqimizning buyuk o’tmishini o’rganamiz. O’zbekiston va o’zbek xalqi olamshumul voqealarga, boy qadimiy tarixga ega. Turon, Turkiston va Movarounnahr nomlari bilan shuhrat topgan bu mamlakatning va o‘z mehnati bilan uni obod etgan o’zbek xalqining o’tmishi g’oyat qiziqarli va saboqlidir.
Dehqonchilik vohalarida dastavval voha hokimlari, so’ngra esa Eftalilar, Turk xoqonligi, Somoniy, Qoraxon, Xorazmshohlar va Amir Temur davlati kabi yirik podshohliklar hukm surdi. Ilk o’rta asrlarda xudot, yabg’u, xon, xoqon, sulton va qoraxoniylar tomonidan boshqarilgan davlatlar mamlakat aholisining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotida o’z ta’sirini ko’rsatdi.
IX asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida ham o’zgarishlar yuz beradi. Yurtga avval Nuh, so’ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri o’z hukmronligi davrida o’z nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o’g’li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko’radi. Tohiriylar davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan o’zgarib, Nasr uchun qulay sharoit paydo bo’ladi.
Buxoro ahli Samarqandga Nasr huzuriga elchilar yuborib, Buxoroni o’z qo’l ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga hokim qilib yuborishni so’raydilar. Nasr ukasi Ismoilni Buxoroga noib qilib yuboradi.
IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o’tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi. U kumush dirham zarb etadi.
Ko’p o’tmay aka-uka Ismoil va Nasr o’rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g’olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888-yilda butun Movarounnahrni o’z qo’l ostiga birlashtirdi.
Ismoil Somoniy. Ismoil Somoniy o’rta asrlarning qobiliyatli, serg’ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli-sharqiy hududlarga yurish qiladi. 893-yilda Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi.
Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi, shubhasiz, Arab xalifalariga yoqmas edi. Arab xalifaligini, bir tomondan, Movarounnahrdan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum bo’lishi nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan, cho’chitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylami to’qnashtirishga va ulaming har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o’z ta’sirini qayta tiklashga harakat qiladi.
Xalifa Mu’tazid (892-902) safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada 900-yilda ular o’rtasida urush boshlanadi. Urush Ismoilning g’alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo’l ostiga o’tadi.
Noilojlikdan xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig’ini yuborishga majbur bo’ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o’z qoi ostida birlashtirdi. Buxoro shahri poytaxt bo’lgan.
Movarounnahr mustaqilligining barqarorligi avvalambor markazlashgan mustahkam hokimiyatning qaror topishiga bog’liq edi. Buni yaxshigina anglagan somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma’muriyatini tashkil etdilar. U amir dargohi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi. Dargohda amir qarorgohi va harami hamda saroy a’yonlari, navkar va xizmatkorlarining turar joylari boiardi.
Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi. Nasr II (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli, ruhoniy va zodagon dehqonlardan boiibgina qolmasdan, shu bilan birga ular muayyan bilimlarga ega bo’lishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan birmuncha xabardor bo’lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan.
Vazir – devonxona boshlig’i, boshvazir.
Ulamo – din olimlari
Hojib – harbiy unvon
Xonaqoh – g’aribxona, musofirxona
Madrasa – musulmonlarning oliy vao’rta o’quv yurti