kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan Boburiylar sulolasining jahon tarixida tutgan o’rni

Нажмите, чтобы узнать подробности

  Bobur Mirzoning mamlakatda osoyishtalikni barqaror qilish uchun juda ko’p ter to’kishiga to’g’ri keldi. U mahalliy hukumdorlarning o’zboshimchalikka yuz burushlari avjiga chiqqan davrda Farg’ona viloyatini idora qilmoqda edi. Bunday boshboshdoqchilik taxt sohibi hayoti uchun ham nihoyatda tahlika solardi. Boburning ukasi Jahongir Mirzoni shoh qilish maqsadida fitna uyushtirgan Husayn Ya’qub boshchiligidagi beklar unga qarshi suiqasd  uyushtirishdi. Bobur va uning ta’rafdorlari sa’yi harakati bilan fitna o’z vaqtida fosh etildi, qo’lga olingan isyonchi beklar jazolandi. 1495-yilda Sulton Ahmad o’rnida bir muddat hukmronlik   qilgan ukasi Sulton Mahmud  vafotidan so’ng, uning o’g’illari Ma’sud, Boysung’ur Mirzo, Sulton Ali o’rtasida Samarqand  taxti uchun o’zaro urushlar boshlanadi Uch-to’rt oy uch tarafdan Samarqandga qarshi hujum uyushtirgach, Sulton Ali nomidan Xoja Yahyo kelib, ittifoq va hamjihatlikdan so’z ochadi va Bobur Mirzo bilan o’zaro kelishuvga erishadi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan Boburiylar sulolasining jahon tarixida tutgan o’rni»

Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan Boburiylar sulolasining jahon tarixida tutgan o’rni


Buxoro shahar kasb –hunar maktabi o’qituvchisi

Xakimova Muqaddam Murodilloyevna

Bobur Mirzoning mamlakatda osoyishtalikni barqaror qilish uchun juda ko’p ter to’kishiga to’g’ri keldi. U mahalliy hukumdorlarning o’zboshimchalikka yuz burushlari avjiga chiqqan davrda Farg’ona viloyatini idora qilmoqda edi. Bunday boshboshdoqchilik taxt sohibi hayoti uchun ham nihoyatda tahlika solardi. Boburning ukasi Jahongir Mirzoni shoh qilish maqsadida fitna uyushtirgan Husayn Ya’qub boshchiligidagi beklar unga qarshi suiqasd uyushtirishdi. Bobur va uning ta’rafdorlari sa’yi harakati bilan fitna o’z vaqtida fosh etildi, qo’lga olingan isyonchi beklar jazolandi. 1495-yilda Sulton Ahmad o’rnida bir muddat hukmronlik qilgan ukasi Sulton Mahmud vafotidan so’ng, uning o’g’illari Ma’sud, Boysung’ur Mirzo, Sulton Ali o’rtasida Samarqand taxti uchun o’zaro urushlar boshlanadi Uch-to’rt oy uch tarafdan Samarqandga qarshi hujum uyushtirgach, Sulton Ali nomidan Xoja Yahyo kelib, ittifoq va hamjihatlikdan so’z ochadi va Bobur Mirzo bilan o’zaro kelishuvga erishadi. Biroq oradan ko’p vaqt o’tmay, Samarqand taxtiniBobur Mirzo qo’lga kiritadi. U keyinchalik “Boburnoma “da bu azim shaharning tabiati-yu masjid va madrasalarini, Ulug’bek Mirzo barpo etgan rasadxona-yu saroy va maqbaralarni ehtiros bilan tasvirlaydi. Afsuski, Bobur Mirzoning sevinchi uzoqqa cho’zilmaydi. U yetti oy qamal ichida qolgan shahar nihoyatda xarob holda edi. Andijon taxti tobora tahlika ostiga qola boshlagan davrda Boburning onasi Qutlug’ Nigorxonim va Eson Davlatbegim bilan kengashib,Samarqand hukmdoriga bir necha marta maktub yuboradilar. Natijada Samarqanddek shahari azimda yuz kun hukmdorlik qilgan Bobur Mirzo 1498-yilning fevralida Andijonga safar qilishga majbur bo’ladi. Andijonni deb Samarqandni qo’ldan ketkazish va taqdirning alamli hazillariga duchor bo’lib bir yo’la har ikkalasini boy berishdek muvaffaqiyatsizlig-u yutqazishlar metin iroda sohibi bo’lgan Bobur Mirzo belini bukolmaydi. U ota meros saltanatni tiklash niyatida tog’asi, Toshkent hokimi Mahmudxondan madad so’raydi. Birgalikda Andijonni egallash uchun olib borilgan janglar natija bermaydi.. Nihoyat, Xo’jandga yetib keladi, ammo bu yer nisbatan kichikroq qo’shinni zo’rg’a saqlab turushi mumkin edi. Shu sababli Bobur Mirzo O’ratepani idora qilib turgan yana bir tog’asi Muhammad Husayn Ko’ragon do’g’latdan Yor yayloq kentidagi Pashog’ar qishlog’ida qishlashga ruxsat so’raydi.

