kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Sharq allomalari durdonalari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Sharq allomalari yaratgan durdona asarlar haqida qisqacha ma'lumot

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Sharq allomalari durdonalari»

BUGUNGI DAVRNING ENG DOLZARB MAVZUSI BO’LGAN OILA VA FARZAND TARBIYASI SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA

Tuychiyev Murodjon Tolibjonovich

Namangan viloyati Chust tumani 61- maktab tarix fani o’qituvchisi


O’rta Osiyoda ta’limning barcha masalalariga Al-Xorazmiy, Al- Farg’oniy, Al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Az-Zamaxshariy, Imom Buxoriy, Ulug’bek, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg’ariy, Alisher Navoiy singari ko’plab daholar ilm-fan, adabiyot va san’at, ta’lim-tarbiya, umuman, ma’naviyatni rivojlantirishga beqiyos hissa qo’shganlar.

Xalqimizning mard qahramon farzandlaridan Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurning hayoti, ularning bosib o’tgan yo’li, butun faoliyat yo’li, butun faoliyati bugungi va kelgusi avlod uchun ibratli ekanini hamisha yodda tutish lozim. Chunki, o’sha fan arboblari-u xalq qahramonlarining faoliyati har tomonlama tarbiyaviy ahamiyatga egadir. VII-XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan beqiyos rivojlana bordi. O’sha tarixiy davrda yuqorida zikr etilgan buyuk allomalar dunyoga keldilar. Bu ulug’ mutafakkirlar inson ma’naviy va tafakkur dunyosini boyitishda, insoniyat ongini, madaniy-ma’rifiy va oilani mustahkamlashga qaratilgan qarashlarini o’stirishda asosiy rol o’ynadilar. Ushbu allomalarimiz asarlari darsliklarda o’z aksini topgan.

Hozirgi zamon ta’lim-tarbiyasi, istiqlol mafkurasi ana shu merosdan oziqlansa, uning eng yaxshi sahifalarini, qoidalarini qabul qilsa, o’z oldiga qo’ygan maqsad-vazifalari sharaf bilan bajarishi mumkin. Chunki ular odobnomasi, ibratnomasi oilada bolalarni har tomonlama tarbiyalash, kamolga yetkazish, ma’naviyatimizning ustivor iymon- e’tiqodlarimizning butun bo’lishligini, qadrli qadriyatlarimizning qadrlanishi garovidir. Bu borada biz albatta, madaniy me’rosimizga o’zlarining beqiyos ulushlarini qo’shgan buyuk allomalarimiz Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Mahmud Koshg’ariy va boshqalar ijodini o’rganish,ularning milliy tarbiyamizga urg’u bergan asarlarini o’rganish kelajak avlod uchun katta ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Bu silsilada Yusuf Xos Hojibning nomini ham faxr va iftixor bilan tilga olish mumkin. Ularning har biri nafaqat o’zbek milliy ta’lim- tarbiyasiga, jahon sivilizatsiyasining rivojiga tegishli hissasini qo’shgan o’z davrining yetuk mutafakkiri, chuqur bilimli, donishmand kishisi bo’lgan. Jumladan, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari shu yo’lda yaratilgan durdonalardan biridir. Shoir aytganiday, asar:

Boshdan oxirigacha donolar so’zi,

Go’yoki tizilgan marjondek o’zi.

Bizning xalqimiz shunday axloqiy-didaktik, adabiy-qomusiy asari borligidan har ancha faxrlansa arziydi. “Qutadg’u bilig” - baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pand-nasixatlari, ta’lim-tarbiyaga oid, har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan yetuk ma’rifiy asar ekanligi yaqqol ko’rinib turibdi.

“Qutadg’u bilig” – XI asr so’z san’atining nodir namunasi bo’lib, unda o’z davrining ilg’or ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odat va an’analari, turmush tarzi, qadriyatlari xususida batafsil ma’lumot berilgan. Asarda ilgari surilgan axloqiy xislatlarni sanab o’tish olimning ta’lim-tarbiya, axloq masalalarini qay darajada chuqur bilganligi adolat, ishonch, sadoqat, xushmuomalalik, shirin so’zlik, saxovat, mardlik, xurmat va ehtirom, tadbirkorlik, aql-zakovat, xalollik, ezgulik kabi, xislatlar ulug’lanadi.

“Qutadg’u bilig”da bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir. Yusuf Xos Hojib bu asari orqali o’z tasavvurida eng komil, jamiyatning o’sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday ko’rgan bo’lsa, shu asosda o’z prinsiplarini bayon etadi. Mana shunday axloqiy masalalardan biri oila va farzand tarbiyasi masalasidir. Bu umuminsoniy axloqiy normaga Sharq etikasiga ahamiyat berib kelgan. Sharq xalqining ulug’ an’anasini, oilaviy hayotini, turmush tarzi va tarbiya usullarini chuqur bilgan shoir mazkur muhim axloqiy muammoni o’ziga xos falsafiy talqin qiladi.

Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha, har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun, u tug’ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog’i lozim. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti-harakatlariga berilishining oldi olinadi.

Yusuf Xos Hojibning mazkur asari insonni har tomonlama kamolga yetkazishning barcha masalalari o’zining badiiy ifodasini topgan yirik ta’limiy-axloqiy dostondir. Olim insonni kamolga yetishi uchun quyidagilarni nazarda tutadi:

1. Aqliy kamolot-bilim va zakovat. O’quvli bo’lish.

2. Axloqiy kamolot.

3. Jismoniy kamolot.

Yusuf Xos Hojib insonning kamolga yetishining yo’l-yo’riqlari, usullari, chora-tadbirlarini yuksak badiiy mahorat bilan yoritib beradi. Shuning uchun ham bu asar o’zining ilmiy, ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyati bilan beqiyosdir. Shuning uchun ham Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostoni turkiy xalqlar adabiyoti tarixida muhim o’rin egallagan durdona asarlardan biri deb e’tirof etiladi.

Yuqorida zikr etilgan buyuk va suyuk allomalarning merosi ilmiy-nazariy jihatdan o’rganildi. Hayotning mazmuni to’g’ri tushuntirish, farzandlarga to’gri odob-axloqni o’rgatish, ezgu ishlarga odatlantirish qayd etilgan. Asarda barkamol avlod tarbiyasi va turli yomon illatlardan yiroq tutish yoki xoli qilish bo’yicha qator tarbiya metodlari, usul va vositalari mavjud.

O’git-nasihat qilish, ibrat-o’rnak ko’rsatish, rag’batlantirish va qoralash kabi metodlarni xalqimiz asrlar davomida qo’llab kelgan bo’lib, uning quyidagi ijobiy shakllari: tushuntirish, o’rgatish, mashq qildirish, yaxshi xislat va ishlarga undash, istak bildirish, maqtash, olqish aytish, duo qilish, alqash, mukofotlash, taqdirlash, ishonch bildirish, oqlash, vasiyat qilish kabi ta’lim metodlari va vositalari yoshlar tarbiyasida muhim o’rin egallaydi. Azal-azaldan bizgacha ota-bobolarimizdan qolgan o’lmas yodgorliklar zamirida bir qancha ma’nolar borligi, bular, albatta, oila va oilada bolalarni milliy tarbiyalashda katta dasturul amal vazifasini o’tayotgani faxrlanarli hol.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1. Turdiyev N.Sh., Asadov Yu.M., Akbarova S.N., Temirov D.Sh. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetentsiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari.-T.: O‘quv-uslubiy qo‘llanma, 8-b.

2. http: www.ziyo.net.uz.

3. http: www.pedagog.uz


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: История

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Sharq allomalari durdonalari

Автор: TUYCHIYEV MURODJON TOLIBJONOVICH

Дата: 11.04.2020

Номер свидетельства: 546199


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства