kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Jaloliddin Manguberdi xalqimizning milliy qahramoni

Нажмите, чтобы узнать подробности

Урок для пятых класов. Разработка на узбекском языке.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Jaloliddin Manguberdi xalqimizning milliy qahramoni»




XO`JAYLI TUMANI 32-SONLI UMUMTA`LIM MAKTABI TARIX FANI O`QITUVCHISI

BAYNIYAZOVA PERIDANING

JALOLIDDIN MANGUBERDI

XALQIMIZNING MILLIY QAHRAMONI”

mavzusidagi

BIR SOATLIK OCHIQ

DARS ISHLANMASI


























Sana:19.02.2019 Sinf: 5 Fan: Tarixdan hikoyalar

Mavzu: JALOLIDDIN MANGUBERDI XALQIMIZNING MILLIY

QAHRAMONI

Darsning texnologik xaritasi


I. Darsning maqsadi va vazifalari

Ta’limiy maqsad: Oquvchilarga Mo`gullar davlatining tashkil topishi, Xorazmshoxlar davlati, Chingizxon bosqinchiligi,Mo‘g‘ullarga qarshi mardonavor kurash, Jaloliddin Manguberdi jasur va mohir sarkardaligi haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarning vatanparvarlik , tinchlikning qadriga yetish tuyg`ularini shakllantirish;

Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning mavzu mazmunidan xulosa chiqara olish, savollarga to`gri javob berish, o`z fikrini to`g`ri va erkin bayon qila olish ko`nikmalarini rivojlantirish.


II. Darsning mazmuni

Mavzu haqida tushuncha berish. Mavzuni tushuntirish orqali fanga bo`lgan qiziqishini oshirish.

III. O`quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi. Texnologiya-o`quv jarayonini to`liqligicha egallovchi tiziimli ketma-ketlik natijasi

Shakl- Yangi bilim beruvchi

Metod-Savol-javob,hikoya, “Kim zukko?”, tarixiy diktant

Vosita-tarqatma materiallar, AKT va boshqalar

Usul- yozma, o`g`zaki, ko`rgazmali

Baholash –rasmli, rag`bat kartochkalari asosida baholash

IV.Kutiladigan natijalar.

O`qituvchi:



Mo`gullar davlatining tashkil topishi, Xorazmshoxlar davlati, Chingizxon bosqinchiligi,Mo‘g‘ullarga qarshi mardonavor kurash, Jaloliddin Manguberdi jasur va mohir sarkardaligi haqida ma`lumot

O`quvchi:

Jaloliddin Manguberdi hayoti haqida ma`lumot oladi. O`quvchilarda fanga bo`lgan qiziqish ortadi. Qiziqarli ma`lumot oladi va darsga faolligi oshadi.

Kelgusi rejalar

O`qituvchi:


O`tilgan darsni tahlil qilish; O`z-o`zini baholash. Mavzuni yangi materiallar bilan baholash, mavzuni o`rgatishda samarali metod va usullarni shaklantirish


O`quvchi:

Darsga e`tiborli bo`lish xislatlari shakllanadi. Fanga qiziqishi ortadi. O`quvchilar mustaqil ishlashga o`rganadi. O`quvchilar fanga oid qiziqarli ma`lumotlar olishga intiladi.





Tashkiliy qism: O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Dars shiori tanlanadi. O’qituvchi o’quvchilarni darsning mazmuni va dars davomida egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan tanishtiradi. Sinfda ijodiy muhitni yuzaga keltirish.

1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tiladi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilinish kerakligi ta’kidlanadi.

-“Ong qo`l qoidasi” ga rioya qilish;

-O`z-aro hurmat va ahillik;

-O`zgalar fikrini tinglay olish;

-Faollik;

- Vaqtga rioya qilish.

1.2. “Mavzuga zamin” usuli: O’quvchilar 1-ILOVAga muvofiq 3 guruhga bo’linib,o’z guruhlariga nom qo’yishadi va qisqacha ta’rif berishadi.

II. O’tilgan mavzuni takrorlash (“ Mavzu:ARABLARGA QARSHI XALQ

OZODLIK KURASHI”) (10 daqiqa).

O 'quvchilarga o’tgan darsda o’rganilgan “ARABLARGA QARSHI XALQ

OZODLIK KURASHI” mavzusi bo’yicha olgan bilimlari “ Elektron test” uslubi orqali mustahkamlanadi (2-ilova)




Yangi mavzu bayoni.

Mavzu: JALOLIDDIN MANGUBERDI XALQIMIZNING MILLIY

QAHRAMONI

Mo'g'ullarga qarshi mardonavor kurash.

1206-yilda Mo'g'ulistonda «Yakka mo'g'ul ulusi» deb atalgan davlat tashkil etildi. Bu davlatni o'z davrining mashhur sarkardasi Temuchin tashkil etgan edi. Davlat hukmdori Temuchin -Chingizxon unvoni bilan atalaboshlangan.

Chingizxon o'z davri uchun qudratli lashkar tuza olgan. Endi, u dunyo hukmdori bo'lishga intilgan. Qisqa vaqt ichidajuda katta hududlarni bosib olib o'z davlatini ulkan davlatga aylantirgan. Nihoyat, uning davlati chegaralari yana bir ulkan davlat - Xorazmshohlar davlati chegaralarigacha yetib kelgan. BudavrdaXorazm-shohlar davlatining hukmdori Alouddin Mu­hammad edi. Chingizxonning maqsadi - Xorazm­shohlar davlatini qulatish va Osiyoda tanho hukmdor bo'lib olish edi.

1219-yilda Chingizxon Xorazmshohlar davlatiga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yuborgan. Xorazmshoh sulton Alouddin Mu­hammad mamlakat mudofaasini tashkil etishda xatoga yo'l qo'yadi. Xorazmshohlarning har bir qal'asi dushmanga qarshi mardonavor kurashadi.

Ammo qudratli Chingizxon Movarounnahr shaharlarini birin-ketin vayronaga aylantira borgan. Tez orada mamlakat poytaxti Urganch shahriga hujum boshlagan. Urganchliklar zamonasining buyuk allomasi Najmiddin Kubro boshchiligida dushmanga qattiq qarshilik ko'rsatganlar.

Najmiddin Kubro mudofachilarga qarata: «Yo Vatan, yo sharafli o'lim», - deb murojaatqilgan.

Shaharda ko'chajanglari yetti oy davom etgan. Oxiri, qo'lidaqurolushlashga holi qolmagan shahar mudofaachilari ilojsizlikdan taslim bo'lganlar. Urganch mudofaasida Najmiddin Kubro ham mardlarcha halok bo'lgan.

Urganchni egallagan mo'g'ullar shaharga o't qo'yib yuborganlar. Natijada, uzoq yillar davomida barpo etilgan bu ko'rkam shaharda hayot to'xtagan.















Jaloliddin Manguberdi (1198-1231)

jasur va mohir sarkarda.


Og'ir kasalga chalingan Alouddin Muhammad o'limidan oldin katta o'g'li Jaloliddin Manguberdini taxt vorisi etib tayinlagan.

Biroq bungacha barcha imkoniyat boy berib bo'lingan edi. Mamlakatuchun shunday og'ir sharoitda Jaloliddin bosqinchilarga qarshi kurash boshlagan. 1221-yilda Valiyon qal'asini qamal qilib turgan mo'g'ullarga hujum qilib, ularni tor-mor keltiradi. Bu mo'g'ullar ustidanqozonilgan birinchiyirikg'alabaedi. Bundan xabar topgan Chingizxon Jaloliddinga qarshi 45 ming kishilik lashkar yuboradi. Jaloliddin uni G'azna yonidagi Parvonda qarshi olgan va jangda Manguberdi. g'alaba qozongan.

Tarixga «Parvonjangi» nomi bilan kirgan bu jangda Jaloliddin mo'g'ullarga qarshi barcha lashkarni otlaridan tushirib dushmanni kamondan o'qqa tutish va keyin yalpi hujumga o'tish usulini qo'llagan.

Endi Chingizxonning o'zi katta qo'shingabosh bo'lib Jaloliddinga qarshi urushga otlangan.

Hal qiluvchi jang. Jaloliddinga qarshi kurashga endi shaxsan Chingizxonning o'zi boshchilik qilgan. Bu tengsiz, beayov jangda Jaloliddinnig lashkari Sind daryosi tomon chekinadi. Bu yerda ikki tomon o'rtasida hal qiluvchi jang bo'lib o'tadi. Tarixga «Sind jangi» nomi bilan kirgan bu jang 1221 -yilning 24-26-noyabr kunlari bo'lib o'tgan.

Jaloliddin Parvon jangida... qo'lladi. » Sind jangi ... yilda bo'lib o'tdi.

Jaloliddin ozchilik bilan qolgan edi. Shunga qaramay, xorazmliklar qudratli dush-man bilanjon olib,jon berib olishganlarJang taqdirini Chingizxonning pistirmaga qo'ygan saralangan lashkari hal etgan. Mag'lubiyatgauchragan Jaloliddin oz sonli jangchisi bilan daryoning narigi sohiliga suzib o'tib, cho'l ichkarisiga kirib ketadi. Chingizxon dushmani bo'lsa-da, Jaloliddinningjasoratigaqoyil qolib: «Otaga shunday jasur o'g'il lozim. U ikki girdob - olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqaoldi», degan.

Sulton Jaloliddin Manguberdiyengilganbo'lsa ham 1231-yilgachamo'g'ullarga qarshi tinim bilmay kurashdi. U zafar quchdi, mag'lubuyat alamini tortdi, ammo mag'lub bo'lmadi. Jaloliddin Manguberdi 1231 -yilning avgust oyida Ozarbayjon hududida halok bo'ladi.

Mangu barhayot. Davlatimizning mustaqilligi yillarida Sulton Jaloliddin Manguberdining mo'g'ul bosqinchilariga qarshi ko'rsatgan mislsiz jasorati, Vataniga va xalqiga sadoqati, cheksiz muhabbati yuksak qadrlandi. Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan 1999-yilda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi. Jaloliddin Manguberdiga Xorazmda haykal o'rnatildi. Ko'cha va maydonlarga uning nomi berildi. 2000-yilda davlatimizning oliy harbiy mukofotlaridan biri - «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta'sis etildi.


Atamalar mazmunlni bilib oling!


Valiyon - hozirgi Afg'oniston hududidagi qadimgi shahar.

Parvon - Afg'onistondagi shaharcha.

Sind - hozirgi Pokistonning shimolidan oqib o'tuvchi katta daryo.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (16 daqiqa).







Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar beriladi.

Kim zukko ?”


1206- Mo‘g‘ulistonda nima deb atalgan davlat vujudga

keldi?

«Yakka mo‘g‘ul ulusi» deb atalgan davlatga kim asos soldi?

Davlat hukmdori Temuchin qanday unvoni bilan atala

boshlandi?


Chingizxon davlati chegaralari yana bir ulkan davlat— qaysidavlati chegaralarigacha yetib keldi?

Bu davrda Xorazmshohlar davlatining hukmdori kim edi?

Chingizxon qachon Xorazmshohlar

davlatiga qarshi harbiy harakatlarni

boshlab yubordi?

Xorazmshohlar davlatining poytaxti qaysi shahar edi?

Urganchliklar zamonasining

buyuk allomasi kimning boshchiligida dushmanga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar?

Najmiddin Kubro mudofaachilarga qarata: nima deb murojaat qildi?

1198–1231-yillarda yashagan

jasur va mohir sarkarda?

Sulton Alouddin Muhammad

o‘limidan oldin kimni

taxt vorisi etib tayinladi?

Jaloliddin mo`g`ullarga qarshi birinchi yirik g‘alabani qayerda qo`lga kiritdi?

Jaloliddin G‘azna yonidagi

Parvonda Chingizxonning qancha kishilik qo‘shini ustidan g`alaba qozondi?

Tarixga «Parvon jangi» nomi bilan kirgan bu jangda Jaloliddin mo‘g‘ullarga qarshi qaysi usuldan foydalandi?

Ikki tomon o‘rtasida hal qiluvchi jang 1221-yilning 24–26-noyabr kunlari qayerda bo‘lib o‘tdi?





100

100

100

200

200

200

300

300

300

400

400

400

500

500

500





Tarixiy diktant

1)Ikki tomon o‘rtasida hal qiluvchi jang Sind daryosi yonida 1221-yilning 24–26-noyabr kunlari bo‘lib o‘tdi va bu jang tarixga «……… ……» nomi bilan kirdi.

2) …………. dushmani bo‘lsa-da, Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolib: «Otaga shunday jasur o‘g‘il lozim. U ikki girdob

– olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa oldi», degan.

3) ……………… tashabbusi bilan 1999-yilda Jaloliddin Manguberditavalludining 800 yilligi keng nishonlandi.

4) Jaloliddin Manguberdiga ………… haykal o‘rnatildi. Ko‘cha va maydonlarga uningnomi berildi.

5) 2000-yilda esa davlatimizning oliy harbiy mukofotlaridan biri – «……….» ordeni ta’sis etildi.

Javoblari:

1)___________________________________________

2)____________________________________________

3)___________________________________________

4)____________________________________________

5)____________________________________________

Guruh nomi:___________________________________

V.Darsga yakuni va baholash (4 daqiqa).

Topshiriqlarni yaxshi bajargan guruhlar 4-ilovaga muvofiq rahbatlantiriladi. O'qituvchi eng yaxshi bajarilgan topshiriqni qayd etadi. Savol va topshiriqning bajarilish sifatiga qarab o'quvchilar baholanadi.Dars xulosasi chiqariladi.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: История

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 5 класс

Скачать
Jaloliddin Manguberdi xalqimizning milliy qahramoni

Автор: Байниязова Перида Хасановна

Дата: 16.02.2022

Номер свидетельства: 600430


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства