Научная статья на тему: Роль использования информационно-образовательных ресурсов в преподавании истории на узбекском языке
Научная статья на тему: Роль использования информационно-образовательных ресурсов в преподавании истории на узбекском языке
XXI век — век высоких компьютерных технологий. Современный ребёнок живёт в мире электронной культуры. Меняется и роль учителя в информационной культуре — он должен стать координатором информационного потока. Учитель, владеющий современными методиками и новыми образовательными технологиями, общается на одном языке с ребёнком. В традиционную схему «учитель—ученик—учебник» вводится новое звено — компьютер, а в школьное сознание — компьютерное обучение.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему: Роль использования информационно-образовательных ресурсов в преподавании истории на узбекском языке»
Роль использования информационно-образовательных ресурсов в преподавании истории
Якубов Нурмат Рузметович, тарих фани укитувчиси
Средняя школа № 40 Хазораспского района Харезмской области, Узбекистан
Tarix fanlarni o‘qitishda axborot ta’lim resurslaridan foydalanishning roli
Umum ta’lim maktablarida tarix hamda davlat va huquq asoslari fanlari darslarida o‘quvchilarda quyidagi bilim, malaka va ko‘nikmalar shakllanishiga e`tabor qaratiladi:
- oila mustahkamligi, turmush faravonligiga erishish, har bir insonning o‘z hayotidan mamnun bo‘lib yashashi uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar, zarur shart-sharoitlar mavjudligini anglash;
- ona-Vatanga munosib farzand bo‘lish, atrofdagi voqea-hodisalarga loqayd bo‘lmaslik, barcha voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildira olish;
- kelajakka ishonch bilan dadil qadam tashlash;
- milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, “ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlaridan ogoh bo‘lish;
- Vatanimiz tarixi jahon tarixining ajralmas qismi ekanini tushunib yetish;
- mustaqillik o‘z-o‘zidan qo‘lga kiritilmagani, tinimsiz kurashlar va katta fidoyilikning mahsuli ekanini tushunish va uning qadriga yetish.
Bugungi kun o‘qituvchisi uchun axborot texnologiyalaridan kasb faoliyatidagi vazifalarnigina bajarish uchun emas, balki o‘qitadigan fani yuzasidan didaktik materiallar yaratish, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etish (kompyuter tarmog‘i orqali turli vazifalar berish, internet resurslarini yaratish va ularda talim materiallarini joylashtirish) da ham zarur hisoblanadi. Buning uchun esa AKT savodxonligini tashkil etuvchi boshlang‘ich ko‘nikmalar tarkibi, ya’ni, kompyuter haqida tushunchaga ega bo‘lish va uning ishlash prinsiplarini bilish bilan bir qatorda, kompyuter nima, u nimadan tashkil topadi, ishlash mexanizmi haqida ham malumotga ega bo‘lishi zarur. Dasturiy ta’minot haqida bilimga ega bo‘lish o‘z navbatida Windows operatsion sistemasida ishlash ( fayl va katologlar tashkil etish, ular ustida turli amallar bajarish), o‘rgatuvchi dasturlarni o‘rgatish va kompyuter xotirasidan o‘chirishni bilish ham talab etiladi. Didaktik materiallar va ish hujjatlarini tayyorlashda matn muharriri, elektron jadval va boshqa amaliy dasturlar paketidan foydalanish, matnli hujjatlarni yaratish, ularni formatlash bosmaga chiqarish va uzatish, matn muharirlarida jadval, rasm va diagrammalar bilan ishlash , elektron jadval muharirlarida jadvallarni tashkil etish, formulalar bilan ishlash, grafika va diagrammalar yasash, multemediya dasturlari orqali pedagogik taqdimotlarni yaratish, grafik muharrirlari yordamida rasmlarni tahrirlash imkonini beradi. Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalanishni bilish deganda esa internet tarmog‘ida ta’lim jarayoniga oid ma’mumotlarni izlash, ularni yuklab olish va kompyuterda saqlash , tarmoqdan olingan ma`lumotlarni o‘quvchiga yetkaza bilish demakdir.
O‘qituvchi darsga tayyorgarlik jarayonida mavzu yuzasidan tayanch konspekt tuzib oladi. Agar bu jarayonda o‘quvchilarga beriladigan savollar, testlar, metod oyinlarning vazifalari kompyuterga kiritib qo‘yilsa, o‘qituvchi vaqtdan yutadi. Tarix hamda huquq fanlarida o‘qituvchi kompyuter , videoroliklardan, slaydlardan foydalanishi mumkin. Masalan, 7-sinf O‘zbekiston tarixi fanida “Amir Temur davlati” mavzusida tayyorlangan video-rolik orqali dars o‘tib, turli testlar tuzish mumkin. 5-sinf “Tarixdan saboqlar” fanidan o‘qituvchi “O‘zbekistonning milliy qadriyatlari”, “Avesto – ajdodlarimizning ilk yozma tarixiy manbasi” mavzularida Microsoft Office Power Point operatsion sistemasida slaydlar yaratib dars o‘tishi mumkin. Bundan ko‘zlangan maqsad shuki, dars o‘tish jarayonida slaydlar orqali o‘quvchilarga yetarlicha ma’lumot yetkaziladi, o‘quvchilar ekran orqali ko‘rganlaridan so‘nggina ana shu ko‘rganlari asosida o‘qiganlarini umumlashtiradilar, natijada ularning tasavvurlari anchagina kengayadi.
6– sinf Tarix darsligida “Eng qadimgi odamlar rivojining ilk bosqichlari” mavzusi berilgan. Ushbu dars jarayonida O‘tilgan mavzuni mustahkamlash qismida (”Zanjir” metodi) foydalanib, quyidagicha jadval tayyorlash mumkin.
1
Avstralopitek
A
Fransiya
2
Zinjantrop
B
Germaniya
3
Pitekantrop
C
Xitoy
4
Sinantrop
D
Janubiy Afrika
5
Neandertal
E
Sharqiy Afrika
6
Kromanyon
F
Indoneziya
Javob: 1 – D, 2 – E, 3 – F, 4 – C, 5 – B, 6 – A
Bundan tashqari, kompyuterda mavzu asosida tayyorlangan metod o‘yinlarning topshiriqlari har bir o‘quvchi uchun tayyorlanib, o‘quvchilarning qo‘llariga tarqatilsa, o‘quvchilar anchagina dadil bo‘ladilar, mustaqil ishlashni o‘rganadilar, reglament aniq taqsimlanib, dars o‘z maqsadiga erishadi. Bunda faqat o‘qituvchidan tinmay izlanishni, AKTdan unumli foydalanishni talab etadi.