kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Конспект урока на тему "Mesopotamiya sivilizatsiyalari"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Biz bir yilga rejalashtirganimizda don sochamiz.  O’n yilga rejalashtirganimizda daraxt ekamiz. Agar butun umrga rejalashtirsak, kishilarni o’qitamiz va tarbiyalaymiz.                  Xitoy xalq maqoli.

Mesopotamiya sivilizatsiyalari

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad - o‘quvchilarda qadimgi Mesopotamiya sivilizatsiyalari: Uruk, Umma, Lagash, Ur shahar – davlatlari, bu  shahar – davlatlar yuzaga kelayotgan davrda Mesopotamiyadagi holat, Dajla va Frot daryolari shummer va akkad xalqlari hayotidagi o’rni, Mesopotamiyaning jahon sivilizatsiya rivojiga qo’shgan hissasi, Mesopotamiya aholisining turmush tarzi, hayoti va faoliyatlari va ularning jahon tarixida tutgan ahamiyati haqida  bilim berish;

Tarbiyaviy maqsad –  ma’naviyat, madaniyat, sivilizatsiya davlatchilik tushunchalarining yuqori pag’onada turushi, ajdodlarimiz qoldirib ketgan meroslariga o‘quvchilarda faxrlanish hissini uyg‘otish, ular singari ilmli bo’lib, olgan bilimlari orqali vatan taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shish,  ajdodlarga hurmat ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad – Mesopotamiya davlatining tarixi, ilm-fan sohasi faoliyati bilan tanishib, o‘quvchilarda ilm-fan sirlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari ortirish. Faollikka, mustaqil fikrlashga o’rgatish  o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilgan holda suhbatdosh fikrini hurmat qilish, mavzudan to’g’ri xulosa chiqarib mustaqil fikrini erkin bayon eta olish ko’nikmasini shakllantirish.

Dars turi: Noan’anaviy,  yangi bilim beruvchi dars

Darsda foydalaniladigan metodlar: marra tomon olg‘a, “toj” mini metodi, tushunchalar asosida matn tuzish

Darsda foydalaniladigan jihozlar:  Texnik vositalar: televizor, videoproyektor, kompyuter. Mavzuga oid  rasmlar. Tarixiy xarita, darslik, xarita, vatman qog‘oz

Boshqa fanlar bilan aloqadorlik  geografiya, matematika, adabiyot

Darsning asosiy tushuncha va atamalari  Mesopotamiya – Ikki daryo oralig’i, Dajla va Frot, Xurmo daraxti – hayot daraxti, Shummer, Akkad, mino, Uruk, Umma. Lagash, Ur, Mesopotamiya xodolari, Gilgamish, Enkidu, Sargon I

Darsning borishi:                            Dars taqsimoti

1

Tashkiliy qism

       2 daqiqa

2

O‘tgan mavzuni takrorlash

       10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

       13 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

       15 daqiqa

5

Baholash

       2  daqiqa

6

Dars yakuni  va uyga vazifa berish

       3 daqiqa

I  Tashkiliy qism.

 1. O‘qituvchining salomlashishi, ichki muhitni vujudga keltirish hamda murakkab va ijodiy ishga hozirlanish, dunyoda va O‘zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.

2. O‘qituvchi navbatchining ma’lumotlarini tinglaydi va darsga kelmaganlarni jurnalga yozib qo‘yadi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Конспект урока на тему "Mesopotamiya sivilizatsiyalari"»

Biz bir yilga rejalashtirganimizda don sochamiz. O’n yilga rejalashtirganimizda daraxt ekamiz. Agar butun umrga rejalashtirsak, kishilarni o’qitamiz va tarbiyalaymiz. Xitoy xalq maqoli.

Mesopotamiya sivilizatsiyalari

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad - o‘quvchilarda qadimgi Mesopotamiya sivilizatsiyalari: Uruk, Umma, Lagash, Ur shahar – davlatlari, bu shahar – davlatlar yuzaga kelayotgan davrda Mesopotamiyadagi holat, Dajla va Frot daryolari shummer va akkad xalqlari hayotidagi o’rni, Mesopotamiyaning jahon sivilizatsiya rivojiga qo’shgan hissasi, Mesopotamiya aholisining turmush tarzi, hayoti va faoliyatlari va ularning jahon tarixida tutgan ahamiyati haqida bilim berish;

Tarbiyaviy maqsad – ma’naviyat, madaniyat, sivilizatsiya davlatchilik tushunchalarining yuqori pag’onada turushi, ajdodlarimiz qoldirib ketgan meroslariga o‘quvchilarda faxrlanish hissini uyg‘otish, ular singari ilmli bo’lib, olgan bilimlari orqali vatan taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shish, ajdodlarga hurmat ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad – Mesopotamiya davlatining tarixi, ilm-fan sohasi faoliyati bilan tanishib, o‘quvchilarda ilm-fan sirlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari ortirish. Faollikka, mustaqil fikrlashga o’rgatish o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilgan holda suhbatdosh fikrini hurmat qilish, mavzudan to’g’ri xulosa chiqarib mustaqil fikrini erkin bayon eta olish ko’nikmasini shakllantirish.

Dars turi: Noan’anaviy, yangi bilim beruvchi dars

Darsda foydalaniladigan metodlar: marra tomon olg‘a, “toj” mini metodi, tushunchalar asosida matn tuzish

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Texnik vositalar: televizor, videoproyektor, kompyuter. Mavzuga oid rasmlar. Tarixiy xarita, darslik, xarita, vatman qog‘oz

Boshqa fanlar bilan aloqadorlik geografiya, matematika, adabiyot

Darsning asosiy tushuncha va atamalari Mesopotamiya – Ikki daryo oralig’i, Dajla va Frot, Xurmo daraxti – hayot daraxti, Shummer, Akkad, mino, Uruk, Umma. Lagash, Ur, Mesopotamiya xodolari, Gilgamish, Enkidu, Sargon I

Darsning borishi: Dars taqsimoti

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

O‘tgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

13 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Baholash

2 daqiqa

6

Dars yakuni va uyga vazifa berish

3 daqiqa

I Tashkiliy qism.

1. O‘qituvchining salomlashishi, ichki muhitni vujudga keltirish hamda murakkab va ijodiy ishga hozirlanish, dunyoda va O‘zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.

2. O‘qituvchi navbatchining ma’lumotlarini tinglaydi va darsga kelmaganlarni jurnalga yozib qo‘yadi.

Yangi mavzu mundarijasini oldindan doskaga yoki vatman qog‘oziga yozib qo’yiladi. Guruhlarda ishlash qoidalari ishlab chiqilib o‘quvchilarga tushuncha berib o‘tiladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun rag‘batlantirish vositalari berib boriladi.

Darsning oltin qoidasi tuziladi:

1. Tartib - intizom

2. Adolat – ahillik

3. Raqobat – rostgo’ylik

4.O’ng qo’l qoidasi

5. Bir – birini eshitish

6. Vaqtdan unumli foydalanish

I I. O’tgan mavzuni takrorlash.

O’quvchilar guruhlarga bo’linadi. O’quvchilarni guruhlarga bo’lishda Mesopotamiyadagi shahar – davlatlar nomidan foydalanamiz

I guruh “ Ur ”

II guruh “ Umma ”

III guruh “ Lagash ”

IV guruh “ Uruk ”

O’tilgan mavzu “Qadimgi Misir madaniyati ” mavzusi “Marra tomon olg‘a” degan usul bo‘yicha savollardan tashkil topgan o‘yinlarni amalga oshiriladi. O’tgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan uyda tuzib kelingan bir guruhning savollari boshqa guruhga beriladi. Bilim cho‘qqilarini zabt etish uchun marra sari olg‘a!

Izoh: Aylana ichiga savol yoziladi, guruhlardan chiqqan o‘quvchilar birin-ketin savolga javob beradi, javob berolmagan yo‘lda qoladi, javob beradigan o‘quvchi marra tomon ketaveradi. Masalan

1 Misrliklar yozuvlarni “muqaddas” yoki “xudolar kalomi” deb nomlashlariga sabab nimada edi ? (yozuvdan qarg’ishlar va marosimlarni yozib borishda foydalanganlar)

2 Iyeroglif so’zining ma’nosi nima ? (Toshga chekilgan muqaddas bitik )

3 Misr yozuvini kimlar iyeroglif deb atagan ? ( yunonlar )

4 Misrliklar iyeroglifida qanch harf mavjud edi ? ( 750 ta )

5 Misrliklar iyeroglifi kim o’qishga muvaffaq bo’ldi ? ( Jak Fransua Shompolyon )

6. Jak Fransua Shompolyon qachon Misr yozuvlarini o’qish kalitini topdi? ( 1822 yilda)

7. Qaysi xalq dunyoda birinchi bo’lib taqvim tuzgan? ( misrliklar )

8.Tirsak nima ? ( Misrda uzunlik o’lchov birligi)

9. “Podsho tirsagi”ning uzunligi qancha ? (52.5 sm )

10. “Ikki aka – uka hqaida ertak ” qaysi xalq adabiyotining namunasi hisoblanadi ?
( misrliklar )

III Yangi mavzu bayoni

Mesopotamiya sivilizatsiyalari

Reja

  1. Mesopotamiyaning tabiiy sharoiti va aholisi

  2. Mesopotamiya aholisining mashg’ulotlari

  3. Shahar – davlatlar

  4. Gilgamish haqidagi rivoyat

  5. Akkadning yuksalishi

Dajla va Frot daryolari oralig`idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya deb nomlashgan, bu atama tarjimasi Ikkidaryolik yoki Ikki daryo oralig`i degan ma’noni anglatadi. Odamlar Mesopotamiyaga qadim zamonlarda ko`chib joylashganlar Tabiiy sharoitiga ko`ra Mesopotamiya Misrni esga soladi— daryolarning doimiy toshqini, jazirama havo, ishlov berish uchun qulay serunum yerlar, o`rmonlar va botqoqlar esa sira uchramaydi. Qishda surunkali yomg`ir va daryolar toshqini boshlanadi. Shu sababli Mesopotamiyada jahondagi eng qadimiy miflardari biri — Yer yuzini butunlay suv bosishi to`g`risidagi To`fon rivoyati dunyoga keldi.

Xurmo daraxtini Mesopotamiya ahli "hayot daraxti" deyishgan. Bir tup daraxt 50 kilogrammgacha hosil bergan. Xurmo mevasidan asalga o`xshash moy siqib olingan. Daraxt poyasi qurilish materiali va o`tin sifatida ishlatilgan. Xurmo danagidan qoramollarni boqish uchun yem tayyorlangan. Xurmo danaklarini shuningdek temirchilik ustaxonalarida o`tin o`rnida ham ishlatishgan. Yog`och beradigan o`rmonlar bo`lmagani uchun uylarni tuproq va toshdan qurishgan.

Miloddan avvalgi IV mingyillikda Mesopotamiyada shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshladi. Ular Janubiy Mesopotamiyaga joylashib, bu yurtni Shumer deb atadilar. Mamlakatning Akkad deb atalgan shimoliy qismiga akkadlar o`rnashdi. Mil. avv. III mingyillik oxirida shumerlarga singishib ketgan akkadlar butun Mesopotamiyani egallab oldilar. Mesopotamiya aholisining asosiy mashg`uloti dehqonchilik bo`lgan. Dajla va Frot daryolari har yilgi toshqinlari mahalida suv bilan birga dalalarga unumdor loyqa oqib kelgan.

Mesopotamiyada yog`och, tosh, metall singari xo`jalik uchun zarur materiallar bo`lmagan, ammo don mo`l-ko`l yetishtirilar, chorva mollari tuyog`i ko`p edi. Shuning uchun Mesopotamiya aholisi savdo-sotiq bilan ham shug`llanadi.

Mesopotamiyada turli mahsulotlar va hunarmadchilik buyumlari bilan savdo qilishgan. Metall buyumlar, zeb-ziynatlar, qurol-yarog` va kulolchilik buyumlari ayniqsa qadrlangan. Savdo-sotiqda kumush quymasi ko`rinishidagi metall tangalar ishlatilgan. Mesopotamiyadagi og`irlik o`lchovi bo`lgan mino 550 gramm kumushga barobar edi.

Mesopotamiya.jpg, yer haydash.jpg

Shumerlar eng qadimgi yozuv — mixxatni ixtiro qilishgan. Shumerlar qo`li gul quruvchilar va hunarmandlar bo`lishrgan. Shumerlar uchi o`tkirlangan tayoqchalar bilan loy taxtalarga yozishgan. Zargarlik san’ati shumerliklar orasida yuksak darajaga ko`tarildi. Qo`li qul ustalar oltin va kumushdan har xil zeb-ziynatlar yasashgan.

Vaqt o`tishi bilan asta-sekin manzilgohlar nihoyatda kengayib ketdi, miloddan avvalgi IV mingyillik oxirida Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur va boshqa shaharlar vujudga kela boshladi. Ular shahar-davlatlar deb nomlangan, shaharning o`zi va unga tutash dehqonchilik tumanlaridan iborat bo`lgan. Har bir shaharning hukmdori oily xudo — shahar homiysi hisoblangan. Xudo nomidan kohinlar hukmdorlik qilar, xudolar ibodatxonasi esa davlatdagi hokimiyat markazi edi.

Quyosh xudosi Shamash alohida ehtiromga sazovor iloh bo`lgan. Shamash oliy hakam hisoblangan, yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan. Shuningdek, Oy xudosi Sina, suv xudosi Ea, hosildorlik va sevgi, hamda urush va g`alaba ilohasi Ishtar esa ikki yuzli bo`lgan. Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxonalari zikkuratlar xom g`ishtdan terib chiqilgan muhtasham inshoot ko`rinishida bo`lgan.

Miloddan avvalgi III mingyillik o`rtalarida Lagash davlati yuksala boshladi, Shumer va Akkadning ko`pgina shaharlari Lagashga qo`shib olindi. Shumer shaharlari mudofaa devorlari bilan o`rab olingan edi. Shaharning bosh darvozasidan boshlangan ko`chalar markaziy maydonga, ibodatxona va hukmdor saroyiga borar edi. Qurilish tosh, xom va pishgan g`isht bilan amalga oshirilgan. Lagashdagi ibodatxona xudolar va qahramonlar haykallari bilan hashamatli bezatilgan edi. Ibodatxonada qazilgan hovuzda baliqlar suzib yurardi, shuningdek, kaptarlar kun kechiradigan bog`, hamda turli hayvonlar va qushlar yashaydigan tomoshabog` ham barpo etilgan.

Mesopotamiyaning eng sevimli qahramoni Gilgamish Urik shahri podshosi bo`lgan, hayoti keyinchalik ko`plab afsonalarga burkandi. Afsonada aytilishicha, Gilgamish dunyoga kelgandan keyin mamlakat hukmdori bo`lmish bobosi nevarasi undan taxtni tortib olishidan vahimaga tushib tashvishlangani sababli Gilgamishni jarga tashlab yuborishga farmoyish beradi. Jarga uchib ketayotgan Gilgamishni burgut tutib olib ko`tarib ketadi, bir bog`bonga eltib beradi, bog`bon Gilgamishni mehr bilan parvarishlab tarbiyalaydi. Balog`atga yetgan Gilgamish bobosidan hokimiyatni tortib oladi, o`zi Uruk shahrini boshqarishga kirishadi. Gilgamish Enkidu degan pahlavon bilan do`st tutinadi. Ikkalasi bir bo`lib yovuz maxluqotlarga qarshi kurashadilar, buning uchun xudolar Enkiduni jazolaydilar va qahramon qazo qiladi. Boqiy hayotga erishish uchun Gilgamish dengiz tubida o`sadigan sehrli giyohni izlab topadi, uni o`z xalqi bilan baham ko`rishga qaror qiladi. Ammo iziga qaytayotganida bir ko`lda cho`milib turganida gulning isini ilon sezib qoladi va mehrigiyoni o`g`irlab ketadi. O`shandan beri, afsonada aytilishicha, ilonlar har yili po`stini tashlab yasharadi. Gilgamish esa jonajon shahri devorlari uni xalos etishini, ezgu ishlari o`zini umrboqiy qilishini tushunib yetadi.

Shahar-davlatlar bir-birlari bilan tinimsiz urushar edi. Ana shu urushlar natijasida Sargon I butun Shumer podshosi bo`lib oladi. Mil. avv. III mingyillikning o`rtalarida u Akkadni o`z hokimiyati ostida birlashtiradi. Savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida Sargon I barcha shaharlar uchun yagona bo`lgan uzunlik, maydon va og`irlik o`lchovini joriy etadi. Jahon tarixida birinchi bo`lib muntazam qo`shin tuzadi. Bu lashkar 5400 nafar jangchidan iborat bo`lgan, keyin esa Sargonga ko`plab shaharlar va mamlakatlarni zabt etishga imkoniyat yaratgan katta armiyaning asosiga aylandi. Sargon Mesopotamiyadan Arabiston, Eron va Hindistonga boradigan dengiz savdo yo`llarini egallab oldi. O`z hukmronligining so`ngida Sargon I "to`rt iqlim mamlakati podshosi" unvonini oldi. Yagona davlat uzoq yashamadi. Sargon vafotidan keyin birbiri bilan kurashni davom ettirgan ko`plab shahar-davlatlarga bo`linib ketdi. Mil. avv. II mingyillikda Shumer-Akkad davlati ko`chmanchi qabilalar zarbasidan parchalandi.

IV Yangi mavzuni mustahkamlash

O’tilgan mavzuni mustahkamlashda bir necha metodlardan foydalanamiz. Shulardan biri “ Toj” usuli. Har bir guruhdan bir ishtirokchi chiqadi. Bunda o’qituvchi qog’ozdan toj yasab, tojga mavzuga oid bo’lgan atama yoziladi. O’quvchiga tojga yozilgan so’zni ko’rsatmay uning boshiga kiydiradi va yozilgan so’zga ta’rif bera boshlaydi. Agar o’qituvchi bergan birinchi ta’rifda o’quvchi so’zni topa olmasa unda jamoasidagi o’quvchilar darslikdan so’zga ta’rif berishadi. Bunda berilayotgan ta’riflar murrakabdan oddiylik tomon olib boriladi.

Astarta ilohasi.jpg , Ayol tanasi shaklidagi sopol vaza.jpg , Ganch yuzasidagi yozuv Uruk.jpg , Gigamish sher bilan.jpg, Zeb - ziynat.jpg, Sargon I.jpg ,




I guruh “ Gilgamish”

  • U Uruk shahri hukmdori

  • Uning eng yaqin do’sti Enkidu

  • U boqiy hayot bruvchi gulni izlagan

  • Mesopotamiya rivoyatlarining sevimli qahramoni

  • Bobosi uni jarga tashlab yuboradi

II guruh Xurmo daraxti

  • hayot daraxti” deb nom olgan

  • 50 kg gacha hosil bergan

  • Poyasi o’tin sifatida ishlatilgan

  • Donagidan qoramollar boqish uchun yem tayyorlangan

  • Mevasidan as alga o’xshash moy siqib olingan







III guruh Lagash

  • III mingyillik o’rtalarida yuksaladi

  • Akkadning ko’pgina shaharlarini egallaydi

  • Shaharlari mudofaa devorlari bilan o’rab olingan

  • Qushlar yashaydigan tomoshabo’glar barpo etilgan

  • Ibodatxonadagi hovuzda baliqlar suzib yurgan







IV guruh Sargon I

  • Savdo – sotiqni rivojlantirdi

  • III mingyillikda Shummer va Akkad shaharlarini birlashtirdi

  • Birinchi bo’lib muntazam qo’shin tuzdi

  • to’rt” iqlim podshosi unvonini oldi

  • Barcha shaharlar uchun yagona uzunlik o’lchovini joriy etdi

O’quvchilarga mavzuga oid bo’lgan 5 daqiqalik video namoyish qilinadi.

Tushunchalar asosida matn tuzish metodi - bu guruh bo’lib bajariladi. Har bir guruhga tushunchalar yozilgan kartoteka tarqatiladi va shu tushunchalar asosida guruhlar matn tuzadilar.

1 mino, mixxat, Sargon I, Uruk, Ishtar

2 Lagash, Akkad, Xurmo daraxti, 550 gramm, Enkidu

3 To’fon rivoyati, Eron, kedr yog’ochi, chorva mollari, Dajla va Frot daryolari

4 Ikki daryo oralig’i, 5400 jangchi, to’rt iqlim mamlakati podshosi, sehrli giyoh, kohin

Idrok xaritasi

Barcha guruhlarga idrok xaritasi berib chiqiladi. O’quvchilar guruh bo’lib idrok xaritasini to’ldiradilar .


Gilgamish

Xurmo
daraxti




Mesopotamiya



Sargon I

Xudolar





Shahar - davlatlar







Qaysi guruh a’zolari ko’p ma’lumot taqdim etsalar 5 ball, kamroq ma’lumot taqdim etgan guruhlar 4 ball, 3 ball oladilar.



V Baholash

1 Guruhlar to’plagan ballar asosida guruhlarni baholash.

2 Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilarni baholash.

VI Uyga vazifa

  1. Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.

  2. Keyingi darsda o’rganiladigan “ Bobil podsholigi” mavzusi bilan tanishib kelish.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: История

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 6 класс

Скачать
Конспект урока на тему "Mesopotamiya sivilizatsiyalari"

Автор: Raxmatov Ramsho Raximovich

Дата: 15.04.2020

Номер свидетельства: 546782


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства