kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Uyg`onish davrida Movarounnahrda hadis va fiqh ilmining rivojlanishi va uning ma`naviy taraqqiyotda tutgan o`rni.

Нажмите, чтобы узнать подробности

O`zbek xalqi o`zining boy tarixi, buyuk o`tmishiga ega. Xalqimiz orasidan yetishib chiqqan buyuk daholar o`z ilmiy-ijodiy faoliyatlari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga munosib hissa qo`shganlar. Biz ular bilan har qancha faxrlansak arziydi. Bu borada uyg`onish davri olimlarining mashaqqatli mehnatlarini, ma`naviy boylik xazinasiga qo`shgan hissalarini e`tirof etmaslikning iloji yo`q.

O`rta asrlarda O`zbekistonda buyuk Sharq Uyg`onish madaniyati, Sharq Renessiansi yuz berdi. Jahondagi barcha xalqlarning milliy g`oyalari, o`z navbatida, umuminsoniy mazmunga ega bo`ladi. Ya`ni, milliy xususiyatlar umuminsoniy g`oyalar bilan yaxlit, mantiqiy bog`langan shaklda amal qiladi.

O`lkamizdagi Uyg`onish davrini uch bosqichga bo`lish mumkin:

1.  IX–XIII asrlar Uyg`onish davri.

2.  XIV–XV asrlar Uyg`onish davri.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Uyg`onish davrida Movarounnahrda hadis va fiqh ilmining rivojlanishi va uning ma`naviy taraqqiyotda tutgan o`rni.»

Buxoro shahar kasb –hunar maktabi o’qituvchisi

Xakimova Muqaddam Murodilloyevna



Uyg`onish davrida Movarounnahrda hadis va fiqh ilmining rivojlanishi va uning ma`naviy taraqqiyotda tutgan o`rni.

O`zbek xalqi o`zining boy tarixi, buyuk o`tmishiga ega. Xalqimiz orasidan yetishib chiqqan buyuk daholar o`z ilmiy-ijodiy faoliyatlari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga munosib hissa qo`shganlar. Biz ular bilan har qancha faxrlansak arziydi. Bu borada uyg`onish davri olimlarining mashaqqatli mehnatlarini, ma`naviy boylik xazinasiga qo`shgan hissalarini e`tirof etmaslikning iloji yo`q.

O`rta asrlarda O`zbekistonda buyuk Sharq Uyg`onish madaniyati, Sharq Renessiansi yuz berdi. Jahondagi barcha xalqlarning milliy g`oyalari, o`z navbatida, umuminsoniy mazmunga ega bo`ladi. Ya`ni, milliy xususiyatlar umuminsoniy g`oyalar bilan yaxlit, mantiqiy bog`langan shaklda amal qiladi.

O`lkamizdagi Uyg`onish davrini uch bosqichga bo`lish mumkin:

1. IX–XIII asrlar Uyg`onish davri.

2. XIV–XV asrlar Uyg`onish davri.

3. XIX asr oxiri – XX asr boshlari Uyg`onish davri.

O`rta asrlar davrida ibtidoiy jamiyat paytida shakllana boshlagan milliy davlatchilik yanada takomillasha bordi, xalqning shakllanish jarayoni ro`y bera boshladi, madaniyat va san`atda o`ziga xoslik yuzaga keldi hamda bu ma`naviy hayotdagi milliylik sifatida paydo bo`ldi. Umuman milliy istiqlol g`oyalarining yuzaga kelishida bu davr o`ziga xos ahamiyatga ega. Ayni paytda, bu davrda yurtimizga islom dini kirib kelishi natijasida musulmon madaniyati shakllana boshladi. Tabiiy, ilmiy fanlar bilan birga diniy ta`limot rivoj topdi. Ushbu davrning asosiy g`oyasi esa barkamol insonni tarbiyalash va adolatli jamiyat qurishdan iborat bo`ldi. Xorazmiy, Farg`oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Alisher Navoiy, Bobur, Mirzo Ulug`bek kabilarning ilmiy merosida, Moturidiy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband va boshqalarning diniy ta`limotlarida ko`tarilgan asosiy g`oyalar mushtarak bo`lib, ularda milliy g`oyaning muhim jihatlari o`z ifodasini topgan.

IX asr o'rtalariga kelib Ahmad va uning katta o'g'li Nasr Somoniylar Movarounnahrning ko'pchilik hududlarini birlashtirishga muvaffaq bo'ladilar. Nasr Somoniy (856-888) davrida Movarounnahr mavqei yanada kuchayib bordi. Xurosonda Tohiriylar sulolasi ag'darilgach (873 y), uning tarkibiga kirgan Buxoro yerlari Somoniylar tasarrufiga olinadi. Nasr ukasi Ismoilni Buxoroga noib etib tayinlaydi (874 y) va Somoniylar hukmronligi deyarli Movarounnahrning barcha hududlariga yoyiladi.

Markaziy Osiyoning o'rta asrlar tarixida muhim o'rin tutgan va xiyla uzoq davr hukm surgan (X-XII asrlar) Qoraxoniylar sulolasi to'g'risida so'z yuritar ekanmiz, bunda shu narsani chuqurroq anglamoq joizki, hozirgi Markaziy Osiyo mintaqasining Yettisuv va Qoshg'ar qismida yangi bir siyosiy sulola kuchayib bordi. Bular Turkiy qabilalar elatlar orasidan yetishib chiqqan Qoraxoniylardir. Mintaqaning sharqiy qismida yashagan bu elatlar Movarounnahrdagi xalqlar bilan doimo yonma-yon yashab, ijtimoiy-iqtisody va madaniy hamkorlik va aloqalarda bo'lib birgalashib tarix yaratganlar. Ijtimoiy taraqqiyot jarayoni tezlashuviga munosib ta'sir ko'rsatganlar.

Bu davlatning tayanch negizining yaratilishida ayniqsa, qorluq, chigil va yag'mo elatlarining roli va ta'siri katta bo'lgan. Mazkur davlatga asos solgan siymo Satuq Abdulkarim Bug'roxon (Qoraxon) yag'molar qavmiga mansub bg'lgan. Qoraxon so'zining lug'aviy ma'nosi esa turkiy qabilalalarda «Ulug'», «Buyuk» degan tushunchani anglatgan.

Qoraxoniylar davlatining boshqaruv, idora qilish tizimini ko'zdan kechirarkanmiz, ularda somoniylardan farqli o'laroq, markaziy boshqaruv tizimiga qaraganda hududiy boshqarish tartibi ko'proq o'rin tutgan. Buning asosiy sababi shuki, har bir yirik hudud yoki viloyat iloqxonlar tomonidan nisbatan mustaqil idora qilingan (masalan, Samarqand, Buxoro, Yettisuv va boshq). Iloqxonlar tegishli miqdordagi yillik xiroj yoki to'lovlarni markaziy hokimiyat hukmdori-Tamg'ochxonga yuborib, amalda o'z mulklarini mustaqil boshqarganlar.

Xorazm vohasi o'zining qulay strategik va jug'rofiy mavqei hamda qadimdan rivojlangan hudud bo'lganligidan, u Markaziy Osiyo mintaqasida turli davrlarda kechgan muhim tarixiy jarayonlarda alohida o'rin tutib, o'z muayyan ta'sirini o'tkazib borgan. Vatanimiz hududida miloddan avvalgi so'nggi ming yillik boshlaridagi ilk o'zbek davlatchilik tuzilmalari ham shu hududda vujudga kelgan.

Devonlar ham o'z vakolat doirasida faoliyat yuritganlar. Masalan insho yoki tug'ro devoni rasmiy hujjatlar, yozishmalarni tuzish bilan shug'ullangan. Shuningdek moliya ishlari bilan istefo devoni, davlat nazorati tadbirlari bilan ishrof devoni, harbiy ishlar bilan devoni Arz yoki Jaysh shug'ullangan. Sulton xonadoni hayotiga, iqtisodiyotiga tegishli yana bir muhim devon mavjud bo'lib, u devoni xos nomi bilan atalgan.

Somoniylar, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar sulolalari hukmronlik qilgan IX-XII asrlarda Movarounnahr sarhadlarida yashagan ulus-elatlar o'rtasida nisbatan osoyishtalik, totuvlik, yaqinlik va hamjihatlik vujudga keldiki, buning orqasida o'lkada moddiy ishlab chiqarish, madaniy rivojlanish jarayoni ancha tezlashdi, shaharlar hayoti yuksaldi, savdo-sotiq, hunarmandchilik o'sdi, aholi farovonligi ko'tarila bordi.

Movarounnahr shaharlarining jug'rofiy nuqtai nazaridan Buyuk ipak yo'lining eng muhim tutash nuqtalarida joylashganligi, shu bois bu yerda ishlab chiqarilgan, yetishtirilgan har turli ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandchilik mahsulotlari, zargarlik, zeb-ziynat mollarining ayirbosh qilib turilganligi orqasida o'lkaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti jiddiy yuksalishga yuz tutdi. Buyuk ipak yo'liga tutash aholi manzilgohlarida obod va ko'rkam shaharlar vujudga keldi. Jumladan, birgina Xorazm vohasida X asr boshlarida 10 ga yaqin shaharlar mavjud bo'lsa, XI asr o'rtalariga kelib bunday shaharlar soni 40 taga yetdi.

Somoniylar hukmronlik qilgan IX-XI asrlarda ishlab chiqarish tarmoqlari to'xtovsiz kengayib borgan, ko'plab irrigasiya inshootlari, sug'orish kanallari, suv ayirgichlar qurilishi natijasida dehqonchilik madaniyati ancha o'sadi. Somoniylar poytaxti Buxoroga har tomondan olimu-donishmandlar, sayyohu-tijoratchilar, me'moru-hunarmandlar oqib kela boshlagan.

Somoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar sulolasiga mansub ma'rifatparvar hukmdorlarning ilm-fan va madaniyatga doimiy rag'bat berishlari orqasida ko'plab, iste'dod sohiblarining salohiyati, ijodi o'sib, yuksalib borgan. O'sha davr hukmdorlari tashabbusi bilan bunyod etilgan va faoliyat ko'rsatgan kutubxonalarda son-sanoqsiz noyob, qimmatbaho kitoblar, qo'lyozmalar to'planganki, bulardan hozirgi avlod kishilari ham bahramand bo'lmoqdalar.

IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksaldi, hozirgi zamon fanining ko'plab tarmoqlari va yo'nalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Xususan, matematika, algebra, astronomiya, tibbiyot, biologiya, geodeziya, jug'rofiya, falsafa singari dunyoviy fanlarning ta'mal toshi shu davrda qo'yildi.

Olloh nazari tekkan muborak yurt zaminidan yetishib chiqqan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Bakr Muhammad Narshahiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Mahmud az-Zamahshariy, Burhoniddin Marg'iloniy kabi qomusiy bilim sohiblarining ilm-fanning turli-tuman sohalaridagi bebaho ilmiy va ma'naviy meroslari to'la ma'noda dunyoviy ahamiyatga molikdir.






Получите в подарок сайт учителя

Предмет: История

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Uyg`onish davrida Movarounnahrda hadis va fiqh ilmining rivojlanishi va uning ma`naviy taraqqiyotda tutgan o`rni.

Автор: Xakimova Muqaddam Murodilloyevna

Дата: 20.06.2024

Номер свидетельства: 653258


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства