kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

O`zbek xotin- qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bu dars 10 sinflarga mo'ljallangan bo'lib, o'quvchilarga o`zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqishi muammolari haqida ta`lim berish haqida batafsil ma`lumot beradi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«O`zbek xotin- qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari»

Sana: _______________

Sinf: 10

Fan: O`zbekiston tarixi.

Mavzu: O`zbek xotin- qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari

Darsning maqsadi:

Ta`limiy:O`zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqishi muammolari haqida ta`lim berish haqida batafsil ma`lumot berish.

Tarbiyaviy: Ushbu mavzu bilan qurollantirish orqali o`quvchilarni vatanga muhabbatini oshirish va ajdodlarga munosib voris qilib tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: mavzu haqidagi bilimlarini boyitish orqali erkin fikrlashga undash.

Dars tipi: yangi bilim beruvchi.

Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;

Dars usuli: Noan`anaviy (savol-javob, didaktik oyinlar, klaster, zakovatli-zukko,

shatranj).

Dars didaktikasi:

  1. Jihozi: Darslik, Paranji. O`zbekiston va Dunyoning siyosiy xaritasi, o`quv qurollari, A-4 formatdagi qog`oz, bukletlar;

  2. Texnik vositalar: Kompyuter, vidyeoproyektor, ekran.

Darsning blok sxemasi


T/r

Darning bosqichlari


Vaqt (daqiqa)

1

Tashkiliy qism

3

2

Guruhlarga topshiriq berish orqali o`tilgan mavzuni takrorlash.

8

3

Yangi mavzuni tushuntirish.

15

4

Interfaol usullardan foydalangan holda yangi mavzuni mustahkamlash.

15

5

O`quvchilarni baholash.

2

6

Uyga vazifa berish.

2

Tayanch kompetensiya

1.TK-1-Kommunikativ kompetensiya

2.TK-2-Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

3.TK-3-O`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasi

4.TK-4-Ijtimoiy faol fuqorolik kompetensiyasi

Fanga oid kompetensiya

1.FK-1Tarixiy voqiylikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntish

2.FK-2 Trixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash

Darsning shiori: “Tarixiy xotirasiz, kelajak yo`q”.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism. (3 daqiqa)

a) Psixologik iqlim yaratish (Salomlashish, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligini baholash, sana, davomat va siyosiy xabarlar ).

b) O`quvchilarni guruhga bo`lish. Guruhlarga “Amir Temur”, “Mirzo Ulug`bek”.

f) Darsning oltin qoidalarini ishlab chiqish.

1. O`zaro hamkorlik.

2. Do`stlik.

3. Topqirlik.

4. Tezkorlik.

5. Zukkolik.

i) Baholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so`zlari yozilgan shakllar.












Sinfning darsda joylashish chizmasi

















O`tilgan darsni takrorlash (8 daqiqa).

O`tilgan darsni takrorlash maqsadida “Aqliy hujum” o`tkazamiz, bunda har uchala guruhga mantiqiy savol beriladi.


So`ngra guruhlar to`plagan ballar aniqlanib, “Zakovatli zukko” o`yini o`tkaziladi. Barcha guruhdan bir nafardan o`quvchilar chiqib, “Charxpalak” asbobidan olingan savolga javob beradi.


Savollardan namunalar:


1.1927-yilda O`zSSR xalq xo`jaligida qishloq xo`jaligining salmog` necha foizni tashkil qilgan?

2. O`zbekistonda sanoat korxonalari qurilishi ning birinchi besh yilligi davrini aytib bring.

3. Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi kimning raisligida tuzildi?

4.Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi a`zolarini sanab bering?

5.Kadrlarni mahalliylashtirish deganda nimani tushunasiz?

6.Industrlashtirish atamasiga izoh bering

7.O`zbeklashtirish Markaziy komissiyasi qachon tugatildi. `

III.Yangi mavzu bayoni: O‘zbek ayollari va qizlarining hayoti asrlar davomida islom dini shariati ko‘rsatmalari asosiga qurilgan edi. Sovet hokimiyati o‘rnatilgach, Sharq ayollarini “ozodlik”ka chiqarish, eski turmush tarziga hujum qilish, ayollarning chachvon va paranjisini tashlab yangi zamon qurayotganlar safiga tezroq qo‘shilishi kabi muammolar kun tartibiga qo‘yildi. Bolsheviklar tomonidan O‘rta Osiyo respublikalarida, xususan, O‘zbekistonda bu muammo qisqa muddat davomida shoshilinch hal qilindi, natijada katta yo‘qotishlar yuz berdi, ko‘plab xotin-qizlar eskilik va xurofot tarafdorlarinnig qutqusi bilan o‘z yaqinlari tomonidan o‘ldirildi. O‘zbek ayollarini ozodlikka chiqarish va yangi turmushga jalb qilish, darhaqiqat, kerak edi. Biroq bu ishni bolsheviklar va sovet hokimiyati vakillari tanlagan tezkor yo‘l bilan emas, balki asta-sekin va bosqichma-bosqich amalga oshirilganda katta qurbonlar va yo‘qotishlar bo‘lmas edi. “Hujum” kompaniyasi 1926-yil sentyabrda O‘rta Osiyo xotin-qizlari kengashida e’lon qilinib, uni 1927-yil 8-martdan boshlashga qaror qilindi.

  1. yil dekabrda “Hujum” kompaniyasini o‘tkazish uchun O‘rta Osiyo respublikalari, xususan, O‘zbekistonda maxsus komissiyalar tuzildi.

1927-yil 8-martda ommaviy mitinglar boshlandi. Ularda 100 000 dan ortiq xo- tin-qizlar paranjilarini gulxanda yoqdilar. Lekin bolsheviklar partiyasining o‘zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarishni tez- lashtirish siyosati yomon oqibatlarga olib Xotin-qizlaming keldi. “Hujum”ga qarshi boMganlar ayollarga nisbatan zulm o‘tkaza boshladilar.

“Hujum” harakati eng faol o‘tkazilgan 1927-1928-yillarda O‘zbekistonda 2500 dan ortiq faol xotin-qizlar, tuman va qishloq sho‘rolarining a’zolari, xo- tin-qizlar klublari va kutubxonalar mudiralari, muallimalar yangi hayot yo‘lida o‘z jonini qurbon qildi. Afsuski, bu fojialarning oldi olinmadi. Sovet hukumati “Hujum” kompaniyasini o‘tkazishdan quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan edi: birinchidan, o‘zbek xalqining tarixan tarkib topgan milliy axloqiy sharqona an’ana va qadriyatlarini yo‘qotish va ma’naviyatimizga zarba berish; ikkinchidan, “xotin-qizlarni ozod qilish”, bahonasida sanoat korxonalari, kolxoz va sovxozlarda arzon-garovda ishlaydigan qo‘shimcha ishchi kuchlari sifatida ulardan foydalanish, amalda ularni sho‘ro qullariga aylantirish edi.

Xotin-qizlar mehnatining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari. Sovet hokimiyati o‘zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish jarayonida ularni ishlab chiqarishga jalb qilish tadbirlarini ham amalga oshirdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad xalq xo‘jaligi muammolarini hal qilish uchun yangi mehnat resurslari bo‘lgan ishchi kuchlarini vujudga keltirish edi.

. O‘zbek ayollarini jamiyatning teng huquqli a’zolariga aylantirishda, erksizlikdan qutqarishda ularni madaniy va ijtimoiy hayotga jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniy-tarbiyaviy ishlarni olib borishda ayollar klublari katta rol o‘ynadi. Bu klublarda ayollarga vrachlar turli maslahatlar berishardi, bolalar vrach ko‘rigidan o‘tardi. Shuningdek, ko‘plab kutubxonalar, bolalar bog‘chalari va yaslilar ochildi. Xotin-qizlarni qiziqtirgan va tashvishga solgan mavzular bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilib turildi. 1927-yili Andijondagi Eski sha- har ayollar klubida 134 nafar a’zo bo‘lgan. Bu davrda o‘zbek xotin-qizlari rahbarlik lavozimlarida ham ishlash layoqa- tini ko‘rsatdilar. 1927-yili respublikadagi tuman ijroiya qo‘mitalari a’zolarining 20 foizi, okrug ijroiya qo‘mitalari a’zolarining 17 foizi ayollar edi. Jahon Obidova O‘zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi raisining o‘rinbosari, Tojixon Shodiyeva esa Prezidium a’zosi bo‘lgan. Biroq keyinchalik bu 2 nafar taniqli o‘zbek ayollari sovet hokimiyati tomonidan qatag‘on qilindi XX asr 30-yillarida ayollar orasidan mashhur olimalar, shoiralar, yozuvchilar, muhandislar, shifokorlar, san’atkorlar, muallimlar yetishib chiqa boshladi.

IV.Mustahkamlash: Atamalarni izohlang























Atamalarni izohlang


Paranji - ko‘pchilik musulmon ayollar begona erkaklarga ochiq ko‘rinmaslik uchun boshga yopinib yuradigan, bichimi keng va uzun to‘n shaklidagi, soxta yengli yoping‘ich (yuz chachvon bilan berkitiladi)


Chachvon - otning dumi qilidan to‘qilgan, paranji ostidan yuzga tutiladigan to‘r parda.


Artel - (ital. - xunarmand] kasb-hunar egalarining birgalashib, jamoa bo‘lib ishlash uchun tuzilgan uyushmasi shakllaridan biri.



Kooperatsiya - (lot. - sheriklik, hamkorlik) o‘zaro bog‘langan ishlab chiqa- rish jarayonida kishilarning yoki tashkilotlarning hamkorlik asosida ishlashini tashkil etish shakli.

Faol o`quvchilar baholanadi.

V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI.Uyga vazifa:

``Hujum``harakati

Salbiy oqibatlari

Ijobiy oqibatlari








Получите в подарок сайт учителя

Предмет: История

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 10 класс

Скачать
O`zbek xotin- qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari

Автор: Nurmatova Lobar Shakarovna

Дата: 09.04.2020

Номер свидетельства: 545883


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства