kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

1800-1870-yillarda Rossiya

Нажмите, чтобы узнать подробности

Этот урок предзначен учить учеников история Росии в 1800-1870 годах

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«1800-1870-yillarda Rossiya»







Namangan viloyati Uchqo’rg’on shaxri 1-umum ta`lim maktabining Tarix fani o`qituvchisi Abdumajidova Shaxnozaning 8-sinf Jahon tarixi fanidan 23-mavzu: 1800-1870-yillarda Rossiya mavzusida Viloyat seminari uchun tayyorlagan bir soatlik


















































16.04.2020-yil

Darsning maqsadlari:



O’quvchilarga 1800-18700-yillarda Rossiya mavzusidagi samoderjaviye, krepostnoy, pomeshik, Dekabristlar, Janubiy jamiyat, Shimoliy jamiyat, Pavel Pestel, Nikita Muravyov, 1812-yil, 1825-yil, 1861-yil, Xalq vechesi, Qrim urushi, Nikolay I, Aleksandr II, Vikup, otrezok,chek yer, 1864-yil, 1867-yillar, Rus shoirlari, rus kompozitorlari haqida o’quvchilarga tushunchalar berish.

O'quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga yo’naltirish;

O’quvchilarda ona Vatanga nisbatan muhabbat tuyg’ularini shakllantirish;

O‘quvchilarning ozod va hur yashashga bo‘lgan munosabatlarini rivojlantirish;

Tabiatni asrab-avaylash, sevish, unga mehr qo’yish kabi tuyg’ularni rivojlantirish;

Ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini anglash, asrab-avaylash, qadrlash tuygularini shakllantirish;

Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok

etish.

Mavjud tarix faniga oida axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv),

telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.)foydalana olish; O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish;

O’quvchilarda umumlashma xulosalar chiqarish ko’nikmasini shakllantirish.



O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:


Kommunikativ kompetensiya:

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila oladi, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob beradi;

ijtimoiy moslasha oladi, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qiladi, jamoaviy hamkorlikda ishlay oladi;

muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila biladi, uni ishontira biladi;

turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqaradi, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila oladi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud tarix faniga oida axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana oladi;

media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralaydi, qayta ishlaydi, uzatadi, saqlaydi, xavfsizligini ta’minlaydi va foydalanishda mediamadaniyatga rioya qiladi;

ma’lumotlar bazasini yarata oladi, asosiylarini tanlay oladi va ularni tahlil qila biladi;

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirib boradi, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intiladi;

o‘z xatti-harakatini adekvat baholaydi, o‘zini nazorat qila biladi,halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘ladi.


Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqlarni matematik amallar bilan yecha oladi.


Fanga oid kompetensiyalar:

Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

tarixiy davrlar va yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayotgan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi




O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI


Dars turi:

Yangi bilim beruvchi, bilimlarni shakllantiruvchi

Dars metodi:

Interfaol metodlar”, “Guruhlarda ishlash”, “Savol-javob” , “Atamalar va savollar”

Dars jihozi:

darslik, xarita, ko’rgazmali va didaktik materiallar, proyektor, AKT




DARSNING BLOK CHIZMASI:


DARS BOSQICHLARI:

Bajariladigan ish mazmuni

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni

darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi

3

daqiqa

2

O’tilgan mavzuni

Takrorlash

Takrorlash, mustahkamlash,

yangi mavzu bilan bog’lash

8

daqiqa

3

Yangi dars mavzusi

mazmunini tushuntirish

Yangi mavzuni tushuntirish

14

daqiqa

4

Yangi mavzuni

Mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

daqiqa

5

Dars yakuni va baholash

G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish.

Darsning so’ngi xulosasini chiqarish

3

daqiqa

6

Uyga vazifa

O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon

qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi

2

daqiqa


Yangi dars mazmunining tayanch tushunchalari, atamalari, tarixiy sana va nomlar:

samoderjaviye, krepostnoy, pomeshik, Dekabristlar, Janubiy jamiyat, Shimoliy jamiyat, Pavel Pestel, Nikita Muravyov, 1812-yil, 1825-yil, 1861-yil, Xalq vechesi, Qrim urushi, Nikolay I, Aleksandr II, Vikup, otrezok,chek yer, 1864-yil, 1867-yillar, Rus shoirlari, rus kompozitorlari





Darsning borishi




I.Tashkiliy qism:

O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.

O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash:

Guruhlarda ishlash”

O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan 22-mavzu: 1800-1870-yillarda Germaniya va Italiya mavzusiga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi (masalan: Germaniya, Italiya va Rossiya) hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.

Germaniya


1-guruh:

Italiya


2-guruh:


Rossiya

3-guruh:


1-topshiriq: “Krossvord”dan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Har uchala guruhga 11 ta savoldan iborat krossvord topshiriladi va belgilangan vaqt ichida savollarga javob yozishadi. ( eslatma: krossvordning har bitta savoliga bittadan o’quvchi javob yozishi kerak, bu esa guruhning har bir o’quvchisining bilimi sinaladi ) Topshiriq bajarib bo’lingandan so’ng xato va kamchiliklar aniqlanadi, to’ldiriladi va g’olib guruh aniqlanib taqdirlanadi.
























Ushbu topshiriq yakunlanadi, topshiriq natijalari o’qituvchi tomonidan ko’rib chiqiladi, xatolar birgalikda aniqlanadi va bartaraf etiladi.Kamchiliklar to’ldiriladi.Guruhlar rag’batlantiriladi.


2-topshiriq: “Savol-javob va munozara” tarzida olib boriladi.Ushbu topshiriq o’quvchilarga quyidagi savollarni berish yo’li bilan amalga oshiriladi:

Savol-javob va munozara









1.Germaniyaning birlashuviga g’ov bo’layotgan omillar

2.Germaniyada 1848-yil inqilob natijalari

3.Germaniyaning uch Konstitutsiyasi

4.Shimoliy Germaniya Ittifoqi

5.Italiyaning birlashuviga to’sqinlik qilayotgan omillar

6.Italiya milliy qahramonlari


O’quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi.Guruhlar rag’batlantiriladi.


III.Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:


23-mavzu: 1800-1870-yillarda Rossiya

Bu vazifa quyidagi reja asosida amalga oshiriladi:

1.Iqtisodiy hayotning o’ziga xos xususiyatlari.

2.Samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi kurash

3.Krepostnoylik huquqining yemirilishi.

4.Islohotlarning tarixiy ahamiyati.

5.Tashqi siyosat

6.Madaniyat


Iqtisodiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlari. Chor Rossiyasida krepostnoylik tartiblari jamiyat taraqqiyotiga katta g‘ov bo‘lib qoldi. G‘arbiy Yevropa davlatlari va AQSHda mashinalashgan sanoat rivojlanayotgan bir davrda, Rossiyada hamon manufaktura ishlab chiqarishi hukmron edi. Qishloq xo‘jaligida esa hamon O‘rta asr krepostnoylik tartiblari yetakchilik qilardi va u taraqqiyotning asosiy to‘sig‘iga aylangan edi.

Samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi kurash. 1812-yilgi Fransiya – Rossiya urushida erishilgan g‘alabadan keyin ham chor Rossiyasida samoderjaviye boshqaruv tartibi va krepostnoylik huquqi saqlanib qolaverdi. Ushbu holat chor Rossiyasining ilg‘or fikrli kishilarini harakatga chorladi. Ular o‘z vatanini Yevropaning yetakchi davlatlari qatorida ko‘rishni istardilar. Vatanidagi mavjud tuzumni o‘zgartirmay turib, o‘z orzularining ro‘yobga chiqmasligini ham yaxshi bilar edilar.

Ular samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi aniq dastur bilan kurash boshladilar. Bu kurash Rossiya tarixiga «Dekabristlar harakati» nomi bilan kirgan. Dekabristlar zodagonlarning farzandlari edilar. Ularning bir guruhi Rossiyada Respublika o‘rnatish tarafdorlari bo‘lsa, ikkinchisi konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish istagida edi.

Dekabristlar ikkita maxfiy jamiyat tuzdilar. Ulardan biri «Janubiy jamiyat», ikkinchisi «Shimoliy jamiyat» deb ataldi. Har ikki jamiyat ham Rossiya Konstitutsiyasining loyihasini yaratdi. «Janubiy jamiyat»ning ko‘zga ko‘ringan arbobi Vatan urushi qatnashchisi Pavel Pestel edi.

