kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Конспект урока на тему "Movarounnhr va Xorazmning madaniy hayotida yangi davr"

Нажмите, чтобы узнать подробности

“ Aytib ber – men unutaman, ko’rsat – tushunaman

Bu narsani o’zim bajarishim uchun sharoit yarat – va men o’rganaman ”.

Konfutsiy

Movarounnhr va Xorazmning madaniy hayotida yangi davr

( IX-XII asr boshlari )

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad - o‘quvchilarda IX-XIII asr boshlarida Movarounnahr va Xorazmning  madaniy hayotida yangi davri haqida tasavvur hosil qilish, o‘quvchilarga IX-XIII asr boshlarida Movarounnahr va Xorazmning  madaniy va ma’naviy uyg‘onishi haqida tushuntirish, o‘quvchilarni buyuk allomalarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Ali
ibn Sino, Beruniy, Mahmud Zamaxshariy, Burhonuddin al-Marg’inoniy, Yusuf  Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy va Ahmad Yassaviyning  hayot va faoliyatlari, ilmiy merosi va ularning jahonda tutgan ahamiyati haqida  bilim berish;

Tarbiyaviy maqsad – Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Mahmud Zamaxshariy, Burhonuddin al-Marg’inoniy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy va Ahmad Yassaviyning  faoliyatlari, qoldirib ketgan meroslariga o‘quvchilarda faxrlanish hissini uyg‘otish, ular singari ilmli bo’lib, olgan bilimlari orqali vatan taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shish,  ajdodlarga hurmat ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad – ilm-fan sohasidagi serqirra faoliyati bilan tanishib, o‘quvchilarda ilm-fan sirlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari ortirish. Faollikka, mustaqil fikrlashga o’rgatish  o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilgan holda suhbatdosh fikrini hurmat qilish, o’quvchilarga buyuk allomalarimiz bilan faxrlanishni, ularga munosib  avlod bo‘lib yetishishni anglatish, mavzudan to’g’ri xulosa chiqarib mustaqil fikrini erkin bayon eta olish ko’nikmasini shakllantirish.

Dars turi: Noan’anaviy, aralash, yangi bilim beruvchi dars

Darsda foydalaniladigan metodlar: marra tomon olg‘a,  idrok xaritasi, to’g’ri top,  tushunchalar asosida matn tuzish

Darsda foydalaniladigan jihozlar:  Texnik vositalar: televizor, videoproyektor, kompyuter. Mavzuga oid allomalaming rasmlari. Tarixiy xarita ( IX-XII asr ), ko’rgazmalar,  darslik, xarita, rasmlar, vatman qog‘oz

Boshqa fanlar bilan aloqadorlik  geografiya, matematika, din tarixi, ingliz tili,adabiyot

Darsning asosiy tushuncha va atamalari  «Muallimus-soniy», «Shayx ur-rais», Avitsenna, «Arablar va g'ayri arablar ustozi», «Xorazm faxri», fiqh, «Al-Kashshof», Hidoya, «Qutadg‘u bilig», «Hibat ul-haqoyiq», «Hikmat».

Darsning borishi:                            Dars taqsimoti

1

Tashkiliy qism

       2 daqiqa

2

O‘tgan mavzuni so’rash

       2 daqiqa

3

O‘tgan mavzuni mustahkamlash

       8 daqiqa

4

Yangi mavzu bayoni

       15 daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

       15 daqiqa

6

Dars yakuni. Baholash va uyga vazifa berish

       3 daqiqa

I  Tashkiliy qism.

 1. O‘qituvchining salomlashishi, ichki muhitni vujudga keltirish hamda murakkab va ijodiy ishga hozirlanish, dunyoda va O‘zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.

2. O‘qituvchi navbatchining ma’lumotlarini tinglaydi va darsga kelmaganlarni jurnalga yozib qo‘yadi.

    Yangi mavzu mundarijasini oldindan doskaga yoki vatman qog‘oziga yozib qo’yiladi. Guruhlarda ishlash qoidalari ishlab chiqilib o‘quvchilarga tushuncha berib o‘tiladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun rag‘batlantirish vositalari berib boriladi.

    Darsning oltin qoidasi tuziladi:            

1. Tartib - intizom

 2. Adolat – ahillik

3. Raqobat – rostgo’ylik

 4.O’ng qo’l qoidasi

 5. Bir – birini eshitish

 6. Vaqtdan unumli foydalanish

II. Uyga vazifani takrorlash.

O’quvchilar guruhlarga bo’linadi.  o’z guruh nomlarini o’qituvchi ingliz tilida berilgan ta’rif orqali topadilar.

1 He was born in 873. He studied in Samarkand, Bukhara and Bagdad. He wrote 160 plays. His famous play is “ Fozil oadamlar shahri”. Who is he ?   ( Abu Nasr Farobiy)

2 He was born in 980 in Bukhara. He called “ Avicenna”  in the west countries.

 His famous work was “ Tib qonunlari ”.  Who is he ?                     ( Abu Ali ibn Sino )

3 He was born in 973 in Kat. His famous work “ Hindiston ” and  “ Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar ”. He died in Gazna in 1048. Who is he ? (  Abu Rayhon Beruniy )

4 Yer ostig’a qochib kirdim nodonlardin,

Ilkim ochib, duo tilab mardonlardin.

G’arib jonim yuz tasadduq donolardin,

Dono topmay yer ostig’a kirdim mano.     Ushbu hikmat muallifi   ( Ahmad  Yassaviy )

O‘tilgan mavzu yuzasidan  tuzib kelingan boshqotirmalar, “Marra tomon olg‘a” degan usul bo‘yicha savollardan tashkil topgan o‘yinlarni amalga oshiriladi. O’tgan  mavzu bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan uyda tuzib kelingan bir guruhning savollari boshqa guruhga beriladi. Bilim cho‘qqilarini zabt etish uchun marra sari olg‘a!

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Конспект урока на тему "Movarounnhr va Xorazmning madaniy hayotida yangi davr"»

“ Aytib ber – men unutaman, ko’rsat – tushunaman

Bu narsani o’zim bajarishim uchun sharoit yarat – va men o’rganaman ”.

Konfutsiy

Movarounnhr va Xorazmning madaniy hayotida yangi davr

( IX-XII asr boshlari )

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad - o‘quvchilarda IX-XIII asr boshlarida Movarounnahr va Xorazmning madaniy hayotida yangi davri haqida tasavvur hosil qilish, o‘quvchilarga IX-XIII asr boshlarida Movarounnahr va Xorazmning madaniy va ma’naviy uyg‘onishi haqida tushuntirish, o‘quvchilarni buyuk allomalarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Ali
ibn Sino, Beruniy, Mahmud Zamaxshariy, Burhonuddin al-Marg’inoniy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy va Ahmad Yassaviyning hayot va faoliyatlari, ilmiy merosi va ularning jahonda tutgan ahamiyati haqida bilim berish;

Tarbiyaviy maqsad – Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Mahmud Zamaxshariy, Burhonuddin al-Marg’inoniy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy va Ahmad Yassaviyning faoliyatlari, qoldirib ketgan meroslariga o‘quvchilarda faxrlanish hissini uyg‘otish, ular singari ilmli bo’lib, olgan bilimlari orqali vatan taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shish, ajdodlarga hurmat ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad – ilm-fan sohasidagi serqirra faoliyati bilan tanishib, o‘quvchilarda ilm-fan sirlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari ortirish. Faollikka, mustaqil fikrlashga o’rgatish o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilgan holda suhbatdosh fikrini hurmat qilish , o’quvchilarga buyuk allomalarimiz bilan faxrlanishni, ularga munosib avlod bo‘lib yetishishni anglatish, mavzudan to’g’ri xulosa chiqarib mustaqil fikrini erkin bayon eta olish ko’nikmasini shakllantirish.

Dars turi: Noan’anaviy, aralash, yangi bilim beruvchi dars

Darsda foydalaniladigan metodlar: marra tomon olg‘a, idrok xaritasi, to’g’ri top, tushunchalar asosida matn tuzish

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Texnik vositalar: televizor, videoproyektor, kompyuter. Mavzuga oid allomalaming rasmlari. Tarixiy xarita ( IX-XII asr ), ko’rgazmalar, darslik, xarita, rasmlar, vatman qog‘oz

Boshqa fanlar bilan aloqadorlik geografiya, matematika, din tarixi, ingliz tili,adabiyot

Darsning asosiy tushuncha va atamalari «Muallimus-soniy», «Shayx ur-rais», Avitsenna, «Arablar va g'ayri arablar ustozi», «Xorazm faxri», fiqh, «Al-Kashshof», Hidoya, «Qutadg‘u bilig», «Hibat ul-haqoyiq», «Hikmat».

Darsning borishi: Dars taqsimoti

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

O‘tgan mavzuni so’rash

2 daqiqa

3

O‘tgan mavzuni mustahkamlash

8 daqiqa

4

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

6

Dars yakuni. Baholash va uyga vazifa berish

3 daqiqa

I Tashkiliy qism.

1. O‘qituvchining salomlashishi, ichki muhitni vujudga keltirish hamda murakkab va ijodiy ishga hozirlanish, dunyoda va O‘zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.

2. O‘qituvchi navbatchining ma’lumotlarini tinglaydi va darsga kelmaganlarni jurnalga yozib qo‘yadi.

Yangi mavzu mundarijasini oldindan doskaga yoki vatman qog‘oziga yozib qo’yiladi. Guruhlarda ishlash qoidalari ishlab chiqilib o‘quvchilarga tushuncha berib o‘tiladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun rag‘batlantirish vositalari berib boriladi.

Darsning oltin qoidasi tuziladi:

1. Tartib - intizom

2. Adolat – ahillik

3. Raqobat – rostgo’ylik

4.O’ng qo’l qoidasi

5. Bir – birini eshitish

6. Vaqtdan unumli foydalanish

II. Uyga vazifani takrorlash.

O’quvchilar guruhlarga bo’linadi. o’z guruh nomlarini o’qituvchi ingliz tilida berilgan ta’rif orqali topadilar.

1 He was born in 873. He studied in Samarkand, Bukhara and Bagdad. He wrote 160 plays. His famous play is “ Fozil oadamlar shahri”. Who is he ? ( Abu Nasr Farobiy)

2 He was born in 980 in Bukhara. He called “ Avicenna” in the west countries.

His famous work was “ Tib qonunlari ”. Who is he ? ( Abu Ali ibn Sino )

3 He was born in 973 in Kat. His famous work “ Hindiston ” and “ Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar ”. He died in Gazna in 1048. Who is he ? ( Abu Rayhon Beruniy )

4 Yer ostig’a qochib kirdim nodonlardin,

Ilkim ochib, duo tilab mardonlardin.

G’arib jonim yuz tasadduq donolardin,

Dono topmay yer ostig’a kirdim mano. Ushbu hikmat muallifi ( Ahmad Yassaviy )

O ‘tilgan mavzu yuzasidan tuzib kelingan boshqotirmalar, “Marra tomon olg‘a” degan usul bo‘yicha savollardan tashkil topgan o‘yinlarni amalga oshiriladi. O’tgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan uyda tuzib kelingan bir guruhning savollari boshqa guruhga beriladi. Bilim cho‘qqilarini zabt etish uchun marra sari olg‘a!

Izoh: Aylana ichiga savol yoziladi, guruhlardan chiqqan o‘quvchilar birin-ketin savolga javob beradi, javob berolmagan yo‘lda qoladi, javob beradigan o‘quvchi marra tomon ketaveradi.

III Yangi mavzu bayoni

Movarounnhr va Xorazmning madaniy hayotida yangi davr ( IX-XII asr boshlari )

Somoniylar boshqaruvining qaror topishi bilan madaniy va ma’naviy uyg‘onish hayotning rivoji uchun keng yo‘l ochiladi. Movarounnahming madaniy hayotida uyg‘onish davri boshlandi. 1004-yilda shakllangan «Dorul hikma va maorif» («Bilim-donlik va maorif uyi») - «Ma’mun akademiyasi»ning asosini Abu Nasr ibn Iroq (X asr-1034), Abulxayr ibn Hammor (991-1048), Abu Sahl Masihiy (970-1011), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037) va boshqalar tashkil etgan.

Abu Nasr Farobiy 873-yilda Aris suvining Sirdaryoga quyilishida joylashgan Farob shahrida tug‘ilgan. U avval ona shahrida, so‘ngra Samarkand, Buxoro va Bag‘dodda bilim olgan. Farobiy riyoziyot, fulnkiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, tarbiya-slnwoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan. U 160 dan ortiq asar yozdi. Bular orasida «Arastuning «Metafizika» asariga sharh», «Musiqa kitobi», «Baxt-saodatga erishuv haqida», «Tirik mavjudot a’zolari haqida», «Fozil odamlar shahri» va boshqa ko‘pgina asarlari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Farobiy Sharqda Arastudan (Aristotel) keyingi yirik mutafakkir - «Muallim us-soniy» nomi bilan shuhrat topdi.

Abu Ali ibn Sino 980-yilda Buxoro ya-qinidagi Afshona qishlog‘ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdullohdan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o‘rganadi. Ayniqsa, u tabobat ilmini Gippokrat va Galen, Sharqning buyuk hakimi va mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziyning asarlarini puxta o‘rgandi. Ibn Sino 450 dan ortiq, shu jumladan, tibbiyotga doir 43 ta asar yozgan. Uning 5 jildlik «Al-qonun fit-tib» Abu Ali ibn Sino Sharqda «Shayx ur-rais», G‘arbda esa «Avitsenna» nomlari bilan shuhrat topdi.

Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Xorazmning Kat shahrida tug‘ilib, Urganchda ta’lim olgan. Xorazmshoh Abul Abbos Ma’mun II saroyida to‘plangan olimlar bilan birgalikda Ma’mun akademiyasida ijod qilgan. Beruniy astronomiya, geografiya, matematika va tarix fanlari bo‘yicha 160 dan ortiq asarlar yozgan. Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Geodeziya» kabi yirik asarlaridir. U o‘zining astronomiyaga oid asarlarida Kopernikdan qariyb besh asr muqaddam Yeming Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikni ilgari surib, yering dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi.

Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy 1075-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida dunyoga kelgan. U Buxoro, Marv, Nishopur, Isfahon, Shorn, Bag‘dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlari, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf-odatlarini chuqur o’rgandi. Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldirdi. Arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag‘ishlangan «Al-Mufassal», Qur’oni karim tafsiri-ga oid «Al-Kashshof» asari musulmon olamida mashhurdir. Zamaxshariy «Arab va g‘ayri arablar ustozi», «Xorazm faxri» nomlar bilan ulug‘langan.

Burhonuddin al-Marg‘inoniy 1123-yilda Rishtonda (Farg‘ona vodiysi) tavallud topgan. Al-Marg‘inoniyning eng nodir asari to‘rt jildlik «Hidoya» asaridir. «Hidoya» islom huquqshunosligi bo‘yicha mukammal asar. Hozirgi kunda ham muhim manba sifatida foydalanib kelinmoqda.

Turkiy yozma adabiyot Bu davrda Movarounnahr va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqlaming qadimdan davom etib kelayotgan og‘zaki adabiyoti bilan bir qatorda, yozma adabiyot yuzaga keladi. Qator yirik asarlar bitildi. Ulardan eng nodirlari Yusuf Xos Hojibning (XI asr) «Qutadg ‘u bilig», Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug’ atit-turk», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Ahmad Yassaviyning «Hikmat» kabi asarlaridir.

IV Mustahkamlash

O’tilgan mavzuni mustahkamlashda bir necha metodlardan foydalanamiz. Shulardan biri “ Tog’ri top” usuli. Bunda har bir guruhdan bir ishtirokchi chiqadi. Uning qo’liga mutafakkirlardan birining surati va savollar yozilgan tarqatma bo’ladi, jamoadoshlariga rasmni ko’rsatmay savollarni o’qiydi. Guruh a’zolari uni topishlari kerak. Masalan:

Abu Ali ibn Sino

- 980-1037-yillarda yashagan ( 5 ball )

- Asl ismi Husayn otasining ismi Abdulloh ( 4 ball )

-Buxoro yaqinidagi Fshona qishlog’ida tug’ilgan ( 3 ball )

- 450 ta asar yozgan ( 2 ball )

- G’arbda “ Avitsenna ” nomi bilan mashhur ( 1 ball )

Abu Rayhon Beruniy

- 973-1048 -yillarda yashagan ( 5 ball )

- 160 dan ortiq asarlar yozgan ( 4 ball )

- Xorazmning Kat shahrida tug‘ilgan ( 3 ball )

- «Hindiston», «Mineralogiya» asarining muallifi ( 2 ball )

- Ma’mun akademiyasida ijod qilgan. ( 1 ball )

Tushunchalar asosida matn tuzish metodi- bu guruh bo’lib bajariladi. Har bir guruhga tushunchalar yozilgan kartoteka tarqatiladi va shu tushunchalar asosida guruhlar matn tuzadilar.

1 873-yil, 160 dan ortiq asar, «Muallim us-soniy», Arastu, Farob shaxri,

2 Afshona qishlog‘i , Gippokrat va Galen, «Shayx ur-rais», 450 dan ortiq asar, 980-yil

3 973-1048-yillar, Ma’mun II, 160 dan ortiq asar, «Hindiston», Ma’mun akademiyasi

4 1075-yil, 50 dan ortiq asar, Zamaxshar qishlog‘i, «Xorazm faxri», « Al-Mufassal»

O’quvchilarga mavzuga oid bo’lgan 5 daqiqalik video namoyish qilinadi.

Idrok xaritasi

Barcha guruhlarga idrok xaritasi berib chiqiladi. O’quvchilar guruh bo’lib idrok xaritasini to’ldiradilar .

















Qaysi guruh a’zolari __ daqiqa davomida ko’p ma’lumot taqdim etsalar 5 ball, kamroq ma’lumot taqdim etgan guruhlar 4 ball,3 ball oladilar.

V Baholash

1 Guruhlar to’plagan ballar asosida guruhlarni baholash.

2 Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilarni baholash.

VI Uyga vazifa

1 Mavzudagi asosiy tushuncha va atamalarni daftarga yozish.

2 Keyingi darsda o’rganiladigan “ Me’morchilik, san’at, musiqa va diniy e’tiqod ” mavzusi bilan tanishib kelish.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: История

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 7 класс

Скачать
Конспект урока на тему "Movarounnhr va Xorazmning madaniy hayotida yangi davr"

Автор: Raxmatov Ramshod Raximovich

Дата: 15.04.2020

Номер свидетельства: 546786


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства