X asr o’rtalarida Qarluqlar Issiqko’lning janubiy sohili va Qoshg’arda yashagan yag’mo qabilasi hamda o’zlaridan shimoli sharqda yashovchi chigil, sharqroqda qaror topgan o’g’uz va boshqa qabilalar bilan yagona ittifoqqa birlashdilar. Bu ulkan hududda dastavval “Xoqoniya o’lkasi” deb yuritilgan davlat tashkil topadi. Mazkur davlat hukmdorlari “jabg’u” deb yuritilgan unvonning o’rniga o’zlarini “qoraxon”, ya’ni “buyukxon” deb ataydilar. XI-XI asrlarda Xoqoniya rivoj topib kuchaygach, u “Qarluq-Qoraxoniylar” davlati nomini olgan.
Просмотр содержимого документа
«Slayd ishlanma: "Qoraxoniylar davlati va Movarounnahr"»