U yaratgan konstitutsiya loyihasi «Rus haqiqati» deb ataldi. Loyihada samoderjaviye, krepostnoylik huquqini yo‘q qilish va Rossiyada Respublika idora usulini joriy etish ko‘zda tutildi. Hamma fuqarolar uchun teng saylov huquqi asosida saylanadigan «Xalq vechesi» Rossiya parlamenti bo‘lishi belgilandi.

«Shimoliy jamiyat»da Nikita Muravyov tayyorlagan konstitutsiya loyihasi Rossiyani konstitutsiyaviy monarxiya deb e’lon qilishni ko‘zda tutardi. Mulk senzi asosida saylanadigan ikki palatali Xalq Vechesi oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat organi (parlament) bo‘lishi kerak edi.

Dekabristlar o‘z maqsadlariga qo‘zg‘olon ko‘tarish orqali erishish mumkin deb hisoblab, unga tayyorlana boshladilar. Qo‘zg‘olon vafot etgan imperator Aleksandr I o‘rniga ukasi Nikolay I ning taxtga o‘tqazilishi marosimi o‘tkaziladigan kunga belgilandi. Qo‘zg‘olon dekabristlarga sodiq harbiy qism tomonidan amalga oshirilishi lozim edi. Qo‘zg‘olon 1825-yilning 14-dekabr kuni boshlandi, biroq u muvaffaqiyatsizlikka uchradi va imperatorga sodiq harbiy kuchlar tomonidan bostirildi.

Dekabristlar harakatining rahbarlaridan besh kishi, shu jumladan, P. Pestel va N. Muravyov dorga osildi, qolgan ko‘pchiliklari esa Sibirga surgun qilindi. Biroq dekabristlar harakati behuda ketmadi. Ular ilgari surgan g‘oyalar Rossiya jamiyatining ilg‘or qatlamini uzoq vaqtgacha samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi kurashga ilhomlantirib keldi.

Dekabristlar qo‘zg‘oloni bostirilgach, mamlakatda reaksiya kuchaydi. Norozilik bildirishning, erkin fikr yuritishning har qanday ko‘rinishi hukumat tomonidan shafqatsiz ravishda ta’qib etildi. Ayniqsa, rus adabiyotining ilg‘or vakillari qattiq quvg‘in ostiga olindilar.

Krepostnoylik huquqining yemirilishi. 1853–1856-yillardagi Qrim urushida Rossiya mag‘lubiyatga uchradi. Bu mag‘lubiyat Rossiyaning iqtisodiy qoloqligi oqibati edi. Rossiyada krepostnoylik tuzumi allaqachon taraqqiyotning asosiy to‘sig‘iga aylangan edi. Shuningdek, bu mag‘lubiyat krepostnoy huquq bekor qilinmas ekan, Rossiyada kapitalizm tez sur’atlar bilan taraqqiy etishi mumkin emasligini ham ko‘rsatib berdi.

Mamlakatda vujudga kelgan kuchli norozilik to‘lqinini bostirish maqsadida imperator Aleksandr II 1861-yil 19-fevralda «Krepostnoy huquqni bekor qilish to‘g‘risida»gi Qonunni imzoladi.

Qonunga ko‘ra, krepostnoy dehqonlar shaxsan ozod bo‘ldilar. Bundan buyon dehqonlarni sotib olish, sotish yoki boshqa birovga hadya qilish taqiqlandi.

Dehqon endi pomeshikning ruxsatisiz oila qurish, mustaqil sur’atda shartnoma, savdo bitimlari tuzish, ko‘chmas mulk sotib olish va uni meros qoldirish kabi huquqlarga ega bo‘ldi.

1812-yilgi Fransiya – Rossiya urushida Rossiya g‘alabaga erishgan.

Dekabristlar Rossiyada ikkita maxfiy jamiyat – «Janubiy jamiyat» va «Shimoliy jamiyat»ni tuzganlar.

1861-yil 19-fevralda Rossiyada «Krepostnoy huquqni bekor qilish to‘g‘risida»gi Qonun imzolandi.

Hukumat dehqonlarni ozod qilib, yer berishga majbur bo‘ldi. Shunday qilinmasa xalq g‘azabga kelishi mumkin edi. Bundan tashqari, dehqonlarning asosiy soliq to‘lovchilar bo‘lib qolishi ham hisobga olindi. Dehqonlarga berilgan yer chek yer deb ataldi. Hukumat pomeshikning manfaatini ham hisobga oldi. Jumladan, pomeshik o‘z ixtiyoridagi yerning 1/3, cho‘l hududlarda esa 1/2 qismini saqlab qolish huquqiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, dehqon shu vaqtgacha hukumat qarorida belgilanganidan ko‘proq hududdagi yerdan foydalanib kelgan bo‘lsa, uning ortiqchasi pomeshikka o‘tkazilar edi. Bunday yerlar «otrezok» deb atalgan.

Dehqon o‘ziga berilgan yerga egalik qilish uchun «vikup» to‘lashi shart edi. Biroq dehqonda «vikup» uchun pul bo‘lmaganligi sababli davlat tomonidan beriladigan bo‘ldi. Dehqonlar bu qarzni 49 yil davomida davlatga foizi bilan to‘lab borishi shart edi.

Islohotning tarixiy ahamiyati. 1861-yilgi islohot natijasida krepostnoy huquq yemirildi. Biroq islohot dehqonlarni birdaniga ozod etmadi. Krepostnoylik asorati uzoq davom etdi. Natijada, Rossiya qishloq xo‘jaligida kapitalizm juda sekinlik bilan rivojlana bordi. Shunday bo‘lsa-da, islohot muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunonchi, dehqonlar shaxsiy erkinlik va fuqarolik huquqiga erishdilar. Iqtisodiyotda kapitalistik munosabatlarning mustahkamlanishi uchun keng imkoniyat yaratildi. Dunyoning yetakchi davlatlariga nisbatan kech bo‘lsa-da, boshlangan sanoat to‘ntarishi davom etdi.

Tashqi siyosat. Rossiya XIX asrda ham boshqa buyuk davlatlar qatori bosqinchilik urushlarini to‘xtatmadi. Jumladan, uzoq davom etgan urushlardan so‘ng, 1864-yilga kelib, butun Kavkaz Rossiya tarkibiga kiritildi. Ayni paytda O‘rta Osiyoni bosib olish uchun harbiy harakatlar boshlab yuborildi.

1867-yilda Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligining bosib olingan hududlarida Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi.

1867-yilda Rossiya o‘ziga qarashli bo‘lgan Alyaskani AQSHga sotdi. Bu bilan Rossiya o‘z tashqi siyosatida tobora kuchayib borayotgan AQSHga tayanishni rejalashtirgan edi.

Madaniyat. 1800–1870-yillari Rossiya ma’naviy hayotida chuqur o‘zgarishlar yuz berdi. Aynan shu davrda Rossiya jahon madaniyatining eng yuqori o‘rinlaridan birini egalladi. Rus adabiyotining mashhur namoyandalari Aleksandr Sergeyevich Pushkin, Lev Nikolayevich Tolstoy, Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy shu davrda ijod qildi. Ularning yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlari rus xalqining ma’naviy olamini dunyoga tanitdi. A.S. Pushkin zamonaviy rus adabiy tiliga asos soldi. Uning «Ruslan va Lyudmila», «Kavkaz asiri», «Yevgeniy Onegin», «Kapitan qizi» kabi asarlari Rossiya hayoti bilan birga, rus tilining ham butun boyligini namoyon qildi.

A.S. Pushkin ijodi rus adabiyotining keyingi rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. L.N. Tolstoyning «Bolalik», «Kazaklar», «Urush va tinchlik», F.M. Dostoyevskiyning «Jinoyat va jazo», «Telba» kabi asarlarida rus xalqining hayoti, kishilarning ichki dunyosi juda katta mahorat bilan ochib berilgan. Shuningdek, XIX asrda ijod qilgan buyuk rus shoir va yozuvchilaridan Mixail Yuryevich Lermontov, Nikolay Vasilyevich Gogol, Ivan Sergeyevich Turgenev asarlari ham dunyoga mashhur bo‘ldi.

Bu davr rus musiqa san’ati buyuk kompozitorlar Mixail Ivanovich Glinka va Pyotr Ilich Chaykovskiy nomi bilan bog‘liq. M.I. Glinka ijodi XIX asrning birinchi yarmida rus musiqa madaniyatining eng cho‘qqisi bo‘lib, u rus mumtoz musiqasiga asos soldi. Uning eng mashhur asari «Ruslan va Lyudmila» operasi hisoblanadi. Rus musiqa san’atining keyingi rivoji M.I. Glinka ta’siri ostida shakllandi.

P.I. Chaykovskiy XIX asr rus madaniyatining yirik namoyandasi, musiqa san’atining dahosi hisoblanadi. Uning «Yevgeniy Onegin», «Uxlayotgan go‘zal», «Shelkunchik» kabi operalari hamon jahon teatrlari sahnasidan tushmay kelmoqda. Bu davr rus tasviriy san’atida Silvestr Feodosiyevich Shedrin, Karl Pavlovich Bryullov va Ilya Yefimovich Repin kabi buyuk rassomlar ijod qildi. Ular ijodida Rossiyaning boy tabiati va rus kishilarining murakkab ichki dunyosi aks ettirildi.

Rus madaniyatining yutuqlari Rossiyaga dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoridan o‘rin olish imkonini berdi.

Rossiya Yangi davrda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishganiga qaramasdan, XIX asrning 70-yillarida ham u Yevropaning eng qoloq davlatlaridan biri bo‘lib qolayotgan edi. Qoloqlikning sabablari 1861-yilgacha saqlanib qolgan krepostnoy huquq hamda kishilarda tashabbuskorlik va tadbirkorlikka to‘siq bo‘layotgan qoloq siyosiy tizimning mavjudligi edi.

Atamalar izohi:

Vikup – krepostnoylikdan ozod bo‘lgan dehqonning o‘ziga berilgan yerni haq to‘lash evaziga sotib olishi.

Reaksiya kuchlari – ilg‘or g‘oyalarni ta’qib etuvchi, eski tartiblarni saqlab qolish yoki ularni qayta tiklashga intiluvchi kuchlar.

Samoderjaviye – Rossiyada hukmdorning cheklanmagan hokimiyati.

Surgun – jazo tariqasida boshqa yerlarga jo‘natish.

Izoh: yangi mavzu taqdimot orqali tushuntirib beriladi


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash






























Yangi mavzuni mustahkamlash quyidagi topshiriqlar asosida olib boriladi:

1-topshiriq: Jadval asosida amalga oshiriladi.

Guruh bilan ishlash

Ushbu topshiriqni o’quvchilar jamoaviy hamkorlikda bajarishadi. Bunda yangi mavzuga oid atama, yillar, tarixiy shaxslar aks etgan savollar va javoblar joylangan jadvalni muvofiqlashtirish kerak bo’ladi



2-topshiriq






Zanjirli raqamlar






“Dars muqaddas”ning IV bosqichi hisoblangan yangi mavzuni mustahkamlash bosqichini amalga oshirishda foydalaniladigan zanjirli raqamlar metodi quyidagicha amalga oshiriladi:

O’qituvchi yangi mavzu bo’yicha oldindan tayyorlab kelingan tarqatma savollarni 1-guruh ( Germaniya )ga topshiradi. Tarqatma materiallar 1-guruh o’quvchilarining har biriga alohida raqamlangan holda topshiriladi. 2-guruh (Konstantin guruhi )ga esa 1-guruhga topshirilgan raqamli savol kartochkasida ko’rsatilgan raqamlar aks etgan kartochkalar topshiriladi. Zanjirli raqamlar metodi o’quvchilarga tushuntiriladi: 1-guruhga berilgan tartib raqami ostidagi savolga kartochka egasi javob bermaydi, shunchaki qo’lidagi kartochka raqamini aytadi va 2-guruhdagi shu aytilgan raqam egasi o’rnidan turadida, 1-guruh tomonidan berilayotgan savolga guruhning yordamisiz javob beradi. Javobning to’g’riligi yoki to’liqsizligini savol bergan 1-guruh o’quvchisi aniqlaydi. O’qituvchi shunchaki savol-javobni kuzatadi. O’z savoliga javob olgan o’quvchini javobdan qoniqganmi yoki yo’qmi aniqlaydi va shu vaziyatning o’zida har ikkala o’quvchi rag’batlantiriladi yoki aksincha.




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

1. Krepostnoy

2. Shimoliy jamiyat

3. Qrim urushi

4. 1861-yil

5. Otrezok

6. Turkiston-general-gubernatorligi

7. “Bolalik asari muallifi”

8. “Jinoyat va jazo” asari muallifi

9. Samoderjaviye

10. Xalq vechesi

11. 1812-yil

12. Chek yer

13. 1864-yil

14. “Ruslan va Lyudmila”

15. Rus mumtoz musiqasi asoschisi

16. Rus haqiqati

17. Janubiy jamiyat

18. Nikolay I

19. Pomeshik

20. Vikup

21. Alyaska

22. “Kapitan qizi” asari muallifi

23. “Urush va tinchlik” asari muallifi

24.Dekabristlarning jazolanishi





2-topshiriq bo’yicha o’quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi.Guruhlar rag’batlantiriladi.





3-topshiriq







Tarixiy tafakkur sinovi





3 -topshiriq: “Tarixiy tafakkur sinovi” metodi asosida amalga oshiriladi.

Ushbu metod qoidasi: mavzuga oid sur’atlar beriladi va shu sur’atlar izohlanadi yoki asosiy sur’atga taalluqlisi aniqlanadi. Ushbu topshiriqda “qo’l qoidasi” asosida o’quvchilarning javoblari tinglab boriladi.

Ushbu metod o’quvchilar faolligini ta’minlash, induvidial ishlash, Diskutsiyaga kirishish, unda o’z pozitsiyasini himoya qila olish, atrofdagilarning fikrini tinglash va hurmat qilishni shakllantiradi, ta’minlaydi.




N.Muravyov A.S.Pushkinning

Aleksandr II ga “Kapitan qizi”

qarshi kurashgan asari

2-javob to’g’ri 4-javob to’g’ri





Turkiston general- Rossiya 1867-yil

gubernatorligi Alyaskani

1867-yil tashkil topdi. AQSH ga sotdi

S javob to’g’ri




Pavel Pestelning

maqsadi

L.N.Tolstoyning Respublika tuzu-

“Bolalik” asari mini o’rnatish

3-javob to’g’ri edi.

4-javob to’g’ri

3 -topshiriq: Yangi mavzuda aks ettirilgan suratlardan foydalanilgan holda “Pissa testi” asosida amalga oshiriladi. Video proektor yordamida umumiy holatda butun sinf “o’ng qo’l qoidasi” asosida ishtirok etadi va jarayon o’qituvchi tomonidan izohlanib boriladi. 3-topshiriq bo’yicha o’quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi.Guruhlar rag’batlantiriladi.


Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash







1.O'quvchilarda paydo bo'lgan savollarga javob berish.

2.Baholarni e'lon qilish.

3.O’quvchilar aytib o’tgan fikrlari to’planib tahlil va xulosa qilinadi.

4.Bugungi darsni iqtidorli o’quvchisini aniqlash.

5.Guruhlarni rag’batlantirish (Germaniya, Italiya, Rossiya).

6.Dars davomida nofaol ishtirok etgan o’quvchilarni aniqlab keyingi darsga faol tayyorlanishi, ishtiroki o’qituvchi tomonidan maxsus uqtiriladi.

7.Darsning eng so’nggi xulosasi chiqariladi.












VI.Uyga vazifa







O’tilgan 23-mavzu: 1800-1870-yillarda Rossiya mavzusini o’zlashtirib kelish;

Atamalar ustida ishlash;

23-mavzu: 1800-1870-yillarda Rossiya mavzusi yakunidagi savollarga javoblar tayyorlash;

Konspektlashtirish;

M avzuga doir sur’atlar bilan ishlash.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: История

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 8 класс

Скачать
1800-1870-yillarda Rossiya

Автор: Абдумажидова Шахноза Расуловна

Дата: 18.04.2020

Номер свидетельства: 547081


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства