Просмотр содержимого документа
«7-sinf jahon tarixi IV chorak uchun yakuniy test»
TARIX/test/ Atamirzayev Elmurod
37-44-mavzulardan
1. Koreyadagi qaysi qirollik davrida yer egaligi munosabatlari uzil-kesil shakllangan? A) Silla qirolligi B) Koguryo qirolligi C) Pekche qirolligi D) Parxe qirolligi
2. Oltin O`rda davlatida ijro hokimyati boshlig`i qanday nomlangan?
A) bosqoq B) no`yon C) dorug`a D) beklarbegi
3. Oltin O`rda qo`shinlariga qo`mondonlikni amalga oshirgan lavozim vakili? A) xon B) beklarbegi C) bosqoq D) ulusbegi
4. Oltin O`rdada vazir yetakchiligida devon tomonidan boshqarilgan sohalarni aniqlang.
A) harbiy, moliya, sud
B) sud, soliq, mirshablik
C) mirshablik, moliya, savdo sotiq
D) savdo-sotiq, soliq, moliya
5. Oltin O`rda parchalanishi natijasida yuzaga kelgan yangi xonliklar? A) Sibir, Qozon, Qrim, Qozoq,No`g`ay
B) Azov, Astraxan, Tula, Tyumen, Rostov
C) Novgorod, Tula, Qozon,Qozoq,Qrim
D) Astraxan, No`g`ay, Qirg`iz, Qozoq, Yurev
6. Oltin O`rdada shaharsozlikning rivojlanishi qaysi hukmdor bilan bog`liq? A) O`zbekxon B) Jonibek
C) Berkaxon D) Mamay
7. Oltin O`rda xoni O’zbekxon qachon islomni davlat dini deb e`lon qilgan? A)1312-yil B) 1413-yil C) 1314-yil D) 1324-yil
8. Xitoyda X asrdan boshlab …
A) Tailanddan sholining oliy navli turi keltirildi
B) ipakdan shoyi so`zana – panno ixtiro qilindi;
C) suvni nisbatan balandlikka chiqarib beruvchi moslamadan keng foydalanish yo`lga qo`yildi;
D) gazlama tayyorlash rivojlandi;
9. Xitoyda rivojlangan o`rta asrlarga kelib xususiy yerlarning zamindorlar qo`lida to`planib qolishining asosiy omili? A) imperator tomonidan ularga katta yerlarning taqdim etilishi;
B) cherkovdan yerlarni torib olish natijasida, bu yerlarning zamindorlarga bo`lib berilishi;
C) kambag`allarning qarzlari evaziga yerlarni zamindorlar tomonidan tortib olisnishi;
D) harbiy harakatlardagi erishgan muvaffaqiyatlar natijasida;
10. Mo`g`ullar tomonidan Xitoyda asos solingan yangi sulola qaysi? A) Yuan B) Sun C) Min D) Suy
11. Min sulolasi davrida iqtisodiy yuksalishni ta`minlash maqsadida tashkil etilgan harbiy dengiz flotiga rahbarlikni amalga oshirgan sarkarda? A) Chjan Xe B) Chjan Szyan
C) Syuan Szyan D) Li Do va Jong Fu
12. O`rta asrlarda Xitoyda qaysi sulola davridan boshlab hunarmand va savdogarlardan olinadigan soliqlar kamaytirilib, qullarni ozod qilish haqida qonun qabul qilingan? A) Tan B) Min C) U Day D) Sun
13. Xitoy tarixi bilan bog`liq o`rta asrlarga oid voqealar va ularning yilini aniqlang.
1. Xitoy mo`g`ullar tomonidan to`liq egallandi.
2. Yuan sulolasiga qarshi yirik qo`zg`alon ko`tarildi;
3. Chjan Xe boshchiligida harbiy dengiz floti tashkil etildi;
4. Qoraqurum shahri xitoyliklar tomonidan yorib yuborildi;
a)1368-yil b)1405-yil c)1279-yil d)1351-yil
A) 1-B, 2-C, 3-A, 4-D B) 1-C, 2-A, 3-D, 4-B
C) 1-C, 2-D, 3-B, 4-A D) 1-D, 2-B, 3-C, 4-A
14. Sun sulolasi davrida davlat tomonidan qo`llab –quvvatlangan tabaqani aniqlang. A) ruhoniy B) erkin dehqon
C) harbiy D) hunarmand
15. Yaponiyada mulkchilik munosabatlari shakllangan davrni aniqlang. A) XI-XII asr B) IX-X asr
C) XII-XIII asr D) XIV-XV asr
16. O`rta asr Yaponiyada mavjud yer egaligi shakliga ko`ra ryoka bu…
A) eng yirik yer egasi B) harbiy bo`linma jangchisi
C) xankelar vassali D) harbiy qo`mondon
17. Yaponiya tashkil etilgan birinchi syogunlik asoschisi kim? A) Takugava B) Xidayosi
C) Minamota D) Yosimitsu
18. O`rta asrlarda chet elda yuksak darajada qadrlangan yapon mahsulotlarini aniqlang. A) lak bo`yoq, yelpig`ich, shisha buyumlar
B) chinni,gazlama, qilich
C) gazlama, quruq meva, teri
D) qahrabo, mo`yna, oltin
19. Yaponiyada o`rta asrlarda vujudga kelgan yirik yer egasi qanday atalgan? A) samuray B) syogun C) xanke D) ryoka
20. Yaponiyada ocharchilik davrlari qaysi asrlarda odatiy holga aylangan? A) XI-XII asr B) XIV-XV asr
C) IX-XI asr D) XVI -XVII asr
21. O`rta asrlarda Yaponiya qizg`in savdo ishlari olib borgan davlatlar? A) Vizantiya, Arab xalifaligi, Tailand, Hindiston
B) Xitoy, Indoneziya, Saljuqiylar, Kichik Osiyo
C) Tailand, Vyetnam, Koreya, Filippin, Xitoy
D) Koreya, Hindiston, Shri Lanka, Tayvan
22. Li Son Ge davrida Koreya poytaxti qayerga ko’chirilgan? A) Kegyonga B) Xansonga
C) Sonakka D) Kesonga
23. Koreyada qaysi qirollik qo`shini o`zining jangovarligi bilan ajralib turgan? A) Pekche B) Silla C) Koguryo D) Choson 24. Qaysi qirol Koreya soliq tizimida islohot o`tkazib, davlat boshqaruvini takomillashtirib boradi? A) Van Gon B) Van In C) Li Son Ge D) Sechjon Buyuk
25. Qadimgi Choson qirolligi qachongacha hukm suradi? A) mil. avv. II asrgacha B) mil. avv. I asrgacha C) mil. I asrgacha D) mil. II asrgacha
26. Hozirgi Seul o`rta asrlarda qanday atalgan? A) Sonak B) Kegyon C) Pxenyan D) Xanson 27. Yaponiya taxt vorisi bo`lgan shahzodaga ustozlik qilgan shaxsni aniqlang. A) Tangun B) Van In
C) Li Son Ge D) Sechjon Buyuk
28. Nima sababdan Qadimgi Choson uch qirollikka bo`linib ketdi? A) Qabila boshliqlarining boshboshdoqligi va xitoyliklar bilan bo`lgan janglar B) Xitoyliklar bilan bo`lgan janglar C) O`zaro kurashlar va xitoyliklar bilan bo`lgan janglar D) Harbiy sarkardalar mavqeining oshishi natijasida ularning markaziy hokimiyatga bo`ysinmaslik harakatlari 29. Hindiston shimoliga XI-XII asrlarda hujumi kuchaygan xalqlar? A) mo`g`ul va qipchoq B) uyg`ur va nayman
C) afg`on va fors D) turk va arman
30. Dehli sultonligini qo`shinini asosini tashkil etgan qo`shin turi? A) yollanma jangchilar B) piyoda askarlar
C) to`pchilar D) otliq suvoriylar
31. Dehli sultoni Shamsiddin Eltutmish davrida sultonlik tarkibiga qo`shib olingan hududlar? A) Agra,Tamluk, Bengal qo`ltig`i
B) Vijayanagar, Mo`lton, Maduray
C) Varanasi, Panipat, Kalikut
D) Panjob, Sind, Bengaliya
32. Dehli sultonlari orasida birinchilardan bo`lib kuchli qo`shin tuzib, o`zboshimcha feodallarni bo`ysundirgan sulton?
A) Alouddin Xiljiy B) Muhammad Tug`luq
C) Feruzshoh Tug`luq D) Mahmud sulton
33. Dehli sultoni Muhammad Tug`luq zafarli yurishlari natijasida o`zini qanday atagan?
A) ,,Iskandari soniy“
B) ,,Amiri ma`sum”
C) ,,Arab va g’ayri arablar hukmdori”
D) ,,Iskandarning davomchisi”
34. O`rta asrlarda hukmronlik qilgan sulolar va ularning hukmronlik davrini aniqlang.
1. Yuan 2. Gabsburglar 3. Sayyid 4. Lo`diylar
a) 1414-1451 y.y b) 1437-1806 y.y.
c) 1279-1368 y.y. d) 1451-1526 y.y
A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d B) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b
C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a
35. Dehli sultonligida davlat ixtiyoridagi yerlar qanday nomlangan? A) xolisa B) jogir C) tiyul D) iqto`
36. Amerika qit`asiga dastlabki xalqlarning borib o`rnashishi qaysi davrdan boshlangan? A) bundan 40000 yil avval B) 25-30000 yil avval
C) Neolit davridan D) bronza davridan
37. Amerika xalqlari orasida o`z davlatlarini tuzishga muvaffaq bo`lgan xalqlarni aniqlang. A) olmek, toltek, chimu B) atstek, mayya, kechua
B) fulbe, tigre, chimu D) ink, mayya, aymara
38. Astek xalqlarining asosiy ekin mahsuloti? A) kakao B) kartoshka C) makkajo`xori D) qovoq
39. Mayyalar shahar-davlati boshqaruviga ko`ra hukmdor qanday nomlangan? A) ,,sapa inka“ B) ,,quyosh o`g`li”
C) ,,buyuk kishi” D) tlatoani
40. Amerika xalqlari bilan bog`liq quyidagi qaysi shaharda rasadxona tashkil etilgan? A) Kusko B) Chichen-Itsa
C) Teneochtitlan D) Tauan Tinsuyyu
41. Quyidagi qaysi xalqlar an`anasiga ko`ra mahsulotlar zaxira omborlarida saqlash orqali, qurg`oqchilik davrlarida aholiga bo`lib berilar edi? A) mayya B) astek C) mo`g`ul D) ink
42. Inklar poyaxti qaysi daryo bo’yida joylashgan? A) Malindi B) Senegal
C) Niara D) Urubamba
43. O`rta asrlarda Afrika – Amerika xalqlarinig joylashishi bilan bog`liq to`g`ri javoblarni aniqlang.
1. atstek 2. barbar va taureg 3. fulbe
4. masai, galla, sidamo, tigre
a) sharq b) g`arb c) shimol d) janub
A) 1-C, 2-D, 3-B, 4-A B) 1-B, 2-C, 3-D, 4-A
C) 1-A, 2-B, 3-C, 4-D D) 1-C, 2-D, 3-A, 4-B
44. Qadim zamonlardan Afrikada yuksak darajada qadrlangan mahsulotni aniqlang.
A) mo`yna B) porox C) tuz D) gazlama
45. Gananing asosiy daromad hisoblangan boj asosan qaysi xalqlar savdogarlari tomonidan to`langan? A) yahudiy, fors, yunon
B) barbar, fulbe, arab
C) arab, barbar, yahudiy
D) arman, arab, gruzin,eron
46. O`rta asrlarda Afrikaning qaysi davlatining harbiy qo`shini 200000 armiyani tashkil etgan? A) Gana B) Mali C) Songai D) Benin
47. O`rta asrlarda vujudga kelgan Songai davlatining asoschisi kim? A) Almi B) Abu Bakr C) Muso I D) Lalibeli
48. Tombuktu madrasasida o`qitilgan fanlarni aniqlang.
A) dehqonchilik, hunarmandchilik, boshqaruv sohasi, harbiy san`at, mantiq, falsafa
B) tarix, botanika, falsafa, harbiy san`at, musiqa
C) tarix, husnixat, o`qish, she`riyat, hisoblash, astronomiya, notiqlik
D) fiqh, ilohiyot, tarix, matematika, astronomiya
49. Aksumda davlati qaysi asrda parchalanib ketdi? A) X asr B) VIII asr C) XII asr D) XI asr
50. Afrikada o`rta asrlarda vujudga kelgan qaysi davlatda alohida maxsus yollanma qo`shin ham tashkil etilgan? A) Songai B) Mali C) Gana D) Aksum