Shayboniyxon 1501-yilning bahorida yana qo’shin to’play boshlaydi. Qorko’l, Dabusiyani qayta qo’lga kiritib, Samarqandga tahdid soladi. Natijada Bobur Mirzo qo’shini juda katta talofatga uchradi. Og’ir kunlar boshlanadi. Keyingi yillarda Samarqand tez-tez yuz berib turgan o’zaro urush va isyonlar tufayli boyliklari talangan, ancha kuchsizlanib qolgan edi. Shayboniyxonning besh oylik qamaliga qarshi Bobur Mirzoning o’ziga yaqin beklar va sarbozlari hamda xalq ommasi jasorat ko’rsatishlariga qaramay, ochlik, suvsizlik shahar aholisining tinka madorini quritadi. “ Elga bisyor tanqislik bo’ldi, - deya xotirlaydi “ Boburnoma “ muallifi. – Anga yettikim, faqir va miskin it etini, eshak etini yiya kirishtilar. Otqa bo’g’uz kam yoft bo’ldi. Daraxtlarning bargini otqa berurlaredi. Anda tajriba bo’ldikim, bori yafroqlardin tut yafrog’i va qora yig’och yafrog’i otqa sozvarroq emish. Ba’zi quruq yig’ochlarni randa qilib, taroshasini suvg’a ivitib otg’a berurlar edi.”

Biroq Bobur Mirzoning opasi Xonzodabegim vujudga kelgan tang vaziyat taqozosiga ko’ra Shayboniyxonga turmushga chiqishga majbur bo’ladi.1 1501-1502-yillar Bobur Mirzo hayotida sarson-sargardonlikning achchiq alamlari bilan qarshilashish davri bo’ladi. O’lim tahlikasidan zo’rg’a qutilgan yosh shahzoda va uning hamrohlari Jizzaxda ochlik shiddatidan ham bir muncha xalos bo’ladilar.

Shayboniyxon Andijonni qo’lga kiritib, Hisor va Xurosonga hujum qilish xavfi tobora kuchayib borayotgan bir paytda, unga qarshi mardonavor kurasha oladigan Bobur Mirzoning shuhrati orta boshlydi. 1504-yilning oktabrida hududi ancha kichik bo’lgan Farg’ona viloyatini tashlab, sarson-sargardonlikni boshidan kechirgan Bobur Mirzo Kobul va G’aznani jangsiz qo’lga kiritib, ulkan davlat taxtini egallaydi.2 1505-yilning iyun oyida Bobur Mirzoning onasi Qutlug’ Nigorxonim vafot etadi. Bu davrda Hisor va Qunduzni bo’sundirgan Shayboniyxon Samarqandga borib yangi yurishlarga hozirlik ko’rmoqda edi.U Xorazmni bosib oladi, Balxni qamal qiladi. Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro Shayboniyxonga qarshi kurashda Bobur Mirzoni ham taklif qiladi, lekin yarim yo’lda Bobur Husayn Mirzoning vafot etganini eshitdi. Bobur Hirotga kelib uning muqaddas masjid va madrasalarini, qasr va saroylarini maroq bilan tomosha qildi, olimu ulamolari bilan miriqib suhbatlashdi va 1506-yilda dekabr oyida tog’ oralab Kobulga yo’l oldi.

Marv yaqinida tarixiy jang 1510-yilning 2-dekabrida yuz bergan edi. Shu oyning o’zidayoq bu jang tavsiloti Xon Mirzoning choparlari orqali Boburshohga yetkazildi.


Bobur Qunduzda turganida shox Ismoildan elchilar keldi. Ular sovg’a- salomlar bilan Boburning Samarqand qamalidan so’ng Shayboniy nikohiga olingan egachisi Xonzoda Begimni olib kelgan edilar. Xonzoda Begimning Shayboniydan bo’lgan Xurramshoh ismli bir o’g’li bo’lib u ham onasi bilan birga kelgan edi. Xurramshoxga Balx hokimligi berildi. Biroq ikki yil o’tmay u vafot etdi.3

Xonzoda Begimning ukasi Bobur Mirzo bilan til biriktirib o’ziga qarshi fitna uyushtirishdan cho’chigan Shayboniy uni taloq qilib, dindor oiladan chiqqan Ziyo Hodi ismli kishiga bergan edi. Ziyo Hodi Marv yonidagi jangda halok bo’lib, Xonzoda Begim Eroniylarga asir tushgan. Boburning opasi ekanini bilgach Shoh Ismoil unga hurmat ehtirom ko’rsatib, sovg’a salom va xizmatkorlari bilan ukasi huzuriga jo’natgan edi. U shahzoda Bobur bilan do’stlik munosabatlari o’rnatish fikrida edi.

Bobur Shoh Ismoildan yordam so’rab yozgan xatining natijasini kutib turgan paytda Ziyod Muhammad Mirzodan xushxabar keldi. Unda aytilishicha, Ziyod Muhammad Mirzo Shayboniy o’zbeklarni Farg’ona davlati hududidan haydab chiqargan edi. Tezlik bilan qo’shin tuzilib, unga Sulton Saidxon lashkarboshi qilib tayinlandi va Andijonga jo’natildi. Shu orada Shoh Ismoil yordamga jo’natgan qo’shinning bir qismi bilan Xon Mirzo ham yetib keldi. O’zbeklar u bilan tuzulgan sulxni buzishgandan so’ng, Shoh Ismoil Movarounnahrda Bobur yana o’z saltanatini tiklashi lozimligini tushuna boshlagan edi. Yordamchi kuchlar bilan Bobur Hisorga yo’l oldi.

Buxoroda bir oz to’xtagach, Bobur Samarqantga yo’l oldi. U qayerga kelmasin, oddiy fuqaro dehqonlar, savdogarlar,hunarmantlar va butun shahar ahli yana o’zlarining avvalgi hukmdori qaytib kelganidan mamnun ekanini bildirib, uni har qadamda olqishlar edi. 1511-yil oktabr oyining boshlarida Bobur Samarqand xoni deb e’lon qilindi. Eroniy askarlarni katta sovg’a – salomlar bilan siylab, ularni o’z yurtiga kuzatib qo’ydi.

Movarounnahragi muvaffaqiyatlari uchun u Shoh Ismoilning unga ko’rsatgan yordamidan minnatdorlik belgisi sifatida faqat o’zigina emas, balki lashkari ham eroniylar kiygan harbiy kiyimni kiyishi va ayniqsa, eroniy salla o’rashi lozimligi haqidagi farmoni sunniy mazhabga mansub bo’lgan Movarounnahr aholisini bir oz ranjitgan edi. Chunki Shoh Ismoil o’n ikki imomdan birining avlodlaridan sanalib, shia mazhabiga mansub edi. Shuning uchun ham sallani o’n ikki qavat qilib o’rar va boshdan oyog’igacha qizil matodan tayyorlangan shialar kiyimida ko’zga tashlanib turushi lozim edi. Shuning uchun ham eroniylar sunniylar tomonidan “ qizilboshlar “ deb yuritiladi. Bundan tashqari Shoh Ismoilning nomi Xuroson va boshqa shahardagi masjidlarda xutbaga qo’shib o’qilar, hattoki, ayrim tarixchilarning ma’lumotlariga qaraganda, uning nomida tanga pul ham zarb qilingan edi. Shuning uchun ham hamisha beqiyos shuhrat egasi bo’lib kelgan Boburning obro’si tez orada xalq nazarida pasayib ketdi.

Shunday qilib o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili,shoir,tarixchi, geograf,davlat arbobi,iste’dodli sarkarda ,temuriy shoh atigi 47 yil umr ko’rgan bo’lsada, jahon tarixida o’chmas iz qoldirdi.U Hindiston ravnaqi uchun ham juda katta hissa qo’shdi.Bobur Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukmronlik qilgan qudratli boburiylar sulolasiga asos soldi.

1 Nuritdinov M. Boburiylar sulolasi. Toshkent. Fan-1994-yil 66-68-betlar.



2 Qudratullayev H. Boburning davlatchilik siyosati va diplomatiyasi. Toshkent. Sharq. 2011 24-bet



3 Nuritdinov M. Boburiylar sulolasi. Toshkent. Fan 1994-yil 36-bet




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: История

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan Boburiylar sulolasining jahon tarixida tutgan o’rni

Автор: xakimova Muqaddam

Дата: 27.05.2024

Номер свидетельства: 651481


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства